28
yana dadasining eng yaxshi yillarini kasbdagi muvaffaqqiyatli rivojlanishi bilan
sarflayotganini tomosha qilayotgan uch bolam haqida o’yladim. Men o’zimni kuchli
insonman den hisoblardim, biroq kitobingizni o’qishni davom etganim sari….men
yig’lashni boshladim. Avvaliga jimgina, lekin keyinroq o’zimni tutolmaydigan darajada
yig’lay boshladim. Shunchalik yig’ladimki, stuardessalardan biri yugurib kelib,
muloyimlik bilan ahvolimni so’radi”.
Direktor shunday deya davom etardi:
“O’sha daqiqa men uchun meni uyg’otgan, ko’zimni ochgan chaqiriq bo’ldi. Bu
shunday tajriba ediki, men uni o’limimgacha saqlab kelaman. Men boshqarayotgan
yo’limni va yashash tarzimni jiddiy ravishda o’zgartirishim kerakligini tushundim.
Shunday qilib, samalyotda, yerdan 35,000fut balandlikda, o’zimga o’zim endi meni
chalg’ituvchi ko’plab keraksiz ishlarni bartaraf etishga va faqat hayotimni va ishimni
o’zgartishga, yaxshilashga kuchi yetadigan ishlarga e’tiborimni qaratishga va’da
berdim. Men kunida 6ta gazetalarni o’qishni bas qilishimga, har xil keraksiz xatlarni
olmaslikka va har kechgi ovqatga taklifnomalarni qabul qilishni to’xtatishga va’da
berdim. Hattoki, o’sha kitobdagi siz mos ravishda “Zarur narsalarga diqqatingizni
qarating” deb nomlagan bo’limini eslatma tarzida stolim ustiga qo’yib qo’ydim. Unda
aynan shunday so’zlari bor edi: “Hamma narsaga erishishni harakat qilayotgan inson
oxirida hech narsaga erisholmaydi”. Men hozir sizga hayotim o’sha oddiy falsafadan
foydalanganimdan beri qanchalik darajada yaxshi tomonga o’zgarganimni tasvirlab
berolmayman. Tashakkur sizga!”
Vaqt sizning eng qimmatbaho buyumingizdir. Shunga qaramasdan, ko’pchiligimiz bu
dunyoda juda vaqtimiz ko’pdek yashaymiz. Hayotingizni nazoratga olishning siri –
doimo diqqatingizni jamlab yurish, ogoh bo’lib yashashdir. Barcha vazifalarni
bajarishning siri – qaysi ishlar qilinmay qolib ketganini bilishdir. Kunlaringizni faqat
eng muhim va asosiy bo’lgan ishlarga vaqtingizni sarflaganingizdan, hayotingiz
ma’nosi, mazmuni yaxshilanib boraveradi, hamma narsa o’zgaradi. Ko’plab buyuk
faylasuflar ham shunga o’shash xulosalarni aytgan ekan. Dono Konfutsiy: “Ikkita
quyonning ortidan yugurgan odam birortasiniyam ushlolmaydi” deganda, Rim faylasufi
Markus Aurelius: “Hayoting sokin bo’lishni istasang, joylaring, vazifalaring kamroq
bo’lishiga qo’yib ber”, deb aytgan ekan. Boshqaruvchi lavozimida ishlovchi Piter
Druker boshqacha bir dono fikr bilan yuqoridagi fikrlarni to’ldirgan: “Bu yerda birorta
foydasiz narsa yo’qki, barcha keraksiz ishlarni qilish shart bo’lmagandek bo’lsa”.
Do'stlaringiz bilan baham: