Hayvonlar morfologiyasi



Download 14,33 Mb.
bet255/268
Sana15.07.2022
Hajmi14,33 Mb.
#802236
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   268
Bog'liq
morfologiya

7-preparat
Buqa spermiy (spermatozoid)lari.
Gematoksilin va eozin bilan bo‘yalgan surtma (8-rasm).

Spermiylar surtmalarda o‘rganiladi: spermyni (odatda urug‘don ortig‘idan olingan) predmet shishasiga yupqa qilib surtiladi, fiksatsiya qilinadi va bo‘yaladi. Ammo odatdagi preparatlarda va quruq ob’ektivlarda spermiylar tuzilishining qismlarini (sentriollarni, spiral ipcha va b.) ko‘rib bo‘lmaydi, faqat ularning umumiy shaklini o‘rganish mumkin.


Kichik ob’ektivda spermiylar zich joylashmagan, alohida-alohida spermiylar aniq ko‘rinadigan joyni tanlash kerak. Ularni katta ob’ektivda o‘rganish va chizib olish kerak.
Odatdagi preparatda spermiy boshchasini (1) yaxshi farqlash mumkin; buqa spermiylarida u noksimon shaklga ega va boshqa hayvonlar spermiylarinikidan anchagina kattaligi bilan ajralib turadi. Boshcha hujayraning o‘zagiga to‘g‘ri keladi, lekin boshqa hujayralarning o‘zagidan fiksatsiya qilingan preparatda mutlaqo gomogenligi bilan farq qiladi, unda hech qanday ichki struktura ko‘rinmaydi. Boshcha gematoksilin bilan binafsha rangga bo‘yaladi (bu yerda dezoksiribonuklein kislota to‘planganligining belgisi). Boshchaning yuqorigi qismi spermiy sitoplazmasining qoldig‘i bo‘lgan G‘ilofcha (2) bilan qoplangan va ochroq (tiniqroq) dek ko‘rinadi. Boshchadan keyin oraliq bo‘lim (3) - dumchaning boshlang‘ich, biroz yo‘g‘onlashgan qismi joylashadi; uning juda murakkab ichki tuzilishi (bu yerda murakkab sentriol va shakli o‘zgargan mitoxondriyalar joylashadi) bu preparatda ko‘rinmaydi. Spermiyning dumchasi (4) ingichkaroq ipcha ko‘rinishiga ega; xuddi oraliq bo‘limdek dumcha spermiy sitoplazmatik qismini tashkil qiladi, shuning uchun ham kislotali bo‘yoqlar bilan bo‘yaladi; bizning preparatimizda u eozin bilan pushti rangga bo‘yalgan.
Parrandalarning embrional tarraqiyeti, tuxum xujayra
Preparat. Mezodermaning birlamchi differensiatsiyasi bosqichidagi tovuq embrionining ko‘ndalang kesimi. Karmin bilan total bo‘yalgan (13-rasm).
36 soat inkubatsiya qilingan tuxumdan tayyorlangan. Ko‘ndalang kesim embrion tanasining o‘rta qismidan, shakllanayotgan somitlar oblastidan o‘tgan.
Preparatni kichik ob’ektiv ostida o‘rganamiz va chizib olamiz. Ektoderma (1) embrion dorsal yuzasini qoplab turuvchi uzluksiz qavatdan iborat. Teri ektodermasi o‘z tabaqalanishining dastlabki bosqichlarida xarakterli vakuolizatsiyaga uchraydi va uning hujayralari bir-biridan uzoqlashgandek ko‘rinadi. Kesimda oval shaklga ega bo‘lgan nerv nayi (2) ektodermadan to‘lig‘icha ajralgan; uning ichida yoriqsimon bo‘shliq - nevrotsel (3) ko‘rinadi. Nerv nayi ostida kompakt ingichka tasmacha (ipcha) ko‘rinishidagi xorda (4) joylashib, uning kesimi doiracha shakliga ega. Embrionning ventral yuzasini embrionning o‘qi bo‘ylab uncha katta bo‘lmagan botiq - ichak jo‘yakchasiga (6) ega entodermaning (5) yupqa varag‘i hosil qiladi. Mezoderma bu bosqichda birlamchi differensiatsiyaga uchraydi. Nerv nayi va xordaning har ikki yon tomonidan massiv, segmentlangan to‘plam - somitlar (7) hosil qiladi. Somitlar lateral yo‘nalishda pariyetal varaq (8) va visseral varaq (9) larga parchalanuvchi yon varaqlarga aylanadi. Pariyetal va visseral yon varaqlar oralig‘ida tananing ikkilamchi bo‘shlig‘i - seloma (10) hosil bo‘ladi. Somitlar va yon varaqlar oralig‘idagi chegara qism nefrotam (11) nomi bilan ataladi; kelajakda undan buyrak rivojlanadi. Mezoderma va endoderma oralig‘ida shakllangan qon tomirlari (12) ko‘rinib, ularning bo‘shlig‘ida birlamchi qon hujayralari (13) mavjud. Qayd qilingan embrional kurtaklar oraliqlarida yoriqlar bo‘lib, ular blastotselning (14) qoldiqlaridir. Bu bosqichda ular hali mezenxima bilan to‘lmagan; visseral varaqdan ajralgan kam miqdordagi mezenxima birlamchi tomirlar hosil bo‘lishi uchun sarflangan; mezenximaning asosiy massasi somitlarning differensiatsiyasi boshlangandan so‘ng ajralib chiqadi, uni esa keyingi preparatda o‘rganamiz.

Download 14,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish