Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (III- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet267/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (III- qism) 
Alisher Navoiy 
43 
http://ziyonet.uz/ 
Senga u koʻrish uchun koʻz, eshitish uchun quloq, gapirish uchun til, hidlash uchun 
dimogʻ berdi. Ovqatni ushlashing uchun qoʻl, yurishing uchun oyoq ham berdi. Yuz xil 
ne’matlarni yeb-ichishing uchun ularning har biriga oʻziga xos ta’m va shakl ato qildi. 
Bularning hammasini sharxlash, sanashga ojizlik qilib, qalam ularni qisqachagina eslab 
oʻtmoqda. Senga qanchadan-qancha rang-barang kiyimlar in’om etilgan. Bularning 
sanogʻini aql sanab biron narsaga taqqoslay olmaydi. Otlar berilganki, togʻu dalalardan 
oshib ketadi; xayoliy otdek osmondan oʻtib ketishga qodir. Bogʻlar xuddi a’lo jannatdek, 
suvlari esa xuddi sof oqar suvdek. Undagi kumushtan goʻzallar jilva qilib, jannatdagi 
xum parilarni eslatadi. Osmondan ham baland qasrlari bor; suv va daraxtlari jannatdagi 
kavsar xovuzi va toʻbo daraxtlariga oʻxshaydi. Oltinu kumush pullarning hisobi yoʻq, dur 
va gavharlar ham xaddan ortiq koʻp. 
Bu in’om va xadyalar hammasi ham bir tomonu, u bergan aql javharlarining oʻzi ham bir 
tomon. Bu xilda yaltillab turgan gavharni, gavhar emas, porlab turgan durni u vujuding 
qutisiga nihon qildi. Bu qutini shunday boyliklarning koniga aylantirdi. Mavjud jahonlar 
ichida seni eng aziz qilib, oʻz sirlarini. bilishga seni musharraf etdi. U - Xudo senga yana 
bir amonat dur topshirib, saxovat tojini ham senga sovgʻa qildi. Senga shuncha 
ne’matlarni berib, u: «Shukr qilish bilan ne’matlar orta boradi», deb yozib qoʻydi. U 
qanchaki ne’matlar dasturxonini ochib qoʻygan boʻlsa, bularning hammasi uchun shukr 
qilish senga shartdir. Unga shukr aytishning chek-chegarasi yoʻq, shukr aytib 
tamomlashning imkoni ham yoʻq. 
Hammasini ham qoʻyu mana bunisini ayt: sen nafas olib turgan ushbu nafasning oʻzining 
ichingga kirishi gʻanimat bir ne’mat boʻlsa, chiqishi ham xuddi shunday bir ne’matdir. 
Biri sening hayotingga oziq boʻlsa, ikkinchisi sening borligʻingga quvvatdir. Senga 
koʻrsatilgan bu ikki ne’mat uchun har biriga alohida shukr qilish oʻrinlidir. Joningni fido 
qilib yuborgan taqdiringda ham bu ikki nafasning shukrini ado qilishing mumkin emas. 
Aqlingni ajrim qilsang, Xudo sening nafasingni qanday aziz qilganini tushunib olasan. 
Xudo uni shunday aziz qilgan ekan, sen uni xor etma; uning faqat shukrini qil. Joning 
tirik boʻlib, nafas olish imkoning bor ekan, nafasning qadrini bilki, unga teng keladigan 
narsa yoʻq. Har bir nafasing anvolidan xabardor boʻl, balki unga aql-xush bilan hamroh 
boʻl. Boshidan-oxirigacha uni Haq yoʻlida sarf qil; Tangri senga yor, oʻqisang, bu senga 
saboq. Bu ishdan agar bir dam gʻaflatda qolsang, kishiga bu katta motamdir. 
Oʻzingni gʻofil va parishonxol tutib, har xil ishlar bilan shugʻul-lanar ekansan, bundan 
Xudoga hech qanday manfaat boʻlmasa ham, harakat qilki, gunoh ham sodir boʻlmasin. 
Oʻz faoliyatingda birovga yaxshilik qilmasang, hech bir yomonlik ham qilma. Agar 
doridan joning baxra topmasa, jahl qilib, piyolangga zahar solma. Hamma ishlarning 
ichida eng yoqimlisi hamda yaxshisi doʻstlarning diydoridir. Birovga ozor berishdan 
oʻzingni saqla; biron kimsani ranjitishdan ham. Sen tomoningdan odamlar bexavotir 
boʻlsinlar; oʻzingni xursandchilik bor yerga ol. Kishilarning yeriga, oilasiga naras boʻlsa 
ham qaygʻusiz boʻlishga harakat qil; yoru doʻstlar bilan xursand boʻl. 
Bogʻda bir yangi ochilgan gulni koʻrsang, uning atrofida barcha uchun suhbat joyini 
orasta qil. Suhbatdoshlaringning koʻnglini olib, u yerga chorla, oʻrniga qoʻyib 



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish