Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/77
Sana14.11.2022
Hajmi1,11 Mb.
#865831
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   77
Bog'liq
Hayotning 101 qoidasi kitobi word

29.
 
Sevgi hisobini yarating
 
 
Bir kuni Ona Tereza shunday degan ekan: “Hechqanday buyuk ishning o’zi yo’q.
Faqatgina kichik vazifalar buyuk muhabbat bilan bajariladi”. Qanday kichik ishlar 
buyuk muhabbat bilan qilinadi? Qanday qilib arzimagan harakatlar bilan siz va sizga 
qadrli insonlar bilan munosabatlarni mustahkamlash mumkin? Qanday qilib 
muhabbatingiz mahsuli bo’lgan kichik ishlaringiz bilan o’zgalar kunini ozgina bo’lsa 
ham yaxshilay olasiz? Umuman olganda, boshqalar kayfiyatini ko’tarib, yordam 
qilganda, siz ham o’zingizni yaxshi his qilasiz.
Muhabbatni ulashib, sevgi hisobini yaratasiz. Har kuni boshqalarga ozgina baxt 
ulashganingizda bergan muhabbatingizni hisoblab boring. Yoringizga hech qanday 
sababsiz, bir dasta yangi uzilgan gullarni sotib olish, eng yaqin o’rtog’ingizga o’zingiz 
sevgan kitobning bir nusxasini yuborish, yoki bolalaringizga vaqt ajratib, ular haqida


31
nimalarni his qilayotganingizni aytish yuqoridagi harakatlarni amalga oshirishning 
yaxshi misollaridandir.
Hayotdan o’rgangan bir darsim shuki, arzimagan kichik narsalar katta, buyuk narsalar 
ekan. Ana shunday kichik kunlik sevgi hisoblari, bank hisobotingizdagi pullardan 
ko’proq baxt olib keladi. Emerson notiqlarcha shunday degan: “Boy qalbsiz – boylik, bir 
xunuk gadoydir”. Yoki Tolstoy aytganidek: “Baxtga erishish ma’nosi xuddi o’rgimchak 
to’ridek mehringizni har yoqqa sochish va har tarafdan o’sha muhabbatni qaytarib 
olishdir”.
30.
 
Insonlar ko’zlaridan yashirin
 
 
Dunyodagi barcha insonlar ularni tushunishlarini, sevilishlarini va hurmat 
qilinishlarini istashadilar. Biroq, shiddat bilan rivojlanayotgan zamonimizda, ko’pchilik 
insonlar uchun kimnidir eshitish boshqa bir insonning gapirishdan to’xtashini kutishdan 
boshqa narsa emas. Va vaziyatni yana ham chigallashtiradigan narsa, kimdir 
gapirayotgan paytida uni chin dildan tinglab, e’tibor bilan eshitish o’rniga o’zimiz 
qanday javob aytishimizni o’ylab turamiz.
Boshqaning fikrini diqqatlik bilan eshitib uni tushunishga harakat qilishingiz, o’sha 
inson gapirayotgan fikrlarini va uning o’zini inson sifatida hurmat qilishingizni 
ko’rsatadi. Agar sizga gapirayotgan va dunyoni o’z dunyoqarashi bilan ko’rishga 
harakat qilayotgan insonning ko’zlari ortiga yashirinsangiz siz ishonch ostida qurilgan, 
uzoq davom etadigan munosabatlarni yaratasiz. Bizda bir sabab bilan ikkita ko’zlar va 
bitta og’iz bor: ikki marta eshitish va bir marta gapirish. Xushmuomilalik bilan yaxshi 
eshitishning yana bir foydali tomoni ham bor. Siz gapirmasdan eshitayotganingiz uchun 
odatiy monologingizdagi unutib qoldirayotgan ma’lumotlarni olasiz, kerakli narsalarni 
o’rganasiz.
Quyidagi ro’yxatda eshitish san’atida yaxshi bo’lishi uchun maslahatlar berilgan:

Agar siz suhbatdoshingizga gapirayotgan paytingizda, u sizga oxirgi 60 daqiqa
ichida hech nima demagan bo’lsa, demak u sizdan zerikayapdi va ko’p gapirishingizni 
to’xtatishning ayni vaqti bo’ladi.

Halaqit beradigan aldovlarga chek qo’ying. Aldamoqchi bo’lganingizda
o’zingizni tuting va sizga so’zlayotgan insonga diqqatingizni qarating.

Agar aniq faktlar bo’ladigan bo’lsa (biznes ishlarida), yozib boring. Juda kam 
narsalar suhbatdoshingizdan juda ko’p narsalarni o’rganishingizni istashingizni u 
gapirayotgan paytida yozib olishdek aniq ko’rsatmaydi.

Suhbatdoshingizni eshitganingizdan so’ng, darrov javob qaytarishga
shoshilmang. Eshitganlaringizni miyangizda qayta aks ettiring. Buni “O’ylashimcha siz 
…shunaqa deyapsiz-a?” yoki “Sizni yana ham tushunib olishimga amin bo’lishim


32
kerak” kabi so’zlarda bajarsangiz bo’ladi. Bu orqali, har kuni aloqada bo’ladigan 
insoningiz bilan yaqin va samimiy munosabatda bo’lgan bo’lasiz.

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish