Hayvonlar hujayrasi va to'qimalari



Download 1,72 Mb.
bet3/9
Sana25.02.2022
Hajmi1,72 Mb.
#464926
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
YUSUPOVA M

Muskul to'qimasi qisqarish xususiyatiga ega bo'lgan tolalardan tashkil topgan. Muskul to'qimasi silliq vako'ndalang chiziqli bo'ladi. Silliq muskullarduksimon, bitta yadroli hujayralardan tashkil topgan. Ular bir hu-jayralilar va bo'sbJiqichlilardan tashqari barcha umurtqasiz hayvonlar va umurtqali hayvonlarning ichki organlari tarkibiga kiradi. Bu muskullar kuchsiz, lekin bir maromda qisqaradi. Ko'ndalang chiziqli muskullar ko'p yadroli uzun tolali hujayralardan iborat. Bu xildagi muskullar bo'g'imoyoqlilar, qisqichbaqasimonlar, o'rgimchaksimonlar va hasharotlarning harakat organlari, umurtqali hayvonlarning skeleti bilan bog'langan. Ko'ndalang chiziqli muskullar har xil kuch bilan qisqarishi mumkin.
Nerv to'qimasi - nerv hujayralari- neyronlar va hujayra oralig'i modda - neyrogliydan iborat. Tashqi muhitdan va organizmning o'zidan keladigan qo'zg'alishni qabul qilish va o'tkazish vazifasini bajaradi. Nerv hu­jayralari dastlab sodda ko'p hujayralilar -bo'shliqichlilarda paydo bo'ladi. Yassi chuvalchanglarda nerv hujayralari markazlashgan bosh nerv tugunini hosil qiladi. Bo'g'imoyoqlilar va umurtqali hayvonlarning nerv hu­jayralari yanada kuchliroq markazlashishi natijasida markaziy nerv siste-. masini hosil qiladi.
Organlar va organlar sistemasi. Yuqorida ta'kidlab o'tilgan to'qimalar organlarni tashkil etadi. Har qaysi organ tarkibiga bir necha xil to'qima kiradi. Har bir organ organizmda ma'lum bir vazifani bajarishga moslashgan bo'ladi. Bir-biri bilan uzviy bog'langan va organizmda bitta umumiy vazifani bajaradigan organlar bitta sistemaga birlashtiriladi. Masalan, og'iz bo'shlig'i, halqum, oshqozon, ichaklar va ovqat hazm qil­ish bezlari ovqat hazm qilish sistemasini tashkil etadi. Evolyutsion taraqqiyotning birmuncha yuqori pog'onasida joylashgan hayvonlarda ovqat hazm qilish, nafas olish, ayirish, tayanch-harakat, qon aylanish, nerv va boshqa bir qancha organlar sistemasi rivojlanadi.
Tana simmetriyasi. Simmetriya hayvonlar tanasining o'xshash simmetriya markazi (nuqta, to'g'ri chiziq yoki yuza) atrofida ma'lum bir geometrik tartibda mutanosib joylashuvidan iborat. Tana simmetriyasi uzoq evolyutsion taraqqiyot natijasi bo'lib, yashash muhiti bilan chambarchas bog'liq. Hayvonlar tana simmetriyasining asosiy xillari quyidagiiardan iborat.
1. Radial nurli, ya'ni teng o'qli simmetriya suvda qalqib hayot kechiradigan sharsimon plankton hayvonlar (quyoshsimonlar, nurlsimonlar, volvokslar va boshqalar)da ko'rish mumkin. Ular tanasining o'xshash qismlari bir nuqtadan tarqaladigan radial nurlar yo'nalishida joylashgan.
Radial nurli simmetriya suv muhitida qalqib turuvchi hayvon yashab turgan muhitning tananing hamma tomonida bir xil bo'lishi bilan bog'liqdir. Radial tana simmetriyaga ega bo'lgan hayvonning tashqi muhit ta'siriga javob reaksiyasi tananing hamma tomonida bir xilda bo'ladi.
2. Radial o'qli simmetriya suv tubida o'troq yashaydigan bo'shliqichlilar va ularning erkin yashovchi meduzalari, shuningdek taroqlilar va ninaterililar uchun xosdir. Radial o'qli simmetriyaga ega bo'lgan
hayvonlar tanasining o'xshash qismlari aylanish o'qi atrofida joylashgan. Hayvonlar tanasidagi simmetrik bo'laklar soni tana sirtida joylashgan paypaslagichlar (bo'shliqichlilar, taroqlilar, g'ovaktanlilar) yoki tana markazidan ketuvchi nurlar soni bilan belgilanadi.
Odatda radial nurli tana simmetriyasi faqat bir hujayralilar, radial o'qli simmetriya birmuncha sodda tuzilgan umurtqasizlar uchun harakterlidir.
3. Bilaterial, ya'ni ikki yonlama simmetriya juda ko'pchilik harakatchan umurtqasiz hayvonlar va deyarli barcha umurtqali hayvonlar uchun xos bo'ladi. Bu hayvonlar tanasini markaziy o'q orqali o'tadigan yagona yuza orqali faqat ikkita teng bo'laklarga ajratish mumkin. Bilater­al tana simmetriyaga ega bo'lgan hayvonlar tanasining chap va o'ng yarmini, oldingi (bosh) va keyingi (dum), orqa (yelka) va qorin tomonlarini aniq ajratib olish mumkin.
Shuning bilan birga ayrim hayvonlar tanasi simmetriyasiz tuzilishga ega bo'ladi. Bunday hayvonlarga sodda tuzilgan yalang'och amyobalar bilan bir qatorda qorin oyoqli mollyuskalar ham misol bo'ladi. Qorin oyoqlilar tanasining assimmetrik tuzilishi spiral chig'anoqning hosil bo'lishi bilan tananing bir tomonga buralishi natijasida kelib chiqqan bo'lib, ikkilamchi harakterga egadir.



Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish