Hayvonlar morfologiyasi


Muskul va nerv to‘qimalarning gistomorfologik tuzilishi



Download 14,33 Mb.
bet9/268
Sana15.07.2022
Hajmi14,33 Mb.
#802236
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   268
Bog'liq
morfologiya

Muskul va nerv to‘qimalarning gistomorfologik tuzilishi.
Muskul to`qimalar qisqarishga ixtisoslashgan bo`lib, hujayralari yoki tolalari maxsus ipchalar (miofilamentlar, mioprotofibrillallar) borligi bilan xarakterlanadi. Bu ipchalar tolador tuzilishga ega bo`lgan aktin va miozin oqsillari molekulalaridan iborat. Bu ipchalardan murakkabroq qisqaruvchi tuzilmalar - miofibrillalar shakllanadi. Muskul to`qimalarda ko`p miqdorda issiqlik ham hosil bo`ladi.
Oliy hayvonlar organizmida silliq va ko`ndalang targ`il muskullar mavjud. Ko`ndalang-targ`il muskullar skelet va yurak muskullariga, yurak muskuli o`z navbatida ishchi (qisqaruvchi) va o`tkazuvchi muskullar tolalariga bo`linadi. Shuningdek, ixtisoslashgan qisqaruvchi to`qimalar - mioepiteliotsitlar, ko`z kamalak pardasining miPigmentotsitlari va ko`z qorachig`ini kengaytiruvchi muskul to`qimalari ham farq qilinadi.
Embrional taraqqiyot paytida silliq muskullar mezenximadan, ko`ndalang-targ`il muskullar mezodermaning miotomlaridan, yurak muskuli esa splanxnotomdan hosil bo`luvchi mioepikardil plastinkadan taraqqiy qiladi
Silliq muskul to`qimani organizmda uchrash joylariga ko`ra, ichki organlar muskuli ham deyiladi. Bu to`qima qon tomirlari va ichki organlar devorida uchraydi. Silliq muskulning struktur elementi duksimon shaklga ega miotsitdir. Hujayraning ko`ndalang kesimi 10 mkm dan oshmagan holda uzunligi 20-500 mkm bo`ladi. Tayoqchasimon o`zagi hujayraning kengaygan o`rta qismida joylashib, unda 1-2 ta o`zakcha va mayda donachalar holidagi xromatin ko`rinadi. Mitoxondriyalar va plastinkali kompleks o`zak qutblari atrofida to`plangan. Sitoplazmada hujayraning bo`yiga qarab joylashgan, sitoplazmaga bilinar-bilinmas uzunasiga chiziqlilik berib turadigan ko`pdan-ko`p miofilamentlar mavjud. Ular bir tekis konturga ega bo`lib, hech qanday ko`ndalang chiziqlilik belgilariga ega emas. “Silliq muskul” iborasi ham shunga ko`ra qo`llaniladi. Miozin (yo`g`onligi 17 nm), aktin (7 nm) va oraliq (10 nm) miofilamentlar farq qilinadi. Miofilamentlar silliq muskul hujayrasida haqiqiy miofibrillalarga umumlashmaydi. Odatdagi plazmolemmadan tashqari hujayra yupqa bazal membrana bilan o`ralgan bo`lib, bu membranaga argirofil tolalar tutashib turadi. Ayrim hollarda muskul hujayralar bir-biriga zich tegib turib, orada bazal membrana bo`lmaydi, ular orasida desmosomaga o`xshash tutashtiruvchi apparat hosil bo`ladi

kundalang-targ`il muskul to`qimaning struktur birligi muskul tolasibo`lib, u mikroskopning kichik ob`ektivlari yordamida ham ko`rinadigan ko`ndalang chiziqlilikka ega. Muskul tolasi tuzilishiga ko`ra simplastdir. Tolaning diametri 100 mkm gacha, uzunligi 12,5 sm ga etishi mumkin. Miosimplastning shakli silindrga o`xshash bo`lib, uchi yumaloqlangan. U umumiy vazifani bajarish uchun birlashgan ko`plab hujayralarning maxsus, murakkab tuzilishga ega bo`lgan yig`indisidir. Tolada qobiq - sarkolemma (sarcos - go`sht, muskul), sitoplazma (sarkoplazma), organellalar va ko`plab o`zaklar mavjud. Shuningdek, sarkoplazma miofibrillalarga umumlashgan qisqaruvchi ipchalar saqlaydi.


Sarkolemmani elektron mikroskop yordamida tekshirilganda u ikki qavatdan iborat bo`lib, qavatlar orasida kengligi 14-24 nm keladigan bo`shliq borligi ko`rinadi. Ichki varaq miosimplastning plazmolemmasi bo`lib, tashqi varaq bazal membranadir. Bu erda ham bazal membranaga argirofil tolalar birikkan. Sarkolemma ichki varag`ining asosiy xususiyati qo`zg`alishni butun tolaga tarqata olish qobiliyatidir. Bu varaq T-naychalar (transversus-ko`ndalang) holida tolani kesib o`tib, qarama-qarshi tomon plazmolemmasiga tutashadi. Qo`shni T-naychalarning oraliqlari bir-biriga teng. Bunday naychalar sistemasi butun sarkoplazmaga tarqalgan va qo`zg`alishni butun tola bo`ylab tez tarqalishini ta`minlaydi

Nerv to`qimasi organizmdagi to`qimalarning biri bo`lib, nerv sistemasining morfologik asosini tashkil qiladi. Nerv sistemasi organizmning ichki va atrof-muhitdan turli ta`sirotlarni juda aniq qabul qilib oladi va bu ta`sirotlarga organizm qaytaradigan javob reaksiyalarni ta`minlaydi. Boshqacha aytganda, bu sistema organizmning atrof-muhit bilan doimiy aloqasini va ko`p hujayrali murakkab organizmning bir-butunligini amalga oshiradi.


Organizmning atrof-muhit bilan bir-butunligining mohiyati hayotiy jarayonlarning asosini tashkil etadigan moddalar almashinuvidir. Atrof-muhit doimo o`zgarishda bo`lib, bu o`zgarishlar organizmda yuz beradigan moddalar almashinuvi jarayoniga ta`sir qiladi. Organizmning ana shu o`zgaruvchan muhitga moslashuv (adaptatsiya) qobiliyati nerv sistemasi bilan bog`liq.
Nerv to`qimasi tirik materiyaning oliy, eng mukammal tuzilishga ega bo`lgan shaklidir. Nerv to`qimasi (“miya moddasi”) million yillar davomida taraqqiy qilib, shunday mukammal tuzilish va vazifaga ega bo`lganki, inson miyasi vositasida atrof-muhitni bilish qobiliyatiga egadir. Faqat atrof-muhitnigina emas, balki materialist faylasuflarning iborasi bilan aytganda, materiya (inson miyasi) o`z-o`zini bilishga qodirdir.
Nerv sistemasining faoliyati ixtiyoriy bo`lmay, balki tashqi muhitdagi o`zgarishlarni va organizm ichki organlarining holatini aks ettirishdan iborat. Bu faoliyat asosida refleks yotadi. Refleks ta`sirotni nerv hujayrasi qabul qilib olishidan to bu ta`sirotga tegishli javob qaytarilguncha nerv sistemasida yuz beradigan jarayonlardir. Refleks organizmning tashqi muhit ta`sirotlariga, albatta markaziy nerv sistemasi ishtirokida beradigan javobidir.
Nerv to`qimasi organizmning doimiy o`zgarib turadigan atrof-muhitga moslashuvini ta`minlash bilan birga, o`zi ham kuchli ifodalangan moslashuv, yangi-yangi reflekslar hosil qilish va tuzilishini o`zgartirish qobiliyatiga ega. Nerv to`qima atrof-muhitning doimiy o`zgarishlariga muvofiq holda o`zgarishlarga uchraydigan to`qimadir.
Nerv to`qimasi spetsifik funksiyalarni bajaradigan nevrotsitlar va ular bilan bog`langan, tayanch, trofik, sekretor hamda himoya vazifalarni o`taydigan gliotsitlardan iborat. Nerv to`qimasining barcha elementlari organizmning morfo-funksional jihatdan bir butun bo`lgan nerv sistemasini hosil qiladi.

Download 14,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish