Konstitutsiya – hayvonlar organizmining tashqi ta’sirga javob qaytarish xususiyati, ularning nasli va tashqi muhit ta’sirida tanasi shaklining o‘zgarishi haqida ma’lumot beradi. Organizmning har qanday ta’sirga javob qaytarish qobiliyati, tananing morfologik, fiziologik qismlari, hujayra va to‘qima sistemalari ham konstitutsiya asosida o‘rganildi. Konstitutsiya tipiga qarab, hayvonlarni tanlash va ulardan juda yaxshi zotlar etishtirish, hayvonlarning sog‘lig‘ini, sharoitga moslashuvini, chidamliligini, jinsiy faoliyati va tez etilishini aniqlash hamda eng yosh vaqtidanoq har tomonlama (nasl olish uchun, bo‘rdoqiga boqish va hokazolar uchun) saralash mumkin. Hayvonlar tashqi ko‘rinishining xarakteri ularning skeletiga, muskullari hamda terisining tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi. Hayvonlar kompleksiyasi ichki organlarning tuzilishi va funksiyasidan iborat. Bu narsa ular temperamentini ham hosil qiladi.
Hayvonlarning tashqi tuzilishini (ekstererini) o‘rganishda ham anatomiya katta rol o‘ynaydi, kompleksiyani analiz qilishda, asosan, nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish, retikula – endoteliy va ichki sekretsiya sistemalari, temperamentni analiz qilishda esa nerv sistemasi katta rol o‘ynaydi. I.P.Pavlovning hayvonlarni konstitutsiya tiplariga bo‘lishi bunga misol bo‘ladi. U hayvonlarni tor tanali va keng tanali tiplarga bo‘lgan. Masalan, go‘shtdor qoramollar (shortgorn, angus, gellovey, gereford zotlari) keng tanalilar, sersut qoramollar tor tanalilar tipiga kiradi. Hozir ikkala tipdagi hayvonlarni chatishtirib, go‘shtdor va sersut zotlar chiqarilmoqda.
|
Anatomiya fani o‘rganish metodikasi va usullariga ko‘ra makroskopik, mikroskopik hamda makromikroskopik qismlarga bo‘linadi.
Makroskopik anatomiyada hayvon organizmi va uning tarkibiy qismlari pichoq, skalpel yordamida mayda bo‘laklarga bo‘lib o‘rganiladi.
Mikroskopik anatomiyada tananing eng mayda qismlari mikroskop yordamida murakkab usul bilan tekshiriladi.
Makroskopik anatomiya, odatda anatomiya nomi bilan yuritiladi. Mikroskopik anatomiya esa gistologiya nomini olgan. Bu fanlarni bir – biridan ajratib bo‘lmaydi, chunki ular o‘zaro juda yaqin bo‘lib, faqat o‘rganish usuli jihatdan farq qiladi.
Hayvonlar organlarining shakli, hajmi, rangi, qattiq – yumshoqligini hamda bir – biriga bo‘lgan munosabatini va tarkibiy tuzilishini sistematik anatomiya o‘rganadi. Ob’ektni o‘rganish usuli jihatidan ham anatomiya bir necha xil bo‘ladi. Masalan, topografik anatomiya, bu fan yordamida organlarning o‘zaro joylashuvi o‘rganiladi. Bu narsa operatsiya vaqtida juda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Hayvonlar yoshiga qarab tuzilishi o‘zgarishini o‘rganadigan anatomiya yosh anatomiyasi, hayvon organizmi konstitutsiyasini o‘rganadigan anatomiya konstitutsional anatomiya, hayvonlarning zotini o‘rganadigan anatomiya esa zot anatomiyasi deb ataladi. Organizmlarning tasviriy anatomiyasidan tashqari solishtirma anatomiya ham bo‘ladi. Bunda bir organizmning organlari bir – biriga yoki bir hayvon ikkinchisiga taqqoslab o‘rganiladi.
er yuzidagi ko‘p hayvonlar tuzilishi, katta – kichikligi va yashash sharoitiga ko‘ra juda xilma – xil bo‘ladi. Lekin ular qanchalik xilma – xil bo‘lmasin, kelib chiqishi jihatidan bir – biriga yaqin qarindoshdir.
Ma’lumki, er yuzida hayvonlar birdan paydo bo‘lmagan, balki necha million yillar mobaynida sodda organizmdan murakkab organizmga aylanib borgan. SHunday qilib, hayvonot dunyosining sxema tarzidagi shajarasi vujudga kelgan. Bularning o‘tmishda o‘z tarixi (filogenezi) va boshqa turlar bilan ozmi – ko‘pmi qon – qarindoshlik munosabati bor. Hayvonlar organizmini o‘rganar ekanmiz, avval ularning ajdodlari haqida fikr yuritishimiz lozim. Bularning hammasini zoologiya, biologiya fanlari batafsil o‘rganadi.
Biologiya bir qancha sohalarga: morfologiya, fiziologiya va boshqa sohalarga bo‘linadi. Morfologiya organizmning umumiy shakli va tuzilishi, fiziologiya esa tanadagi organlar funksiyasi haqida ma’lumot beradi. Bularning har ikkalasi bir – biriga chambarchas bog‘liq, chunki organizmning tuzilishi va shakli ma’lum bir xil funksiya bajarishga muvofiqlashgan. Bunga tashqi muhit doim ta’sir ko‘rsatib turadi. Morfologiya bilan fiziologiyani o‘rganish metodlari bir – biridan farq qiladi. SHuning uchun ham ular alohida o‘rganiladi.
Morfologiyadan quyidagi mustaqil bo‘limlar: anatomiya (organizmning tuzilishini va tashqi muhit bilan muntazam ravishda bog‘liq holdagi taraqqiyotini o‘rganadi); embriologiya (embrionning rivojlanishini o‘rganadi) va evolyusion morfologiya (hayvonlar organizmining faqat ontogenezini – individual rivojlanishini emas, balki filogenezini – tarixiy rivojlanishini ham o‘rganadi) ajralib chiqqan.
Anatomiya fani o‘rganish metodikasi va usullariga ko‘ra makroskopik, mikroskopik hamda makromikroskopik qismlarga bo‘linadi.
Makroskopik anatomiyada hayvon organizmi va uning tarkibiy qismlari pichoq, skalpel yordamida mayda bo‘laklarga bo‘lib o‘rganiladi.
Mikroskopik anatomiyada tananing eng mayda qismlari mikroskop yordamida murakkab usul bilan tekshiriladi.
Makroskopik anatomiyada ko‘zga ko‘rinadigan mayda to‘qimalar binokulyar lupa yordamida qisman kattalashtirib o‘rganiladi. Bu usulning qo‘llanilishi natijasida anatomiya fani bir qancha yangiliklar bilan boyiydi.
Makroskopik anatomiya, odatda anatomiya nomi bilan yuritiladi. Mikroskopik anatomiya esa gistologiya nomini olgan. Bu fanlarni bir – biridan ajratib bo‘lmaydi, chunki ular o‘zaro juda yaqin bo‘lib, faqat o‘rganish usuli jihatdan farq qiladi.
Hayvonlar organlarining shakli, hajmi, rangi, qattiq – yumshoqligini hamda bir – biriga bo‘lgan munosabatini va tarkibiy tuzilishini sistematik anatomiya o‘rganadi. Ob’ektni o‘rganish usuli jihatidan ham anatomiya bir necha xil bo‘ladi. Masalan, topografik anatomiya, bu fan yordamida organlarning o‘zaro joylashuvi o‘rganiladi. Bu narsa operatsiya vaqtida juda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Hayvonlar yoshiga qarab tuzilishi o‘zgarishini o‘rganadigan anatomiya yosh anatomiyasi, hayvon organizmi konstitutsiyasini o‘rganadigan anatomiya konstitutsional anatomiya, hayvonlarning zotini o‘rganadigan anatomiya esa zot anatomiyasi deb ataladi. Organizmlarning tasviriy anatomiyasidan tashqari solishtirma anatomiya ham bo‘ladi. Bunda bir organizmning organlari bir – biriga yoki bir hayvon ikkinchisiga taqqoslab o‘rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |