Hayrat ul-Abror (III- qism)
Alisher Navoiy
44
http://ziyonet.uz/
doʻstlaringni chaqir. Ularning qadami bilan joningni gulshanga aylantir; koʻzingni
ularning chehrasi bilan ravshan qil. Ehson yoʻlini oʻzingga shior et, nimang boʻlsa barini
ularga xadya qil. Birodaringning maqsadi agar sening joning boʻlsa, joningni sarf etib,
unga minnatdorchilik ham bildir.
Hayotingni shunday odamlarning jamiyati bilan shod qil; keyin keladigan
parishonliklarni esda tut. Bu ishlar uchun yuksak osmon har yangi oydan oʻch olish
uchun tigʻ yasab, ikki oʻrtoqning oʻzaro yaqin boʻlganini, ularning visol uyida aysh
qilganini bilsa, oʻsha tigʻ bilan ularning baxt koʻchatini qirqib, ularni bir-biriga bogʻlagan
ipni kesib tashlaydi. Ularning birini xijron tomon boshlaydi, ikkinchisini furqat tomon
tashlaydi. Charxning ishi oqibatda doim shu boʻlgani ucnun nammaga ham oxirida shu
ishni qilar ekan.
Shunday ekan, gul bilan tik savsan ham, norvanu sarvu shamshod ham, bu chamanda
nimaiki boʻlsa - hammasi bir-biriga mehmondirlar. Kimniki bir doʻsti boʻlsa, kimgaki
hamma doʻst boʻlsa, doʻstning visohni orzu qilib, qidirsin, bir nafas oʻz orzusiga erishsa
ham, meni yod etsin! Shu eslash bilan ruhimni shod etmasa - mening gunohim uning
boʻyniga!
Kishi visolga erishib, orzusiga yetsa va buning davom etishini xohlasa, tili bilan Xudoga
shukr izhor qilsin, shukr yoʻlini oʻziga shior etsin. Shoyadki, oʻsha shukr bilan loaqal bir
necha dam oʻsha visol ichida nafas olib, Xudo uning baxtini davomli qilsa, buning ichida
hayotdagi orzulariga ham erishtirsa!
LVII
Chin oʻtlogʻidagi bir mushkin ohuning sherlarni ovlagani, majruh ovlarning uning
tuzogʻiga ilinib, sher panjasidan ajal tuprogʻi bilan barobar boʻlguni
Chin mamlakatida bir nozanin bor edi. Uning suratini chizishga Chin rassomi ham ojiz
edi. Yuzining gulzori Xoʻtan diyorini eslatardi; koʻzi shu gulzorda yurgan mushkin
ohuga oʻxshardi. Nurli yuzi Chinda chizilgan suratdek boʻlib, gajagi Xoʻtan mushkidek
xushboʻy edi. Shafqatsiz gʻamzalari jonlarni asir qilar, hatto unga Xitoy mamlakatining
xonlari ham asir edi. Gʻamzasining oʻgʻrincha harakatlaridan Chin xatarda; sochi
zunnoridan din ziyon topardi. Dunyodagi odamlar uning husniga oshiqu hayron; zamon
shohi ham uning zulfiga giriftor edi. Bir nafas usiz nafas olmas edilar; u boʻlmasa jonsiz
boʻlib qolib, nafas olish mumkin boʻlmay qolardi.
U gul yuz maydonga chiqqanda goʻy va chavgon oʻynashga berilar edi. Xon oʻzi unga
hamroh boʻla olmagani uchun bir necha soqchilarni unga qoʻshib yuborar edi. Biron kishi
unga koʻz olaytirsa yoki uning haqida bir narsa desa, maxsus noyiblar uning aybini xonga
aytar edilar; xon hukmi bilan undan qasos olinar edi. Biron kun yoʻq ediki, qanchadan-
qancha oshiqlar shu xildagi balodan xalokat topmagan boʻlsin.
Kunlarning birida uning qiliqlarini sevib qolgan bir oshiq ishq-muhabbat yoʻlida sodiqlik
koʻrsatib, uning dardu xasratidan yillar davomida qon yutib, qon ham emas, xijron
Do'stlaringiz bilan baham: |