Hayvonlar morfologiyasi



Download 14,33 Mb.
bet3/268
Sana15.07.2022
Hajmi14,33 Mb.
#802236
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   268
Bog'liq
morfologiya

Tayanch iboralar.Morfologiya, konstitutsiya,evolyusion morfologiya,makroskopik anatomiya, mikroskopik anatomiya, embriologiya,sistematik anatomiya, yosh anatomiyasi, konstitutsional anatomiya,zot anatomiya,


Hayvonlar morfolgiyasi fanining maqsad va vazifalari

Yer yuzidagi ko‘p hayvonlar tuzilishi, katta – kichikligi va yashash sharoitiga ko‘ra juda xilma – xil bo‘ladi. Lekin ular qanchalik xilma – xil bo‘lmasin, kelib chiqishi jihatidan bir – biriga yaqin qarindoshdir.


Ma’lumki, yer yuzida hayvonlar birdan paydo bo‘lmagan, balki necha million yillar mobaynida sodda organizmdan murakkab organizmga aylanib borgan. Shunday qilib, hayvonot dunyosining sxema tarzidagi shajarasi vujudga kelgan. Bularning o‘tmishda o‘z tarixi (filogenezi) va boshqa turlar bilan ozmi – ko‘pmi qon – qarindoshlik munosabati bor. Hayvonlar organizmini o‘rganar ekanmiz, avval ularning ajdodlari haqida fikr yuritishimiz lozim. Bularning hammasini zoologiya, biologiya fanlari batafsil o‘rganadi.
Biologiya bir qancha sohalarga: morfologiya, fiziologiya va boshqa sohalarga bo‘linadi. Morfologiya organizmning umumiy shakli va tuzilishi, fiziologiya esa tanadagi organlar funksiyasi haqida ma’lumot beradi. Bularning har ikkalasi bir – biriga chambarchas bog‘liq, chunki organizmning tuzilishi va shakli ma’lum bir xil funksiya bajarishga muvofiqlashgan. Bunga tashqi muhit doim ta’sir ko‘rsatib turadi. Morfologiya bilan fiziologiyani o‘rganish metodlari bir – biridan farq qiladi. Shuning uchun ham ular alohida o‘rganiladi.
Morfologiyadan quyidagi mustaqil bo‘limlar: anatomiya (organizmning tuzilishini va tashqi muhit bilan muntazam ravishda bog‘liq holdagi taraqqiyotini o‘rganadi); embriologiya (embrionning rivojlanishini o‘rganadi) va evolyusion morfologiya (hayvonlar organizmining faqat ontogenezini – individual rivojlanishini emas, balki filogenezini – tarixiy rivojlanishini ham o‘rganadi) ajralib chiqqan.
Anatomiya fani o‘rganish metodikasi va usullariga ko‘ra makroskopik, mikroskopik hamda makromikroskopik qismlarga bo‘linadi.
Makroskopik anatomiyada hayvon organizmi va uning tarkibiy qismlari pichoq, skalpel yordamida mayda bo‘laklarga bo‘lib o‘rganiladi.
Mikroskopik anatomiyada tananing eng mayda qismlari mikroskop yordamida murakkab usul bilan tekshiriladi.
Makroskopik anatomiyada ko‘zga ko‘rinadigan mayda to‘qimalar binokulyar lupa yordamida qisman kattalashtirib o‘rganiladi. Bu usulning qo‘llanilishi natijasida anatomiya fani bir qancha yangiliklar bilan boyiydi.
Makroskopik anatomiya, odatda anatomiya nomi bilan yuritiladi. Mikroskopik anatomiya esa gistologiya nomini olgan. Bu fanlarni bir – biridan ajratib bo‘lmaydi, chunki ular o‘zaro juda yaqin bo‘lib, faqat o‘rganish usuli jihatdan farq qiladi.
Hayvonlar organlarining shakli, hajmi, rangi, qattiq – Yumshoqligini hamda bir – biriga bo‘lgan munosabatini va tarkibiy tuzilishini sistematik anatomiya o‘rganadi. Obyektni o‘rganish usuli jihatidan ham anatomiya bir necha xil bo‘ladi. Masalan, topografik anatomiya, bu fan yordamida organlarning o‘zaro joylashuvi o‘rganiladi. Bu narsa operasiya vaqtida juda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Hayvonlar yoshiga qarab tuzilishi o‘zgarishini o‘rganadigan anatomiya yosh anatomiyasi, hayvon organizmi konstitusiyasini o‘rganadigan anatomiya konstitusional anatomiya, hayvonlarning zotini o‘rganadigan anatomiya esa zot anatomiyasi deb ataladi. Organizmlarning tasviriy anatomiyasidan tashqari solishtirma anatomiya ham bo‘ladi. Bunda bir organizmning organlari bir – biriga yoki bir hayvon ikkinchisiga taqqoslab o‘rganiladi.
Hayvonlar morfologiyasining amaliy ahamiyati
Chorvachilikning hozirgi taraqqiyoti har bir chorvador anatomiya hamda fiziologiyani puxta bilishini talab qiladi. Anatomiya fani hayvonlarni urchitish, boqish va parvarish qilishda, ularning har xil kasalliklarini davolashda, ayniqsa tana tuzilishini o‘rganishda katta ahamiyatga ega.
Konstitusiya – hayvonlar organizmining tashqi ta’sirga javob qaytarish xususiyati, ularning nasli va tashqi muhit ta’sirida tanasi shaklining o‘zgarishi haqida ma’lumot beradi. Organizmning har qanday ta’sirga javob qaytarish qobiliyati, tananing morfologik, fiziologik qismlari, hujayra va to‘qima sistemalari ham konstitusiya asosida o‘rganildi. Konstitusiya tipiga qarab, hayvonlarni tanlash va ulardan juda yaxshi zotlar yetishtirish, hayvonlarning sog‘lig‘ini, sharoitga moslashuvini, chidamliligini, jinsiy faoliyati va tez yetilishini aniqlash hamda eng yosh vaqtidanoq har tomonlama (nasl olish uchun, bo‘rdoqiga boqish va hokazolar uchun) saralash mumkin. Hayvonlar tashqi ko‘rinishining xarakteri ularning skeletiga, muskullari hamda terisining tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi. Hayvonlar kompleksiyasi ichki organlarning tuzilishi va funksiyasidan iborat. Bu narsa ular temperamentini ham hosil qiladi.
Hayvonlarning tashqi tuzilishini (eksteryerini) o‘rganishda ham anatomiya katta rol o‘ynaydi, kompleksiyani analiz qilishda, asosan, nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish, retikula – endoteliy va ichki sekresiya sistemalari, temperamentni analiz qilishda esa nerv sistemasi katta rol o‘ynaydi. I.P.Pavlovning hayvonlarni konstitusiya tiplariga bo‘lishi bunga misol bo‘ladi. U hayvonlarni tor tanali va keng tanali tiplarga bo‘lgan. Masalan, go‘shtdor qoramollar (shortgorn, angus, gellovey, gereford zotlari) keng tanalilar, sersut qoramollar tor tanalilar tipiga kiradi. Hozir ikkala tipdagi hayvonlarni chatishtirib, go‘shtdor va sersut zotlar chiqarilmoqda.
Hayvonlar zoti va turlarini ularning yoshiga qarab o‘rganish ham muhim masaladir. Hayvonlar yoshiga qarab o‘rganilganda ularning ona qornidagi davri ham hisobga olinadi. Bunda hayvonlarning rivojlanish qonuniyati o‘rganiladi va tez yetiladigan zotlarni hamda ulardan olinadigan mahsulotni ko‘paytirish mumkin

Download 14,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish