Hayvonlar morfologiyasi



Download 14,33 Mb.
bet5/268
Sana15.07.2022
Hajmi14,33 Mb.
#802236
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   268
Bog'liq
morfologiya

Hujayra haqida tushuncha
Barcha tirik organizmlar ma’lum bir umumiy tuzilish xususiyatlariga ko‘ra tip, sinf va oilalarga bo‘linishi mumkin. Ushbu guruhlar o‘z navbatida turkum va turlarga bo‘linib, organizmning tashqi ko‘rinishi bilan farqlanadi.
Har bir tizim turli xil to‘qima va organlardan tashkil topgan bo‘lib, ular tananing eng kichik strukturaviy birligi – hujayradan tuzilgan.
Hujayrani faqat mikroskop ostida ko‘rish mumkin va anatomik tuzilishi jihatidan farq qiluvchi asosiy tuzilmalardan tashkil topgan bo‘lib, ular aniq vazifani bajarishga ixtisoslashgan.
Hujayra ichidagi har bir tuzilma hujayraning, qolaversa tananing butun tizimlarini normal funksiya ko‘rsatishi uchun hayotiy muhim rol o‘ynaydi.
Hujayra o‘sadi va mitoz orqali bo‘linadi, har bir mitoz natijasida diploid xromosomalar qatoriga ega bo‘lgan ikkita bir xil (yoki normal) qiz hujayralar hosil bo‘ladi.
Sog‘lom organizm tanasi 60-70% suvdan tashkil topgan bo‘lib, ikki xil asosiy, ya’ni hujayradan tashqari (hujayrani o‘rab turuvchi) va hujayra ichi (huja

Hujayra tuzilmalari va vazifalari:


-hujayra qobig‘i;
-o‘zak;
-organellalar;
-mitoxondriyalar;
-ribosomalar;
-endoplazmatik to‘r;
-g‘adir-budir va silliq endoplazmatik to‘r;
-goldji majmuasi;
-lizosomalar;
-sentroso.
Hujayra (yunoncha-kytos, lotincha-cellula) hayvon va o`simliklar organizmlari tuzilishi, taraqqiyoti va hayot faoliyatining asosi hisoblanadi. Murakkab, ko`p hujayrali organizmlar jinsiy hujayralarning qo`shilishi - otalanish natijasida hosil bo`ladigan yagona hujayradan taraqqiy qiladi. Organizmdagi milliardlarcha hujayralar va ularning mahsuli bo`lgan hujayralararo moddalardan iborat to`qimalar, ana shu yagona hujayra - zigotaning ko`payishi va taraqqiyoti natijasida hosil bo`ladi.
Hayvon organizmi to`qimalarining hujayralari xilma-xil shaklga ega bo`lib (2-rasm),bu shakl hujayralar bajaradigan vazifalar bilan bog`liq (m., nevrotsitlarning uzun o`simtalarga ega ekanligi, qon hujayralarining yumaloq, sharsimon shaklda bo`lishi va boshqalar). Shuningdek, hujayralarning kattaligi ham turlichadir. Eng kichik hujayralar - kichik limfotsit, ba`zi hayvonlar eritrotsiti 4-4,5 mkm kattalikda bo`lsa, miyaning yirik nevrotsitlari 120 mkm, sut emizuvchilarning tuxumi 200 mkm keladi. Qushlar tuxum hujayrasi (tuxum sarig`i)ning diametri hatto bir necha sm ga etadi. Hujayra hajmining doimiylik qonuniga ko`ra, turli hayvonlarning bir tipdagi hujayralari (m: jigar hujayralari)ning hajmi teng bo`ladi. Organlarning turli hayvonlarda har xil kattalikda bo`lishi hujayralar hajmiga emas, balki ular sonining turlicha bo`lishiga bog`liq.
Hujayralarning barcha tarkibiy qismlari: sitoplazma, o`zak va qobig`i protoplazmani tashkil qiladi. Shu jihatdan u “tirik modda” tushunchasiga yaqin. Lekin tirik modda kengroq ma`noda ishlatiladigan tushuncha, chunki uning hujayra tuzilishiga ega bo`lmagan shakllari ham mavjud.
Hujayralar uch tarkibiy qism: sitoplazma, o`zak va plazmolemmadan tashkil topadi. Sitoplazma va uning organellalari hujayra hayot faolitini, shuningdek ko`p hujayrali organizmlarda hujayraning o`ziga xos (spetsifik) vazifasini ta`minlovchi asosiy metabolizm apparatidir. O`zak esa genetik axborot (informatsiya)ni hosil qiluvchi va saqlovchi, bu axborotni hujayraning bo`linishi natijasida hujayra avlodlari qatorida o`tkazilishini ta`minlovchi tuzilmadir. Plazmolemma hujayraning tashqi muhit bilan o`zaro fiziko-kimyoviy ta`sirini, shuningdek ko`p hujayralilarda organizm hujayralarining o`zaro aloqasini ta`minlaydi (3-rasm).
Sitoplazma. Sitoplazma hujayra atrofi muhitidan plazmolemma bilan chegaralangan bo`lib, gialoplazma va unda joylashuvchi doimiy komponentlar - organellalar va turli xil doimiy bo`lmagan strukturalardan iborat.
Gialoplazma yoki asosiy plazma hujayraning ichki muhiti hisoblanuvchi juda muhim qismidir. Elektron mikroskopning ko`rsatishicha, u elektron zichligi past bo`lgan gomogen yoki nozik donador moddadir. Unda murakkab kolloid holatda oqsillar, nuklein kislotalar, polisaxaridlar va boshqa birikmalar mavjud. Gialoplazmada ribosomalar va poliribosoma (polisoma)lar ishtirokida hujayraning o`z ehtiyojlari uchun kerakli oqsillar sintezlanadi.
Hujayraning membranalari lipoproteid tabiatli yupqa plast (qavat) bo`lib, oqsillar (60%), lipidlar (40%), ayrim membrana karbonsuvlaridan (5-10%) tuzilgan. Lipidlar qalinligi 5-7 nm keladigan ikki qavat (bilipid) membranalar hosil qila oladi. Ularning bu qobiliyati molekulalarining funksional jihatdan har xil bo`lgan ikki qism: gidrofob va gidrofil qutblari borligi bilan bog`liq. Oqsil molekulalari ham ikki qism, zaryadga ega (qutblangan) aminokislotalarga boy va zaryadsiz (qutblanmagan) aminokislotalardan iborat qismlarga ega. Bunday oqsillarning qutblanmagan qismlari membrananing gidrofob qismlariga botib kirib turadi. Qutblangan qismlari esa membranadagi lipidlarning gidrofil qismlari bilan aloqada bo`lib, hujayradagi suvli muhit tomonga yo`nalgan bo`ladi. Shuningdek, bilipid qavat bilan qisman aloqada bo`lgan va aloqada bo`lmagan oqsillar ham mavjud. Biologik-funksional ahamiyatiga ko`ra ferment, transport (tashuvchi), retseptor va struktur oqsillar farq qilinadi.
Karbonsuvlar membrana tarkibida erkin holda emas, balki lipidlar va oqsillar bilan birikkan (glikolipidlar va glikoproteidlar) bo`ladi.
Plazmolemma yoki hujayraning tashqi membranasi hujayra turli membranalari orasida alohida o`rinni egallaydi. Bu membrana hujayrani chegaralovchi, shuningdek, uning hujayra atrof-muhiti, hujayraga ta`sir qiluvchi barcha faktorlar bilan aloqasini ta`minlovchi strukturadir. Plazmolemma qalinligi 10 nm atrofida bo`lgan lipoproteid kompleksdir. Uning tashqi yuzasida glikoproteidlardan iborat 3-4 nm qalinlikdagi glikokaliks joylashadi. Plazmolemma sitoplazmani atrof muhitdan chegaralab turish, retseptorlik va moddalar tashish (transport) kabi muhim vazifalarni bajaradi. Uning yuzasida joylashgan glikoproteidlar va glikolipidlar gormonlar, mediatorlar hamda maxsus (spetsifik) antigenlar uchun sezuvchi retseptor rolini o`taydi. Hujayralarning o`zaro bir-birini tanishi (aniqlashi), immunitet hosil bo`lib rivojlanishi, turli fizik omillarni qabul qilish kabi muhim jarayonlar plazmolemmaning retseptorlari bilan bog`liq. Plazmolemmaning transport vazifasi suv, ionlar, ayrim mayda molekulalarning diffuziya yo`li bilan (nofaol) o`tkazilishidan tashqari, konsentratsiya gradientiga qarshi yo`nalishda, ATF parchalanishi energiyasi hisobiga faol tashilishi bilan ham bog`liq. Bu jarayonlarda maxsus oqsil-tashuvchilar ishtirok qiladi. Biopolimerlarning yirik molekulalari amalda plazmolemma orqali o`tmaydi. Qator hollarda makromolekulalar va hatto yirik zarrachalar hujayra ichiga endotsitoz yo`li bilan kiradi. Endotsitoz shartli ravishda fagotsitoz (hujayra tomonidan yirik zarrachalar, m., bakteriyalar, hatto boshqa hujayralarning qismlarini qamrab olinishi va yutilishi) hamda pinotsitoz (makromolekulyar birikmalarning qamrab olinishi)ga bo`linadi. Endotsitoz yutiladigan moddalarnig retseptor molekulalar vositasida plazmolemma sirtiga yopishib olishi (sorbsiya) dan boshlanadi. Keyin plazmolemmaning hujayra ichiga qaragan va uncha katta bo`lmagan botiqlari paydo bo`la boshlaydi. So`ngra bu botiqlar yiriklashib, pufakchalar holida plazmolemmadan ajraladi va sitoplazmada joylashadi. Endotsitoz pufakchalari o`zaro qo`shilib yiriklashadi, ular ichida lizotsomalardan o`tgan gidrolitik fermentlar paydo bo`ladi. Fermentlar ta`sirida parchalangan biopolimerlar monomerlar holida pufakchadan gialoplazmaga chiqadi. Shunday qilib, endotsitoz yo`li bilan hujayraga kirgan molekulalar membrana bilan o`ralgan pufakcha (vakuola)da hujayra ichi hazm jarayoniga uchraydi. Plazmolemma ekzotsitoz (hujayradan moddalarning chiqarilishi)da ham ishtirok qiladi. Bunda hujayra ichida hosil bo`lgan moddalar - oqsillar, glikozaminoglikanlar, yog` tomchilari va boshqalar hujayra atrof-muhitiga chiqariladi.
Endotsitoz va ekzotsitoz amalga oshishida plazmolemma bilan aloqada bo`luvchi fibrillyar sitoplazmatik strukturalar - qisqaruvchi mikrofilamentlar va mikronaychalar ishtirok qiladi.
Hayvonlar ko`pchilik hujayralarining plazmolemmasi turlicha tuzilishga ega bo`lgan o`smalar hosil qila oladi. Qator hujayralarning o`smalari tarkibida sitoplazmaning mikronaychalari, fibrillalari bo`lishi natijasida maxsus tuzilmalar - tukchalar, xivchinlar va boshqalar yuzaga keladi. Aksariyat ko`pchilik hollarda hayvon hujayralarining yuzasida mikroso`rg`ichlar (mikrovorsinkalar) uchraydi. Ularning diametri 100 nm atrofida, uzunligi va bir hujayradagi soni turlicha bo`ladi. Mikroso`rg`ichlar so`ruvchi (shimuvchi) epiletiy hujayralari yuzasida ayniqsa ko`p va baland bo`yli bo`ladi.

Download 14,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish