Hayvonlarning o’simliklarga o’xshashligi va ulardan farqi



Download 225,04 Kb.
bet44/135
Sana24.09.2021
Hajmi225,04 Kb.
#183923
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   135
Bog'liq
7 sinf geografiya fanidan konspekt

Darsning tashkiliy qismi:

1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.



3.Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4.O`tilgan mavzuni so`rash baholash.

Yangi darsni rejasi.

  1. Ko`llar . 2.Suv omborlari.

Yangi darsning bayoni.
Ko‘llari. O‘rta Osiyoda ko‘llar unchalik ko‘p emas. Ular ichida eng yiriklari - Orol ko‘li (dengizi), Issiqko‘l, Balxash ko‘li, Qorako‘ldir. Bu ko‘llar paydo bo‘lishiga ko‘ra tektonik ko‘llar hisoblanadi.Ko‘llarning ko‘pchiligi tog‘larda joylashgan. Tog‘lardagi ko‘llar tog‘ning o‘rta va baland qismlarida ko‘pincha daryo va soylar o‘zanining to‘silib qolishi natijasida vujudga kelgan kichik ko‘llardir. Ularning suvi nihoyatda tiniq va sovuq bo‘ladi. Ko‘l atroflarida mikroiqlim vujudga kelib, juda go‘zal tabiiy-geografik manzara hosil bo‘ladi. Daryo vodiylarida, qayirlarida, deltalarida katta-kichik ko‘lchalar hosil bo‘lgan. Tashlama va sizot suvlar hisobiga hosil bo‘lgan ko‘llarga Arnasoy, Aydarko‘l misol bo‘ladi.O‘rta Osiyoning eng katta tabiiy ko‘li - Orol ko‘lidir. Uning kattaligini hisobga olib Orol dengizi deb ataladi. Orol dengizi faqat O‘rta Osiyoda emas, balki Yer yuzidagi eng katta ko‘llardan biri edi. U kattaligi bo‘yicha Osiyoda ikkinchi, jahonda esa to‘rtinchi o‘rinda turar edi. Ko‘l Turon tekisligining markazida, Ustyurt platosidan sharqda joylashgan, shimoli-sharqdan janubi-g‘arbga cho‘zilgan tektonik cho‘kmada hosil bo‘lgan. Unga ikki yirik daryo - Amudaryo va Sirdaryo quyiladi.Dengizning eng chuqur yeri uning g‘arbiy qismida bo‘lib, u yerda chuqurlik 69mga yetgan. Biroq 1960-yillardan boshlab O‘rta Osiyoda sug‘orish ishlari uchun Amudaryo va Sirdaryoning juda ko‘p suvlari sarf bo‘lishi oqibatida Orolga quyiladigan suv miqdori keskin kamayib ketdi. Ayrim yillari, ayniqsa 1983 - 1985-yillardan keyin Sirdaryo Orolga bir tomchi ham suv bermay qo‘ydi, Amudaryoning suvlari esa 7 - 9 kub km dan oshmadi. Shu tariqa Orol asta-sekin quriy boshladi. 35 yil ichida dengiz suvining hajmi kichrayib, uning sathi 16,5 mga pasaydi, dengiz qirg‘oqdan 80 - 100 km ga, ayrim yerlarda esa 130 - 150 km ga chekindi. Orollar tutashib ketib, dengiz uchta alohida suv havzasiga bo‘linib qoldi.Orol dengizi atrofida juda ko‘p qishloqlar, shaharlar bor. „Orolbo‘yi regioni" deb ataluvchi bu mintaqada 5 mln. ga yaqin aholi yashaydi. (Xaritaga qarab, qaysi davlatlar, viloyatlar borligini aniqlang.) Ana shu aholining butun xo‘jalik faoliyati Orol dengizi bilan bog‘liq bo‘lgan. Dengizning kichrayishi, uning tagidagi tuzlarning shamol bilan tevarak-atrofga to‘zib ketishi, ichimlik suv tanqisligi, yuqumli kasalliklarning ko‘payishi kabi muammolar bugungi kun Orolbo‘yi hududi ekologik tangligining ko‘rinishlaridandir. Suv omborlari. Yozgi «chilla» davrida ekinzor va bog‘lar tez-tez sug‘orishni talab qiladi. O‘simliklarni namga eng chanqoq davrlarida suv bilan muntazam ta'minlash maqsadida O‘rta Osiyoning katta va kichik daryolarida sun'iy ko‘llar - suv omborlari bunyod etilgan. O‘rta Osiyoning tabiiy-geografik xaritasida suv omborlari juda aniq ko‘rsatilgan. Masalan, Ili daryosida Qopchig‘ay, Irtish daryo-sida Buxtarma, Norin daryosida To‘xtag‘ul, Chirchiq daryosida Chorvoq, Ohangaronda - Toshkent, Qoradaryoda - Andijon, Sirdaryoda - Qayroqqum, Chordara va Zarafshonda-Kattaqo‘rg‘on va Quyimozor, Qashqadaryoda - Chimqo‘rg‘on, Qarshi kanalida - Tolimarjon, Surxondaryoda - Janubiy Surxon, Amudaryoda - Tuyamo‘yin, Vaxshda - Norak, Qoraqum kanalida - Hovuzxon suv omborlari quriigan.O‘rta Osiyo suv omborlari ichida Buxtarma, Qopchig‘ay, To‘xtag‘ul, Tuyamo‘yin, Chordara va Qayroqqum suv omborlari eng kattalari hisoblanib, ulardan keng miqyosda foydalaniladi. Chorvoq suv omborining maydoni nisbatan kichik, lekin suv hajmi ancha katta (2,0 mlrd. kub m).Bu suv omborlari faqatgina yerlarni sug‘orish uchungina ishlatilmasdan, ulardan GESlar qurish, daryo suv oqimini tartibga solish, rekreatsiya maqsadlarida ham foydi. Yangi mavzuni mustahkamlash.



Download 225,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish