Hayotimiz Charog’boni



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/60
Sana07.06.2021
Hajmi0,96 Mb.
#65974
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   60
Bog'liq
1 5055708344602329173

BEG‘AMNING O‘LIMI 
O‘sha tong bog‘chaning hovlisida favqulodda bir hayajon hamda 
jonlanish bor edi. O‘quvchilar bayrami kuni edi. Boshlang‘ich hamda 
o‘rta maktablar, guruh-guruh bo‘lib, madhiyalar aytib, ko‘chalardan 
o‘tishar, shaharning uzoq burchaklariga tarqalishardi. 
Eng keksa tarbiyalanuvchisi endigina olti yoshda bo‘lgan bog‘cha 
bolalarini esa u qadar uzoqlarga olib borishning imkoni yo‘q edi. Ular 
bayramlarini o‘z mitti-mitti, kichik-kichik odimchalari bilan yigirma 


 
80 
daqiqalik yo‘l keladigan bir o‘tloq etagida nishonlamoqchi edilar. 
Tayyorgarlik yuqori darajada edi. Bog‘cha hovlisi rango-rang liboslar 
ichra o‘zgacha ko‘rinishga kirgan, go‘yo gul-chechaklar chamaniga 
aylangandi. O‘g‘il bolalar yangi oyoq kiyimlarini artib-surtishar, 
qizlar esa bir-birlarining sochlarini tarab-tuzatishar, yechilib ketgan 
lentalarini bog‘lashar, tugmalarini qadashardi. Olti yoshdagi qizcha 
tosh zinapoyaning pillapoyasiga o‘tirib olgancha to‘rt yoshli bir yetim 
o‘rtog‘ining so‘kilgan ko‘ylagini tikishga urinardi. 
Nihoyat, tayyorgarlik tugadi, guruh bir safga tizilib, yo‘lga tushdi. Bir 
qo‘llari bilan yonidagi o‘rtoqlarining qo‘llaridan ushlab, ikkinchisida 
rangli xaltalar hamda yegulik va o‘yinchoqlari solingan jajji-jajji 
savatchalarni ko‘tarib olishgandi. 
Yo‘l davomida ko‘cha-ko‘yda ortiqcha tartibsizlik hamda shovqin-
suron bo‘lmasin degan maqsadda tarbiyachilar bolalarga madhiya 
ayttirib borishardi. Kattalar hayajonlari ichlariga sig‘may, yurakdan 
kuylashar, kichiklar esa xuddi tashlayotgan qadamlariga monand 
qo‘shiq aytishda ham orqada qolishar, kishining kulgisini qistaydigan 
darajada pala-partishlik bilan baqirishardi. 
To‘da ko‘chalardan o‘tib borarkan, xonadon derazalari ochilar, 
ayollarning boshlari ko‘rinar, sotuvchilar do‘konlaridan chiqib 
qarashardi. 
Bog‘cha bolalaridan iborat ushbu karvonni barcha sayohatlardagidek 
bu gal ham Beg‘am boshqarib borardi. Beg‘am — sariq yungli qari 
mahalla iti. U xuddi isonlardek aqlli, biroq insonlardan ko‘ra vafodor 
bir maxluq edi. 
Boshi oqqan tomonda daydib yurgani uchun mahalladagilar unga 
«Beg‘am» deya nom qo‘yishgandi. Aslida esa, kuchuklarning ichida 
uning g‘ami eng ko‘p edi. Bir qancha yillar avval juda katta ayriliq, 
motamsarolik tushgandi uning boshiga. To‘rt bolasining birdan 
zaharlanganiga, ko‘z oldida tipirchilay-tipirchilay jon berganiga 
guvoh bo‘lgandi u. Bolalarining murdasini olib ketgan axlat tashuvchi 
ulovning ortidan uzoq mahallalargacha to‘xtamay yugurib borgan 
bechora maxluq bir haftagacha qaytmagandi. 
Uning qayerdadir biror falokatga yo‘liqib, o‘lganini bashorat qilgan 
kishilar ham bo‘lgandi. Ammo aftodahol ko‘rinishiga qaramasdan u 
judayam sezgir hamda zukko it edi. Jinsdoshlarining dushmanlarini 
yaxshi tanir, hatto ba’zan o‘zini ularga ishongandek, zahar 
aralashtirilgan nonlarni yegandek, tuzoqlariga tushgandek ko‘rsatib, 


 
   81 
ularni masxara ham qilardi. Shunday ekan, uning biror yerda o‘lib 
ketishi mumkin emasdi. Shu bois bir haftadan keyin o‘z mahallasiga 
qaytib keldi. Faqat yana ham qarigan, ma’yus ko‘rinishda, sariq 
yunglari avvalgidan battar kirlangan, oyoqlari loy-balchiqqa 
qorishgan holda edi… 
Bilmadim, bu gap yolg‘onmi-rostmi, mahalla xotinlari u haqida bir 
voqeani so‘zlab yurishadi. Emishki, Beg‘am bolalarining o‘limidan 
keyin yashashni istamaganmish… Eski kulbalarning ro‘parasida turib, 
yolvorgandek qisqa-qisqa ulib, bolalarining o‘limiga sabab bo‘lgan 
yemakni xohlagan… Hatto bir martasida zaharlangan ham, faqat 
o‘lmay qolgan… Ancha qiynalgan, uzoq vaqt yotib qolgandan keyin 
yana oyoqqa turgan… 
Beg‘am bolalarining o‘limidan so‘ng mahalladagilardan ranjib, 
bolalar bog‘chasining orqasidagi vayronadan panoh topgan. Endi 
ko‘chalarda avvalgidek ko‘rinmas, faqat har-har zamon bog‘chaning 
devoridan ichkariga sakrab o‘tib, bolalar bilan o‘ynaydi, tush paytida 
ulardan qolgan ovqat qoldiqlarini yeydi. 
Bolalarga kattalardan ko‘ra ko‘proq ishongani, ulardan hech qanday 
zarar kelmasligini bilgani uchunmidi, yo‘qsa, ularning ham o‘z o‘lgan 
bolalari singari ma’sum va himoyaga muhtoj maxluqlar ekanini his 
qilganidan shunday qilarmidi, bu bizga qorong‘u… 
Tarbiyachilar, oltinrang ko‘zlari mahzun va ma’yus, shuningdek, vafo 
bilan boquvchi, sho‘x-shaddod bolakaylarning barcha erkaliklari-yu 
barcha aziyatlariga indamay chidaydigan bu qari ko‘ppakni haydab 
solishmas, bil’aks, bekitiqcha himoya qilishardi. Alhosil, Beg‘am 
bog‘chaning xodimiga aylanib, qo‘riqchisi bo‘lgani uchun siylanar, 
kichkintoylarning esa suyukli do‘stlariga aylangandi. 
Bolalar bog‘chasi, insonlar jamiyatining kichraytirilgan namunalariga 
o‘xshaydi. U yerda ham qashshoqlik, faqirlik singari oilalarga xos 
dog‘ deb qaralgan turfa sabablar bilan jamiyatdan tashqariga otilgan 
yoxud to‘satdan yolg‘izlikni xohlab, uyidan qochgan «yolg‘iz»lar bor. 
Beg‘am aynan ana shu kichik «yolg‘iz»lar bilan do‘st tutinar, bog‘cha 
hovlisining bir burchagida og‘ir-og‘ir odimlab aylanib yurardi. Mitti 
yurakchalarida izhor qilib bo‘lmaydigan dardu alamlar bilan 
yashayotgan bolalar u bilan ruhan suhbat qurishardi. 
Beg‘am, shu holatida ham hatto bemorga yordam berishni uddalagan, 
bir kun hovlida yugurib yurib, yerga yiqilib tushganidan tizzalarini 
shilib olgan kichkintoyni turg‘azib qo‘ygan, to o‘zini o‘nglab 



Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish