1 -rasm. Hayvon organizmi to'qimalari va hujayralari. 1 - epiteliy, 2 - qon, 3 - tog'ay, 4 - suyak, 5 - biriktiravchi to'qima, 6 - silliq muskul tolalari, 7 - mezoteliy, 8 - nerv hujayralari. E - eritrotsitlar. L - leykotsitlar.
Bu to'qima hayvon tanasi sirtini qoplab turavchi terini hosil qiladi. Tana bo'shlig'i, ichak devori va ichki organlar bo'shlig'ining ichki yuzasi ham shu to'qima bilan qoplangan. Epiteliy organizmni tashqi va ichki muhitning zararli ta'siridan himoya qiladi. Chuvalchanglar tanasi sirtidagi kutikula, bo'g'imoyoqlilarning xitin qoplag 'ichi, umurtqali hayvon-larning juni, patlari va tirnoqlari teri epiteliysidan hosil boiadi. Epiteliysekretsiya funksiyasini ham bajaradi. Masalan, ichak va oshqozon devori bezlari hazm fermentlari, ichki sekretsiya bezlari epiteliysi gormonlar ishlab chiqaradi. Teridagi maxsus epiteliy hujayralari teri sirtiga ter va yog' ishlab chiqaradi.
Biriktiruvchi to'qima hujayralar orasidagi moddasining ko'pligi bi-lan boshqa to'qimalardan farq qiladi. Oraliq modda qattiq yoki suyuq boiishi mumkin. Biriktiravchi to'qima organlar va to'qimalarni bir-biri bilan tutashtirib turish, tayanch skelet hosil qilish, organizmni oziq mod-dalar va kislorod bilan ta'minlash, zaxira oziq to'plash va boshqa bir qan-cha vazifalarni bajaradi. Bo'shliqichlilar tipiga mansub hayvonlarning shilimshiq moddaga o'xshash biriktiruvchi to'qimasida oziqni taqsimlash, skelet hosil qilish, jinsiy hujayralar hosil qilish kabi turli vazifalarni bajaru-vchi har xil hujayralar bo'ladi. Yassi chuvalchanglar tanasidagi ichki organlar oralig'ini to'ldirib turuvchi parenxima g'ovak tolali biriktiruvchi to'qimaga misol bo'ladi. Bu to'qima ichki muhit vazifasini bajaradi. Ba'zi umurtqasiz hayvonlar va hamma umurtqalilarning turli organlari va teri-osti qavati tarkibiga zich biriktiruvchi to'qima kiradi. Nafas olish organlari, qon tomirlari devori va terming qayishqoqligi ana shu to'qimaning oraliq moddasida joylashgan tolalar xossasiga bog'liq bo'ladi. Tayanch -skelet vazifasini bajaruvchi tog'ay, suyak, xordatig'iz tolali biriktiruvchi to'qimaga misol bo'ladi.
Qon suyuq biriktiruvchi to'qimadan iborat. Umurtqali hayvonlar qoni hujayralardan va qon zardobidan iborat. Qon zardobi hujayralararo mod-dani, qon hujayralari (eritrotsitlar, leykotsitlar va boshqalar) to'qima hu-jayralarini hosil qiladi. Umurtqasiz hayvonlarning qoni ko'pincha rangsiz, kislorod tashuvchi gemoglobin oqsili esa qon zardobi tarkibiga kiradi. Ko'pchilik hayvonlar (hasharotlar va umurtqalilar) uchun xos bo'lgan yog' to'qimasi ham o'zining tuzilish xususiyatigako'rabiriktiruvchi to'qimaga kiradi. Yog' to'qimasi hujayralarida zaxira oziq modda - yog' to'planadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |