Hayvonlar morfologiyasi


-Mavzu: Hayvonlarning silliq tolali muskul to‘qimasining gistopreparatlarini o`rganish



Download 14,33 Mb.
bet151/268
Sana15.07.2022
Hajmi14,33 Mb.
#802236
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   268
Bog'liq
morfologiya

8-Mavzu: Hayvonlarning silliq tolali muskul to‘qimasining gistopreparatlarini o`rganish.
Reja:
1.Silliq muskul to’qimasining gistomorfologik tuzilishi
2.Yurak muskulining gistomorfologik tuzilishi.
Darsning maqsadi:
Silliq muskul to‘qimalarining o‘ziga xosliklari bilan tanishish;
Ko‘rgazmali asbob-uskunalar va jihozlar:
Mikroskop, gistopreparatlar.
Darsni mazmuni: Muskul to‘qimalar qisqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, hujayralari yoki tolalari maxsus ipchalar (miofilamentlar, mioprotofibrillallar) borligi bilan xarakterlanadi. Bu ipchalar tolador tuzilishga ega bo‘lgan aktin va miozin oqsillari molekulalaridan iborat. Bu ipchalardan murakkabroq qisqaruvchi tuzilmalar - miofibrillalar shakllanadi. Muskul to‘qimalarda ko‘p miqdorda issiqlik ham hosil bo‘ladi.
Oliy hayvonlar organizmida silliq va ko‘ndalang targ‘il muskullar mavjud. Ko‘ndalang-targ‘il muskullar skelet va yurak muskullariga, yurak muskuli o‘z navbatida ishchi (qisqaruvchi) va o‘tkazuvchi muskullar tolalariga bo‘linadi. Shuningdek, ixtisoslashgan qisqaruvchi to‘qimalar -mioepiteliotsitlar, ko‘z kamalak pardasining mioPigmentotsitlari va ko‘z qorachig‘ini kengaytiruvchi muskul to‘qimalari ham farq qilinadi.
Embrional taraqqiyot paytida silliq muskullar mezenximadan, ko‘ndalang-targ‘il muskullar mezodermaning miotomlaridan, yurak muskuli esa splanxnotomdan hosil bo‘luvchi mioepikardil plastinkadan taraqqiy qiladi.
Silliq muskul to‘qima
Silliq muskul to‘qimani organizmda uchrash joylariga ko‘ra, ichki organlar muskuli ham deyiladi. Bu to‘qima qon tomirlari va ichki organlar devorida uchraydi. Silliq muskulning struktur elementi duksimon shaklga ega miotsitdir (78-rasm). Hujayraning ko‘ndalang kesimi 10 mkm dan oshmagan holda uzunligi 20-500 mkm bo‘ladi. Tayoqchasimon o‘zagi hujayraning kengaygan o‘rta qismida joylashib, unda 1-2 ta o‘zakcha va mayda donachalar holidagi xromatin ko‘rinadi. Mitoxondriyalar va plastinkali kompleks o‘zak qutblari atrofida to‘plangan. Sitoplazmada hujayraning bo‘yiga qarab joylashgan, sitoplazmaga bilinar-bilinmas uzunasiga chiziqlilik berib turadigan ko‘pdan-ko‘p miofilamentlar mavjud. Ular bir tekis konturga ega bo‘lib, hech qanday ko‘ndalang chiziqlilik belgilariga ega emas. “Silliq muskul” iborasi ham shunga ko‘ra qo‘llaniladi. Miozin (yo‘g‘onligi 17 nm), aktin (7 nm) va oraliq (10 nm) miofilamentlar farq qilinadi (78-79-rasmlar). Miofilamentlar silliq muskul hujayrasida haqiqiy miofibrillalarga umumlashmaydi. Odatdagi plazmolemmadan tashqari hujayra yupqa bazal membrana bilan o‘ralgan bo‘lib, bu membranaga argirofil tolalar tutashib turadi. Ayrim hollarda muskul hujayralar bir-biriga zich tegib turib, orada bazal membrana bo‘lmaydi, ular orasida desmosomaga o‘xshash tutashtiruvchi apparat hosil bo‘ladi.
Silliq muskul to‘qima hujayralari bir yo‘nalishda bir-biri orasiga suqilib kirib joylashadi, qalin qavat hosil qilib, ancha katta kuch bilan qisqara oladi.Silliq muskul to‘qimada har doim qon tomirlari,nerv va biriktiruvchi to‘qima elementlari mavjud (80-rasm).
Silliq muskul to‘qima vegetativ nerv sistemasi bilan boshqarilib, uning qisqarishi ixtiyoriy emas.
Silliq muskul to‘qimaning taraqqiyoti. Embrional taraqqiyot davrida tez ko‘payayotgan mezenximal hujayralar sitoplazmasida miofilamentlar paydo bo‘lishi tabaqalanishning boshlanish belgisidir. Lekin hali ularning soni kam va ma`lum orientatsiya (hujayra bo‘yiga qarab joylanish)ga ega emas. Keyinchalik hujayralar duksimon shaklni olib, o‘simtalarini yo‘qotadi, miofilamentlar esa hujayra bo‘yiga qarab joylashadi. Voyaga etgan organizmda ham miotsitlarning yangidan hosil bo‘lishi kuzatiladi (bo‘g‘ozlik davrida bachadon devorida, kollateral qon tomirlarining yangidan hosil bo‘lishida). Bunda biriktiruvchi yumshoq to‘qimaning kambial elementlari (miofibroblastlar) ma`lum ahamiyatga ega. Silliq muskulda doimiy ravishda fiziologik regeneratsiya, tegishli sharoitlarda (masalan, shikastlanishdan keyin) reparativ regeneratsiya kuzatiladi. Miotsitlarning amitoz bo‘linishi ancha ko‘p uchraydi, shuningdek ularning mitoz yo‘li bilan bo‘linaolishi to‘g‘risida ham ma`lumotlar bor.



Download 14,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish