Hayrat ul-Abror (III- qism)
Alisher Navoiy
52
http://ziyonet.uz/
Shohligingga e’tibor qilma; Xudoning gʻazabiga, Iutfiga e’tibor qil. Koʻrgin, fil mingan
qoʻshin bir lahzada qaldirgʻochlar hujumi bilan qirilib ketgan . Koshona manzillar yoʻq
boʻldi, ularning har birini bitta qush buzdi. Yoki, esla, Zaxxok qanday azoblarni tortdi!
Boylikni esa xudo Faridunga nasib etdi. Zaxxokning qaxridan yirtqich sher ham
qoʻrqardi. Lekin uning boshini sigir sutini ichgan bola oldi .
Xalqingga jism va ruhni sen bermagansan. Ularga zafar aql va imon eshigidan keladi.
Ularga ajoyib bu ne’matlar Xudodan boʻladi. Ularning rizqlariga u seni sababchi qilgan.
U seni sababchi qilish bilan baxtiyor etti. Aks xolda odamlarga ulush berishga senga
qaerdan ixtiyor boʻlardi. Shunday ekan - ba’zi nodonlar sening farmoningga boʻysunmas
ekanlar, bunga boshliq boʻlishning qonuni boʻlib, hammasiga (oʻsha boʻyincha) jazo
xavfi bor.
Senga Xudo toju taxtni marhamat qildi, koʻp baxt va iqbol baxsh etdi. Olamni hukmingga
boʻysundirib, xalq qaddini amringga egdi. Sen agar uning shuncha yaxshiligiga shukr
qilmasang, Xudo nima amr etgan boʻlsa, uni bajarmasang, gʻaflat va magʻrurlik koʻrsatib,
buyrugʻiga dastyorlik etmasang, uning qaxri kelishi mumkinmi yo yoʻqmi? - Ayt! Men
bunga javob berguncha, oʻzing javob berib qoʻya qol. Uning gʻazabining qattiq shamoli
kelsa, nima qilasan? Mamlakat uning mamlakatidir. Sen qayoqqa ketasan?
Unga qarshi buzgʻunchilik qilib, isyon koʻtarmoqchi boʻlsang koʻtar, agar buni undan
yashira olsang. U xolda xalq oldida xijolatlik yuz beradi. Yaratuvchi buni koʻrsa, qanday
boʻlarkan? Oʻz ishlaringdaki xalqdan uyalar ekansan, bu Xudoga ma’lum boʻlsa, u
vaqtda nima boʻladi?
Asl maqsadni koʻzlamoqchi boʻlsang, Muhammadning shariati yoʻlini tut. Shoh najot
uyidan panoh istar ekan, ushbu yoʻl u uyga olib boruvchi asosiy yoʻldir. Agar qalamning
qadami satr yoʻlidan chetga chiqib ketsa, xat ham egri voziladi. Shariar yoʻlini oʻzingga
shior qil, adolat bilan mamlakatingga quvvat ber. Shoh ishini adolat bilan yurgizsa, adolat
uning vayrona mamlakatini ham obod qilib yuboradi. Ba’zan dinsiz odil podshohlar uni
obod qiladi-yu, zolim musulmon uni barbod etadi. Shoh adolat bilan davron sursa, uning
(u dunyoda) sirot koʻprigidan oʻtishi oson boʻladi. Kim ipning ustida yurishni orzu qilsa,
adolati toʻgʻri boʻlsa, yuradi. Maqsadga yetish uchun toʻgʻri boʻl, adolat bilan ish tut.
Oʻqda ham toʻgʻrilik boʻlmasa, ucha olmaydi.
«Adl» soʻzi uch harf bilan yoziladi. Lekin uning har bittasi oʻzgacha mazmunga ega.
Uning «ayn»i yondiruvchi quyosh boʻlib, zulmning qora shomini pok qiladi. «Dol»i esa
davlat va dinning toji boʻlib, din va davlat ahllari doim unga muhtojdirlar. Oxiridagi
«lom»ini hurlarning sochi deb bil; izzat va sharaf qushlariga esa uni tuzoq deb bil. Tojni
kiy, quyosh bilan koʻzingni yorit, oxiridagi maxkam ipni qoʻlingga tut. Mazlumning
shikoyat soʻzlari har qancha choʻzilsa ham uzoq umr koʻrishni istasang, malol kelmasdan
eshit. Adolat istovchi zulm oʻtidan figʻon qilsa, adolating soyasidan unga panoh ber. U
soyada uni qaygʻuda qoʻyma; sham’ning tagini unga qorongʻi qilma. Mazlumning soʻzi
toʻgʻri boʻlib chiqdimi, endi zolim oʻzingga tegishli odam boʻlsa ham, yuziga borma.
Uning nafsi davomli ayshni istadimi, demak, u senga gunoh orttirib, oʻz maqsadini xosil
etmoqchi boʻlgan. U xazina ustida yotib, ilonning baxralanishini istaydi. Vaholanki
Do'stlaringiz bilan baham: |