Ko'payishi. Hayvonlar jinssiz va jinsiy yo‘1 bilan ko'payadi. Jinssiz ko'payish hamma bir hujayrali hayvonlar va ko'pchilik tuban tuzilgan umurtqasizlar uchun xos. Bu xil ko'payishda ona organizmi ikki yoki ko'p bo'laklarga bo'linadi yoki tanasining bir qismi ajralib chiqadi. Har qaysi bo'lakdan yana alohida organizm rivojlanadi. Jinssiz ko'payish bir necha xil: ikkiga bo'linish, kurtaklanish yoki ko'p marta bo'linish yo'li bilan boradi. Jinsiy ko'payish hamma ko'p hujayrali hayvonlar va bir qancha bir hujayralilar uchun xos. Jinsiy ko'payishda yangi organism urg'ochilik hujayra tuxumning erkaklik hujayra — spermatozoid bilan qo'shilishi natijasida hosil bo'lgan zigotadan rivojlanadi.
Bir hujayralilar suvning tarkibiga va haroratiga ta’sirchan bo‘ladi. Ayrim yashil xivchinlilarda yorug'likka sezgir qizil pigment ko‘zcha bo‘ladi. Birmuncha murakkab tuzilgan hayvonlarda ko'rish, eshitish, ta’m bilish. hid bilish, tuyg‘u organlari rivojlangan. Sezgi organlari xilma-xil va tananing turli qismlarida joylashgan boiishi mumkin.
Urug'lanish jarayonida urag‘ hujayra tuxum hujayra ichiga kirib oladi, ularning yadro va sitoplazmasi qo‘shilishi natijasida ikkita hujayradan bitta
yangi hujayra - zigota fhosil bo‘ladi. Zigotadan embrional rivojlanish
jarayonida yangi organizm shakllanadi. Jiinsiy ko‘payish organizm uchun
bir qancha afealliklarga ega. Bir-biridan uzoq formalardan hosil boigan
jinsiy hujayralaming genlar tarkibi turlicha bo‘lganidan ularning
qo'shilishidan hosil bo‘lgan yangi organizmlarning ona organizmga nis-
bilan yashovchanligi yuqori bo‘ladi. Bunday organizmlar tabiiy tanlanish
jarayonida saqlanib qolib, nasl beradi
Ko'pchilik hayvonlar ayrim jinsli bo‘lib, ularning urg‘ochilari va erkaklari bo‘ladi. Ayrim jinsli hayvonlarda o‘z-o‘zini urugiantirish yuz bermaydi. Nerv va harakatlanish sistemasining rivojlanganligi tufayli erkak va urg‘ochi hayvonlar bir-birini oson topishadi. Kam harakat yoki harakatsiz o'troq yashovchi hayvonlarda ikki jinsni bir-birini topishi qiyinlashishi tufayli ularda ikki jinslilik, ya’ni germafroditlik kelib chiqqan. Germafrodit organizm zamr paytda o‘z-o‘zini uruglantirishi mumkin. Lekin bu hodisa tabiatda kamdan-kam yuz beradi. Odatda ikkita germafrodit individlar bir-birini urug‘lantiradi.
Tuxum hujayrani tashqi muhitda urug'lanishi tashqi urug'lanish, organizm ichida urug‘lanishi esa ichki urug'lanish deyiladi. Tashqi urug'lanish faqat suv muhitida sodir bo‘lganidan haqiqiy suv hayvonlari va suv bilan ko'proq bog‘liq bo'lgan suvda hamda quruqlikda yashovchilar uchun xos. Quruqlikda yashovchi va ikkilamchi suvda yashashga o'tgan hayvonlarda faqat ichki urug'lanish m a’Ium. Tashqi urug'lanadigan hayvonlar juda ko'p jinsiy hujayralar hosil qiladi. Lekin
tashqi muhitda hujayralammg ko‘p qisrni halok boiadi. Ichki urug'lanadigan hayvonlaming jinsiy organlari murakkab tuzilgan bo'ladi. Umurtqasiz hayvorflar orasida urug'lanmagan tuxum qo'yib ko'payadigan partenogenez turlar ham uchraydi. Partenogenez qulay sharoit tug‘ilganida qisqa vaqt ichida tur individlari sonining juda tez ortishiga imkon beradi. Ayrim umurtqasiz hayvonlar faqat partenogenetik urg'ochilardan iborat. Odatda partenogenetik nasi ikki (jinsli nasi bilan almashinib turacli.
Do'stlaringiz bilan baham: |