Hayrat ul-abror



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/113
Sana26.04.2022
Hajmi0,99 Mb.
#581741
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   113
Bog'liq
Hayrat ulabror

 
 
XXVII
 
 
Shox Gʻoziy qahrining garmseli bir qaysar boshoqni barbod etgani, adolatining suvi esa o‘sha 
boshoq bitgan buzuq ekinzorni obod qilgani 
Saodatli Shoh Gʻoziy podshohlik toji uchun kurashib, taxt talashib yurgan vaqtda - yonida yuz, ikki 
yuzcha odam bilan ko‘chib yurar, goh Xorazm yerida bo‘lardi, goh Adoqda. Otgan o‘qlari dushman 
yuragini qon qilib, tig‘i yov boshini uchirar edi. O‘zi asli zotida loyiq bo‘lgani uchun Xudo unga oxiri 
hukmdorlikni berdi. Xalqqa u adolat eshigini ochib qo‘ydi. Taxtga chiqib o‘ltirdi-yu, adolat ko‘rsata 
boshladi. Imoratlar qurib, vayronalarni tuzatdi, zulmni adolat yo‘li bilan bartaraf etdi. Bid’at va fisq-
fujur ahllari yo‘qolib, shariat adolatining qo‘lini kuchaytirdi.
Bir kuni u aylanish uchun chiqqan edi. Shunda bir devona kampir uning etagidan maxkam tutdi. 
Nolayu afg‘on chekib, oh tortib, u dedi:
-
Ey, shariatpanoh shoh! Agar adolat bilan ish ko‘riladigan bo‘lsa, men sen bilan shariat bo‘yicha 
da’volashaman. Shart shuki, jahling chiqmaydi, savollarimga shariat maxkamasi - qozixonada javob ber.
Shoh javob berdi:
-
Agar sen jonimni talab qilsang ham, agar talabing shar’iy bo‘lsa, aybimga jonim bilan iqrorman.
79
Султoн Ҳусaйн Бoйқaрo.


Алишер Навоий. Ҳайратул-аброр (насрий баёни) 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
47
Shu aytilgan gap bo‘yicha kelishdilar, islom qozisining xuzuriga bordilar. Ular birbiriga yonma-yon 
o‘ltirishdi; atrofdagi odamlar xayajon bilan turardilar. Ikkisi go‘yo katta ma’rakada Zol bilan Rustam
80
turganday edi, ularning boshida esa butun olam to‘plangandek.
Qariya dedi:
-
Shoh qazoqlik qilib ko‘chib yurarkan, tig‘ solib, har yoqqa askar tortardi. Men tulning birgina 
jigarim bor edi, u jigarim ekinzorining yagona boshog‘i edi. U bog‘imda bitgan qomati raso sarv, yana 
to‘g‘rirog‘i, qurigan shoxirnning mevasi edi. Shoh qilichi bilan ko‘ksimni yorib, jigarporamni xalok etdi. 
U tig‘i bilan jigarimni kesib, jigarim qonini yerga oqizdi.
Qozi aytdi:
-
Hukmimga shubha bo‘lmasligi uchun ikkita guvoh olib kel. U javob berdi:
-
Agar ikki guvoh kerak bo‘lsa: bular - shohning o‘z adolati va insofidir.
Shunday qilib, yaxshi niyatli podshoh aybiga iqror bo‘ldi. Adolat dargohining odami bo‘lgan qozi 
xun puli to‘lash kerakligi yoki qasos olish haqida hukm chiqardi. Shoh dedi;
-
Shariat shunday hukm qilgan ekan, payg‘ambar shariatining hukmiga jonimni fido qilaman.
U qiyiq bilan bo‘ynini maxkam bog‘ladi; katta hamyonning esa og‘zini bo‘shatdi. Kampirning 
qo‘liga qo‘rqmasdan tig‘ berdi, bu tomonga esa oltin, kumushlarni to‘kib qo‘ydi. So‘ng, u dedi:
-
Qasos olaman desang, mana, boshim; maqsading tirikchilikka pul olish bo‘lsa, mana, pul. 
O‘g‘lingni o‘ldirish haqida buyruq berganimda, boshqa ilojim qolmagan edi. Mana, nima qilsang qil, 
ixtiyor senda!
Shohning adolat va zo‘r insof ko‘rsatishi tig‘ni g‘amgin kampirning tishlaridek o‘tmaslashtirdi. U 
uzr so‘rab shohning oyog‘iga yiqildi va dedi:
-
Ey yulduzlarcha askarga ega bo‘lgan podshoh! Agar bolam sening yo‘lingda qurbon bo‘lgan 
bo‘lsa, men qariya ham senga jonimni berishga tayyorman. Agar seni iztirobga solgan bo‘lsam, 
yaxshilikcha kechir, men yengildim.
Vax, bu odamni qanday xijolatga solish bo‘ldi? Bunisi qanday lutfu adolat o‘zi?! Kampir o‘zining 
da’voyu dostonidan kechib, hatto o‘g‘lining qonidan, o‘zining jonidan ham o‘tdi. Qizig‘i shuki, odil 
podshoh uni o‘sha vaqtda boy ham qildi. Yulduzlardek ko‘plab oltin-kumushlar uni ko‘hna falakdek 
yashartirib yubordi. Kumushning kuchidan u kumushdek boidi. Xalq unga «Tilla kampir» deb laqab 
qo‘ydi.
Falak shum kampiridan qancha alam ko‘rsang ham, shoh adolat qilsa, ey Navoiy, nima g‘am.
Ey gulyuz soqiy, adolat jomini keltir, qara, adolatning orqasidan qanday gullar ochilishi mumkin. 
Adolat qadahini tutki, shodlik bilan ichay, zamonning odil kishisini yod tutib ichay.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish