Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/77
Sana14.11.2022
Hajmi1,11 Mb.
#865831
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   77
Bog'liq
Hayotning 101 qoidasi kitobi word

18.
 
Vaqtli turing
 
 
Erta turish siz o’zingizga bergan bir sovg’adir. Bir qancha tartib xuddi erta 
uyg’ongandek hayotingizni o’zgartirish kuchiga ega. Ertalabki bir necha daqiqalarda


21
qandaydir muhim jihat bor.Vaqt sekinlashgandek, atrof jimlikka burkangandek bo’ladi 
go’yo. “Soat 5 klub” iga a’zo bo’lish kuningiz sizni boshqarishidan, siz kuningizni 
nazorat qilishingizga yo’l ochib beradi. Erta turish orqali yotoq jangida g’olib bo’lish va 
hayolingizni to’shakdan olish kuningizning eng muhim qismi bo’lgan sahar paytida 
hech bo’lmaganda 1 soat tinch vaqtdan foydalanib qolishingizga imkon bo’ladi. Agar 
shu vaqt oqilona sarflansa, kunning qolgan qismi ham ajoyib tarzda o’tishini 
ta’minlaydi.
“Ferrarisini sotgan rohib” asarimda muhlislarimga “quyosh bilan birga turish”ni targ’ib 
qilganman. Ana shu yangi hayot tartibini yo’lga qo’yish uchun bir qator fikrlar taklif 
qilganman. Soat 5:00da turib, hayotlari yaxshilanayotgan muhlislarimdan faks va email 
orqali xatlar olarkanman, men bemalol bu odat bir muvaffaqqiyat prinsipi va hayotga 
kirishga arziydigan odat deb ayta olaman. Shu narsa bilan Mahatma Gandi, Tomas 
Edison, Nelson Mandeladan boshlab, Ted Turner va Mery Key Ashdek mashhur insonlar 
qatoriga qo’shilasiz.
“Rohib” asarimning bir muhlisi yozishicha u erta turishi bilan, stressi sezilarli darajada 
kamayotganini yozgandi. Aytishicha, uning offisidagi kasbdoshlari yozuv yozilgan bir 
varoq berishibdi. Unda shunday yozilgan ekan: “Bizning eng yaxshi kasbdoshimizga. 
Nima qilayotganingizdan qat’iy nazar, shu harakatingizni davom eting. Siz bizning 
barchamizni ruhlantiryapsiz”. Kechroq turishni to’xtatib, u ko’p uxlashdan qochishga
va adyol tagida shunchaki yotgan vaqtini o’ziga qarash bilan sarflashga o’ziga so’z 
beribdi. Xullas, uning oilasi (umuman uning atrofidagi barcha) uxlayotgan paytida, u 
birinchi 6 da, keyin 5:30da va nihoyat 5da turishni boshlabdi. Endilikda, u qilishni 
istagan, ammo bunga vaqt topolmagan ishlarga vaqt topa olyapdi. Klassik musiqadan 
bahramand bo’lish, xatlar yozish, klassik asarlar o’qish, sayr qilish ruhiyatni ko’taradi. 
U o’zida yo’qolib borayotgan xususiyatlarini qayta jonlantiradi. Sahar turish orqali, u 
yana o’ziga g’amxo’rlik qila boshlabdi. Ana shunday qilib, u namunali ona, rafiqa va 
mutaxassis bo’lib yetishibdi.
Erta turishni odat qilishda, eng birinchi navbatda bir narsani yodingizda saqlang: 
qancha vaqt uxlashingiz emas, balki qay darajada yaxshi uxlashingiz muhim. O’n
soatlik buzilgan og’ir uyqudan ko’ra, olti soatlik tinch uyqu yaxshiroq. Quyida 
uxlashingizga yordam beradigan maslahatlar keltirilgan:

Uxlashga harakat qilayotganingizda yotog’ingizda hech qachon keyingi
kuningizda nimalar qilishni repetitsiya qilmang

Kechki soat 8 dan keyin ovqatlanmang (Agar yeyishga to’g’ri kelsa faqat sho’rva
iching)

Uxlashdan oldin yangiliklarni ko’rmang

Yotog’ingizda o’qimang.
O’zingizga shu odatni olish uchun bir qancha hafta vaqt bering. Sababi, buni tez 
muddatda odat qilishga uringanda xuddi fransuz tilini bir hafta davomida o’rganib,


22
ammo juda qiyin bo’lgani uchun buni tashlab qo’ygandek erta turish odatini ham bir 
haftadan keyin tashlab qo’yasiz. Hayotiy o’zgarishlar vaqt, harakat va sabr talab qiladi. 
Ammo uning natijasi boshida siz boshingizdan kechirgan qiyinchiliklaringizga arziydi.

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish