Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни)
www.ziyouz.com
кутубхонаси
48
Ey, qalloblik bilan janda kiyib olgan shayx, shomu sahar zikr aytib, g‘avg‘o qilasan. Jandangning
hamma
tomonlariga yamoq qadalgan, bu yamoqlar hammasi soxta xudojo‘ylik va riyo iplari bilan
tikilgan. Aylanma quroqlar bu kiyimingda ko‘p bo‘lib, ularning ostiga pullarni berkitib qo‘yish oson.
Uning to‘qimalari ham yolg‘on ipidan to‘qilgan. Iblisning mo‘ylabi esa igna vazifasini bajargan. Yashil
to‘n ustidagi yamoqlar nayrangboz falakning nans yulduzlaridir. Ushbu
falak ham shuning uchun
ertalabda rido kiyadi, yolg‘on tong esa uning bayrog‘idir. Uning eski sallasi chulg‘angan bo‘lib, ichida
egrilikdan boshqa hech narsa yo‘q.
Uning hassasini hassa dema, xiyla uyining ustuni de: qani endi shu ustun sinib, bunaqa uy yer bilan
yakson bo‘lsa.
Tasbehini tasbeh dema, buttarosh but yo‘nayotganida chiqindilardan uning donalarini yasagan. Bu
toshlarning uchidagi so‘fisi kofirning may idishiga o‘xshaydi, tasbehning ipi esa zunnorning ipini
eslatadi. Tish tozalagichi so‘lagi tegishi bilan nopok bo‘lgan. U misvok yomon xabar bitilgan o‘rog‘liq
maktubga o‘xshaydi, shunday narsani u go‘yo o‘pish uchun og‘ziga olib borayotganday. Ikki oyog‘idagi
ikki kavushi xazilkashlar uchun o‘yinchoq - ermak. Osilib turgan ajib soqoli kishining kulgisini qistatadi;
o‘ltirishi minbarga chiqqan echkining o‘zi.
Lekin tutgan ishida echkining ishidagicha ham to‘g‘rilik yo‘q, chunki u o‘g‘rini tutadi, bu esa o‘zi
o‘g‘rilik qiladi
81
. Echki o‘z toifasiga yaxshilik istaydi; poda ming qo‘ydan iborat bo‘lsa ham peshvo.
O‘zini hammasiga mehribon tutib, yo‘l boshlab, to‘g‘rilikka amal qiladi. Tunu kun tog‘u toshda podani
boshqarib yurib, ularni xavfli so‘qmoqlardan o‘tkazadi.
Shayx ham o‘z odamlariga yo‘l ko‘rsatadi, lekin u ko‘rsatgan yo‘l to‘g‘ri do‘zax o‘tiga olib boradi.
Zulmat vodiysida bu ajab toifa yo‘lidan adashib, o‘zini o‘tga uradi. Ular fisq-fasod qaynagan joydan
panoh topib, unga goh «ibodatxona», goh «xonaqoh» deb ot qo‘yadi. Xonaqohga shayx bo‘yralar solgan;
bo‘yraning rangi - xiyla, hidi -riyodir. Masjidining ustunlari har xil bo‘lib, qibla tomoni qiyshaygan.
Eshigi mayxo‘r otashparastning daraxtidan, mehrobi buzuq tarso
82
qizining qoshiga o‘xshaydi. Shayx
shu mehrob orasida toat qilarkan, shayton nima desa o‘shaning gapiga kiradi. Tag‘in qancha odamlar
unga murid. Lekin ular hammasi unga loyiq, mos muridlar.
Shayx qaddini «nun»
harfi kabi egib, bir burchakda Zunnun
83
singari o‘ltiradi. To‘g‘ri yo‘lni
tutmoqchi bo‘lganlarga ilmdan so‘zlab,
bunisi rost, unisi bilag‘on, deb gap sotadi. Bexuda gaplarni
ko‘paytirib, xudojo‘y odamlarni murid qilmoqchi bo‘ladi. Ularning birini xilvatnishin bo‘lishga
zo‘rlaydi; boshqa xirovini esa kuch bilan uzlatga chekintiradi. Yana birini
nafsini tiygan odam deb
ataydi. Boshqa birovi bo‘lgan-bo‘lmagan tushlar ta’birini aytib laqillatadi. Birov unga yolg‘on bir tushni
so‘zlab bersa, bu unga qancha yolg‘on ta’birlarni qo‘shadi. Xilvatda u o‘zini odamlarga eng yaqin do‘st
deb, o‘zini Xizrga hamdam bo‘lgan deb ko‘rsatadi. Maxkam qilib nasha tugib qo‘ygan latta nashaning
rangi urib, yashil bo‘lib ketgan. Uning otini shayx «Xizr payg‘ambar» («Yashil payg‘ambar») deb
ataydi, bema’ni xayollarini esa bashorat tushi qilib ko‘rsatadi.
Bunday xilvat uning ahligagina xos bo‘lmay, bunday «xizr»(nasha) shayxning ham ajralmas do‘sti.
Nashani chekib olib, u o‘zini martabada eng yuqori o‘rinda deb biladi; osmon ham, unga qolsa, uning
uchun eng past joy. Xayolida u ko‘tarilmagan daraja qolmaydi, uncha-muncha karomat ko‘rsatganini
pisand ham etmaydi. Nogoh uning qulog‘iga nayning bir kuyi eshitilsa, o‘zini
Ilohiy may ichgan
odamdek mast qilib ko‘rsatadi. Tashqaridan kelgan nag‘ma ohangi juda yoqimli bo‘lsa, o‘rnidan sakrab
81
Бундa шoир ўғрини эчки вoситaси билaн aниқлaш oдaтигa ишoрa қилмoқдa. Бу oдaт бўйичa, ўғриликдa шубҳa oстигa
oлингaн oдaмлaр дaврa бўлиб ўлтиргaн, ўртaдa юргaн эчки кимни искaсa, ўшa ўғри ҳисoблaнгaн.
82
Тaрсo - xристиaн динигa мaнсуб oдaм.
83
Зуннун - тaсaввуфнинг кaттa oлимлaридaн бири. Тўлa исми - Зуннун Aбулфaзл Сaвбoн бинни Ибрoҳим.
95
Ҳaшaрoт.