58
Lekin bitta narsa aniq: jarrohlar Donalds ishchilaridan ko’ra juda ko’p bilimlarni
o’zlashtirishgan. Deyarli hech kim miya jarrohlarining vazifasini bajara olmasligi
sababli, bu kasb egalari yuqori pog’onada turishadi. Shuning uchu miya jarrohi burger
tayyorlovchilardan ko’ra 10 barabar ko’p maosh oladi. Pul faqatgina insonning
atrofdagilarga qay darajada foydasi tekkanini belgilovchi bir vosita hisoblanadi.
Demak, ko’proq maosh olish uchun siz ko’proq jamiyatga foyda keltirishingiz kerak
bo’ladi. Dunyoga foyda keltirishning eng yaxshi yo’li foydasi yetadigan inson
bo’lishdir. Hech kimda yo’q qobiliyatlarni o’zlashtiring. Hech kim o’qimagan kitoblarni
o’qing. Hech kim o’ylamagan fikrlar sizdan chiqsin. Agarda siz qanday bo’lsangiz,
shundayligingizcha qolsangiz, hech qachon bularga erisha olmaysiz. Hayotdan ko’p
narsa olish uchun siz xayolda emas, hayotda yashashingiz lozim.
66.Yaxshi ota-ona bo’ling
O’z farzandlaringizni tarbiyalash kelajak avlodni tarbiyalash demakdir. Juda ham
kam odamlar farzand tarbiyasiga san’at sifatida qarashadi. Ko’pchiligimiz esa, farzand
tarbiyasida xuddi o’z ota-onalarimizga o’xshab yo’l tutamiz. Hattoki tarbiyalashning
boshqa usullarini bilmaymiz ham, o’ylamaymiz ham. Ota-ona bo’lish qanchalik maroqli
bo’lmasin, bizga juda ham katta javobgarlik yukini ortadi. Men ikki farzandim uchun
istalgan ishni qilishga tayyorman, lekin bunga faqatgina xohishning o’zi kamlik qiladi.
Biz
ota-onalik
qobiliyatini
o’zimizda shakllantirishimiz kerak. Faqatgina
farzandlarimizni tarbiyalash yo’li to’g’riligiga va farzandlarimiz kelajakda dono,
mulohazali va mehribon bo’lib ulg’ayishlariga umid qilish yetarli emas. Biz tashabbusni
qo’lga olib, har xil seminarlarda qatnashish, kitob o’qish yoki mutaxassislarning
fikrlarini
eshitish
orqali
o’zimizning
tarbiyalovchilik
qobiliyatlarimizni
rivojlantirishimiz kerak. Keyin esa, hayotimiz davomida biz oilada farzand tarbiyasiga
mos tushadigan kerakli fikr va tajribalarga ega bo’lishimiz lozim. Men shuni aniq
bilamanki, hayot juda qizg’in va qisqa, qiladigan ishlarimiz esa juda ko’p. Lekin
bolalaringizning beg’ubor bolaligi qaytib kelmaydi. Agarda siz hozir o’z qimmatli
vaqtingizni yaxshi ota-ona bo’lishga sarflamasangiz, bir kun kelib, albatta afsuslanasiz.
Bir kuni Torontodagi seminarlarimning birida, bir ota turib shunday degan edi: “Mening
o’g’lim ulg’ayayotgan paytda, mendan doimo uni yelkamda ko’tarib yurishimni
so’rardi. Garchi u buni qanchalik xohlayotganini bilsamda, men juda band edim.
Hisobot topshirishim va juda ko’p qo’ng’iroqlarga javob berishim kerak edi. Hozir u
voyaga yetib, uyimni tark etgan…… men hozir bir narsani tushunib yetdim. Men o’sha
kichkinagina bolamni yelkamga ko’tarib yurish uchun butun dunyoyimni bergan
bo’lardim….
Do'stlaringiz bilan baham: