Yangi darsni rejasi.
Yangi darsning bayoni.
Quyi Amudaryo o’lkasining iqlimi kontinental bo’lib, qishi davomli va sovuq, yozi quruq va issiq. o’lkaning shimoliy qismi tekis bo’lganligidan qishda shimoli-sharqdan Sibir sovuq havo massasi, shimoldan Arktika havosi to’siqsiz kirib keladi. Natijada, qishda harofat pasayib, yamvarning o’rtacha harorati -4,5-7,6°C atrofida o’zgaradi. Ba'zan sovuq havo massalarining turib qolishi natijasida eng past harorat —32—33°C ga tushib qoladi.Quyi Amudaryo hududi o’zbekistonda eng kam yog’in tushadigan joy. o’rtacha yillik yog’in miqdori 80 — 100 mm. Bunga asosiy sabab, okeanlardan uzoqda, yerusti tekis, yozgi haroratining yuqoriligidir. Yog’in, asosan, bahor va qishga to’g’ri keladi. Chunki bu davrlarda g’arbdan va shimoli-g’arbdan nam havo massalari esib turadi. Qor qoplami uncha qalin emas. Lekin mumkin bo’lgan bug’lanish yog’inga nisbatan 20 marta ko’p bo’lib, yillik miqdori 2000 mm ga yetadi.Amudaryoda yerosti suvlari yuza joylashgan bo’lib (yer yuzasi tekis bo’lganligi tufayli), siljishi qiyin. Binobarin, ularning’ suvi sho’r bo’lib, chuqurligi sug’oriladigan mintaqada 1,0—2,5 m, sug’oriladigan mintaqadan tashqaridagi yerlarda 10—5 m.Quyi Amudaryo hududida eng keng tarqalgan tuproq bu o’tloq-voha tuprog’idir. Bu tuproq allyuvial yotqiziqlar ustida vujudga kelgan bo’lib, chirindi miqdori 2% atrofida.Amudaryoning qayirlarida o’tloq-botqoq, botqoq-sho’rxok tuproqlar, to’qayzorlarida botqoq tuproqlar mavjud.Amudaryodan uzoqlashgach, tuproq turlari o’zgarib, o’tloq-tuproq o’rnini sho’rxok va taqir tuproqlar egallaydi. Balandlik va kichik past tog’larda sur-qo’ng’ir tuproqlar, Orol dengizining quruqlikka aylangan qismida sho’rxoklar mavjudюUning to’qayzorlarida qamish, yantoq, qo’g’a, turang’il, yovvoyi jiyda, yulg’un, chingil, qug’a, qiyoq, tal kabi o’simliklar o’sadi. Q'tloq tuproqli yerlarda bug’doyiq, ajriq, ro’vak kabilar mavjud. Quyi Amudaryoning o’zlashtirilgan qismlarida uy sichqoni, ko’rsichqon, kalamush, tipratikan va har xil qushlar (chumchuq, mayna, zarg’aldoq, bedana) yashaydi.Daryo qayirlarida, ko’llar atrofida va to’qayzorlarda g’oz, o’rdak, oqqush, qirg’ovul, qo’ton, birqozon, qorabuzov, baklan, pelikan, ondatra, tulki, chiyabo’ri, to’qay mushugi, to’ng’iz, bo’rsiq uchraydi.Quyi Amudaryoning o’zlashtirilgan cho’llarida yumronqoziqlar, kulrang gekkon, qum sichqoni, kaltakesaklar, o 'qilon, efa, cho'l mushugi, tulki yashaydi.Ustyurt tabiiy-geografik o’lkasi shimolda va g’arbda Qozog’iston bilan, janubda Turkmaniston bilan, sharqda Orol dengizi va Quyi Amudaryo o’lkasi bilan chegaralanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |