Hayvonlarning o’simliklarga o’xshashligi va ulardan farqi



Download 225,04 Kb.
bet6/135
Sana24.09.2021
Hajmi225,04 Kb.
#183923
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135
Bog'liq
7 sinf geografiya fanidan konspekt

Darsning jihozi: Geografiya faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Darsning tashkiliy qismi:

1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.

3.Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4.O`tilgan mavzuni so`rash baholash.

Yangi darsni rejasi.

1.O`rta osiyoning o`rganishni birinchi bosqichi.

2.O`rta osiyoning o`rganishni ikkinchi bosqichi.

3.O`rta osiyoning o`rganishni uchinchi bosqichi.


Yangi darsning bayoni.
O‘rta Osiyo tabiatini organish tarixi bir necha bosqichdan iborat. Birinchi bosqich – «Buyuk ipak yo‘li» mavjud bo‘lgan davr. Ipak yo‘li miloddan avvalgi II arsdan milodning XVI asrigacha asosiy savdo yoli bo‘lib hisoblangan. Bu davrda O‘rta Osiyo tabiati Xitoy, arab va O‘rta Osiyo olimlari tomonidan o‘rganildi. Xitoy sayyohi Chjan-Syan 13 yil davomida (miloddan avvalgi 138-126-yillar) Issiqko‘l atrofi, Farg‘ona va Xorazm tabiatini, aholisi va xo‘jaligini organdi. Milodning VII asrida Syuan-Szan 16 yil davomida (629-645-yillar) Tyanshan, Yettisuv, Chu vodiysi, Toshkent, Samarqand va Pomir tabiatini o‘rgangan. O‘rta asrlarda O‘rta Osiyo tabiati arab olimlari tomonidan o‘rganilgan. Abul Hasan Ali Ma’sudiy (X asr) O‘rta Osiyo va Kavkaz geografiyasi haqida asar yozgan, Abu Is’hoq Istaxriy (X asr) «Iqlimlar kitobi», Yoqut ibn Abdulla ( XII- XIII asrlar) «Mamlakatlarning alifbo tartibida ro‘yxati» («Mo‘jam ul buldon») nomli asar yozgan. O‘rta Osiyo tabiatini o‘rganishga shu yerlik, mahalliy olimlar ham juda katta hissa qo‘shishgan. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (IX asr) O‘rta Osiyo geografiyasiga asos solgan, uning «Yer tasviri» nomli asari 1878 - yilda rus tiliga tarjima qilingan. O‘rta Osiyo tabiati, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, xo‘jaligi, tarixi haqida buyuk olim Abu Rayxon Beruniy (X-XI asrlar) juda qimmatli ma’lumotlar yozib qoldirgan. 1017-yilda u dunyoda birinchi globusni yasagan. Zahiridddin Muhammad Bobur (XV-XVI asrlar) «Boburnoma» asarida O‘rta Osiyo tabiati haqida muhim ma’lumotlar keltirilgan. Ikkinchi bosqich - bu davr O‘rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi arafasidan to oktabr to‘ntarishigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. O‘rta Osiyo bu bosqichda har tomonlama turli maqsadlarda o‘rganildi. O‘rta Osiyo Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingunga qadar uning tabiati I. Xoxlov (1620), B.Pazuxin (1669-1673), Benevini (1718-1725), F.Yefremov, G.S. Karelin va boshqalar tomonidan o‘rganildi. Ular, asosan, Xorazm, Qoraqum, Qizilqum, Markaziy Qozog‘izton, Orol dengizi tabiatni o‘rgandilar. O‘rta Osiyo Rossiyaning mustamlakasiga aylantirilgandan keyin uning tabiiy boyliklaridan ko‘proq, to‘liqroq foydalanish maqsadida tabiatni o‘rganish yana ham kengaydi. Bu davrda uning tabiati, xo‘jaligini P.P.Semyonov-Tyanshanskiy ( 1856- 1897), N.A. Seversov (1864-1878), A.P.Fedchenko (1868-1871), I.V.Mushketov (1877-1880), V.A.Obruchev, L.S.Berg va boshqalar o‘rgandilar. Natijada O‘rta Osiyo tog‘larining paydo bo‘lishi, O‘rta Osiyoning geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, o‘simligi, hayvonot dunyosi haqida, Orol dengizining tabiiy geografik sharoiti haqida muhim ilmiy ma’lumotlar olindi. Uchinchi bosqich - oktabr to‘ntarishidan hozirgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda O‘rta Osiyo tabiiy boyliklari juda tez su’ratlar bilan o‘zlashtirila boshlandi. Uning geologiyasi, relyefi, iqlimi, ichki suvlari, tuprogi, o‘simligi va hayvonot dunyosi, tabiiy-geografik o‘lkalari chuqur va har tomonlama o‘rganildi. Qator asarlar e’lon qilindi. Bu davrda O‘rta Osiyo tabiatini o‘rganishga N.L.Korjenevskiy, D.I. Shcherbakov, D.V. Nalivkin, S.S.Shuls, I.P.Gerasimov, H.M.Abullayev, Q.Zokirov, T. Zohidov, L. N. Babushkin, N.A.Kogay, N.D.Dolimov, M.Qoriyev, H.Hasanov va boshqa olimlar katta hissa qo‘shdi.

Download 225,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish