53
Men hayotim davomida qilgan eng yashi ishlarimdan biri, o’zim uchun qahramon deb
hisoblaydigan va uchrashishni orzu qiladigan 100ta ayol va erkaklar ro’yxatini
tuzganimdir. Chunki tortishish qonunida aytilganidek, biz o’zimiz etibor qatatgan
narsalarga qarab harakat qilamiz , ro’yxat birgina bizni ularga bog’lab turuvchi vosita
xolos. Men doimo hayratlanardim, ro’yxatimdagi insonlar: biznesmenlar, notiqlarning
nechtasi bilan o’z yo’limda , restoranda konfrensiyada yoki aeroportda duch kelganman.
O’zimning qahramonlarimni ro’yxatini tuzish, ular menga yaqin kelganda yoki qo’l
uzatganda ularni tanib olish va ularning kimligini his qilishga yordam berdi.
58.Har kuni musiqa tinglang
Judaham esda qoladigan, ajoyib filmlarning birida Jerry Maguire, (Tom Cruise-ning
rolida) , poyga sporti agenti, katta bir shartnomani imzoladida katta xursandchilik bilab
sport zalidan chiqib ketdi. Bekatlar aro u sabrsizlarcha, tinmay o’zi yoqtirgan va ovozini
baland qilib birga kuylay oladiganqo’shiqni izlardi va nihoyat topdi. Bu Tom Petty-ning
« Ozod qo’nish» degan qo’shig’I edi.Jerry qo’shiqni kuylashni bosgladi.
Siz ham kayfiyatingizga mos keladigam qo’shiqni tinglagan paytlaringizni eslaysizmi?
Jerry Maguire kabi siz ham qo’shiqni baland ovozda kuylab, bexosdan raqsga tushib
ketasiz.O’sha daqiqada siz o’zingizni tetik, kuchli va tamoman baxtli his eta boshlaysiz.
Chunki o’sha paytning o’zida bir nechta bir-biriga juda ham mos bo’lgan qo’shiqlar
yangrayotgan bo’ladi.Musiqa sizga har narsa qila oladi. Kayfiyatingizni
ko’taradi,yuzingizga tabassum va hayotingizga ma’no olib kiradi. Musiqa tinglashga
jiddiy qarang, chunki u sizni ruhlantirib turadi. O’zingizga yoqadigan qo’shiqlar
to’plamini yarating va haftaning har bir kunida tinglashni kanda qilmang. Menga
kelsak, ba’zan kayfiyatim klassik musiqalarni, ba’zan esa jazz qo’shiqlarni talab qiladi.
Yangi kitob yozayotganimda, men doimo Johann Pachelbel- ning «Cannon in D» yoki
jazz ustasi Chet Baker-ning «Aylana tun» nomli to’plamini eshitaman. Agarda siz
mening seminarlarimning birida ishtirok etgam bo’lsangiz, bilsangiz kerakki, har doim
men sahnaga chiqishimdan oldin bir musiqa yangraydi. Qachonki men sayohatga
chiqqanimda, o’zin bilan musiqalarimni olaman, samalyot ichida esa, ko’pincha «Jasut
yurak va Everest» nomli filmga ishlangan sountrakni tinglayman. Har kuni bir necha
daqiqaga bo’lsa ham musiqa tinglash kayfiyatingizni ko’tarish va o’zingizni yaxshi his
etishingizga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: