Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (I- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (I- qism) 
Alisher Navoiy 
247 
http://ziyonet.uz/ 
Borcha jahondin qilib ashraf seni,
Ayladi rozigʻa musharraf seni.
Topshurubon durri amonat sanga,
Qildi karam toji karomat sanga.
Muncha niam berdiyu qildi raqam,
Muniki: «Bishshukri tadumun-niam».
Har neki xoni niam ochib durur,
Shukri banning sanga vojib durur.
Shukriki oning hadu poyoni yoʻq,
Kimsa ado aylamak imkoni yoʻq.
Borchani qoʻyduq muni-oʻq aytu bas,
Kim bu nafaskim, sangadur hamnafas,
Kirmagi bir ne’mat erur mugʻtanam,
Oʻylaki kirmakligi chiqmogʻi ham.
Biri erur quti hayoting sening.
Yana biri quvvati zoting sening.
Bu ikki ne’matki namudordur,
Har biriga shukr yeri bordur.
Mumkin emas jon agar yetsang fido,
Ikki nafas shukrini qilmoq ado.
Anglay olursen hakam yetsang tamiz,
Kim Haq yetibdur nafasingni aziz.
Haq chu aziz ayladi, xor aylama,
Gʻayri aning shukrigʻa yor aylama.
Jon bila sen to nafas imkoni bor,
Qadrini bilgilki, nafascha ne bor.
Har nafasing holidin ogoh boʻl,
Balki anga hush ila hamroh boʻl.
Boshtin- ayogʻigʻacha qil sarfi Haq,


Hayrat ul-Abror (I- qism) 
Alisher Navoiy 
248 
http://ziyonet.uz/ 
Tengri sanga yor, oʻqusangbu sabaq.
Gʻaflat agar boʻlsa bu ishdin dame,
Kim yoʻq aningdek kishiga motame.
Oʻzni qilib gʻofilu oshuftaxol,
Har negakim, aylagasen ishtigʻol.
Garchi anga manfaati boʻlmasun.
Jaxd etkim, ma’siyati boʻlmasun.
Yaxshilik ar aylamasang ish chogʻi,
Aylamagil bori yomonliq dogʻi.
Boʻlmasa taryok ila joninggʻa bahr.
Solmagʻil achchigʻ bila jominggʻa zaxr.
Anda qayu amrki dilkash durur.
Borchadin axbob yuzi xush durur.
Asra oʻzungni birov ozoridin,
Kimsaga ozurdaliq izhoridin!
Elni oʻzung jonibidin emin et,
Oʻzni tarab maskanida sokin et.
Qilma ulus irzu iyoligʻa qasd,
Aylama el joniyu moligʻa qasd.
Bir nafase qaygʻudin ozod boʻl,
Yoru musohiblar ila shod boʻl.
Bogʻ aro koʻrsang guli navxosta-,
Borcha uchun suhbat et orosta.
Charla muroot ila ashobni,
Inda takalluf bila axbobni.
Jonni alar maqdamidin gulshan et.
Koʻzni alar chehrasidin ravshan et.
Bazl tariqini shior aylagil,
Har neki boringni nisor aylagil.



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish