Hayvonlarning tuzilishi


Hayvonlar organizmida moddalar almashinuvining borishi



Download 229,2 Kb.
bet5/11
Sana01.01.2022
Hajmi229,2 Kb.
#284594
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
hayvonlarning tuzilishi va hayot kec

Hayvonlar organizmida moddalar almashinuvining borishi. Oziqlanish orqali organizmga oziq moddalar, suv va kislorod cftadi. Bu moddalardan anabolitik reaksiyalar natijasida hayvonlar hayoti uchun zarur bo'lgan yangi moddalar sintezlanadi. Katabolitik reaksiyalar natijasida hayvonlar tanasidagi organik moddalar parchalanib, energiya ajralib chiqadi; organizm uchun keraksiz karbonat angidrid gazi, azotli mahsulotlar hosil bo‘ladi. Oziq moddalar, suv va kislorod tananing turli qismlariga yetkazib beriladi; parchalanish maxsulotlari esa tanadan chiqarib tashlanadi. Bir hujayrali va tuban ko‘p hujayrali hayvonlar
tanasida boradigan modda almashinuv jarayonlarida diffuziya asosiy o‘rin tutadi.

Hayvonlar tanasining yiriklashuvi va tuzilishining murakkablashuvi bilan organizmda moddalami tashish funksiyasini bajaruvchi maxsus organlar paydo bo‘ladi. B o‘shliqichlilarda bu vazifani tana bo‘shlig‘i, yassi chuvalchanglarda esa ichaklar, to‘garak va halqali chuvalchanglar, bo‘g‘imoyoqlilarda tana suyuqligi yoki qon bajaradi. Yuksak tuzilgan hayvonlarda moddalar almashinuvida qon aylanish sistemasi asosiy o‘rin tutadi.


Nafas olish. Ko‘pchilik organizmlar, shu jumladan hayvonlarda ham organizm bilan tashqi muhit o‘rtasida to‘xtovsiz gaz almashinuvi bo‘lib turadi. Bu jarayonda tashqi muhitdan organizmga kislorod o‘tadi va organizmdan parchalanish mahsuloti karbonat angidrid chiqariladi. Mikroskopik tuban umurtqasiz hayvonlarda gaz almashinuvi butun tana yuzasi orqali sodir bo'ladi.
Tana bo‘shlig‘iga ega bo‘lgan ko‘p hujayrali hayvonlar: bo‘shliqidhlilar, yassi chuvalchanglar, to‘garak chuvalchanglarda gaz almashinuvi tana suyuqligi orqali boradi. Halqali chuvalchanglaming kapillyar qon tomirlari bilan qoplangan terisi gaz almashinuvida asosiy o‘rin tutadi. Tana tuzilishining yanada murakkablashuvi va hayvonlar faolligining osha borishi bilan tana qoplag‘ichi orqali gaz almashinuvi yetarli bo‘lmay qoladi. Shu sababli birmuncha murakkab tuzilgan hayvonlar organizmida maxsus nafas olish organlari rivojlanadi. Quruqlikda yashab, atmosfera havosi orqali nafas oluvchi hayvonlar traxeyalar yoki o‘pka orqali, suv hayvonlari esa jabralar orqali nafas oladi.
Oziqlanishi. Hayvonlar ham barcha geterotrof organizmlar singari oqsillar, yog'lar, uglevodlar va boshqa organik moddalar hisobiga oziqlanadi. Bu moddalaming molekulasi juda yirik bo‘lganidan suvda erimaydi va hujayra membranasi orqali o‘tolmaydi. Shuning uchun hayvonlar organizmida bu moddalar fermentlar ta’siirida birmuncha oddiyroq moddalarga parchalanib so‘riladi. Bu jarayon ovqat hazm qilish deyiladi. So‘rilgan organik moddalar organizmning turli qismlariga borib, assimilyatsiya jarayonlariga jalb etiladi. Hujayralarda ulardan hayvonlar uchun xos bo'lgan yangi moddalar sintezlanadi. Ko‘pchilik ko‘p hujayrali hayvonlarda oziqni maydalash, hazm shirasi ishlab chiqarish va hazm qilish funksiyasini bajaruvchi maxsus ovqat hazm qilish sistemasi rivojlangan. Bir hujayralilarda va tuban ko'p hujayralilarda oziq hujayra alohida hazm qilinadi.
Hayvonlar oziqlanish usuliga binoan ham bir-biridan farq qiladi. Ko'pchilik hayvonlar yashil o‘simliklar bilan oziqlanadi. Ular fitofag (O'txo‘r) hisoblanadi. Ekinlar va oziq-ovqat mahsulotlariga ziyon keltiradigan hayvonlar zararkunandalar deyiladi. Boshqa hayvonlar hisobiga oziqlanadigan hayvonlami zoofaglar deyiladi. Ular ham yirtqichlar va parazitlarga ajratiladi. Yirtqichlar o‘z oijasini tez yeb
qo'yadi. Parazitlar esa boshqa hayvondan o‘z rivojlanishi davomida foydalanadi.


Download 229,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish