Hayvonlar morfologiyasi


Nafas olish organlarini anatomik tuzilishi



Download 14,33 Mb.
bet41/268
Sana15.07.2022
Hajmi14,33 Mb.
#802236
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   268
Bog'liq
morfologiya

Nafas olish organlarini anatomik tuzilishi.
Burun – nasus nafas olish sistemasining boshlanish qismi bo‘lib, havo o‘tkazish, hid bilish, havoni isitish, u bilan aralashib kirayotgan har xil yot narsalarni ushlab qolish va ularni organizmdan tashqariga chiqarib yuborish uchun xizmat qiladi. Burunda juft burun bo‘shlig‘i, uning old qismida burun kataklari bo‘ladi. Burun bo‘shlig‘i kalla suyagi kovaklari bilan qo‘shiladi.
Burun asosiy, uchki, yon va yuqori qismlarga bo‘linadi. Burunning yuqori qismi - dorsum nasi burun bo‘shlig‘ining qopqog‘i hisoblanadi. YOn qismlari burunning yon devorini hosil qiladi.
Burun bo‘shlig‘i - cavum nasi har xil hayvonlarda turli shaklda bo‘ladi. Uning boshlanish qismi tor, ichki teshigiga (xoanaga) yaqin qismi keng. Burun bo‘shlig‘i burun to‘sig‘i - septum nasi orqali o‘ng va chap bo‘shliqlarga bo‘linadi. Burun to‘sig‘i orqa tomondan panjarasimon suyakka birlashgan, oldingi tomoni esa tog‘ay plastinkadir. Tog‘ayning ustki qismi burun va peshana suyaklariga birlashgan, pastki tomoni esa dimog‘ suyagi ariqchasida joylashadi. Burun to‘sig‘ining oldingi qismi T shaklida ikkiga bo‘linib, burunning yon tog‘aylari - cartilago lateralis ni hosil qiladi. Burun katagining ustki yon tomonida qanotsimon tog‘ay - cartilago alares bo‘ladi. Burun katagi - nares hayvonlarda har xil shaklda bo‘ladi. Burun kataklari yon va o‘rta burun qanotlari - ala nasi lateralis dan iborat. Burun katagining yuzasi teri bilan qoplangan, u burilib ichkariga o‘tib, keyin shilimshiq parda hosil qiladi. Tashqi terisi sezuvchi junlar bilan qoplangan. Burun kataklarining ichki burun bo‘shlig‘iga qaragan qismida 5 – 7 sm keladigan soxta bo‘shliq - diverticulum nasi bo‘lib, uning keng orqa qismi burun bo‘shlig‘iga qo‘shiladi. Burun terisining shilimshiq pardaga aylanish joyida ko‘z yoshi kanalining teshigi ochiladi. Burun bo‘shlig‘ining shilimshiq pardasi jun va epiteliy bilan qoplangan bo‘lib, ko‘p burma hosil qiladi. Ularning yon tomonida burunning yuqorigi va pastki chig‘anoqlari, orqa qismida esa panjarasimon suyakning labirintlari joylashadi.
Burun bo‘shlig‘i bosh suyagiga nisbatan ancha kichik bo‘lib, ichi burun chig‘anoqlari bilan to‘lgan. Bo‘shliqning kaudal qismida burun to‘sig‘i oxirgacha bormaydi ya’ni yaxlit o‘rta kanal hosil bo‘ladi. Ikkala burun kanallari u orqali burun – halqum sohaga ochiladi.
Bosh suyagining qo‘shimcha bo‘shliqlari tizimi juda murakkab bo‘lib, buzoqlarda yaxshi rivojlanmagan. To‘liq o‘lchamlarga etish uchun bir necha yillar kerak bo‘ladi.
Yuqori jag‘ bo‘shlig‘i yuqori jag‘da, tishlardan yuqorida joylashib, katta sohani egallaydi.
Peshana bo‘shlig‘i katta bo‘lib, bir nechta bo‘linmalardan tashkil topgan. Uning orqa bo‘limi asosan peshana suyagi ichida joylashib, bosh miyani yuqoridan o‘rab turadi va shox o‘simtasi ichiga kirib boradi. Yoshi katta hayvonning shoxi singanda peshana sinusiga yo‘l ochiladi.
Burunning yuqorigi chig‘anog‘i - concho dorsalis s. nasalis orqa qismi kengroq va panjarasimon suyakka qo‘shilgan, old tomoni esa ingichkaroq bo‘ladi. B chig‘anoqda ikkita to‘g‘ri burma bor, old qismida ular birlashib ketadi.
Pastki chig‘anoq - concho ventralis s. maxillaries da ham ikkita burma bor. Ularning yuqorigisi qanotsimon - plica alaris bo‘lib, S shakldagi tog‘ayga qo‘shiladi. Pastki burma burun katagi tomon o‘tib turadi. Yuqorigi va pastki chig‘anoqlar har qaysi burun bo‘shlig‘ining yuqorigi, o‘rta va pstki yo‘llariga bo‘linadi. Ular qo‘shilib, burunning umumiy yo‘liga aylanadi.
Burunning yuqorigi yo‘li - meatus nasi dorsalis hid bilish organlari bilan bog‘liq bo‘lib, burun suyagi hamda yuqorigi chig‘anoq o‘rtasida joylashadi. Bu yo‘l torroq bo‘lib, panjarasimon suyakda tugaydi.
Burunning o‘rta yo‘li - meatus nasi medius yuqorigi va pastki yo‘llar o‘rtasida joylashgan bo‘lib, yuqorigi yo‘ldan bir oz keng u kalla suyagidagi kovaklar bilan qo‘shilgan bo‘ladi.
Burunning pastki yo‘li - meatus nasi ventralis pastki chig‘anoq ostida, tanglay suyagi ustida joylashib, anchagina keng bo‘ladi va to‘g‘ri ichki havo yo‘liga tomon o‘tadi.
Burunning umumiy yo‘li - meatus nasi communis burun to‘sig‘i va chig‘anoqlari to‘g‘risida joylashadi. Bu yo‘lga uchala yo‘l kelib ochiladi. U esa orqa tomondan burun – tomoq yo‘li - meatus nasi pharyngeus ga qo‘shilib ketadi. Burun yo‘llarining shilimshiq pardasi tebranuvchi epiteliy bilan qoplangan. SHilimshiq pardaning hamma joyida qizg‘ish rangli bezlar bo‘ladi. Bu pardaning ostida zich joylashgan qon tomiri to‘rlari bo‘ladi. Burun – tanglay kanali dimog‘ – burun organi - organon vomera nosalis ga ochiladi. Bu organ shilimshiq parda kanalidan iborat bo‘lib. ichi suyuqlik bilan to‘lgan.

Download 14,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish