Hayvonlar morfologiyasi



Download 14,33 Mb.
bet40/268
Sana15.07.2022
Hajmi14,33 Mb.
#802236
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   268
Bog'liq
morfologiya

Orqa chiqaruv teshigi - anus ovqat hazm qilish organlarining eng oxiri bo‘lib, tezak massani vaqtincha saqlash va chiqarish uchun xizmat qiladi. Orqa chiqaruv teshigining terisi juda yupqa, junsiz bo‘lib, unda yog‘ bezlari juda ko‘p. Uning tashqi tomoni teri, ichki tomoni esa shilimshiq parda bilan qoplangan. Orqa chiqaruv teshigida ichki va tashqi sfinkter - sphincter ani externus et internus bo‘lib, ular silliq va ko‘ndalang muskul to‘qimalaridan iborat. Bu muskullar qisqarib – yozilganda, orqa chiqaruv teshigini harakatga keltiradi.
Anal sfinkter muskulli halqa bo‘lib, fekaliylar tashqariga o‘tishini nazorat qiladi. Sfinkter ikkita qismlardan tuzilgan:
ichki anal sfinkter – silliq muskulli ichki halqa bo‘lib, noixtiyoriy faoliyat qiladi.
tashqi anal sfinkter – targ‘il muskulli tashqi halqa bo‘lib, ixtiyoriy faoliyat.


6.3Nafas olish organlariga morfofunksional tavsif.
Nafas olish organlari organizm bilan tashqi muhit o‘rtasida gazlar almashinuvchini ta’minlaydi. Quruqda yashovchi hayvonlar havo kislorodi, suvda yashovchi hayvonlar esa suvda erigan kislorod bilan nafas oladi. Tirik organizmning kislorodga bo‘lgan ehtiyoji juda katta. Masalan, itlar ovqatsiz uch hafta, suvsiz uch kungacha yashashi mumkin, ammo kislorodsiz uch minut yashay olmaydi.
Nafas olish organlari orqali gazlar almashinuvidan tashqari, ular yana bir qancha vazifalarni bajaradi: burun bo‘shlig‘i hid bilish, hiqildoq ovoz chiqarish, o‘pka esa suv bug‘latish uchun xizmat qiladi.
Nafas olish organlari ham boshqa organlar singari, qon aylanish, ovqat hazm qilish va nerv sistemasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi, chunki o‘pkaga kirgan kislorod qon tarkibiga o‘tib, uning shaklli elementlari – eritrotsitlar orqali butun organizm to‘qimalariga tarqaladi va moddalar almashinuvida muhim rol o‘ynaydi, paydo bo‘lgan karbonat angidrid tashqariga chiqib ketadi. Nafas olish sistemasining markazi uzunchoq miyada joylashgan.
Nafas olish tezligi va hajmi hayvonlarning katta – kichikligiga bog‘liq bo‘ladi. Hayvon qancha katta bo‘lsa, shuncha sekin va ko‘p havo oladi. Masalan, quyonlar bir minutda 50 – 60 marta nafas olsa, otlar 8 – 16 martagacha nafas oladi. CHunki mayda hayvonlarda moddalar almashinuvi juda tez boradi.
Nafas olish organlariga burun kataklari, burun bo‘shlig‘i, hiqildoq, kekirdak, bronxlar va havo almashtiruvchi asosiy organ – o‘pka kiradi.



Download 14,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish