FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:
1. Karimov I.A. -O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li. Toshkent. «O'zbekiston» 1992 yil.
2. Karimov I.A. -O'zbekiston- bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li. Toshkent. «O'zbekiston» 1992 yil.
3. Karimov I.A. -O'zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. Toshkent. «O'zbekiston» 1993 yil.
4.Levitin L.-I.Karimov-yangi O'zbekiston Prezidenti. Toshkent. O'zbekiston, 1996 yil.
5.O'zbekiston Respublikasi konstitusiyasi. Toshkent «O'zbekiston» 1992 yil.
6.Jo'rayev N, Fayzullayev T. O'zbekistonning yangi tarixi. T-3. Toshkent «Sharq» 2000 yil.
7. Yangi O'zbekistonning 7 zafarli yili, Toshkent. «Sharq» 1999 yil.
8. Mustaqillik: izohli ilmiy - ommabop lug'at, Toshkent «Sharq» 1998 yil.
9. O'zbekiston tarixi. Oliy o'quv yurtlarining nomutaxassis fakultetlari talabalri uchun darslik R.Murtazayevaningumuiy tahriri ostida.-T.: Yangi asr avlodi, 2003.-676b.
29- MAVZU: Mustaqillik yillari O‘zbekistonda ijtimoiy sohadagi islohotlar va ularning natijalari: ilm-fan, ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlash sohasidagi islohotlar, sog‘liqni saqlash, sport va yoshlarga oid davlat siyosati va ma’naviy va madaniy taraqqiyoti. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi.
REJA:
O‘zbekistonda ijtimoiy sohadagi islohotlar va ularning natijalari: ilm-fan, ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlash sohasidagi islohotlar
Mustaqillik yillari O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash, sport va yoshlarga oid davlat siyosati va ma’naviy va madaniy taraqqiyoti.
Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi.
1. Bozor munosabatlari sharoitida aholining ish bilan bandligini ta’minlash muhim masalalardan biri hisoblanadi. Chunki, ishsizlik muammosining mavjudligi bozor iqtisodiyotining ajralmas xususiyatidir. Shunday ekan, ishsizlik muammosini o‘rganishdan asosiy maqsad - aholining ish bilan bandligini oshirish orqali mamlakat ishlab chiqarishini kengaytirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga aloqador tadbirlar ishlab chiqishdan iborat Jahonda ro‘y berayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz ta’sirida dunyo bo‘yicha 56 million kishidan ortiq ishsizlar armiyasi vujudga kelgan bir sharoitda 0‘zbekistonda yuz minglab yangidan-yangi ish o‘rinlari tashkil etilmoqda. Buning yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, bu yerda yangi ish o‘rinlarini yaratishning o‘ziga xos mexanizmlari tarkib topib, bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha izchil amal qilib kelmoqda.
Mamlakatda aholini samarali muhofaza qilishga yo‘naltirilgan maqsad- chora-tadbirlar hamda yuqori iqtisodiy o‘sish va bandlik sur’atlari aholi farovonligini oshirishni ta’minlamoqda. Aholi real daromadlarining oshishida respublikada makroiqtisodiy sharoitning qulayligi, iqtisodiy o‘sishning tez sur’atlarda oshishi, inflyatsiyaning sezilarli darajada pasaygani, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar va aholini aniq ijtimoiy himoya qilishning kuchaygani ham asosiy omil boiib xizmat qilmoqda.
So‘nggi yillarda ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdorini oshirish, jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq miqdorlarini kamaytirish, inflyatsiya darajasini pasaytirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida aholining yalpi va real daromadlari sezilarli ravishda oshdi, uning xarid qobiliyati barqaror suratda o‘sib bormoqda. Jumladan, 2009-yilda 2000-yilga nisbatan o‘rtacha ish haqi 28,5 barobar, pensiyalarning o‘rtacha miqdori qariyb 18 barobar, aholi jon boshiga nisbatan pul daromadlari esa 12 barobar oshgan boisa, birgina 2012-yilning o‘zida byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqa va stipendiyalar miqdori esa 26,5 foizga, aholining real daromadlari yil mobaynida 17,5 foizga ortdi. Umuman, aholi jon boshiga real daromadlar 2000-yilga nisbatan 8,6 marta, o‘rtacha ish haqi esa iste’mol savatchasi qiymatidan 4 martadan ko‘proq oshdi.
Aholining o‘sib borayotgan to’lov qobiliyati bilan mamlakat korxonalarida ishlab chiqarilayotgan iste’mol tovarlari hajmi o‘rtasida ichki bozorda mutanosiblikni ta’minlash, bunday mahsulotlar turini kengaytirish, bozorlami ular bilan ishonchli tarzda toidirib borish alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, aholining turmush farovonligi ko‘p jihatdan uning oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanganlik darajasiga bog’liq. Mazkur masalani hal etishda ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish, dehqon va fermer xo‘jaliklari faoliyatlaridan yanada samarali foydalanish zarur boiadi.
Aholi turmush darajasini yaxshilash va ularga qulayliklar yaratish jarayonida xonadonlarni gazlashtirish va aholi uchun yetkazib beriladigan tabiiy gaz narxini belgilash masalasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakat aholisiga tabiiy gaz qo‘shni davlatlardagiga nisbatan arzon narxlarda yetkazib beriladi. Masalan, aholiga 1 ming m3 hajmdagi tabiiy gazni sotish uchun Qirg‘izistonda 309 dollar, Tojikistonda 303,5 dollar, Qozog‘istonda 100-140 dollar, 0 ‘zbekistonda esa 30 dollar narx belgilangan. Shuningdek, mamlakat mustaqillikka erishgach, aholi uy-joylari va xonadonlarni gazlashtirishga katta e4ibor qaratildi. Ayniqsa, bu borada shahar va qishloqlaming gaz bilan ta’minlanish darajasi o‘rtasidagi tafovutni keskin qisqartirishga ahamiyat berildi. Buning natijasida 2010-yilda mamlakatdagi xonadonlaming gaz bilan ta’minlanish darajasi shahar joylarda 85 foizni, qishloq joylarda esa 78,7 foizni tashkil etdi. Shu kunga qadar jami gazlashtirilgan xonadonlar soni 4270,6 mingtani tashkil etib, shundan 2419,8 mingtasi shaharda, 1850,8 mingtasi esa qishloqda joylashgan. Mamlakat tarixida ulkan tadbirlarni amalga oshirish bilan bir qatorda, juda muhim ijtimoiy dasturlar ham qabul qilinib, ulaming muvaffaqiyatli amalga oshirilishi yurtning gullab-yashnashida, yoshlar tarbiyasida o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. Mamlakat jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallaganidan keyin, 1996-yilga kelib dastlabki ijtimoiy dasturlar qabul qilindi. Bu, avvalambor, har qaysi yilga alohida nom berish va shu asosda Davlat dasturlarini qabul qilish bilan bog‘liqdir.
Yillarga alohida nom berishning mazmun-mohiyati yagona maqsadga, shu muazzam o‘lkada yashayotgan har bir insonning hayoti yanada mazmunli, zavqli, to‘laqonli bo‘lishiga yetarli sharoit va imkoniyatlarni yaratish boiib, uning asosiy g‘oyasi “Bu muqaddas vatanda azizdir inson” degan so‘zlarda o‘z mujassamini topgan. Har bir yilda inson hayotining qaysidir jabhasini o‘rganishga, takomillashtirishga zamin yaratuvchi dasturlar ishlab chiqildi va rejalashtirilgan vazifalar amalga oshirildi. Jumladan, mamlakatda 1997-yil “Inson manfaatlariyili” deb e’lon qilinib, hur o‘lkada yashayotgan har bir inson manfaatiga e’tibor berish, jamiyat manfaatlari bilan har bir shaxs manfaati uyg‘unligini ta’minlash va komil insonni tarbiyalash uchun qulay tarbiyaviy muhitni vujudga keltirish bosh maqsad qilib belgilandi.
“Inson manfaatlari yili” Davlat dasturi doirasida davlat byudjetidan 123 milliard so‘m yoki barcha byudjet xarajatlarining qariyb 40 foizi ajratildi. Shu yili 6,7 million kvadrat metr uy-joy foydalanishga topshirildi, shundan 5,4 million kvadrat metr uy-joy qishloq joylarda barpo etildi. Toshkentda “ Yunusobod” y’opiq tennis korti va “Jar” sport-sogiomlashtirish majmuasi qurib tugallandi. “Inson manfaatlari yili” dasturining mantiqiy davomi sifatida 1998-yil “Oila yili” deb e ‘lo n qilindi. Oila manfaatlarini ta’minlash borasidagi davlat dasturi kompleks mazmunga ega boiib, u bir yuz ellikdan ortiq tadbimi o‘z ichiga oladi. 1998-yilda ushbu tadbirlami bajarish uchun davlat byudjetidan 144,8 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Farzandning barkamol shaxs sifatida kamol topishida va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi insonni yetishtirishda onaning roli beqiyos. Shu sababli 1999-yil “Ayollar y ili” deb e’lon qilindi. Ayollar sog’ligi, xususan, onalar salomatligini yaxshilash, ularning ijtimoiy, boshqaruv faoliyatidagi ishtiroklarini ta’minlash va kengaytirishga xizmat qiluvchi huquqiy asos yaratildi. 2000-yilga ‘ Sog‘lom avlod yili” deb nom berildi. Har qanday davlatning mustahkam bo’lishi va taraqqiy etishining birinchi sharti - aql-idroki mukammal, ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk, ruhi tetik, o‘zining fuqarolik burchi va mas’uliyatini to ia anglab yetgan sogiom avlodni shakllantirish bilan bogiiqdir.
2001-yil mamlakatda “Onalar va bolalar yili” deb e ’lon qilindi. 0‘zbekistondagi ayollarning 90 foizi tibbiy profilaktik ko‘rikdan o‘tkazildi. Orolbo‘yi mintaqasidagi murakkab ekologik sharoitda yashayotgan xotin-qizlar va bolalarning yoz mavsumida yaxshi dam olishini tashkil etish va salomatligini tiklashga alohida e’tibor berildi. Toshkent, Samarqand viloyatlari va Farg‘ona vodiysining sog‘lomlashtirish oromgohlarida 4 ming 500 nafar xotin-qizlar, 20 mingdan ortiq bolalar hordiq chiqarib, malakali tibbiy yordam oldi. Bu maqsadlar uchun jami 560 million so‘m mablag‘ sarflandi. 2002-yil mamlakatda “Qariyalarni qadrlash yili”, deb e’lon qilindi. Bunday nom berishdan maqsad - mamlakatda olib borilayotgan davlat siyosati, qurilayotgan davlat tizimi, barpo etilayotgan yangi jamiyat, hayotda qaror topayotgan ezgu qadriyatlar zamirida, avvalo, 0‘zbekistonning buyuk kelajagini o‘ylab, yillar davomida shu oliyjanob ishga o‘z hissasini qo‘shgan, ana shu poydevoming tamal toshini qo‘ygan insonlami ulug‘lash, ulami rozi qilish edi. 2002-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Taxiyatosh” sanatoriy-profilaktoriyasi, Namangan viloyatida urush va mehnat faxriylariga mo‘ljallangan “Kosonsoy” sihatgohi va, shuningdek, yolg‘iz qariyalar uchun Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida yirik saxovat uyi barpo etildi.
2003-yil “Obod mahalia yili” deb nomlandi. “Obod mahalla yili’' davomida 5 ming 630 ta mahalla hududida ko‘plab kichik va xususiy tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish hisobidan qariyb 155 mingta yangi ish o‘rni yaratildi va buning natijasida kam ta’minlangan fuqarolardan 110 ming nafari ish o‘rniga ega bo‘ldi. Bu muhim ishga tijorat banklari tomonidan 36 milliard 155 million soinlik kredit mablagiari ajratildi. Dastur doirasida 1 milliard 200 million so‘mlik xayriya yordami ko‘rsatildi. 2004-yil “Mehr va muruvvat y ili” deb nomlandi. Mamlakatdagi mavjud 93 ta “Mehribonlik uyi” va maxsus maktab-internat binolari to’liq kapital ta’mirdan chiqarildi va rekonstruksiya qilindi. Bunda, faqatgina “Mehribonlik” uylarining o‘ziga 24 milliard so‘m mablag‘ sarflanib, ishlaming 85 foizi homiylar tomonidan bajarildi. Bunday xayrli ishlarga nafaqat mamlakatdagi, ayni paytda xalqaro miqyosdagi tashkilotlar ham o‘z hissasini qo‘shayotgani diqqatga sazovordir. Chunonchi, “YUNISEF”, “Vorld konsern”, “Yengrag”, “Amerikers” va boshqa tashkilotlar tomonidan 6 milliard 500 million so‘mlik insonparvarlik yordami ko‘rsatildi. “Sihat-salomatlik yili” deb nomlangan 2005-yilda respublikadagi 38 ta shifoxona va sihatgoh yangitdan barpo etilib, 93 ta davolash-profilaktika muassasasi zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlandi. Shuningdek, bir smenada 10 ming 500 bemorni qabul qila oladigan ambulatoriya-poliklinika muassasalari, jumladan, 210 ta qishloq vrachlik manzili ishga tushirilib, qancha- qancha odamlarning shifo topishiga, kasalliklarning oldini olishga xizmat qilmoqda. 2006-yil Prezident tashabbusi bilan “Homiylar va shifokorlar yili” deb nomlandi. Davlat va nodavlat tashkilotlar hamda homiylar ko‘magida ko‘p bolali, kam ta’minlangan oilalarga 10 milliard so‘mlikdan ziyod qoramol olib berilgani mamlakatda saxovat va himmatlilikning yana bir yorqin namunasi bo‘ldi. Millionlab fuqarolar ishtirok etgan umumxalq xayriya hasharlaridan tushgan mablag‘lar hisobidan 2 ming nafar yolg‘iz keksa va 66 ming kam ta’minlangan oilaning 3 million 570 ming kvadrat metr uy-joyi ta’mirlab berildi. Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga mansub salkam 725 ming nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchisi 16 milliard so‘mlikdan ziyod kiyim-bosh bilan ta’minlandi. Shuningdek, 2007-yil “Ijtimoiy himoya yili” , 2008-yilga “Yoshlar yili, 2009-yili “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili”, 2010-yilga “Barkamol avlod yili”, 2011 yili “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili”, 2012-yil “Mustahkam oila yili”, 2013-yil “Obod turmush yili”, 2014 yili “Sog‘lom bola yili”, 2015-yil “Keksalarni e’zozlash yili”, 2016 yili “So’lom ona va bola yili”, 2017 yili “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili ”, 2018 yili “Faol tadbirkorlik, innovasion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab- quvvatlash yili”, 2019 yili “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili ”, 2020 yili “Ilm ma’rifat va raqamli isrisodiyotni rivojlantirish yili” deb nomlangangan. Yuqorida keltirilga yillarning barchasida inson omili va uni himoya qilish masalasi ustivorligini anglash qiyin emas.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklari, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
“Bizning vazifamiz – to‘plangan tajriba va ilg‘or xalqaro amaliyotga suyangan holda, – dedi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishi marosimiga bag‘ishlangan nutqida, – o‘zimizning taraqqiyot va yangilanish modelimizni qat’iy amalga oshirishdan iborat.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining IV bo’lin Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag’ishlanib unda: 1. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish, 2. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, 3. Arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish, 4. Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish,5. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish masalalari kompleks tizimli ravishda amalga oshiriladigan vazifalar berilgan.
2. Diniy bag rikenglik – ijtimoiy barqarorlik omili. Xalq, millat ozodligi yo‘lida kurashgan va shu yo‘lda jon fido qilgan o‘zbek xalqining asl o‘g‘lonlari nomini hamisha, har doim eslab, yod etib turmoq istiqlol nashidasini surayotgan bugungi kun kishilari uchun, ayniqsa, yoshlar uchun ham qarz, ham farzdir. Mana shunday tinch hayot, musaffo osmon, to‘kinlik va farovonlikka qanday og‘ir yo‘qotish, sinov va mashaqqatlar evaziga erishilganini yosh avlodga anglatadigan, ulaming qalbi va ongiga milliy mustaqillik g‘oyasini yanada chuqurroq singdirishga xizmat qiladigan ma’naviy va ma’rifiy tadbirlami yanada kuchaytirishni zamonning o‘zi taqozo qilmoqda. Bugungi tahlikali va murakkab zamonda dunyoda yuz berayotgan keskin ziddiyatlar, to‘qnashuvlar, turli qarama-qarshiliklar, millat va dinlar o‘rtasidagi har xil mojarolami hamma ko‘rib, bilib turibdi. 0 ‘zbekistonda yashab faoliyat ko‘rsatayotgan turli konfessiya vakillarining ma’naviy dunyosi, e’tiqod erkinligi uchun istiqlolning dastlabki kunlaridan boshlab keng yo‘l ochildi. Din davlatning ma’naviy-madaniy hayotining uzviy qismi ekanidan kelib chiqib, unga boMgan munosabat tubdan o‘zgardi. Dinga bo‘lgan yangicha munosabat mamlakat rahbari tomonidan ko‘rsatilgan “Dunyoviylik — dahriylik emas” tamoyili asosida belgilab berildi. Bugungi kunda mamlakatda turli e’tiqodga mansub diniy tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik muhiti o‘rnatilishi uchun, ko‘p konfessiyalikning real ijtimoiy holat ekani va uning kelajakda ham saqlanib qolishini hisobga olgan holda, diniy bag‘rikenglik uchun to‘la sharoitlar yaratilmoqda. O’zbekiston Konstitutsiyasining davlat va din munosabatlari masalasiga taalluqli asosiy bandlari rivojlangan jamiyatlarning huquqiy me’yorlariga mos keladi.
Konstitutsiyaning 18, 31 va 61-moddalari hamda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunning (yangi tahriri 1998-yil 1-mayda qabul qilingan) har bir insonning xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqini ta’minlovchi, diniy qarashlami majburan singdirishni ta’qiqlovchi bandlari milliy, irqiy va diniy kelib chiqishidan qat’i nazar, jamiyatning barcha a’zolari o‘rtasidagi totuvlikni hayotga tatbiq etish uchun ishonchli asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Din davlat siyosatiga aralashmaydi, shu bilan birga har qanday din, avvalo, ma’naviy-axloqiy hodisa bo‘lib, u muayyan bir xalqning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotini to‘laligicha o‘zida majassamlashtirishga da’vo qilolmaydi. Aks holda, din o‘z maqsad va vazifalaridan chetlashib ketadi. Ana shulardan kelib chiqib, mamlakatda diniy siyosiy partiyalar tuzish taqiqlanadi. Dunyoviy davlat tuzumi amal qilayotgan 0 ‘zbekistonda barcha dinlarga bir xil va teng munosabatda bo‘lish bugun hayotiy voqelikka aylandi. Din va davlat munosabatlarini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzurida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyat ko‘rsatmoqda. Uning asosiy vazifalari: vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq diniy masalalarni hal qilishda yagona siyosatni amalga oshirish, davlat organlarining mamlakat hududida joylashgan diniy tashkilotlar bilan aloqasini amalga oshirish, diniy tashkilotlar va ularning a’zolari o‘rtasida o‘zaro bir-birini tushunish va sabr-toqatlilikni mustahkamlash siyosatini o‘tkazish, mamlakatda va chet ellarda diniy tashkilotlar o‘rtasida aloqalar o‘matilishini tashkil etish, fuqarolaming mamlakatdan tashqaridagi muqaddas joylarga ziyoratga borishi, xalqaro anjumanlar o‘tkazilishini uyushtirishdan iborat. 0‘tgan davr mobaynida bu yo‘nalishda muayyan natijalarga erishildi. Eng asosiysi - bag‘rikenglikning muhim omillaridan biri bo‘lgan millatlararo va dinlararo totuvlik ta’minlandi. Bugun O’zbekiston Respublikasida 17 konfessiyaga mansub 3000 dan ortiq diniy tashkilot bilan birga Imom Buxoriy nomidagi Islom universiteti, 9 ta o‘rta-maxsus islom bilim yurtlari hamda pravoslav va protestant seminariyalari ishlab turibdi.
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. Karimovning 1991-yil 11-aprel va 20-iyundagi Farmoniga binoan “Iyd al-Fitf’ (Ro‘za) va “Iyd al-Adho” (qurbon) hayit bayramlari dam olish kuni deb e’lon qilindi. Istiqlol davrida 90 mingdan ortiq o'zbek fuqarolari haj ibodatini ado etishga muyassar bo‘ldi. Har yili boshqa diniy jamoalarning yuzlab vakillari Isroil va Rossiyadagi muqaddas ziyoratgohlarga tashrif buyurmoqda.
2004-yil aprelda respublikadagi turli konfessiyalar o‘rtasida totuvlik va bag‘rikenglik tamoyillarini yanada mustahkamlash, millatlararo va dinlararo hamjihatlik yuzasidan takliflar va chora-tadbirlami birgalikda ishlab chiqish maqsadida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita qoshida konfessiyalar ishlari bo‘yicha jamoatchilik kengashi tashkil etildi. Ajdodlaming bebaho merosini mukammal o‘rganish va oliy maMumotli kadrlar tayyorlash maqsadida Prezidentning farmoni bilan 1999-yilda Toshkent islom universiteti ochildi. Bu ta’lim maskanida bugungi yosh avlodga ulkan va boy madaniyatning uzviy masalalari - islom nazariyasi, tarixi, falsafasi, huquqshunosligi, madaniyati va axloqi, tabiiy fanlar chuqur o‘rgatilmoqda. Universitet xalq ma’naviyatini yuksaltirishga, tarixi ming yildan ko‘hnaroq islomiy merosni yanada teranroq o‘rganish, din ravnaqi, uning taraqqiyotiga xizmat qiladigan, diniy va dunyoviy-zamonaviy bilimlami puxta egallagan mutaxassislami tayyorlab kelmoqda.
Mamlakatda amalga oshirilayotgan keng miqyosdagi bunyodkorlik ishlariga misol tariqasida O’zbekistonRespublikasi Prezidentining 2007-yil 20-fevralda imzolagan “Hazrati Imom” jamoatchilik jamg‘armasini qoilab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qarorining chop qilinishi mamlakatda bunyodkorlik ishlari rivojiga yana bir turtki bo‘ldi. Ushbu qarorda Hazrati imom majmuasining tarix, mamlakat ma’naviy hayotidagi o‘mi va ahamiyati inobatga olinib, uning asl tarixiy qiyofasini tiklash, bu yerda keng koiamli qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish, majmuaning infratuzilmasini har tomonlama rivojlantirish kun tartibiga qo‘yildi, bu savobli ishga tezkorlik, kuch-g‘ayrat bilan kirishildi va qisqa muddatlarda mahobatli majmua barpo etildi. Bu jarayonda obidalami nafaqat qayta tiklash va ta’mirlash, ayni vaqtda ulaming yon atrofidagi o‘ziga xos tabiiy muhitni asl holida saqlab qolish kabi masalalarga ham jiddiy e’tibor qaratildi. Islom konferensiyasi tashkiloti qoshidagi Taiim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha muassasasi AYSESKO tomonidan 2007-yilda Toshkent shahrini “Islom madaniyati poytaxti” deb e’tirof etilishi mamlakat hayotidagi ulkan madaniy-ma’naviy voqea boiib, xalq tomonidan katta quvonch bilan kutib olindi. Sharq darvozasi deb nom olgan azim Toshkentning ana shunday yuksak maqomga erishgani nafaqat xalqqa, ayni vaqtda yaqin va uzoqdagi do‘stlarga ham g‘urur va ifltixor bagishladi.
2017 yilda Islom universiteti Xalqaro Islom Akademiyasiga aylantirildi shuningdek, 2017 yil 23 iyun kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning qaroriga muofiq toshkent shaxrida Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishi to’risidama’lum qilindi. Bu qaror keng jamoatchilik tomonidan qizg’in kutib olindi.
O‘zbekistondan yetishib chiqib, islom olamida shuhrat qozongan allomalar- Bahouddin Naqshbandning 675 (1993-yil sentabr), Xoja Ahror Valiyning 590 (1995-yil noyabr), Mahmud az-Zamaxshariyning 920 va Najmiddin Kubroning 850, Imom Buxoriyning 1225 va Ahmad Farg‘oniyning 1200 (1998- yil oktabr), Imom Motirudiyning 1130 va Burhoniddin Marg‘inoniyning 910 (2000-yil noyabr) yillik yubileylari keng nishonlandi, ularning nomi bilan bog‘liq qadimiy yodgorlik majmualari obod qilindi.
1995-yilda “Bir samo ostida” shiori bilan tashkil etilgan xalqaro xristian- musulmon konferensiyasi bo‘lib o‘tdi, uning ishida Jahon cherkovlari kengashi, turli xorijiy cherkov vakillari ishtirok etdi. 1996-yilda Rus Provaslav cherkovi Toshkent va O‘rta Osiyo eparxiyasining 125 yilligi nishonlandi. Tantanalarda cherkov tarixida ilk bor Moskva va Butun Rus Patriarxi Aleksey Ikkinchi Markaziy Osiyo hududiga tashrif buyurdi. 2001-yilda Toshkent va O‘rta Osiyo yeparxiyasi o‘zining 130 yilligini nishonladi. 2002-yilda Rim-katolik cherkovi katolikning Markaziy Osiyoda qayta tiklanganligiga 100 yil to‘lishi munosabati bilan bayram tadbirlarini tashkil etdi. 2003-yilda Samarqand shahrida Arman Apostollik cherkovining 100 yilligi nishonlandi. “Qur’oni Karim”, Hadislar to‘plami, “Injil” (Yangi ahd) o‘zbek tiliga tarjima qilinib, chop etildi. Shuningdek, O’zbekiston“Qur’oni Karim”ni ko‘zi ojizlar uchun maxsus brayl yozuvida nashr qilgan dunyoning uchinchi mamlakatiga aylandi.
O’zbekiston musulmonlari idorasining “Hidoyat” oylik jumali, “Islom nuri” gazetasi, Toshkent va O‘rta Osiyo eparxiyasining “Vostok svnshe kiril” jumali chop etilib, mamlakatda diniy aqidaparastlik, ekstremistik harakatlarning oldini olish bo‘yicha izchil va tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, mamlakatga suqulib kirishga harakat qilgan, xalq orasida mutaassiblik urug‘ini sochishga uringan va bu bilan o‘zining g‘arazli maqsadini amalga oshirmoqchi bo‘lgan turli guruhlar faoliyati fosh etildi.
Hozirgi kunning eng asosiy vazifalaridan biri - xalqning diniy e’tiqodiga zid bo‘lgan zararli oqimlaming mamlakat hududiga kirib kelishining oldini olish, an’anaviy, ma’rifiy, mo‘tadil islomni yot g‘oyalar ta’siridan saqlashdan iboratdir.
3. Korrrupsiyaga qarshu kurashning mazmun- mohiyati va gender masalalari. 2017 yilda “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Farmonga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Agentlik) tashkil etildi. Agentlik korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi. Agentlik Prezidentga boʻysunadi va Oliy Majlis palatalari oldida hisobdor.Farmon bilan Agentlikning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari belgilandi. Jumladan, Agentlik mamlakatda korrupsiya holatini tizimli tahlil qilishni taʼminlaydi. Agentlik korrupsiyaga oid, birinchi navbatda, Oʻzbekistonning milliy manfaatlariga va xalqaro imidjiga zarar yetkazuvchi jinoyatlarni tergov qilish natijalarini kompleks tahlil qiladi.Agentlikka, shuningdek, quyidagi bir qator huquqlar berildi:
- byudjet mablagʻlarining sarflanishi, davlat aktivlarining realizatsiya qilinishi, davlat xaridlari, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va davlat dasturlari bajarilishi bilan bogʻliq materiallarni talab qilish, olish va oʻrganish;
- jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiya masalalari boʻyicha murojaatlarini koʻrib chiqish hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish;
- korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar boʻyicha maʼmuriy surishtiruvlar oʻtkazish;
- ijro hokimiyati va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda ularning mansabdor shaxslari qarorlarida korrupsiya belgilari aniqlangan hollarda ularning ijrosini toʻxtatish yoki bekor qilish toʻgʻrisida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalarni kiritish.
Agentlikning ogohlantirish, taqdimnoma va murojaatlari oʻn kun ichida koʻrib chiqilishi va natijalari yuzasidan yozma axborot berilishi shart, deb xabar beradi Shuningdek, 2020 yilning 24 - 26 aprel kunlari poytaxtimiz Toshkentda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan hamkor tashkilotlar ko‘magida “Harakatlar strategiyasi va kuchli ijtimoiy siyosat: xalqaro amaliyot va O‘zbekiston tajribasi” mavzuida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.O‘zbekistonda kechayotgan bugungi o‘zgarishlar mamlakat yangi tarixini boshlab berdi, desak ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Zotan, yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va boshqa sohalarda yuz berayotgan ulkan yangilanishlar davlatimizning dunyo hamjamiyati bilan tom ma’noda integratsiyalashuvini ta’minlamoqda. Qisqacha aytganda, bugun yurtimiz dunyoni o‘ziga chorlayapti, yopiqlikdan ochiq pragmatik siyosat sari yuzlanmoqda. Bunday tutum, shubhasiz, bugungacha mavjud bo‘lgan tartib-qoidalarni isloh qilish va ularni dunyo andozalariga uyg‘unlashtirishni taqozo etadi. O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining hamkor tashkilotlar ishtirokida “Harakatlar strategiyasi va kuchli ijtimoiy siyosat: xalqaro amaliyot va O‘zbekiston tajribasi” mavzuidagi xalqaro konferensiyani o‘tkazish tashabbusi mohiyatida ham aynan shu muddao mujassamdir. Harakatlar strategiyasi doirasida yurtimizda hayotga tatbiq etilayotgan mutlaqo yangicha ijtimoiy siyosatning mazmun va mohiyatini dunyo jamoatchiligiga yetkazish, qolaversa, davlat organlari, kasaba uyushmalari, Savdo-sanoat palatasi hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining aholini ijtimoiy himoya qilish borasidagi o‘zaro hamjihatligi va sherikligi istiqbollarini belgilab olishni rejalashtirayapmiz.
Mazkur anjuman ijtimoiy-mehnat masalalarini hal etishda bevosita qatnashayotgan ishtirokchilar taklif va mulohazalari hamda tajribalarini konstruktiv muhokama qilish, o‘zaro fikr almashish uchun xalqaro platforma vazifasini o‘taydi. Bu format shak-shubhasiz, O‘zbekistonning ochiqligini, faol, amaliy hamkorlikka, xalqaro va chet el tajribasini o‘rganish asosida aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha vazifalarni hal etishga tayyorligini ham namoyish qiladi. Shuni alohida aytish kerakki, mazkur g‘oya Xalqaro mehnat tashkiloti, Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, Umumevropa kasaba uyushmalari mintaqaviy kengashi, Xalqaro ish beruvchilar tashkiloti kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Va uning ishida ushbu tashkilotlar mutasaddilari, shuningdek, ijtimoiy taraqqiyot, iqtisodiyot hamda huquq sohasidagi milliy va chet ellik ekspertlar qatnashishi kutilayotir. Forum o‘z dasturida mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol, sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar, ta’lim, ijtimoiy infratuzilma, arzon uy-joylar, ish joylaridagi mehnat sharoitlari, davlat organlari, kasaba uyushmalari va ish beruvchi hamkorligi borasida aniq tasavvurga ega bo‘lishi uchun ishtirokchilarning bevosita joylarga safar uyushtirishi ham ko‘zda tutilgan. Qolaversa, anjumanda yalpi majlislardan tashqari, aholining real daromadi va bandligini izchil amalga oshirish orqali faol ijtimoiy himoya, aholini ijtimoiy himoyalash va sog‘lig‘ini muhofaza qilish yo‘nalishidagi davlat tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, aholi yashash sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi arzon uy-joylar qurilishi, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni ro‘yobga chiqarish, ta’lim va fan sohasini rivojlantirish istiqbollari hamda yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha munozaralar ham rejalashtirilgan.
Xalqaro miqyosda ijtimoiy himoya eng kam darajasining tan olingan 9 turi mavjud bo‘lib, bular tibbiy xizmat, ishsizlik bo‘yicha nafaqa, baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi natijasida yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha nafaqa, homiladorlik va tug‘ish nafaqasi, boquvchisini yo‘qotishi munosabati bilan beriladigan nafaqa, kasallik bo‘yicha nafaqa, qarilik pensiyasi, oilaviy nafaqa, nogironlik bo‘yicha nafaqalarni o‘z ichiga oladi. E’tiborli jihati shundaki, ushbu xizmatlarning 5 turi to‘liq, 2 turi esa qisman ijtimoiy sug‘urta tizimi bilan qamrab olingan xodimning hissasiga to‘g‘ri keladi. Biroq afsuski, bugungi kunga kelib, ijtimoiy sug‘urtalangan xodimlar soni borgan sari kamayib ketayapti.
Xalqaro mehnat tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda dunyo aholisining 55 foizi ijtimoiy himoyadan mahrum bo‘lsa, atigi 29 foizi kompleks ijtimoiy ta’minotdan foydalanish imkoniyatiga ega. Pensiya yoshidagi keksalarning 68 foizi qarilik pensiyasini oladi. Bu esa ko‘plab davlatlarda ham jamg‘arib boriladigan, ham sug‘urtali pensiya ta’minoti yetarlicha rivojlanmaganligini ko‘rsatadi. Yana bir og‘ir muammo — taraqqiy topgan yigirma birinchi asrda ham, afsuski, insonlarning sog‘liqni saqlashga bo‘lgan huquqi dunyoning ko‘pgina mintaqalarida hali real haqiqatga aylanmadi. Bu, ayniqsa, aholining 56 foizi mazkur imtiyozdan mahrum bo‘lgan qishloq joylariga taalluqlidir.
Yaqinda XMT jahon hamjamiyatiga bugungacha amaliyotda bo‘lmagan - xususiy beg‘araz yordamni eng kam darajadagi ijtimoiy himoyani ta’minlash uchun yo‘naltirish haqidagi chaqiriq bilan murojaat qildi. Va, bu bilan, u o‘z tajribasida jismoniy shaxs korxona va jamg‘armalarning beg‘araz yordamlaridan ijtimoiy himoya maqsadida foydalanish mumkinligini e’tirof etdi.
O‘zbekistonda bu borada yetarli tajriba to‘plangan, ijtimoiy himoya sohasida aynan davlat va xususiy sherikchilik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, resurslarni fuqarolar o‘rtasida maqsadli qayta taqsimlash, ijtimoiy siyosat tizimida esa ijtimoiy ta’minot, ijtimoiy himoya, ijtimoiy yordam markaziy o‘rin egallaydi. Bugun yurtimizda inson omili oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Odamlar ertaga emas, bugun baxtli yashashni istaydilar”, degan tamoyilni ilgari surishi va buni bugungi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishiga aylantirishida ham aynan shu mazmun-mohiyat mujassamdir. Mazkur prinsip ijrosi o‘laroq, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan insonparvar siyosat odamlar hayotiga yangicha mazmun baxsh etmoqda. Xususan, aholining talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, qishloq joylarda yangilangan namunali loyihalar asosida arzon uy-joylar qurish bo‘yicha dasturning qabul qilingani odamlar qalbida yashash va ishlashga bo‘lgan qarashlarni o‘zgartirib yubordi. Dasturga ko‘ra, 2017 yilda shahar va qishloqlarda umumiy maydoni 3,5 million kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan namunali va ko‘p qavatli uylar bunyod etildi. 2017-2020 yillarda shaharlarda 945 ta ko‘p qavatli turarjoy qurilishi bo‘yicha dastur qabul qilingan. Kam ta’minlangan oilalar uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar markazlarida va yirik shaharlarda ko‘p qavatli uylarda 50 mingga yaqin arzon kvartiralar barpo qilinadi. Xususan, 2017 yilda xuddi shunday ko‘p kvartirali, umumiy maydoni 800 ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan uylar qurilib, aholiga topshirildi. Faqatgina Toshkent shahrining o‘zida 420 ming kvadrat metrli uy-joy foydalanishga topshirilgani boshlangan ishlar ko‘lamini ko‘rsatadi, albatta.
Ma’naviy va ma’rifiy islohotlar. Milliy meros. Milliy qadriyatlar. Boy va haqqoniy tarix. Buyuk ajdodlar nomining oqlanishi va poklanishi. “Islom madaniyati poytaxti”, Ta’lim islohotlari. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Milliy model. Mustaqillik mafkurasi. Milliy istiqlol g‘oyasi. Ilm-fan. San’at. Diniy bag‘rikenglik va barqarorlik. Tinchlik va osoyishtalik. Beshta tashabbus.
Mustaqillik o‘zbek xalqi uchun eng ulug‘, eng aziz qadriyat bo‘lib, milliy o‘zligi, or-nomusi, g‘urur-iftixori timsoli, ezgu orzu-intilishlari, yutuq va marralarining hayotbaxsh manbayi sifatida barcha vatandoshlar qalbidan mustahkam o‘rin egalladi.
Xalqning mamlakat o‘tmishiga, boy tarixiy merosiga, ma’naviy qadriyatlar va an’analarga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgardi. Davlat rahbarining “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” kitobida ta’riflanganidek, insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch - ma’naviyatga eng ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida e’tibor qaratildi. Mustaqillik tufayli tarixiy haqiqatlar tiklandi, milliy bayramlar va urf-odatlar asl holiga qaytdi, aziz avliyolarning qarovsizlikdan nurab, deyarli yo‘q bo‘lib ketish arafasiga kelib qolgan maqbaralari, masjid va madrasalar tubdan ta’mirlandi, milliy madaniyat tarixini o‘rganish, u haqda xolisona fikr bildirish borasida, osori-atiqalarni asrash, milliy qadriyatlarni tiklash, qadimiy va o‘zlikni to‘liq anglash uchun qadimiy boy tarixni to‘laqonli yoritish imkoniyati tug‘ildi.
Jahon madaniyatiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan ajdodlar tavalludlarini nishonlash izchil an’anaga aylandi. Birinchi Prezident I. Karimov tashabbusi bilan buyuk allomalar tavallud sanalari nishonlandi. Jumladan, 1991-yili Alisher Navoiy, 1993-yili Ahmad Yassaviy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Bahouddin Naqshband, 1994-yili Mirzo Ulug‘bek, 1995-yili Feruz, Najmiddin Kubro, 1996-yili Amir Temur, 1998-yili Imom al-Buxoriy, Ahmad al-Farg‘oniy, 1999-yili Jaloliddin Manguberdi, 2000-yili Burhonuddin al-Marg‘inoniy, Kamoliddin Behzod, Imom Abu Mansur al-Moturudiy kabi mutafakkirlarga bag‘ishlangan tantanalar o‘tkazildi. Shu o‘rinda davlat rahbarining: “Bu kabi tantanalarni o‘tkazishdan ko‘zlangan niyat va maqsadlarimiz... muqaddas qadamjolarni obod qilishimiz sabablari... eng avvalo, bu ishlami amalga oshirish zamirida savob degan oliyjanob tushuncha yotadi. Savob - ulug‘ insoniy fazilat, yuksak islomiy qadriyatlardan biridir”1, degan so‘zlari yodga keladi.
Birinchi Prezident I. Karimov ushbu so‘zlarining davomida “Mening komil ishonchim shuki savob ishni har kim qilishi kerak, savob ishni har kun qilish kerak”, degan jumlalarni keltiradi. O’zbekistonRespublikasi Vazirlar Mahkamasining “Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, 1996-yilda sohibqiron Amir Temurning 660 yilligi tantanalari o‘tkazildi. Ushbu tadbirlar kengayib, butun jahon hamjamiyati tomonidan yuqori darajada o‘tkazildi. Madaniyat, san’at, maorif, matbuot, sport sohalarida ulug‘ sarkardaga bag‘ishlab, turli yo‘nalishdagi kitob, maqola, risolalar chop etildi, turli film va spektakllar namoyish etildi. Sport sohasida esa uloq, ko‘pkari, kurash o‘yinlari qayta tiklanib, keng miqyosda ommalashtirildi.
Ajdodlar merosini o‘rganish, xususan, jadidchilik namoyandalari Munavvarqori, Ubaydulla Xo‘jayev, M.Behbudiy, A.Avloniy, A.Fitrat, Cho‘lpon, Ishoqxon Ibrat, A.Qodiriy merosini tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Ajdodlar merosini o‘rganishning ma’naviy va huquqiy asoslari ishlab chiqildi va hayotga tatbiq etila boshlandi. 1998-yilda Ahmad al-Farg‘oniyning 1200 yilligini nishonlash o‘zlikni, qadriyatlarni anglash yo‘lidagi yana bir voqea bo‘ldi. Ulug‘ ajdodlar tavallud sanalarini o‘tkazish bo‘yicha ijtimoiy-siyosiy, ma’rifiy tajribalar vujudga keldi. Shuningdek, qadimgi ajdodlarning ezgu g‘oyalari, milliy davlatchilik an’analari, turmush tarzi va mentalitetini aks ettirgan “Avesto” kitobi o‘zining haqiqiy qadr-qimmatini topdi. Prezident Islom Karimov rahbarligida amalga oshirilgan ma’naviy merosni tiklash, har tomonlama o‘rganish va targ‘ib etish borasidagi keng ko‘lamli ishlar doirasida ushbu kitob ham xalqning ma’naviy mulkiga aylantirildi. Kitobning xalq va mlliy davlatchilik tarixi, umumbashariy sivilizatsiya rivojidagi ulkan ahamiyatini hisobga olgan holda, 2001- yili “Avesto” yaratilganligining 2700 yilligi respublika va xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Shu munosabat bilan “Avesto”ning to‘liq matni o‘zbek tiliga tarjima qilinib, chop etildi. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda buyuk allomalarning tavallud sanalarini nishonlash:
Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yangi, davr talabi va manfaatlariga mos takomillashgan tizimi shakllantirildi. Yuzlab muzeylar, madaniyat uylari va saroylari, axborot resurs markazlari, madaniyat va istirohat bog‘lari ommaviy muassasalar sifatida xalqqa ma’naviy-ma’rifiy xizmat ko‘rsata boshladi. Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat markazi” tashkil etildi (1994) va uning viloyat, tuman va shaharlardagi bo‘limlari ishga tushirildi. Markazga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi rahbarlik qila boshladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 25-avgustdagi “Milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi qaroriga binoan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi faoliyati va tarkibiy tuzilishi qayta ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Respublikadagi mahalla oqsoqollari va fiiqarolar yig‘inlari raislarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha maslahatchilari tizimi shakllantirildi. Birgina Toshkent shahrida “Turkiston” saroyi, Alisher Navoiy nomidagi Milliy bog‘, Temuriylar tarixi Davlat muzeyi, Milliy akademik teatr binosi va g‘oyat go‘zal, mahobatli koshona - O’zbekiston Davlat konservatoriyasining yangi binosi va boshqa ko‘plab inshootlar barpo etildi.
2000-yili poytaxtning Yunusobod tumanida qatag‘on yillarida xalqning minglab asl farzandlari qatl etilib, nom-nishonsiz ko‘mib tashlangan, necha yillar davomida qarovsiz qolib ketgan Bo‘zsuv kanali sohilidagi Alvastiko‘prik deb nom olgan jarlik o‘rnida “Shahidlar xotirasi xiyoboni” va keyinchalik shu nomda muzey va jamg‘arma tashkil qilindi va 2001-yildan e’tiboran 31-avgust kuni mamlakatda qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni sifatida nishonlanadigan bo‘ldi. Har yili 31 avgust tongida bu maskanda xalqning qadimiy urf-odatlariga ko‘ra osh tortilib, Qur’on tilovat qilish, davlat va hukumat rahbarlari, keng jamoatchilik vakillarining bu yerga kelib, marhumlarni yod etishi, ularning ruhiga hurmat bajo keltirishi ibratli an’anaga aylandi. Ko‘plab Sharq allomalarining nodir asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etildi. Vatan ozodligi yo‘lida shahid ketgan yurtdoshlaming nomi abadiylashtirildi. Diniy bayramlar - Ramazon hayiti, Qurbon hayiti, xalqning qadimiy bayrami - Navro‘z tiklandi. Shu yo‘sin mamlakatda ma^naviy-maTifiy ishlarning o‘ziga xos samarali tizimi yuzaga keldi. Respublikaning barcha viloyat, yirik shahar va tumanlarida faoliyat yuritayotgan ma’naviy-ma’rifiy muassasalar ishtirokida katta xalq sayillari, hosil, “Mustaqillik”, “Navro‘z”, “Mehrjon” bayramlari, “Sharq taronalari” xalqaro festivali, xonandalar, raqqosalar, eng yaxshi kasb ustalarining ko‘rik tanlovlari, “O’zbekistonVatanim manim”, “Eng ulug‘, eng aziz”, “Kelajak ovozi”, “Yagonasan, muqaddas Vatan” kabi ko‘rik-tanlovlar ham o‘tkazib kelinmoqda.
Asrlar davomida shakllangan milliy qadriyatlar, urf-odat va an’analar xalqining betimsol boyligi, istiqlolning mustahkam poydevori va porloq istiqbol kafolatidir. Bugungi globallashuv davrida inson ongi va tafakkurini egallash yo‘lidagi kurash keskinlashayotgan, yoshlarni yot g‘oya va mafkura, salbiy illatlar ta’siriga tortishga urinishlar tobora kuchayayotgan bir sharoitda ajdodlaming orzu-umidlari, intilishlari va boy tafakkurini o‘zida mujassam etgan bunday bebaho boylikni ko‘z qorachig‘iday asrash va uni ulg‘ayib kelayotgan avlodning ong-u shuuriga chuqur singdirish vazifasi yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Tarixiy an’analarga sadoqat, ajdodlardan faxrlanish, ijtimoiy hayotning eng muhim yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratish mustaqil siyosat va milliy g‘oyaning eng muhim hayotbaxsh omillariga aylandi. Tarix va madaniy meros millatning asosiy boyligi. Shu bois, madaniy merosga munosib voris bo‘lish uchun urf-odat va an’analarni asrab-avaylabgina qolmay, ularni yanada takomillashtirish lozim. Prezident Islom Karimov rahnamoligida barcha jabhalar singari milliy madaniyat, san’atni izchil rivojlantirish, bu boradagi an’analami davom ettirish, uning eng yaxshi namunalaridan xalqni bahramand etish, ijodkorlarning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlami yaratish yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda turli vazirlik va idoralar, muassasalar, ijodiy birlashmalar bilan birgalikda jamoat tashkilotlari ham faol ishtirok etmoqda. “O’zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasining faoliyati buning dalilidir.
Oxirgi yillarda O‘zbekistonda madaniyat, fan va ta’lim sohasida avvalgi davr bilan taqqoslab bo‘lmaydigan darajada yutuqlarga erishildi. Chunonchi, mamlakatning barcha viloyatlari uchun an’anaviy bo‘lgan hunarmandchilikka e’tibor kuchaytirilib, bu soha davlat va jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quwatlanib kelinmoqda. Milliy hunarmandchilik sohasi an’ana va udumlarini tiklashga o‘z hissasini qo‘shayotgan kishilarni rag‘batlantirish maqsadida Prezident va hukumatning milliy hunarmandchilik va kasanachilik bilan shug‘ullanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi bir qator farmon va qarorlari qabul qilingani bunga misol b o’la oladi.
Musiqa, amaliy va tasviriy san’at kabi yo‘nalishlar rivojiga katta e’tibor berilmoqda. O’zbekiston hatto nufuzli xalqaro musiqa va teatr festivallariga, iste’dodli ijrochilar tanlovlari va ko‘rgazmalarga ham mezbonlik qilmoqda. Yosh avlodni har tomonlama barkamol tarbiyalash ma’naviy-ma’rifiy ishlar markazida turgan eng buyuk vazifaga aylangani quvonchlidir. Shu maqsadda hukumatga qarashli bo’lmagan “Sog’lom avlod uchun” jamg‘armasi tashkil qilinib, shu nomdagi dastlabki orden ta’sis etildi. Mamlakatda “Ona va bola” ijtimoiy dasturi qabul qilinib, onalik va bolalikni muhofaza qilish yo’lida keng koiamli ishlar amalga oshirildi, yangi-yangi skrining va perinatal markazlar, zamonaviy shifoxonalar barpo etildi. Bundan tashqari, mamlakatda “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport o‘yinlarini o‘z ichiga olgan uch bosqichli yagona uzluksiz tizimning shakllanib, samarali faoliyat ko‘rsatib kelayotgani ham sogiom avlod tarbiyasida katta rol o‘ynaydi. Nogiron bolalar uchun “Mehribonlik” saxovat festivali muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
O’zbekiston ma’naviy hayotining ajralmas qismi bo’lgan xalqaro kino, teatr va musiqaviy festivallar o‘tkazish yaxshi an’anaga aylanib qoldi. Xalq baxshichilik san’atiga e’tibor kuchayib, respublika tanlovlari o‘tkazilmoqda. Xususan, yil sayin ishtirokchilari soni ko‘payib borayotgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali butun jahon madaniy jamoatchiligi orasida keng shuhrat qozonib ulgurdi. Shuningdek, milliy kurash sport turi xalqaro maqomga ega bo‘lib, bu borada muntazam ravishda jahon chempionatlari o‘tkazilmoqda.
Toshkent miniatyurachi rassomlarining monumental san’at sohasidagi ijodiy ishlari ham muvaffaqiyatli bormoqda. “Sanoi nafis” guruhi tomonidan 1996-yil Toshkentdagi Temuriylar tarixi davlat muzeyi zallarida bajarilgan miniatyura uslubidagi naqshlar mutaxassis va tomoshabinlaming yuqori bahosini oldi. 90-yillarda kinematografiyada repertuarning yangi kino talqinlariga mos ravishda janrlarning o‘ziga xos va uslubiy hamda texnik yangilanishi kuzatildi. Tarixga, milliy an’analarga, xalq og‘zaki ijodi motivlariga ko‘proq murojaat qilib, xalq ruhiga yaqin asarlar yaratildi. 2004-yil kinematografiyani moliyalashtirish bilan bog‘liq muhim qaror qabul qilindi. Milliy tarix, an’analar va madaniyatni yoritishdagi yutuqlar rag‘batlantirib borilmoqda. Toshkentda 2009-yil oxirida bo‘lib o‘tgan “Art Week Style.uz - 2009” va 2012-yil oktyabrdagi san’at haftaliklari yuqoridagi fikrlarga yaqqol dalil bo‘la oladi. 0 ‘tkazilayotgan nufuzli tadbirlar orqali milliy merosni asrab-avaylash, amaliy san’at va hunarmandchilik yo’nalishidagi qadimiy an’analami tiklash, bu borada ijodkorlarga har tomonlama ko‘maklashish, yosh iste’dodlarning faoliyati uchun zarur sharoit yaratish, ularning ijodini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, respublika va xalqaro miqyosda ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Asrlar sadosi”, “Yangi avlod”, “Navqiron 0 ‘zbekiston”, “Bazar Art” kabi festivallar, ko‘rik-tanlovlar, milliy hunarmandchilik yarmarkalari, turli ko‘rgazmalar, kontsertlar buga misol bo‘la oladi. Ayni paytda ushbu ijodiy loyihalar ijtimoiy yo‘naltirilgani, katta madaniy-ma’rifiy ahamiyati bilan nafaqat respublikada, balki xorijda ham tobora e’tibor qozonmoqda. 2010-yili Xiva shahrida, 2012-yili Tuproqqal’ada, 2013-yili esa Navoiy viloyatida Sarmishsoy darasida, xuddi shunday tadbirlardan biri - “Asrlar sadosi - 2010”, “Asrlar sadosi - 2012”, “Asrlar sadosi - 2013” madaniyat festivallari tashkil etildi. Mazkur festivallar o‘tmish merosi va an’analarni avlodlarga yetkazishda muhim o‘rin tutadi. Ayni paytda bu navqiron avlodni milliy madaniyat, umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, yoshlarda Vatanga, milliy qadriyatlarga hurmat-ehtiromni shakllantirishda beqiyos ahamiyatga ega. Milliy madaniyat, san’atning o‘ziga xos bayrami sifatida tashkil etilgan ushbu tadbirda folklor va teatr guruhlari, xonandalar, musiqachilar, raqqosalar, qiziqchilar, rassomlar, hunarmandlar bilan birgalikda respublika miqyosida o‘tkaziladigan “Yangi avlod” festivali ko‘rik-tanlovining g‘olib va sovrindorlari ishtirok etmoqda. Mustabid tuzum davrida toptalib kelingan milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlar qayta tiklanib, bugungi milliy-ma’naviy taraqqiyotga xizmat qilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ta’kidlanganidek: “Ayni paytda yurtimizda milliy tiklanish jarayoni qariyb bir yarim asr davom etgan ijtimoiy-siyosiy qaramlikdan keyin dastlabki paytlarda mutlaqo tabiiy ravishda o‘ziga xos “inkorni inkor” qonuniyati asosida kechganini aytish lozim. Lekin biz, sobiq tuzumning mafkuraviy qarashlarini umuman inkor etishning o‘zi hech qanday bunyodkorlik dasturiga ega bo‘lmagan siyosiy va madaniy ekstremizm xavfini tug‘dirishi ehtimolini yaxshi anglar edik. Shu bilan birga. tarixiy qadriyatlar, urf-odat va an’analar, turmush tarziga orqa-oldini o‘ylamasdan yoppasiga betartib qaytish boshqa bir keskinlik, deylik bugungi davr hayotini qabul qilmaslik, jamiyatni yangilash zaruratini inkor etish kabi nomaqbul holatlarga olib kelishi mumkinligini ham unutmaslik zarur edi”. Ushbu kitobda ma’naviyatning milliy taraqqiyotdagi o‘rni va ahamiyati, uni o‘zlashtirish zarurligiga ham alohida e’tibor qaratilgan.
Ma’naviyat o‘z xalqining tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tushunib yetishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi. Bu konseptual g‘oya bugungi kunda milliy ma’naviyatni rivojlantirishda davlat siyosatining ustuvor tamoyillaridan biri sifatida ijobiy natijalami bermoqda. Bugungi kunda OAV, xususan, televideniye madaniyatni ommalashtirishning asosiy vositasi va manbayi bo‘lib kelmoqda. Ammo jahon miqyosidagi globallashuv jarayonlari va uning yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan “ommaviy madaniyat” ekspansiyasi ta’sirida qadriyatlar tizimida sodir boiadigan buzilishlar insonda muayyan o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi, inson va jamiyat o‘z ma’naviy-axloqiy tayanchlaridan mahrum etilishi mumkin. Shu ma’noda, Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek, “... kommunistik mafkura va axloq normalaridan voz kechilganidan so‘ng jamiyatda paydo bo‘lgan g‘oyaviy bo‘shliqdan foydalanib, chetdan biz uchun mutlaqo yot bo‘lgan, ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlarini o‘z ichiga olgan “ommaviy madaniyat” yopirilib kirib kelishi mumkinligini unutmaslik kerak... Ayniqsa, hozirgi vaqtda dunyoda kuchayib borayotgan turli ma’naviy tahdidlaming oldini olish, “ommaviy madaniyat”ning zararli ta’siridan farzandlarimizning ong-u tafakkurini himoya qilishda ilm-u fan va madaniyat jamoatchiligi, ijod ahlining o‘mi va roli tobora ortib bormoqda. Nega deganda, bizning milliy ruhimiz va tabiatimizga yot va begona bo‘lgan... “ommaviy madaniyat” namunalarini faqat tanqid va inkor qilish yoki ulami taqiqlash bilan biron natijaga erishib bo‘lmaydi.
Bunday xatarlardan hayotimizni asrash, ma’naviy bo‘shliqqa yo‘l qo‘ymaslik uchun, avvalambor, ezgu insoniy g‘oyalar va yuksak mahorat bilan yaratilgan asarlar orqali xalqning madaniy saviyasini yuksaltirish, boshqacha aytganda, bugun jahon maydonida yuz berayotgan keskin aql-zakovat va iste’dod musobaqasida bellashuvga qodir bo‘lishimiz shart”1. Davlat rahbarining ushbu fikr-mulohazalarida “ommaviy madaniyat”ning mazmun-mohiyati, oqibatlari hamda unga qarshi kurashishning izchil vosita va omillari aniq bayon etilgan.
Qo‘yilayotgan vazifalar, ularning amalga oshirilishi o‘zbek yoshlarini barkamol qilib tarbiyalash bilan chambarchas bog‘liq. Barkamollik esa bir emas, bir necha yo‘nalishdan ozuqa oladi. Ana shu yo‘nalishlardan biri jismoniy tarbiya va sport orqali sog‘lom va baquvvatlikka erishishdir. Respublika hukumati barkamol avlod tarbiyasida jismoniy tarbiya va sportning o‘mi beqiyosligini inobatga olgan holda bir qator chora-tadbirlami amalga oshirishga erishdi. Hukumatning 1999-yil 27-maydagi “0‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yoshlar o‘rtasida olib borilayotgan ommaviy sport ishlarining yanada takomillashuviga turtki bo‘ldi. Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida bolalar sporti rivojlandi. 545 ta sport seksiyalari tashkil etilib, ularga 224965 nafar o‘quvchi yoshlar jalb etilib, sog‘lomlashtirish guruhlariga esa 13760 ta o‘quvchilar qatnasha boshladi. Respublika yoshlarining sport bilan shug‘ullanishlari uchun yanada keng imkoniyatlar ochib berishda O’zbekistonPrezidentining 2002-yil 24-oktabrdagi “O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida”gi farmoni ham muhim rol o‘ynadi. Davlat va davlat rahbari rahnamoligida o‘tgan davr mobaynida 0‘zbekistonda sport sohalarini rivojlantirishda ajoyib yutuqlarga erishildi. Bu muvaffaqiyatlar, ayniqsa, boks, tennis, o‘zbek kurashi va jahon miqyosida o‘tkazilgan shaxmat musobaqalarida yaqqol ko‘zga tashlandi. 1998-yil may oyida mamlakat alpinistlari jahon miqyosida katta yutuqqa erishdi. Ular Himolay tog‘ tizimidagi dunyoning eng baland “Everest” cho‘qqisiga chiqib, mamlakat dovrug‘ini yana bir marta dunyoga tarannum etishdi.
Mamlakatda tennis eng ommaviy sport turiga aylandi. Toshkent shahrining “Yunusobod” tennis majmuasida bir necha marta xalqaro Prezident kubogi turniri bo‘lib o‘tdi. 1999-yilning iyul oyida Londonda yoshlar o‘rtasidagi xalqaro musobaqada toshkentlik sportchi Iroda To‘laganova Uimbldon uchrashuvining g‘olibiga aylandi. 2000-yil O’zbekistonRespublikasi sporti tarixida, umuman olganda, muvaffaqiyatli yil boidi. Saralash musobaqalarida g‘olib chiqqan 77 sportchimiz 13 sport turi bo‘yicha Avstraliyaning Sidney shahrida bo‘lib o‘tgan XXVII Olimpiyada o‘yinlarida qatnashishga muyassar bo‘lib, 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, 200 mamlakat o‘rtasida 41-o‘rinni egallashdi.
Sobiq sovetlar davrida shaxmat bo‘yicha bitta grossmeyster tayyorlangan bo‘lsa, endilikda ularning soni 11 nafarga yetdi. Shu yili Turkiyada bo‘lib o‘tgan Jahon shaxmat olimpiyadasida O’zbekiston vakillari 120 dan ortiq mamlakatlar ichida faxrli 11-o‘rinni egalladi. Respublikaning shaxmat bo‘yicha chempioni Rustam Qosimjonov esa o‘z taxtasida bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bokschilardan Artur Grigoryan, Muhammadqodir Abdullayev, 0‘tkirbek Haydarov, To‘lqinboy Turg‘unovning nomlari jahon bo‘ylab yangradi. 2000-yildagi Avstraliyaning Sidney shahrida o‘tkazilgan XXVII yozgi Olimpiyada o‘yinlarida Muhammadqodir Abdullayev oltin, Artur Taymazov kumush, Sergey Mixaylov va Rustam Saidov bronza medaliga sazolvar boiishdi. 0‘zbek kurashi bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazish an’anaga aylanib, bu musobaqalarda Akobir polvon, Kamol polvon, Toshtemir polvon kabi sportchilarning nomlari butun jahonga taraldi. 2008-yildagi Pekin olimpiyadasida Abdulla Tangriyev kumush medali sohibi boidi.
O‘zbekistonda tuzilgan karate federatsiyasi yosh iste’dodlarni jahonga tanitmoqda. Masalan, bekobodlik Farrux, A’zam va Parviz Abdumavlonovlarning erishgan yutuqlari bilan xalq faxrlanadi. 2009-yilda nogironlar o‘rtasida o‘tkazilgan futbol bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonliklar faxrli birinchi o‘rinni egalladi.
Ayniqsa, 2010-yilning iyun-iyul oylarida Janubiy Afrika Respublikasida futbol bo‘yicha o‘tkazilgan XlX jahon chempionatida o‘zbek o‘gioni Ravshan Ermatov va Rafael Ilyasovlar chempionatning haqiqiy hakamlari bo’ldilar. Toshkent shahrida xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy “Bunyodkor” va “Lokomotiv”, Bekobod shahrida “Metallurg” futbol stadionlari bunyod etildi. Sport kurashi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabi tashkil qilindi. 2012-yilda o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida o‘zbek vakillari bosh sovrinni qoiga kiritgani, nogironlar o‘rtasida kechgan jahon chempionatida ketma-ket uchinchi marta jahon chempioni unvoniga sazovor boiishi, yoshlar o‘rtasidagi qit’a birinchiligida terma jamoaning kuchli to‘rtlikdan joy olib, navbatdagi jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyatiga ega boiishi mamlakatda sport sohasida amalga oshirilgan ulkan ishlarning samarasidir.
Jamiyat taraqqiyotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni tushunish, hur fikrlikka intilish, kishilarni istiqlolyoiidan olib boruvchi g‘oyaviy qarashlar hozirgi kunning asosiy vazifalaridan biri boiib qoldi. Iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy ishlar amalga oshirilayotgan bir vaqtda milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi, Yurtboshi aytganidek, suv bilan havodek zarurdir. Busiz, ya’ni fikrlash, e’tiqod o‘zgarmasdan bozor munosabatlariga o‘tish davrida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy barqarorlikka erishish murakkab vazifa. I.A.Karimov milliy mustaqillik g‘oyasining zarurligi to‘g ‘risida gapirar ekan, “o‘zining kelajagini qurmoqchi bo‘lgan har qanday davlat yohud jamiyat, albatta, o‘z milliy g‘oyasiga suyanishi va tayanishi kerak”, deb ta’kidlaydi va milliy istiqlol mafkurasining vazifasini ko‘rsatib, uning “...asl ma’nosi eskicha aqidalardan xoli bo‘lgan, mustaqil va yangicha fikrlovchi kishilarni tarbiyalashdan iborat” ekanligini ta’kidlaydi.
Mustaqillik g‘oyasi va mafkurasining xalqimizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi, uni birlashtiruvchi, buyuk maqsadlar uchun butunkuchlarni uyg‘unlashtiruvchi ahamiyatini nazarda tutib, Prezident I.A.Karimov 1993-yil 6-mayda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining II chaqiriq XII sessiyasida “Oldimizda turgan eng muhim masala bu milliy istiqlol mafkurasini yaratish va hayotimizga tatbiq etishdir”, degan edi. Kishilarni qaysi toifa va guruhda bo‘lishidan qat’i nazar ma’naviy inqirozdan chiqaradigan yagona milliy g‘oya atrofida birlashtiradigan birdan-bir qudratli kuch ana shu milliy mustaqillik mafkurasi hisoblanadi.
Milliy istiqlol g‘oyasi O’zbekiston Respublikasining ko‘p millatli omilini saqlab qolishi va uni rivojlantirishdek buyuk maqsadni o‘zining adolatli, insonparvar huquqiy jamiyat qurish yo‘lidagi ustuvor yo‘nalish, deb qaraydi. 0‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurish yo‘lida iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy ishlardagi barqarorlik mafkuraviy tahdidlarning oldini olishni muhim vazifa qilib qo‘yadi. Shu maqsadda xalqning an'analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof. sabr-toqat, adolat, ma’rifat tuyg‘ularini kishilar ongiga singdirish lozim bo‘ladi. Milliy mustaqillik g‘oyasining eng muhim vazifalaridan biri mustaqillik tayanchi va kelajagi bo‘lgan yosh avlodni milliy g‘urur, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashdan iborat. Mustaqillik g‘oyalariga e’tiborsizlik og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Birgina 1999-yil 16-fevral “qonli seshanba” kuni voqealari milliy mustaqillik g‘oyasini yoshlar diliga yetkazish zarurligini, buning uchun g‘oyaviy, mafkuraviy ishlarni kuchaytirish lozimligini ko‘rsatdi. Bu borada Prezident I.A.Karimovning 2000-yil aprelida Oqsaroy qarorgohida ziyolilar bilan o‘tkazilgan muloqotida, o‘sha yilning iyun oyida “Fidokor” gazetasi muxbiri savollariga bergan javoblaridagi milliy istiqlol mafkurasining mohiyati, zarurati, ahamiyati, uning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy asoslari to‘g‘risidagi ta’limoti istiqlolning buyuk g‘oyalarini kishilar tafakkuriga singdirish borasidagi ishlarning dasturidir.
Milliy istiqlol g‘oyasini, uning tushuncha va tamoyillarini xalq, birinchi navbatda, yoshlar o‘rtasida targ‘ib va tashviq etishning usul-uslublarini shakllantirish yo‘lida dastlabki qadamlar qo‘yildi. “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi qoshida targ‘ibot-tashviqot markazining tuzilgani, jamoatchi ma’ruzachilar ishining yo‘lga qo‘yilgani, ular uchun “Voizga yordam” ruknida risolalar chop etilgani, shuningdek, Prezident farmoni bilan “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” nomli maxsus fanning ta’lim tizimining barcha bosqichlariga kiritilishi shular jumlasidandir.
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng ilm-fanga alohida e’tibor berildi. Xalq xo‘jaligi va madaniy hayotning tobora ortib borayotgan talablaridan orqada qolayotgan ilmiy-tadqiqot institutlari tugatilib, turmush taqozo etgan yangi institutlar ochildi. Respublika Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 3-aprelidagi qarori bilan O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining yangi Nizomi tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 8-aprelidagi Farmoni hamda uni amalga oshirish yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fanlar rivojlanishini davlat tomonidan qoilab-quvvatlash tadbirlari va innovatsiya faoliyati haqida”gi qarori mamlakatda fanni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega boiib, Respublika olimlarini xorijiy mamlakatlarga alaka oshirishga yuborishga alohida e’tibor berildi. Ilmiy yechimlarni ichki-tashqi bozorda targ‘ib etish va tarqatish maqsadida Respublika ilmiy ishlanmalari innovatsiya tijorat markazi tashkil etildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan Respublika Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy Attestatsiya Komissiya (OAK)ning tashkil etilishi bilan FAning mavqeyi yanada ortdi.
O’zbek olimlarining fan-texnika sohasidagi yutuqlari nafaqat 0 ‘zbekiston, balki jahon hamjamiyatida ham tan olina boshlandi, ko‘pchilik olimlar davlat mukofotlariga sazovor boidi va xorijiy davlatlar akademiyalariga haqiqiy va faxriy a’zolikka saylandi. O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining al-Xorazmiy nomidagi, Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi oltin medallari ta’sis etilib, 1993-yilda O’zbekiston Respublikasi FAning akademigi H.F.Fozilov tabiiy va texnikaviy sohada katta yutuqlarga erishgani uchun al- Xorazmiy nomidagi Oltin medalning birinchi sohibi boidi. Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi birinchi Oltin medal ijtimoiy va gumanitar fanlar sohasida katta yutuqlarga erishgani uchun filologiya fanlari doktori, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining a’zosi U.I.Karimovga nasib etdi.
1992-yil oktabr oyida esa geologiya-mineralogiya fanlari doktori, O’zbekiston Respublikasi FAning akademigi I.H.Yamroboyev geologiya va geofizika sohasida erishgan muvaffaqiyatlari uchun Habib Abdullayev nomidagi Oltin medalning birinchi sohibiga aylandi va u AQSHda chiqadigan “Global tektonika va metallogeniya” xalqaro ilmiy jurnali tahririyatiga a’zo etib saylandi. O’zbekiston Respublikasi FAning akademigi P.Q.Habibullayev “Fan va texnikada kim haqiqatan kim?” deb nomlangan jahon fan va texnikasining rivojlanishiga munosib hissa qo‘shgan eng buyuk olimlaming hayoti va ilmiy faoliyati to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan qomusga kiritildi.
O‘zbek olimi bu sharafga o‘zining qattiq va yumshoq jismlar issiqlik fizikasining katta muammolarini, energetikaning fizika-texnikaviy muammolarini ishlab chiqqanligi uchun muyassar bo‘ldi. Mustaqillik yillarida FAning 40 ga yaqin ilmiy markazi va tadqiqot laboratoriyalarida yirik olimlar faol mehnat qilib kelmoqda. O’zbekiston Respublikasi FA institutlari olimlari xorijiy davlat olimlari bilan hamkorlikda ilmiy aloqalami kengaytirib borishmoqda. Natijada, 1992-yil dekabr oyida texnika fanlari doktori G. Umarov K.E.Siolkovskiy nomidagi Kosmonavtika xalqaro akademiyasining a’zosi bo‘ldi. U mazkur Xalqaro akademiyaning a’zosi bo‘lgan birinchi o‘zbek olimi. Shuningdek, o‘zbekistonlik M.S.Bulatov, S.M.Sutyagin, I.I.Notkinlar 1993-yilda Iordaniya Islom Fanlar akademiyasi a’zoligiga, M.S.Salohiddinov YUNESKO Informatsiya xalqaro akademiyasining haqiqiy a’zoligiga, 1994-yil oktabr oyida Xudoyor 0lloyorov, 1995-yil fevral oyida Azamat Shamsiyev Nyu-York FAning faxriy a’zoligiga, Z.S.Salimov, A.A.A’zamxo‘jayev, 1997-yil oktabrida U.Tojixonov va Z.Zaripovlar Tabiat va jamiyat fanlari xalqaro akademiyasining a’zoligiga, akademik E.Yusupov esa Turkiya Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zoligiga saylandi. Bular O’zbekiston fanining xalqaro miqyosda tan olinishining yaqqol misolidir. Yurtboshi aytganidek, XXI asrda qurolli qo‘shini bo‘lgan davlat emas, balki turli sohalar bo‘yicha kuchli mutaxassislari bo‘lgan davlatgina qudratli davlat hisoblanadi. Zeroki, har bir xalq fan sohasida katta yutuqlarni qo‘lga kiritgan mashhur farzandlari bilan buyukdir. Yuksak bilimli va intellektual salohiyatli farzandlarni tarbiyalash O’zbekiston davlati uchun bugun ham e’tiborli. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 24-iyuldagi “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni va unda xalqaro standartlarni hisobga olgan holda oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, dissertatsiya tadqiqotlarining sifatini, ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirish, yoshlarning ijodiy va intellektual salohiyatini namoyon etishiga sharoitlar yaratish maqsad qilib qo‘yilganligi mustaqil taraqqiyot uchun ilm-fanning ahamiyati naqadar kuchli ekanligini ko‘rsatmoqda. Iijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy qayta qurishlar qatorida madaniyat sohasida ham tubdan o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bu avvalo, teatr san’ati, milliy musiqa, me'morchilik, adabiyot sohalarida yaqqol ko‘zga tashlandi.
Mustaqillik yillarida respublikada yangi teatr jamoalari tashkil etilib, 1991-1994-yillarda bir qator viloyat markazlarida yangi teatrlar ishga tushirildi. 1993-yil avgust oyida Toshkent shahrida ish boshlagan “Turkiston” saroyi nafaqat me’morchilikning yorqin namunasi, balki sahna guruhlari va atoqli sana'tkorlarning chiqishlari bo‘ladigan dargohga aylandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti LKarimov “Turkiston” saroyi ochilishi marosimida nutq so‘zlab, “Ushbu saroyda xalqning, shuningdek, jahon xalqlarining, Markaziy Osiyo xalqlarining an'anaviy anjumanlarini, san’at bayramlarini o‘tkazishni niyat qilganmiz. Bu koshona, inshollo, millatlar, el-elatlarning do‘stlik, birdamlik qaLasiga aylandi”, degan edi.
1998-yil 26-martda Prezidentning “O’zbekiston teatr san’atini rivojlantirish to‘g‘risida”gi Farmoni e'lon qilindi. Bu farmonga muvofiq O’zbekiston tomosha san’atining ko‘p asrlik an’analarini o‘rganish, boyitish va targ‘ib qilish, teatr san’atini har tomonlama rivojlantirish, uning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, mamlakatda ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni amalga oshirishda teatr arboblarining faol qatnashishini ta’minlash maqsadida “0‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. Teatrlarning mustaqillik davri repertuarlaridan tarixiy pyesalar keng o‘rin ola boshladi. Sohibqiron obrazini ifodalovchi 14 ta spektakl namoyish etildi. 1998-yilial-Farg‘oniy, al-Buxoriylar yubileylariga bag‘ishlangan pyesalar yaratildi. Mamlakatning boy tarixini namoyish etuvchi spektakllar Toshkentning yetakchi teatrlaridagina emas. barcha viloyatlar teatr sahnalarida qo‘yildi. O’zbekiston musiqa va raqs san’atini rivojlantirish maqsadida “0‘zbeknavo” kontsert birlashmasi tashkil etilib, unda musiqa-raqs san’atini rivojlantirishni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘zda tutildi. San’atning barcha sohalari. madaniy-ma’rifiy muassasalar uchun malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash Respublika Prezidentining doimo diqqat markazida bo‘lib keldi. Mavjud madaniyat o‘quv yurtlari qayta tuzilib, ko‘plab yangi o‘quv maskanlari tashkil etildi. 2010-yilga kelib mamlakatda 30 dan ortiq maxsus o ‘quv yurtlari faoliyat ko‘rsata boshladi. Shundan uchtasi oliy o ‘quv yurtlari, qolganlari o‘rta maxsus o‘quv yurtlari va maktab-internatlardir. 0 ‘zbek adabiyoti, adabiyotshunoslik fani taraqqiyotida ham yangi sahifalar ochildi. Asarlari zararli. o‘zlari millatchi, deb nohaq qoralangan Cho‘lpon, Otajon Hoshim, Vadud Mahmud, Munavvarqori singari millatparvar yozuvchi, ma’rifatparvarlar ijodi xolisona o‘rganilib, ularning asarlari chop etildi, teatr sahnalaridan o‘z o‘rnini egalladi. Mo‘tabar kitoblar chop etildi. Bunday kitoblarning xalq qo‘liga yetib borishi butunlay yangi, sog‘lom, sof milliy g‘oyalarning maqsad va intilishlarning sifat darajasini belgilaydi. Adabiyot sohasidagi va ko‘plab nashr etilgan boshqa asarlar milliy g‘oyaning buyuk hayotbaxsh kuchini ko‘rsatdi. Mustaqillik davri adabiyoti namoyandalari “O’zbekiston Qahramoni” Said Ahmad, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, “O’zbekiston xalq shoiri” Muhammad Yusuf, Habib Sa’dullalar ijodiy faoliyati bilan butun xalq faxrlanadi. Milliy o‘zbek adabiyotshunosligi oldida turgan muhim vazifalarni hal etishda Ozod Sharafiddinov, Begali Qosimov, Naim Karimov, Erkin Karimov, Ahmad Aliyev, Najmiddin Komilovlarning asarlari alohida o‘rin egallaydi. T.Malikning romanlari, O.Matjon, O.Hojiyeva, X.Sultonov, A.Suyun, YEshbek, X.Do‘stmuhammad, Sh.Salimova singari shoir va adiblarning badiiy barkamol, g‘oyaviy yetuk asarlari o‘zbek milliy istiqlol adabiyotiga katta hissa bo‘lib qo‘shildi. Prezident I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asarida yuqorida nomlari zikr etilgan adabiyotshunos olimlardan biri - Ozod Sharafiddinovning hayoti va ijodiy faoliyatini “ma!naviy jasorat” deb baholagan edi. Bu davrda madaniy-ma’rifiy muassasalar ishida ham keskin o‘zgarishlar ro‘y berdi. Hozirgi kunda mamlakatda aholi o‘rtasida targ‘ibot va tashviqot ishlari bilan bevosita shug‘ullanadigan O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimida 2143 ta klub, 87 ta muzey, jumladan, 18 ta tarixiy, 25 ta o‘lkashunoslik, 10 ta badiiy, 16 ta memorial va 18 ta boshqa yo‘nalishdagi muzeylar va 60 dan ortiq madaniyat va istirohat bog‘lari hamda 37 ta professional teatr jamoalari faoliyat ko‘rsatib, mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy islohotlarni aholi o‘rtasida tushuntirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Millatning o‘zini anglashda, milliy, tarixiy qadriyatlarni tiklashda muzeylar alohida o‘rin tutadi. Shu jihatdan, Prezident I.A.Karimovning 1998-yil 12-yanvardagi “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni muzeylar ishlarini rivojlantirishda dasturilamal rolini bajarmoqda. “Temuriylar tarixi davlat muzeyi”ning qurilib, ishga tushirilishi, “O’zbekiston xalqlari tarixi muzeyi”, “Xalq amaliy san’ati muzeyi”ning qayta jihozlanishi buning dalilidir. Hozirgi kunda davlat qaramog‘ida muzeylar 81 tani tashkil qilib, shulardan 15 tasi tarix, 23 ta o‘lkashunoslik, 10 ta badiiy san’at, 20 ta memorial, 8 ta adabiyot, 4 ta tibbiyot muzeylaridir. Shuningdek, mamlakatning shahar va tumanlarida 510 ta muzey xalqning boy tarixiy madaniy xazinalarini namoyish etib, ular kishilarni, yosh avlodni ma’naviy ma’rifiy jihatdan tarbiyalashga o‘zlarining hissalarini qo‘shib kelmoqda. Toshkentning 2200 yillik yubileyi Vatan mustaqilligi bayrami bilan birgalikda nishonlanishida o‘ziga xos ramziy ma’no bor edi. Chunki, Toshkentning tarixi va bugungi hayoti yurt tarixi va kelajagi bilan chambarchas bog‘liq. YUNESKO Bosh konferensiyasining Toshkent shahrining 2200 yilligini nishonlash to‘g‘risidagi 2007-yil 2-noyabrdagi 34-sessiyasida qabul qilingan qarori jahon hamjamiyati tomonidan O’zbekiston tarixining, qadimiy shahaming dunyo tamadduniga qo‘shgan hissasining o‘ziga xos e’tirofi bo‘ldi. Prezident LKarimovning 2008-yil 2-apreldagi “Toshkent shahrining 2200 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga binoan amalga oshirilgan ishlar, yubileyi munosabati bilan Toshkent shahri hukumatning yuksak mukofoti - “Mustaqillik ordeni” bilan mukofotlanishi poytaxt shaharning ijtimoiy-siyosiy mavqeyi va salohiyatini yanada yuksaltirish, uning xalqaro miqyosda yanada ulug‘vorlik kasb etishiga xizmat qildi.
Xalq, millat ozodligi yo‘lida kurashgan va shu yo‘lda jon fido qilgan o‘zbek xalqining asl o‘g‘lonlari nomini hamisha, har doim eslab, yod etib turmoq istiqlol nashidasini surayotgan bugungi kun kishilari uchun, ayniqsa, yoshlar uchun ham qarz, ham farzdir. Mana shunday tinch hayot, musaffo osmon, to‘kinlik va farovonlikka qanday og‘ir yo‘qotish, sinov va mashaqqatlar evaziga erishilganini yosh avlodga anglatadigan, ulaming qalbi va ongiga milliy mustaqillik g‘oyasini yanada chuqurroq singdirishga xizmat qiladigan ma’naviy va ma’rifiy tadbirlami yanada kuchaytirishni zamonning o‘zi taqozo qilmoqda. Bugungi tahlikali va murakkab zamonda dunyoda yuz berayotgan keskin ziddiyatlar, to‘qnashuvlar, turli qarama-qarshiliklar, millat va dinlar o‘rtasidagi har xil mojarolami hamma ko‘rib, bilib turibdi. 0 ‘zbekistonda yashab faoliyat ko‘rsatayotgan turli konfessiya vakillarining ma’naviy dunyosi, e’tiqod erkinligi uchun istiqlolning dastlabki kunlaridan boshlab keng yo‘l ochildi. Din davlatning ma’naviy-madaniy hayotining uzviy qismi ekanidan kelib chiqib, unga boMgan munosabat tubdan o‘zgardi. Dinga bo‘lgan yangicha munosabat mamlakat rahbari tomonidan ko‘rsatilgan “Dunyoviylik — dahriylik emas” tamoyili asosida belgilab berildi. Bugungi kunda mamlakatda turli e’tiqodga mansub diniy tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik muhiti o‘rnatilishi uchun, ko‘p konfessiyalikning real ijtimoiy holat ekani va uning kelajakda ham saqlanib qolishini hisobga olgan holda, diniy bag‘rikenglik uchun to‘la sharoitlar yaratilmoqda. O’zbekiston Konstitutsiyasining davlat va din munosabatlari masalasiga taalluqli asosiy bandlari rivojlangan jamiyatlarning huquqiy me’yorlariga mos keladi.
Konstitutsiyaning 18, 31 va 61-moddalari hamda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunning (yangi tahriri 1998-yil 1-mayda qabul qilingan) har bir insonning xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqini ta’minlovchi, diniy qarashlami majburan singdirishni ta’qiqlovchi bandlari milliy, irqiy va diniy kelib chiqishidan qat’i nazar, jamiyatning barcha a’zolari o‘rtasidagi totuvlikni hayotga tatbiq etish uchun ishonchli asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Din davlat siyosatiga aralashmaydi, shu bilan birga har qanday din, avvalo, ma’naviy-axloqiy hodisa bo‘lib, u muayyan bir xalqning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotini to‘laligicha o‘zida majassamlashtirishga da’vo qilolmaydi. Aks holda, din o‘z maqsad va vazifalaridan chetlashib ketadi. Ana shulardan kelib chiqib, mamlakatda diniy siyosiy partiyalar tuzish taqiqlanadi. Dunyoviy davlat tuzumi amal qilayotgan 0 ‘zbekistonda barcha dinlarga bir xil va teng munosabatda bo‘lish bugun hayotiy voqelikka aylandi. Din va davlat munosabatlarini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzurida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita faoliyat ko‘rsatmoqda. Uning asosiy vazifalari: vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq diniy masalalarni hal qilishda yagona siyosatni amalga oshirish, davlat organlarining mamlakat hududida joylashgan diniy tashkilotlar bilan aloqasini amalga oshirish, diniy tashkilotlar va ularning a’zolari o‘rtasida o‘zaro bir-birini tushunish va sabr-toqatlilikni mustahkamlash siyosatini o‘tkazish, mamlakatda va chet ellarda diniy tashkilotlar o‘rtasida aloqalar o‘matilishini tashkil etish, fuqarolaming mamlakatdan tashqaridagi muqaddas joylarga ziyoratga borishi, xalqaro anjumanlar o‘tkazilishini uyushtirishdan iborat. 0‘tgan davr mobaynida bu yo‘nalishda muayyan natijalarga erishildi. Eng asosiysi - bag‘rikenglikning muhim omillaridan biri bo‘lgan millatlararo va dinlararo totuvlik ta’minlandi. Bugun O’zbekiston Respublikasida 17 konfessiyaga mansub 3000 dan ortiq diniy tashkilot bilan birga Imom Buxoriy nomidagi Islom universiteti, 9 ta o‘rta-maxsus islom bilim yurtlari hamda pravoslav va protestant seminariyalari ishlab turibdi. 0 ’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 1991-yil 11-aprel va 20-iyundagi Farmoniga binoan “Iyd al-Fitf’ (Ro‘za) va “Iyd al-Adho” (qurbon) hayit bayramlari dam olish kuni deb e’lon qilindi. Istiqlol davrida 90 mingdan ortiq o'zbek fuqarolari haj ibodatini ado etishga muyassar bo‘ldi. Har yili boshqa diniy jamoalarning yuzlab vakillari Isroil va Rossiyadagi muqaddas ziyoratgohlarga tashrif buyurmoqda. 2004-yil aprelda respublikadagi turli konfessiyalar o‘rtasida totuvlik va bag‘rikenglik tamoyillarini yanada mustahkamlash, millatlararo va dinlararo hamjihatlik yuzasidan takliflar va chora-tadbirlami birgalikda ishlab chiqish maqsadida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita qoshida konfessiyalar ishlari bo‘yicha jamoatchilik kengashi tashkil etildi. Ajdodlaming bebaho merosini mukammal o‘rganish va oliy maMumotli kadrlar tayyorlash maqsadida Prezidentning farmoni bilan 1999-yilda Toshkent islom universiteti ochildi. Bu ta’lim maskanida bugungi yosh avlodga ulkan va boy madaniyatning uzviy masalalari - islom nazariyasi, tarixi, falsafasi, huquqshunosligi, madaniyati va axloqi, tabiiy fanlar chuqur o‘rgatilmoqda.
Universitet xalq ma’naviyatini yuksaltirishga, tarixi ming yildan ko‘hnaroq islomiy merosni yanada teranroq o‘rganish, din ravnaqi, uning taraqqiyotiga xizmat qiladigan, diniy va dunyoviy-zamonaviy bilimlami puxta egallagan mutaxassislami tayyorlab kelmoqda. Mamlakatda amalga oshirilayotgan keng miqyosdagi bunyodkorlik ishlariga misol tariqasida O’zbekistonRespublikasi Prezidentining 2007-yil 20-fevralda imzolagan “Hazrati Imom” jamoatchilik jamg‘armasini qoilab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qarorining chop qilinishi mamlakatda bunyodkorlik ishlari rivojiga yana bir turtki bo‘ldi. Ushbu qarorda Hazrati imom majmuasining tarix, mamlakat ma’naviy hayotidagi o‘mi va ahamiyati inobatga olinib, uning asl tarixiy qiyofasini tiklash, bu yerda keng koiamli qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish, majmuaning infratuzilmasini har tomonlama rivojlantirish kun tartibiga qo‘yildi, bu savobli ishga tezkorlik, kuch-g‘ayrat bilan kirishildi va qisqa muddatlarda mahobatli majmua barpo etildi. Bu jarayonda obidalami nafaqat qayta tiklash va ta’mirlash, ayni vaqtda ulaming yon atrofidagi o‘ziga xos tabiiy muhitni asl holida saqlab qolish kabi masalalarga ham jiddiy e’tibor qaratildi. Islom konferensiyasi tashkiloti qoshidagi Taiim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha muassasasi AYSESKO tomonidan 2007-yilda Toshkent shahrini “Islom madaniyati poytaxti” deb e’tirof etilishi mamlakat hayotidagi ulkan madaniy-ma’naviy voqea boiib, xalq tomonidan katta quvonch bilan kutib olindi. Sharq darvozasi deb nom olgan azim Toshkentning ana shunday yuksak maqomga erishgani nafaqat xalqqa, ayni vaqtda yaqin va uzoqdagi do‘stlarga ham g‘urur va ifltixor bagishladi.
O‘zbekistondan yetishib chiqib, islom olamida shuhrat qozongan allomalar- Bahouddin Naqshbandning 675 (1993-yil sentabr), Xoja Ahror Valiyning 590 (1995-yil noyabr), Mahmud az-Zamaxshariyning 920 va Najmiddin Kubroning 850, Imom Buxoriyning 1225 va Ahmad Farg‘oniyning 1200 (1998- yil oktabr), Imom Motirudiyning 1130 va Burhoniddin Marg‘inoniyning 910 (2000-yil noyabr) yillik yubileylari keng nishonlandi, ularning nomi bilan bog‘liq qadimiy yodgorlik majmualari obod qilindi. 1995-yilda “Bir samo ostida” shiori bilan tashkil etilgan xalqaro xristian- musulmon konferensiyasi bo‘lib o‘tdi, uning ishida Jahon cherkovlari kengashi, turli xorijiy cherkov vakillari ishtirok etdi. 1996-yilda Rus Provaslav cherkovi Toshkent va 0 ‘rta Osiyo eparxiyasining 125 yilligi nishonlandi.
Tantanalarda cherkov tarixida ilk bor Moskva va Butun Rus Patriarxi Aleksey Ikkinchi Markaziy Osiyo hududiga tashrif buyurdi. 2001-yilda Toshkent va O‘rta Osiyo yeparxiyasi o‘zining 130 yilligini nishonladi. 2002-yilda Rim-katolik cherkovi katolikning Markaziy Osiyoda qayta tiklanganligiga 100 yil to‘lishi munosabati bilan bayram tadbirlarini tashkil etdi. 2003-yilda Samarqand shahrida Arman Apostollik cherkovining 100 yilligi nishonlandi. “Qur’oni Karim”, Hadislar to‘plami, “Injil” (Yangi ahd) o‘zbek tiliga tarjima qilinib, chop etildi. Shuningdek, O’zbekiston“Qur’oni Karim”ni ko‘zi ojizlar uchun maxsus brayl yozuvida nashr qilgan dunyoning uchinchi mamlakatiga aylandi. O’zbekistonmusulmonlari idorasining “Hidoyat” oylik jumali, “Islom nuri” gazetasi, Toshkent va 0 ‘rta Osiyo eparxiyasining “Vostok svnshe kiril” jumali chop etilib, mamlakatda diniy aqidaparastlik, ekstremistik harakatlarning oldini olish bo‘yicha izchil va tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, mamlakatga suqulib kirishga harakat qilgan, xalq orasida mutaassiblik urug‘ini sochishga uringan va bu bilan o‘zining g‘arazli maqsadini amalga oshirmoqchi bo‘lgan turli guruhlar faoliyati fosh etildi. Hozirgi kunning eng asosiy vazifalaridan biri - xalqning diniy e’tiqodiga zid bo‘lgan zararli oqimlaming mamlakat hududiga kirib kelishining oldini olish, an’anaviy, ma’rifiy, mo‘tadil islomni yot g‘oyalar ta’siridan saqlashdan iboratdir.
Mamlakatimiz aholisining 30 foizini 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yigit-qizlar tashkil etadi. Ularning taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi uchun keng sharoit yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik maʼnaviy barkamol boʻlsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shunchalik kuchli boʻladi.
Maʼlumki, prezident SH. MIrziyoyev ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.
Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, isteʼdodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan.
Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.
Toʻrtinchi tashabbus yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etishga yoʻnaltirilgan.
Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash masalalarini nazarda tutadi.
Ana shu ezgu gʻoya Prezidentining Sirdaryo viloyatiga tashrifi chogʻida boshlanib, qisqa vaqtda ulkan ishlar amalga oshirildi. Sirdaryo viloyatidagi tuman va shaharlar kutubxonalariga 300 ming nusxada badiiy adabiyotlar yetkazib berildi. Musiqa va sanʼat maktablari cholgʻu asboblari, sport obyektlari jihozlar bilan taʼminlandi. Bu ishlar Namangan viloyatida ham davom ettirilib, “Maʼrifat karvoni” tashkil etildi. Yoshlar uchun 25 ming dona kitob, 80 turdagi sport jihozlari va musiqa asboblari yetkazib berildi. Bir soʻz bilan aytganda, ushbu 5 ta tashabbus xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Bugungi kunda mamlakatimizdagi 800 dan ortiq madaniyat markazlari, 312 ta musiqa va sanʼat maktablariga atigi 130 ming nafar oʻgʻil-qiz qamrab olingani, ushbu muassasalarning aksariyati oʻquv qoʻllanmalari, notalar toʻplami, musiqa asboblari, mebel va jihozlar bilan yetarli darajada taʼminlanmagani koʻrsatib oʻtildi.
Prezident Sh. MIrziyoyev joylardagi madaniyat markazlari, musiqa va sanʼat maktablarining moddiy-texnika bazasi va ulardan foydalanish holatini oʻrganib, ularning faoliyatini yaxshilash boʻyicha topshiriqlar berdi. Madaniyat vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligiga hokimliklar bilan birgalikda tuman (shahar) madaniyat markazlari va umumtaʼlim maktablarida yoshlarning qiziqishlaridan kelib chiqib, qoʻshimcha 1,5 mingta toʻgarak tashkil qilish vazifasi qoʻyildi. Tashabbuskor isteʼdodli yoshlar va mahalliy homiylarni jalb etgan holda, madaniyat markazlarida badiiy-havaskorlik jamoalari, yoshlar teatr-studiyalari va “Yoshlar klublari” tashkil qilish zarurligi taʼkidlandi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim hamda Xalq taʼlimi vazirliklariga muayyan mavzular boʻyicha tarix darslarining muzeylar, tarixiy obidalar, qadamjo va teatrlarda sayyor oʻtkazilmoqda.
Mamlakatimizda 12 mingdan ziyod sport inshootlari borligi, lekin yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga qamrab olish darajasi yetarli emasligi qayd etildi. Umumtaʼlim maktablarining sport anjomlari bilan jihozlanish koʻrsatkichi respublika boʻyicha 56 foizni, jumladan, Surxondaryo viloyatida 12 foizni, Xorazmda 14 foizni, Qoraqalpogʻistonda 15 foizni tashkil etadi, xolos. Yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish borasidagi chora-tadbirlar belgilab berildi.
Olis va chekka qishloqlarda yengil konstruksiyali sendvich-panellardan kichik sport zallari va sunʼiy qoplamali maydonlar qurish, tashabbuskor tadbirkorlarga sport inshootlari tashkil etish uchun yer ajratish zarurligi taʼkidlandi. Bunday tadbirkorlarga “Oʻzmilliybank” tomonidan “Yoshlar — kelajagimiz” dasturi doirasida imtiyozli kreditlar ajratildi.
Qo’shimcha materiallar:
-Shu o‘rinda qayd etishimiz juda ham lozimki, 1995 yilda 149ta matbaa korxonasi bor edi, xolos. 2017 yilning 27 iyun holatiga esa 118 nashriyot va 1760 matbaa korxonalari davlat ro‘yxatiga olingan. Har yili 7 tilda 60 million nusxadan ortiq kitob chop etilmoqda. Bu esa aholi jon boshiga hisoblanganida, yiliga taxminan 1,8tadan kitob to‘g‘ri kelishini ko‘rsatib turibdi («Xalq so‘zi» gazetasi 2017 yil 2 fevral, «Namangan haqiqati» gazetasi 2017 yil 28 iyun).
1991 yilda 395 OAV faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2017 yilga kelib ularning soni esa 1 ming 600tadan o‘tdi. 689 gazeta, 283 jurnal, 15ta byulleten-axborotnomalar chop etilmoqda («Hurriyat», 2017 yil 28 iyun). «UZ» domenlarining soni 2016 yil 1 yanvar holatiga binoan, 25,2 mingdan ortib ketdi. ZiyoNET axborot ta'lim tarmog‘iga bo‘lsa 2015 yilning o‘zida 109 mingdan ziyod yangi material joylashtirildi. 2007 yilda yurtimizda Internetdan foydalanuvchilar soni qariyb 1 million kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2017 yilga kelib 15 million kishidan ham oshib ketdi. OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tgan Internet-resurslarning soni bo‘lsa so‘nggi 5 yilda 2 baravarga oshdi.
2016 yili OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan veb-saytlarning soni 332tani tashkil etib, Internet resurslari orqali o‘zbek, rus, ingliz, fransuz, nemis, xitoy va boshqa tillarda betinim axborot tarqatilmoqda («Milliy tiklanish» gazetasi, 2016 yil 27 yanvar).
Mamlakatimizda axborot sohasini isloh qilish, so‘z va axborot erkinligini ta'minlash bo‘yicha bosqichma-bosqich va aniq majmuaviy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 2017 yil 1 yanvar holatiga binoan, respublikamizda faoliyat yuritayotgan OAV soni 1514taga, nashriyotlar 122taga, matbaa korxonalari esa 1760taga yetdi. Judayam e'tiborlisi shundaki, milliy media makonda xususiy sektorning ulushi ham tobora ortib bormoqda. Yurtimizdagi OAVning 975tasi, nashriyotlarning bo‘lsa 57tasi nodavlat tashkilotlari hisoblanadi. Noshirlik va matbaachilik sohasida faoliyat olib borayotgan imtiyoz va yengilliklar ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Birinchi Prezidentimizning 2011 yil 30 dekabrda imzolagan «Ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha soliq imtiyozlari va afzalliklar berish to‘g‘risida»gi qarori bilan soha korxonalari besh yil muddatga bir qator soliq va bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod etilgan edi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning 2016 yilning 27 dekabridagi «O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, mazkur imtiyozlar 2019 yilgacha uzaytirildi. Shuningdek, mikrofirmalar hamda kichik korxonalarga mansub bo‘lgan matbaa tashkilotlari uchun yagona soliq to‘lovining stavkasi 6 foizdan 5 foizga qadar kamaytirildi. «Ijod» jamoat fondiga to‘lanadigan majburiy ajratmalar miqdori 2 foizdan 1 foizgacha pasaytirildi. («Xalq so‘zi» gazetasi, 2017 yil 2 fevral).
-Birinchi Prezident Farmoniga asosan esa «O‘zbekteatr» ijodiy birlashmasi tashkil etildi. Ma'naviy hayotimiz uchun benihoya muhim ahamiyatga molik san'at sohasining keyingi taraqqiyotiga beminnat xizmat qiluvchi «Teatr» nomli jurnalga ham asos solindi. Hozirgi davrda mamlakatimizda 37ta teatr, jumladan, 1ta opera va balet, 6 ta drama teatri, 1ta musiqali komediya, 13ta musiqali drama, 4ta yosh tomoshabinlar, 1ta satira, 10ta qo‘g‘irchoq teatri, 1ta teatr studiyasi hamda 43ta havaskorlik xalq teatri jamoalari elimizning ma'naviy ehtiyojlarini, ma'lum bir darajada, qondirib kelmoqda. Birgina 2016 yilning o‘zida yurtimiz teatrlarida 15 mingga yaqin spektakl namoyish etildi va ularni 5 milliondan ziyodroq yaqin tomoshabin ko‘rdi. Ko‘zlarni va dillarni, ko‘ngilni yanada quvontiradigan ushbu raqam yildan-yilga tobora oshib borayotganligidan esa o‘zingiz ham, doimo teatrga tushib turganingiz tufayli, juda yaxshi boxabarsiz.
O‘zbekistonning teatr jamoalari xorijiy davlatlarda tashkil qilingan bir qator xalqaro teatr anjumanlaridayam muvaffaqiyatli ravishda ishtirok etib kelayotganini o‘zingiz ham yaxshi bilasiz.
2011 yilda «Diydor» teatr-studiyasining Fransiya davlatida ijodiy safarda bo‘lishi, Yoshlar teatrining esa Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan «Boltiq uyi» xalqaro festivalidagi muvaffaqiyatli ishtiroki, poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan «Toshkent bahori» an'anaviy xalqaro teatr festivali teatr san'atining haqiqiy muxlislariga betakror hamda g‘oyat ulkan quvonchni bag‘ishladi. Ko‘pgina chet ellik mashhur teatr arboblari ham yurtimizga kelib, o‘z jamoalari bilan o‘zlarining san'atlarini namoyish etmoqdalar, o‘zbek milliy teatr san'atining yutuqlaridan, aktyorlarimizning mahoratidan nihoyatda hayratlanib, bu boradagi bizning tajribamizni jiddiy ravishda o‘rganib, o‘z navbatida o‘zlarining o‘ziga xos tajribalari bilan ham beminnat ravishda o‘rtoqlashishda davom etmoqdalar.
Hozirgi kunlarda o‘rtacha har bir million kishiga hisoblaganda teatrlar soni bo‘yicha O‘zbekiston dunyodagi eng yuqorigi o‘rinlardan birini munosib ravishda egallab turibdi. O‘zbek Milliy akademik drama teatri o‘zining beqiyos san'ati, mahorati, klassik asarlarning betakror ijrosi bilan nafaqat milliy san'atimiz muxlislarini, shu bilan birga dunyodagi manaman degan teatrlarning juda mashhur rejissyor va aktyorlarini, ularning eng nozikta'b teatrshunoslarini ham doimiy tarzda behad havas va beqiyos hayratga solib kelmoqda.
O‘zbek Milliy akademik drama teatrining nafaqat o‘z diyorimiz, shu bilan birga, Markaziy Osiyo mintaqasida professional teatr san'atiga asos solish va uni yanada yuqori darajada rivojlantirish, xalqimizning boy madaniy merosi va an'analarini asrab-avaylash, yurtdoshlarimiz, ayniqsa yosh avlodimizni milliy va umumbashariy qadriyatlar, Ona Vatanga, Ota makonga chin mehr-muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi eng ulkan xizmatlarini inobatga olib hamda tashkil etilganligining 100 yilligini o‘ta munosib ravishda nishonlash maqsadida 2014 yilning 22 yanvarida maxsus qaror qabul qilinganligi va bayram tantanalaridan esa o‘zingizam boxabarsiz.
Butun dunyoning aksariyat katta yoshli ahli qirg‘inbarot 1- jahon urushi janggohlarida bir-birini o‘ldirish, butunlay qirib tashlash bilan benihoya band bo‘lib turgan o‘sha 1914 yilning o‘zida bizning ulug‘ taraqqiyparvar, ma'rifatparvar jadid bobolarimiz tinchlik-omonlik va taraqqiyotga xizmat qiluvchi kattalar maktabi, ibratxona bo‘lmish buyuk, zamonaviy teatr san'atiga asos solgan edilar.
O‘zbekiston Respublikasi davlati boshlig‘ining «O‘zbek Milliy akademik drama teatrining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi tarixiy qarorining o‘ta samarali ijrosi mustaqil mamlakatimizda barcha aholi, ayniqsa, yoshlarning orasida milliy g‘oya targ‘iboti va ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirishda yangi, mislsiz bosqich bo‘lishiga esa hyech qanday shak-shubha bo‘lishi mumkin emas. Islom Karimovning 2014 yilning 28 noyabrida O‘zbek Milliy akademik drama teatri jamoasiga yo‘llagan tabrigidagi ayrim bir fikr-mulohazalarni tag‘in yodga olsak, foydadan xoli bo‘lmasa kerak: «Bugun biz Milliy teatrimizning tamal toshini qo‘ygan, bu yo‘lda qanday og‘ir to‘siq va sinovlarga duch kelmasin, o‘zligidan o‘z maslagi va maqsadidan qaytmagan, «Teatr – bu ibratxonadir» degan hikmatga asoslanib, ma'naviy jasorat namunasini ko‘rsatib yashagan Behbudiy, Munavvarqori, Avloniy, Cho‘lpon singari ma'rifatparvar bobolar, sahna san'ati fidoyilarining so‘nmas xotirasi oldida boshni egib ta'zim qilamiz. Mustabid tuzum mafkurasi tazyiqlariga qaramay, gumanistik g‘oya va yuksak ijodiy prinsiplarga sodiq qolgan Mannon Uyg‘ur, yetim Bobojonov, Olim Xo‘jaev, Abror Hidoyatov, Shukur Burhonov, Nabi Rahimov, Obid Jalilov, Sora Eshonto‘raeva, Zaynab Sadrieva, Toshxo‘ja Xo‘jaev, Aleksandr Ginzburg, G‘ani A'zamov kabi atoqli ijodkorlarning nomlarini minnatdorlik bilan eslaymiz.
Bu mo‘tabar sahnada yaratilgan Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo singari juda buyuk ajdodlarimizning barhayot siymolari esa ming-minglab tomoshabinlarga insoniylik, adolat va ezgulik, mehr-oqibat hamda olijanoblikdan saboq bergani, ularni go‘zallik va nafosat olamiga oshno etib kelayotgani tahsinga loyiqdir...
Siz, azizlar mamlakatimiz teatr san'atining yang yaxshi an'ana va yo‘lini boyitib, yangi avlodlarga bezavol yetkazasiz, yuksak badiiyat va haqqoniylik, eng ezgu maqsadlarga xizmat qilishning ruhi bilan sug‘orilgan yetuk asarlaringiz bilan xalqimiz, eng avvalo, yoshlarimiz ma'naviy olamini yanada yuksaltirishga munosib hissa qo‘shasiz, deb ishonaman» («Erishgan marralar bilan chegaralanmasdan, boshlagan islohotlarimizni yangi bosqichga ko‘tarish – bugungi kundagi eng dolzarb vazifamizdir». 23- jild I. A. Karimov. – T.: «O‘zbekiston», 2015. 98 – 100- betlar).
Ta’lim-tarbiyaning “sovetcha” modeli, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Uzluksiz ta’lim” konsepsiyasi, YUNESKO, “El-yurt umidi” jamg’armasi, 2020-yil 23-sentyabrda qabul qilingan yangi tahrirdagi “Ta’lim to’g’risidagi” O’zbekiston Respublikasining yangi Qonuni.
1. Global o’zgarishlar davrida ta’lim-tarbiyaga extiyoj ortib boradi. Chunki hayot o’zgarish sur’atlari tezlashadi. Bu bir tomondan, turli xalqlar hayot sohalarida imkoniyat doirasida umumiy jihatlarni, qulayliklarni yaratib bersa, ikkinchi tomondan axborot makoni kengayadi. Turli maqsad va manfaatlarga yo’naltirilgan har xil g’oya, qarashlar, uni targ’ibot qilish texnologiyalari ijtimoiy ong va tafakkuriga ta’sir ko’rsatish maqsadida “jozibador”ligini oshirgan xolda samaradorlikka erishish uchun harakat qiladi.
Ta’lim-tarbiyaning “sovetcha” modeli o’rnida yangi, ya’ni hozirgi zamonda ta’lim-tarbiya sohasida dunyoda erishilgan yutuqlarga, axborot kommunikatsiya tizimi, pedagogik texnologiyalarni joriy etgan holda ta’limni amalga oshirishga, ta’lim sohasiga yangi innovatsiyalarni joriy etishga davlat siyosati darajasida e’tibor berilmoqda. Uning yutuqlarini esa dunyo e’tirof etmoqda. Masalan, ta’lim sohasida innovatsiyalarni joriy etish bo’yicha O’zbekiston Respublikasini ikkinchi o’rinni olganligi ham bunga dalildir.
Mustaqillik yillarida “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi.
Ma’lumki, “Ta’lim to’g’risidagi Qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” (1997-yil 29-avgustda qabul qilingan) qabul qilingach, ta’lim tizimi tubdan isloh qilina boshlandi. Bu muhim hujjatlarga ko’ra respublikamizda kasb-hunar kollejlarini jadal sur’atlar bilan rivojlantirish chora tadbirlari belgilangan. Bu birinchidan mutaxassislar tayyorlash sifatiga bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan o’quv yurtining zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlanganligiga bog’liq. Kasb-hunar kolleji muhandis-pedagog xodimlari oldiga tayyorlanayotgan ishchi kadrlarga ilmiy dunyoqarashni, mehnatga ijodiy munosabatini tarkib toptirish ularda yuksak mehnat intizomini va madaniyatini, jamoa oldida burch his-tuyg’ularini tarbiyalash kabi vazifalarni qo’yadi.
Milliy dasturning asosiy maqsadi: ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la halos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir.
Jamiyatda sodir bo’layotgan bugungi yangiliklar hamda iqtisodiy o’zgarishlar ta’lim tizimiga xususan o’rta maxsus kasb-hunar ta’limiga boshqacha yondashishni talab qiladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy amalga oshirish vazifalaridan biri ta’lim oluvchilarning tayyorgarlik sifati va ixtisosiga zaruriy talablarni, ularning madaniy va ma’naviy-ruxiy darajalarini aniqlab beruvchi davlat ta’lim standartlarini yaratish va tatbiq etishdir.
Kadrlar tayyorlash milliy modeli ishlab chiqilib, yangicha dunyoqarash, g’oya va mafkuralar xilma-xilligiga asoslangani shaxsning ta’lim darajasi va salohiyatini oshirishga, mustaqil fikrlaydigan, ijodiy yondoshuv madaniyatiga ega bo’lgan, yangi avlod kadrlarini tayyorlash ta’lim-tarbiya sohasida muhim o’rin tutadi. Bu borada e’tibor berilishi zarur bo’lgan vazifalar sifatida quyidagilarni aytib o’tish mumkin.
Birinchidan, mamlakatimizda demokratik jamiyat ko’rish vazifalarini amalga oshirishda ta’lim-tarbiyani tubdan isloh etish va uni modernizatsiyalashtirish muhim rol o’ynaydi.
Ikkinchidan, globallashuv davrida o’qituvchining pedagogik jarayondagi asosiy vazifalari o’zgaradi. Uni boshqaruvchanlik faoliyatiga yangicha talablar qo’yiladi. Boshqarish - bu yo’naltirish, vazifa qo’yish, o’rganish, yordam berish va qo’llab-quvvatlashni hamda maslaxat berish, rahbarlik qilish, kuzatish, talab qilish, ko’rsatma berishlari o’z ichiga oladi. Ta’lim-tarbiyada donishmand va mutafakkirlarning, xalqimizning milliy ma’naviy qadriyatlariga tayanish muhim ahamiyatga ega.
Uchinchidan, ta’lim-tarbiya jaryonidagi o’zgarishlar tinglovchilar yoshlar oldiga ham muhim vazifa qo’yadi. Ular izlash, kerakli bilimlarni mustaqil qidirib topish, axborot to’plash va ularni ishlata bilishlari bilan bog’liq.
Umuman olganda globallashuv davrida ta’lim-tarbiya jarayoni zamon qo’yayotgan talablarga javob berishi, undan orqada qolmasligi muhim ahamiyatga ega. Bu mamlakatimizda belgilangan demokratik jamiyat qurish vazifalarini amalga oshirishda xal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ta’lim sohasidagi yutuqlar taraqqiyotning kaliti bo’lsa, tarbiya sohasidagi o’ziga xoslik O’zbekistonni mustaqil taraqqiyot yo’lidan rivojlanishini kafolatlab beradi.
Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoev o’zining “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak” asarida ta’lim va ilm-fan, davlatning yoshlarga doir siyosatini amalga oshirish, ta’limning yangi, zamonaviy usullarini, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohasidagi ishlar ahvoli Tanqidiy tahlil qilib, bir qator vazifalarni amalga oshirishga e’tibor qaratdilar.
Birinchi vazifa - maktabgacha ta’lim soxasida. Ochiq tan olishimiz kerak, biz bu muhim sohadagi ishlarni e’tibordan chetda qoldirdik. Ushbu sohada bolalarni qamrab olish 27 foizni tashkil etadi.
Tasdiqlangan dasturga ko’ra, bu yo’nalishda 2 ming 200 ta muassasaning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi.
Shuningdek, tajribali pedagog va mutaxassislarni jalb etgan xolda, o’quv reja va dasturlarini tubdan qayta ko’rib chiqish zarur. Oldimizda yoshlarga tarbiya berish, psixologiya va boshqa turli sohalarda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo’yicha murakkab vazifalar turibdi.
Ikkinchi vazifa - umumta’lim maktablari, litsey va kasb-hunar kollejlari, shuningdek, oliy o’quv yurtlaridagi o’qitish sifati bilan bog’liq. Zamonaviy o’quv reja va uslublarini joriy etish talab darajasida emas. Bolalar va yoshlarga maxsus fanlar, mamlakatimiz va jaxon sivilizatsiyasi tarixini, horijiy tillarni va zamonaviy kompyuter dasturlarini chuqur o’rgatish vazifalari xali sifatli va to’liq xolda yechilgani yo’q.
Yana bir muammoni xal etish ham juda muhim xisoblanadi: bu - pedagoglar va professor-o’qituvchilar tarkibining professional darajasi, ularning maxsus bilimlaridir. Bu borada ta’lim olish, ma’naviy- ma’rifiy kamolot masalalari va haqiqiy qadriyatlarni shakllantirish jarayonlariga faol ko’mak beradigan muhitni yaratish zarur.
Uchinchi vazifa - ta’lim muassasalarini, eng avvalo, kasb-hunar kollejlarini oqilona joylashtirishni, shuningdek, iqtisodiyot, ijtimoiy soxa va har bir hududning zarur mutaxassislarga bo’lgan talabini to’g’ri aniqlashni tanqidiy tahlil qilishdir.
To’rtinchi vazifa - nafaqat akademik ilm-fanni, balki oliy o’quv yurtlaridagi ilm-fanni yanada rivojlantirish. Bu o’rinda ikkita asosiy vazifani xal etish zarur: birinchi - ilmiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini ilg’or horijiy markazlar darajasida va olimlar talablariga muvofik sezilarli ravishda mustahkamlash kerak. Bunda, albatta, davlatning ehtiyojlari va uning maqsadli vazifalari inobatga olinishi shart; ikkinchi - akademiklarni har taraflama qo’llab-quvvatlash, jumladan, moddiy rag’batlantirish bo’yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
Beshinchi vazifa - kitoblarni chop etish va tarqatishdagi muammolarni xal qilishdir. Bu o’rinda gap, eng avvalo, yoshlar va aholi o’rtasida mamlakatimizning boy tarixini, uning betakror madaniyati va milliy qadriyatlarini keng targ’ib qilish, jahon ilm-fani va adabiyoti yutuqlarini yetkazish uchun zarur muhit va shart-sharoit yaratish haqida bormoqda.
Bu borada zamonaviy kompyuter texnologiyalari va ayniqsa, internet tizimi bizdan ancha ildamlab ketganini ham inobatga olish zarur. Ana shu vazifani xal etishda turli darsliklarni yaratish, ularni chop etish va moliyalashtirish masalalarida idoralar o’rtasidagi o’zaro kelishmovchilik, afsuski, jiddiy to’siq bo’lmoqda.
Shu o’rinda hammamiz uchun ayni paytda juda muhim ahamiyatga ega bo’lgan masala, ya’ni kitobxonlikni keng yoyish va yoshlarimizning kitobga bo’lgan muhabbatini, ularning ma’naviy immunitetini yanada oshirishga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga olib chiqish vazifasi turibdi.
Bugungi zamonaviy jamiyatda inson faoliyatining eng keng sohalaridan biri - bu ta’lim hisoblanadi. Oxirgi yillarda ta’limning ijtimoiy roli ortib, dunyoning aksariyat davlatlarida ta’limning barcha turlariga bo’lgan munosabat o’zgardi. Ta’lim ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotning bosh, yetakchi omili sifatida qaralmoqda. Bunday e’tiborning sababi zamonaviy jamiyatning eng muhim qadriyati va asosiy kapitali - bu yangi bilimlarni izlash, egallash va nostandart qarorlar qabul qilishga qodir bo’lgan inson hisoblanadi. Shunday ekan, hozirgi davrda ta’lim shaxs va jamiyatni rivojlantirishda hal qiluvchi rol o’ynaydi.
Jahon iqtisodiyotida globallashuv va keskin raqobatchilik kuchayib borayotgan sharoitda insonning oldingi davrdagi butun hayot uchun ta’lim olish emas, balki butun hayoti davomida uzluksiz ta’lim olish zaruratini keltirib chiqarmoqda.
Ba’zi bir manbalarga ko’ra, ta’limning uzluksizligi to’g’risidagi ilk g’oyalarni ba’zi bir G’arb tadqiqotchilari hatto Suqrot, Aflotun, Aristotel va Senekanning insonning doimiy ravishda ma’naviy takomillashuvi haqidagi diniy-falsafiy tasavvurlarida va ilmiy asarlaridan hamda bunga o’xshash g’oyalarni muqaddas islom dinimizda ham uchratishimiz mumkin. Uzluksiz ta’lim g’oyasining paydo bo’lishi o’z navbatida, bir tomondan pedagogik konsepsiya sifatida, boshqa tomondan esa, amaliyotning natijasida paydo bo’lgan. Umuman, bugungi kun tushunchasidagi kattalar ta’limi rivojlanishi XIX asrdagi sanoat inqilobi natijasida fan, texnika, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardagi o’zgarishlar oqibati bilan bog’liq.
“Uzluksiz ta’lim” konsepsiyasi birinchi marta YuNeSKOning 1965-yildagi forumida taniqli nazariyotchi P. Langrand tomonidan o’rtaga tashlanib sezilarli darajada nazariy va amaliy rezonansga sabab bo’ldi va natijada o’tgan asrning 60 yillari oxiriga kelib mazkur ibora ilmiy tahlilning maxsus predmetiga aylandi. Uzluksiz ta’limni xalqaro darajada o’rganishning ustuvorliklari o’z ichiga ta’lim tizimining uzluksizligini ta’minlovchi uzluksiz kasbiy ta’lim, qo’shimcha ta’lim, kattalar ta’limi, aholining himoya qilinmagan qatlami ta’limini va iqtisodiy modellarni qamraydi6.
Uzluksiz ta’lim tizimining rivojlanishi, uning o’ziga xos xususiyatlarini ilmiy jihatdan tadqiq etishga sezilarli darajada hissa qo’shgan MDH olimlaridan S.G.Vershlovsiy, N.V.Vasilenko, S.M. Vishnyakova, V.I.Ilina, O.M. Nikandrov, V.I. Podobeda va boshqalarning nomlarini keltirib o’tish mumkin.
Zamonaviy ilmiy adabiyotlarda uzluksiz ta’lim borasida bir-biridan farqlanuvchi bir necha nuqtai nazarlarni uchratish mumkin. Ulardan eng ko’p uchraydiganlari: “uzluksiz ta’lim-butun hayot davomida egallaydigan ta’lim”, “uzluksiz ta’lim - kattalar uchun ta’lim”, “uzluksiz ta’lim - bu uzluksiz kasbiy ta’lim” kabi iboralar qo’llanilsa, jahon pedagogikasida uzluksiz ta’lim bir nechta atamalar bilan izohlanib ular ichida “davom etuvchi ta’lim”, “hayot davomida o’qish”, “doimiy o’qish” iboralari keng qo’llaniladi.
O’tkazilgan tahlillarga ko’ra, davlat uchun uzluksiz ta’lim har bir shaxsning kasbiy va umumiy rivojlanishi uchun maqbul shart-sharoitlarni ta’minlash borasidagi ijtimoiy siyosatning yetakchi sohasi hisoblansa, jamiyat uchun esa, uzluksiz ta’lim ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirishning muhim sharti, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonini tezlashtiruvchi hamda uning kasbiy va madaniy salohiyatini oshirib boruvchi mexanizm hisoblanadi. Jahon hamjamiyati uchun uzluksiz ta’lim xalqaro hamkorlik asosida milliy madaniyatlarni va umuminsoniy qadriyatlarni saqlash, rivojlantirish va o’zaro boyitish usuli hisoblanadi.
Bu, eng avvalo, bilimlarni egallash va o’rganib olishni talab etadi. Yuneskoning “Ta’lim – yashirin xazina” (“Learning: The Treasure Within”) deb nomlangan XXI asr uchun ta’lim bo’yicha xalqaro komissiyasining ma’ruzasida ilmiy taraqqiyot hamda iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatning yangi shakllari butun hayot davomida o’qishni talab etayotgani alohida ta’kidlanadi.
Ma’ruzada butun hayot davomida ta’lim olish to’rt ustunga tayanishi lozimligi ta’kidlanadi7
Bilishga o’rganish. Bu shaxsning keng umumiy madaniyatini fanlarning cheklangan sohasida bilimlarni chuqur egallashni nazarda tutadi. Shaxsning umumiy madaniyati ta’lim olishni rag’batlantiradi, uning bilimini muttasil oshirib borishga o’rgatadi. Bu, shuningdek, uzluksiz ta’lim tug’dirgan imkoniyatlardan foydalangan holda o’qishni o’rganishni ham ko’zda tutadi.
Ishlashni o’rganish. Har bir shaxs faqat kasb malakasini egallabgina qolmasdan, ayni paytda turli vaziyatlarda oqilona qaror qabul qilish va jamoa bilan birga ishlay olish ko’nikmalarini shakllantirgan kompetentlikka ega bo’lishi kerak. Shuningdek, shaxs hayoti davomida duch keladigan turli ijtimoiy yoki ishlab chiqarish muhitida mehnat faoliyatini amalga oshirishga ham o’rganishi kerak.
Birgalikda yashashga o’rganish. Umumiy loyihalarni amalga oshirish, hur fikrlilik, o’zaro anglashuv, kelishish qadriyatlarini hurmat qilgan holda mojaroli vaziyatlarni hal qilishda bevosita ana shu fazilat asqotadi.
Yashashni o’rganish. Bu o’z shaxsini kamol toptirish, mustaqil fikrga ega bo’lish, shaxsiy mas’uliyat demakdir. Shuning uchun ta’limda insonning ushbu fazilatlarini rivojlantiradigan barcha vositalardan: xotira, mushohada yurgizishga qodirlik, estetik did, jismoniy imkoniyatlar, aloqa qilishga qodirlik va hokazolardan samarali foydalanilishi lozim.
Umuman olganda, uzluksiz ta’lim shaxs va jamiyatning mos ehtiyojlari davlat va jamiyat institutlari va tashkiliy ta’minlovchi tizim orqali shaxsning butun hayoti davomidagi ta’lim (umumiy va kasbiy) salohiyatining o’sish jarayoni bilan kechadi.
Uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, kreativ, ma’naviy boy shaxsni shakllantiruvchi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda oldinda borishlik uchun zarur sharoitlar yaratadi. Ta’limning turlariga o’z navbatida maktabgacha, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar, oliy, oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar qayta tayyorlash va malakasini oshirish va maktabdan tashqari ta’limni kiritish mumkin.
O’zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin jahon hamjamiyatinining teng huquqli sub’ekti va ajralmas bir qismi sifatida inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma’naviy yangilanishini, strategik rivojlanish, jahon hamjamiyatiga qo’shilishni ta’minlaydigan demokratik kuchli huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini qurmoqda.
1997-yilda qabul qilingan yangi tahrirdagi “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi mamlakatda ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslashning huquqiy asoslarini yaratdi.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog’liq bo’lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. Shu tarzda fuqaroning eng asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bo’lgan bilim olish, ijodiy qobiliyatni namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanish, kasbi bo’yicha mehnat qilish huquqi ro’yobga chiqariladi.
Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tarkibiy jihatdan o’zgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat yo’li bilan boshqarib boriladi.
O’zbekiston Respublikasi tomonidan inson huquqlari, ta’lim, bola huquqi sohasidagi shartnomalar va konvensiyalarning bajarilishi, kadrlar tayyorlash sohasida jahon ilg’or tajribasini hisobga olish uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining barcha jihatlariga daxldor bo’lib, uning rivojlanish omillaridan biridir.
O’tgan yillarda ta’lim tizimini isloh qilish jarayonida respublikamizda mustahkam huquqiy, tashkiliy, moddiy-texnik baza yaratildi, bu intellektual salohiyati yuqori va barkamol yosh avlodni o’qitish va tarbiyalashning mazmunini yangilashga ko’maklashdi. Mustaqillik yillarida respublikamizda ta’lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo’nalishlari darajasiga ko’tarildi. Biroq, o’tkazilgan tahlillar maktabgacha ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlarning samarasi va natijasi yetarli darajada emasligini ko’rsatmoqda. Shu bilan birga, umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi rivojlanishini tahlil qilish natijalari tizimning bugungi kun talablariga javob bermasligini va tub islohotlarga muhtojligini ko’rsatdi9.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 8-oktyabrdagi 4724-son farmoyishi bilan tashkil qilingan Ishchi guruh tomonidan oliy ta’lim tizimidagi holatni o’rganish natijalariga ko’ra, bir qator oliy ta’lim muassasalarida hali ham ilmiy-pedagogik salohiyatning pastligi, ta’lim jarayonlarini axborot-uslubiy va o’quv adabiyotlari bilan ta’minlash zamonaviy talablarga javob bermasligi, ularning moddiy-texnika bazasini tizimli yangilashga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.
Oliy ta’lim tizimida o’z yo’nalishlari bo’yicha dunyoning yetakchi ilmiy ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o’rnatish, o’quv jarayoniga ilg’or xorijiy tajribalarini joriy etish, ayniqsa, istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni xorijning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalarida stajirovkadan o’tkazish va malakasini oshirish borasidagi ishlar yetarli darajada olib borilmayapti10.
Tahlillarning ko’rsatishicha, oxirgi yillarda o’qituvchilar, pedagoglar va tarbiyachilarning kattagina qismi yaxshi tayyorgarlik ko’rmaganligi, ularning bilim va kasb saviyasi pastligi jiddiy muammo bo’lib qolmoqda, malakali pedagog kadrlar yetishmasligi sezilmoqda. Ta’lim-tarbiya va o’quv jarayonlarining tarkibini, bosqichlarini bir-biri bilan uzviy bog’lash, ya’ni uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolari hal qilingan emas. Mutaxassislar tayyorlash, ta’lim-tarbiya tizimi jamiyatda bo’layotgan islohotlar, yangilanish jarayonlari talablari bilan yetarli darajada bog’lanmagan.
Aholi turli toifalarini “Hayot davomida ta’lim olish” prinsipi bo’yicha kasbga tayyorlash tizimining yetarli rivojlanmaganligi aksariyat katta yoshli aholi, shuningdek, ishsiz yoshlar va nogiron shaxslarning mehnat bozorida keraksiz bo’lib qolishiga olib kelmoqda.
Shu bilan birga, islohotlar amalga oshirilgan yillarda umumiy o’rta, shuningdek, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish, 12 yillik majburiy ta’limga o’tish natijalarini har tomonlama tahlil qilish hozirgi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi bugungi kun talablariga javob bermasligini va tubdan isloh qilishga muhtoj ekanligini ko’rsatdi.
Umuman olganda, kasb-hunar ta’limining obro’si hamda o’qituvchilar, tarbiyachilar va murabbiylarning, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning ijtimoiy maqomi pasayib bormoqda. Oliy malakali kadrlardan samarali foydalanilmayapti. Kadrlar bilimi va ular tayyorgarligining sifatini nazorat qilish hamda baholash tizimi hozirgi zamon talablari darajasida emas.
Shuningdek, bugungi kunda mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash tizimining demokratik o’zgarishlar va bozor islohotlari talablariga muvofiq emasligi, o’quv jarayonining moddiy-texnika va axborot bazasi yetarli emasligi, yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlarning yetishmasligi, sifatli o’quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlar hamda didaktik materiallarning kamligi, ta’lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o’rtasida samarali o’zaro hamkorlik va o’zaro foydali integratsiyaning yo’qligi kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklar sirasiga kiradi.
Respublikamiz ta’lim tizimi amaliyotidagi mavjud muammolar hisobga olingan holda hamda ilg’or xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida umumiy o’rta ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlash uchun shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasini belgilangan rejalar amalga oshirish maqsadida.
2018-yil 17-iyul kuni O’zbekiston Prezidenti huzurida ta’lim tizimi rahbarlari ishtirokida o’tkazilgan yig’ilishda inson resurslarini rivojlantirish poydevori bo’lgan, yoshlarda bilim, dunyoqarash va ma’naviyat asoslarini shakllantiruvchi umumiy o’rta ta’lim tizimini tubdan isloh qilish masalalari muhokama qilindi.
Bugungi kunda respublikada 9,7 ming maktabda jami 5,2 million o’quvchi ta’lim olmoqda. Bu aholining 16 foizini tashkil etadi, o’quv-tarbiyaviy va boshqaruv jarayonida 450 mingdan ziyod xodim mehnat qilmoqda. Biroq so’nggi 20 yilda asosiy e’tibor kollej va litseylarga qaratilib, umumta’lim maktablari faoliyatini zamon talablariga javob beradigan yaxlit bir tizimga aylantirish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar qoniqarsiz bo’lgan.
Yig’ilishda maktablarni moliyalashtirishga ikkinchi darajali masala sifatida qaralib, ushbu tizimga byudjet mablag’lari «qoldiq» usulida ajratib kelinganligi, ayniqsa xalq ta’limi tizimi xodimlari yillar davomida o’z faoliyatiga xos bo’lmagan boshqa ishlarga muntazam jalb qilinib, tom ma’noda «tekin xizmatkor» ga aylanib qolganligi keskin tanqid qilindi.
Bu kabi holatlar maktablarda erkak o’qituvchilarning kamayishiga ham sabab bo’lib, hozirgi kunda maktablarda erkak o’qituvchilar 30 foizni, Toshkent shahrida esa 10 foizni tashkil qilishi qayd etildi.
Shuningdek, o’qituvchilar o’z ustida ishlab, bolalarni fanlarga qiziqishini oshirish o’rniga, maktabning kam-ko’stini yopish uchun o’quvchilar ota-onalaridan pul yig’ish, tinimsiz tekshirishga kelayotgan turli komissiyalarni «tinchitish» bilan ovora bo’lib qolganligi, maktablarda davomat tushib ketishi, o’quvchilarning ko’cha-ko’yda qarovsiz holda yurishi, hattoki bezorilarga va turli zararli oqimlarga qo’shilishi holatlariga olib kelganligi tanqidiy muhokama qilinib, ta’sirchan chora-tadbirlar belgilash bo’yicha topshiriqlar berildi.
Davlat rahbari Jahon banki rahbariyati bilan uchrashuvda “inson kapitali”ga sarmoya kiritishni ko’paytirish masalasi muhokama qilinganligi hamda avvalgidek “arzon ishchi kuchi bo’lsa, chet el sarmoyasi keladi” degan siyosat hozirgi zamon talabiga mutlaqo to’g’ri kelmasligini alohida ta’kidlab, tegishli topshiriqlar berdi.
Prezident dunyoda ilmiy-texnik rivojlanish va ishlab chiqarish jarayonlarining avtomatlashish darajasi oshayotgani sababli past malakali ishchi kuchiga ehtiyoj kamayib borayotganligini, jumladan, Xitoy ham aynan zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ta’limga qattiq e’tibor qaratib, katta sarmoyalarni yo’naltirayotganligini alohida ta’kidladi. Sababi jahon va mamlakatimizda ro’y berayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jarayonlar va innovatsion o’zgarishlarning rivojlanishi mos ravishda jamiyatda ta’lim jarayonlarini modernizatsiyalashni talab etadi. Uzluksiz ta’lim butun ta’limdagi o’zgarishlarni shakllantiruvchi tizim sifatida, mehnat bozorida mutaxassislarning malakasi va kasbiy kompetensiyalarining rivojlanishini belgilovchi va umuman iqtisodiyot va jamiyatning rivojlanish darajasini oshiruvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Uzluksiz ta’limning rivojlanishi shuningdek, ilmiy-texnik jarayonlar, informatsion texnologiyalarni joriy etish va innovatsion o’zgarishlar bilan izohlanadi.
Innovatsion jamiyatning o’ziga xos xususiyati o’zida har xil yosh kategoriyasidagi insonlar bilimini doimiy tizimli ravishda to’ldirib borish va kengaytirishni ta’minlaydigan hayot davomida va bosqichma-bosqich jarayondan iborat bo’lgan uzluksiz ta’lim hisoblanadi. Uzluksiz ta’limning maqsadi bilimlar iqtisodiyotining innovatsion rivojlanish bo’g’inining ajralmas bo’g’ini sifatida insonning o’zgarishlarga va iqtisodiyotni modernizatsiyalashga, kasbiy hayot, madaniyat, jamiyat va hokazolarga moslashish qobiliyatini mustahkamlash sifatida namoyon bo’ladi. Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha ustuvor vazifalarga muvofiq kadrlar tayyorlashning mazmunini tubdan qayta ko’rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2909-sonli qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan oliy ta’lim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, zamonaviy o’quv-ilmiy laboratoriyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash bo’yicha Oliy ta’lim tizimini 2017-2021 yillarda kompleks rivojlantirish dasturi14 tasdiqlandi.
Ta’lim sifatini ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar talablariga muvofiq yuksak darajaga ko’tarish, shuningdek uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim sifatini nazorat qilishni yanada takomillashtirish, kadrlar tayyorlash sifati va o’quv jarayoni samaradorligining xolisona baholanishini nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashkil etildi.
Shu bilan birga, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda erishilgan sur’atlar oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limning bir bosqichli tizimi sharoitida orttirilgan tajribaning mohiyatini qator xorijiy mamlakatlarning mazkur sohadagi ilg’or amaliyotini hisobga olgan holda qayta anglash zarurligini taqozo etmoqda. Hozirgi sharoitda ilmiy kadrlar tayyorlash jarayonini tobora jadal rivojlantirish va sifatini oshirish, iqtidorli yoshlarni ilm-fanga keng jalb qilish, oliy ta’lim va ilmiy muassasalarning ilmiy salohiyatini mustahkamlash va undan respublikaning innovatsion rivojlanishida samarali foydalanish masalalari alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Respublikada ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi ta’lim muassasalari qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash barobarida ularni zamonaviy o’quv va laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi, o’quv-metodik qo’llanmalar bilan ta’minlash bo’yicha keng ko’lamli choralar ko’rilmoqda. Ta’lim sohasini isloh etish borasida 2016-2018 yillarning o’zida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasiga doir yetmishdan ortiq farmon, qaror va farmoyishlari qabul qilindi. Ushbu g’oyat muhim huquqiy hujjatlar mamlakatimizda ta’lim tizimini tom ma’noda sifat jihatdan tubdan o’zgarish va yangilashlar jarayonlari uchun asos bo’ldi.
Ta’lim-tarbiya tizimini mutlaqo yangi bosqichga ko’tarish maqsadida 2018- yil 5-sentyabr kuni davlatimiz rahbarining “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni, shuningdek, qator qarorlari qabul qilindi.
Hujjatda, ushbu sohadagi ishlar holatini tanqidiy tahlil qilish xalq ta’limi tizimi boshqaruvini tashkil etish, davlat umumiy o’rta ta’lim muassasalarining faoliyatini amaliy jihatdan muvofiqlashtirish, ularning moddiy-texnik holatini yaxshilash bo’yicha tadbirlarni moliyalashtirishda bir qator muammolar va kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Jumladan: birinchidan, joylarda umumiy o’rta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, umumta’lim muassasalari rahbarlarini tanlash va joy-joyiga qo’yish masalalarini hal etish, idoraviy mansub tashkilotlarning mulkidan samarali foydalanishda xalq ta’limi boshqaruv organlari rolining yetarli darajada emasligi; ikkinchidan, umumta’lim muassasalari rahbarlari zimmasiga ularga xos bo’lmagan vazifalar va funksiyalarni yuklash, muassasa direktori va uning o’rinbosarlari o’rtasida vakolatlarning aniq taqsimlanmaganligi, ular faoliyati samaradorligini baholashning aniq mezonlari va parametrlari mavjud emasligi; uchinchidan, umumiy o’rta ta’limning dolzarb masalalari va ularning natijalarini amaliyotga tatbiq etish bo’yicha chuqur ilmiy tadqiqotlarning mavjud emasligi, o’quv-tarbiya jarayonini uslubiy ta’minlash masalalarida xalq ta’limi bo’limlari va umumta’lim muassasalari o’rtasida o’zaro hamkorlik darajasining pastligi; to’rtinchidan, rahbarlar, o’qituvchilar va umumta’lim muassasalari boshqa xodimlarining kasbiy faoliyatiga asossiz ravishda aralashuvdan himoya qilish mexanizmlarining samarasizligi, nazorat qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan maktablarni tekshirish haddan ziyod ko’payib ketganligi; beshinchidan, ta’lim sifatini ta’minlash, o’qituvchilarning bilim darajasini va pedagogik mahoratini oshirish masalalarida umumta’lim muassasalari faoliyatidagi ochiqlik va shaffoflik darajasining yetarli darajada emasligi, o’quv-tarbiya jarayoni ustidan samarali jamoatchilik nazoratining mavjud emasligi; oltinchidan, xalq ta’limi tizimi muassasalarini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash mexanizmining mukammal emasligi, ularning faoliyatiga zamonaviy me’moriy yechimlar, innovatsion ishlanmalarni va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish darajasining pastligi aytib o’tilgan.
Prezident Farmonida xalq ta’limi tizimini isloh qilishning asosiy yo’nalishlari etib quydagilarni belgilab berilgan:
– umumiy o’rta va maktabdan tashqari ta’limni sifat jihatidan yangi darajaga ko’tarish, har tomonlama kamol topgan avlodni tarbiyalash, o’quvchilarning ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlanishini ta’minlash;
– ushbu sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining muvofiqlashtiruvchi roli va mas’uliyatini kuchaytirish, shuningdek, vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mazkur yo’nalishdagi vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini aniq belgilash va tartibga solish;
– rahbar va pedagog xodimlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilg’or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish yo’li bilan xalq ta’limi tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy etish;
– xalq ta’limi muassasalarini boshqarish tizimiga zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shaffof va samarali jamoatchilik nazoratiga erishish, shu jumladan barcha muassasalarning telekommunikatsiya tarmoqlariga ulanishini ta’minlash, barcha foydalanishi mumkin bo’lgan ma’lumotlar manbasini yaratish, ularning faoliyatini baholashning elektron reyting tizimini joriy etish;
– xalq ta’limi muassasalari xodimlarini moddiy rag’batlantirishni va ijtimoiy muhofaza qilishni yaxshilash, ularning samarali ishlashi uchun munosib sharoitlarni yaratish;
– zarur tashkiliy-huquqiy va texnik-iqtisodiy sharoitlarni yaratish yo’li bilan umumiy o’rta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida nodavlat xizmatlarni ko’rsatishga oid faoliyat bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxslar tarmog’ini yanada rivojlantirish, ushbu sohaga davlat-xususiy sheriklikning turli shakllarini samarali joriy etish;
– xalq ta’limi tizimiga ilg’or xorijiy tajribani, o’quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, shu jumladan ta’lim berishning innovatsion usullarini joriy etish, o’quv va o’quv-uslubiy adabiyotlarning yangi avlodini yaratish, fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish.
Bundan tashqari, 2018 yil 1 sentyabrdan maktablarda faoliyat olib borayotgan 450 mingdan ziyod pedagog va rahbar xodimlarning maoshi oshirildi. Xalq ta’limi xodimlariga uy, yer, maishiy texnika, chorva va mashina sotib olish uchun imtiyozli kreditlar berish tizimi joriy etildi. Ular uchun maxsus davlat mukofoti ta’sis qilindi. O’qituvchilarni boshqa ishlarga jalb etish, maktablarda asossiz tekshiruvlar o’tkazish amaliyotiga chek qo’yildi.
Ushbu sa’y-harakatlar natijasida xalq ta’limi tizimi joriy yilda 16 ming nafar oliy ma’lumotli yosh kadr bilan to’ldirildi. Qariyb 13 ming nafar erkak o’qituvchi maktablarga qaytdi.
Keyingi yillarda ta’lim tizimini takomillashtirish, zamonaviy kadrlar tayyorlashga qaratilgan qator ishlar amalga oshirildi. Prezident qarori bilan 2017-2021 yillarda Oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi qabul qilindi. 2018-yilda mamlakatimizda 13 ta yangi oliy ta’lim muassasasi, jumladan, xorijiy universitetlarning filiallari tashkil etildi. Fanlar akademiyasi va Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan yuqori malakali kadrlar tayyorlash ishlari boshlandi.
Albatta, bunday e’tibor yaqin kelajakda o’z samarasini beradi. Lekin barcha sohalarda jadal islohotlar olib borilayotgan bir paytda shu sur’atga mos ilg’or kadrlar mamlakatimizga bugun kerak. Hozirgi tizimli o’zgarishlar jarayonida aksariyat mutaxassislarning bunga tayyor emasligi, ularning bilimi, malakasi va ko’nikmasi zamon talabiga javob bermasligi ayon bo’lib qoldi.
Masalan, xorijda doktorantura va magistraturada o’qitish, malaka oshirish va stajirovkani tashkil qilish bo’yicha dastlabki ehtiyoj 3,5 mingdan ortiq. Yurtimizda xalqaro ilmiy va amaliy tajriba ega 600 nafardan ziyod vatandoshlarimizga ehtiyoj mavjud. 1000 ga yaqin xorijiy olimlar va ekspertlarni jalb etishga talab bor.
Ya’ni, bugun kechiktirib bo’lmaydigan, oddiy ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga bo’lgan ehtiyoj 5 mingdan ziyodni tashkil etadi. Agar ishlab chiqarishdagi talab ham inobatga olinsa bu raqam kamida 50-100 baravarga oshadi.
“Bu hali bugungi ehtiyoj. Yaqin va uzoq istiqboldagi iqtisodiy rivojlanish nuqtai nazaridan bizga qaysi soha uchun qanday mutaxassis kerak bo’ladi? Shuni hozirdan chuqur o’ylashimiz, zamon talabi, islohotlar shiddatiga mos kadrlarni tarbiyalashimiz kerak. Bu masala bizning kelajagimiz, bizning ertangi kunimiz”, – dedi Shavkat Mirziyoev.
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentning 2018-yil 25-sentyabrdagi Farmoniga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo’yicha “El-yurt umidi” jamg’armasi tashkil etilgan edi.
Jamg’arma oldiga o’zbekistonlik iqtidorli yoshlarni doktorantura va magistratura dasturlari bo’yicha o’qitish, turli soha mutaxassislarining malakasini oshirish va stajirovkasini tashkil etish, xorijdagi vatandoshlar bilan doimiy muloqot o’rnatish, ularni mamlakatimizda bo’layotgan ijtimoiyiqtisodiy islohotlarga jalb qilish, chet eldagi universitetlar va ilmiy markazlar bilan hamkorlikda yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qo’mak berish vazifalari qo’yilgan. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun 2019-yilda davlat byudjetidan 45 milliard so’m ajratilishi rejalashtirilgan. Prezidentimiz ko’rsatmasiga muvofiq, bu mablag’ yanada oshiriladigan bo’ldi.
Vazirlar Mahkamasiga “El-yurt umidi” jamg’armasi bilan birgalikda barcha vazirlik va idoralar kesimida xorijda kadrlar tayyorlash, stajirovkasini tashkillashtirish bo’yicha “Yo’l xaritasi” ishlab chiqish vazifasi qo’yildi. Oliy ta’lim vazirligi, “El-yurt umidi” jamg’armasiga kadrlarni xorijga yuborish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni aniqlab, tanlov e’lon qilish bo’yicha topshiriq berildi.
Jamg’arma Tashqi ishlar vazirligi, Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda xorijda qimmatli tajribaga ega bo’lgan vatandoshlarimiz to’g’risidagi ma’lumotlarni shakllantirib borishi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mamlakatlar va mutaxassisliklar kesimida vatandoshlar to’g’risida ma’lumotlar reestrini tezroq ishga tushirishi zarurligi qayd etildi.
Prezident Shavkat Mirziyoev mamlakatimizga jalb etilayotgan har qanday xorijiy investitsiyaning ma’lum bir qismini malakali mutaxassislar tayyorlashga yo’naltirish kerakligini alohida ta’kidladi.
Yig’ilishda yana bir masala – istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish, ularning kasb malakasini uzluksiz oshirib borishga ko’maklashish masalalari ham ko’rib chiqildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-maydagi “Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorida respublika bo’yicha vazirlik, idora va tashkilotlarda rahbar kadrlarga bo’lgan ehtiyojni qoplash maqsadida tanlov o’tkazish belgilangan edi.
Tanlovning dastlabki bosqichidan so’ng 8 ming 334 talabgordan 3 ming 825 nafari keyingi bosqichlarga tavsiya etildi. Yakunda 50 nafar yuqori malakali kadr tanlab olinadi.
Davlatimiz rahbari tanlovning final bosqichi ishtirokchilarini qisqa muddatli kurslar orqali malakasini oshirish kerakligini ta’kidladi. Tanlov g’oliblarining stajirovkasi qaysi rivojlangan mamalakatda, qaysi tashkilotlar va qanday mezonlar asosida o’tkazilishini aniq belgilash bo’yicha topshiriqlar berildi.
Ta’lim sifatini yangi bosqichga ko’tarish masalasida bir ahamiyatli hujjatga e’tibor bersak, bu 2020-yil 23-sentyabrda qabul qilingan yangi tahrirdagi “Ta’lim to’g’risidagi” O’zbekiston Respublikasining yangi Qonuni.
Mazkur Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarga taʼlim-tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini va taʼlim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplarini belgilash hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini taʼminlashdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasida taʼlim quyidagi turlarda amalga oshiriladi:
– maktabgacha taʼlim va tarbiya;
– umumiy o‘rta va o‘rta maxsus taʼlim;
– propessional taʼlim;
– oliy taʼlim;
– oliy taʼlimdan keyingi taʼlim;
– kadrlar qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
– maktabdan tashqari taʼlim.
O‘zbekiston Respublikasining taʼlim tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
– davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablarini, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini;
– davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlarini amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlarini;
– ta’lim sifatini baholashni amalga oshiruvchi tashkilotlarni;
– ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalarni;
– ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlarini, shuningdek ularning tasarrufidagi tashkilotlarni o‘z ichiga oladi.
Ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir.
1. 1990-yili 14-dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi o‘zining IV sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat suvereniteti to‘g‘risidagi” Deklaratsiya qabul qilindi. Mazkur Deklaratsiya 1991- yil 31-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risidagi” Qonunda o‘zining huquqiy asosini topib, 1- va 17-moddalarida Qoraqalpog‘istonning hududiy yaxlitligi va mustaqilligi e’tirof etildi. Har ikki respublika o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyasida (70-75 moddalar) o‘z aksini topdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi o‘zining XII sessiyasida (1993 yil, 9 aprel) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi. Qoraqalpoq milliy davlatchiligi o‘z taraqqiyoti tarixida birinchi marta insonparvar, adolatli, demokratik imtiyozlarga ega bo‘ldi. Ayni paytda u suveren respublikaning barcha atributlariga ega. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Majlisining 1992 yil 14 dekabrda bo‘lib o‘tgan XI sessiyasida Qoraqalpog‘iston Davlat bayrog‘i, 1993 yil 9 aprelda bo‘lib o‘tgan XII sessiyasida Davlat tamg‘asi, 1993 yil 4 dekabrda bo‘lib o‘tgan XIV sessiyasida Davlat madhiyasi tasdiqlandi.
Parlament – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Juqorg‘i Kengesi hisoblanadi. 86 deputatdan iborat. Quyidagi davlat arboblari Parlament raislari bo‘lib ishladi: Dauletbay Shamshetov (1991-1992), Ubbiniyaz Ashirbekov (1992-1997), Timur Kamalov (1997-2002). 2002 yili 2 maydan 2020-yilga qadar Musa Tajetdinovich Erniyozov, 2020-yildan e’tiboran Murat Kamalov rahbarlik qilib kelmoqda.
Avvalgi Oliy Kengashdan farqi Jo‘qorg‘i Kengashga saylov ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkaziladi. Avvalgi saylovlarda Oliy Kengashni shakllantirish jarayonida ishchilar sinfi, kolxozchi dehqonlar, xalq ziyolilarining o‘rni va soni oldindan belgilab qo‘yilar edi. Buning ustiga Parlamentda vazifasi bo‘yicha albatta deputat bo‘luvchi o‘rinlar ham mavjud edi. Keyingi saylovlarda bunday yondoshuvdan voz kechildi. Deputatlarning o‘z saylovchilari bilan kundalik munosabati, yaqin muloqati yo‘lga qo‘yildi. Avvalgi parlamentda bu masalaga uncha e’tibor berilmagan edi.
Ijroiya organi – Ministrlar Kengashi hisoblanadi. Quyidagi davlat arboblari Ministrlar Kengashi raislari bo‘lib ishladi: Amin Tojiev (1989-1992), Radjapboy Yo‘ldashev (1992-1995), Bahram Jumaniyazov (1995-1996), Saparbay Avezmatov (1996-1998), Amin Tojiev (1998-2002), Tursunbay Tangirbergenov (2002-2006). Hozirgi kunda Ministrlar Kengashi raisi bo‘lib Baxadir Yangibaev ishlaydi.
Bugungi kunda O‘zbekiston markaziy byudjetidan Qoraqalpog‘istonga berilayotgan subvensiya, ya’ni moliyaviy yordam miqdori 9 milliarddan oshiq so‘mni, yoki butun Qoraqalpog‘iston byudjeti harajatlarining 75 foizini tashkil etmoqda. O‘zbekiston hukumatining amaliy yordami qoraqalpoq xalqining fidoiy mehnati tufayli keyingi yillarda Qoraqalpog‘istonda aholi turmush sharoitini yaxshilash, tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish borasida qator ijobiy natijalarga erishildi. Eng avvalo, elda tinchlik va barqarorlik mustahkamlandi. Hamjihatlik bilan yurt istiqboli yo‘lida mehnat qilishga sharoit yaratildi.
Respublikada mulkchilikning yangi shakllari paydo bo‘la boshladi. Ishlab chiqarish va xizmat sohasida nodavlat sektorning hissai oshib bordi. Sanoat, qishloq xo‘jaligi va savdoda nodavlat sektori hissasi 80-90 foizni tashkil etmoqda. Respublika iqtisodiyotining boshqa yo‘nalishlarida ham islohotlar izchil amalga oshirila boshlandi.
Jumladan, bank tizimida ham jiddiy islohotlar amalga oshirildi. Bu erda davlat banklar bilan birga tijorat va xususiy banklari ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Agrosanoat bank va sanoat-qurilish bank ixtisoslashtirilgan hissadorlik tijorat banklariga aylantirildi. “Tadbirkorbank”, “Asakabank”, “Aloqabank”, “Sabzavotbank”, “Zaminbank”, “Turonbank”, “Savdogarbank”, “G‘allabank” Qoraqalpog‘iston bo‘limlari tashkil etildi. Qoraqalpog‘iston tarixida birinchi marta tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil etildi.
Qoraqalpog‘istonda ulgurji va birja savdosi bilan shug‘ullanuvchi hissadorlik uyushmalari keng faoliyat ko‘rsatmokda. Tovar ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar va ishbilarmonlarning butun imkoniyatlarini ishga solish maqsadida ularning erkinligi va teng huquqligini ta’minlash choralari ko‘rildi.
Qoraqalpog‘istonda 51 ta mayda ulgurji tizim, shu jumladan 4 ta savdo uyi, 35 ta mayda ulgurji savdo do‘konlari va omborlar, 32 ta ko‘tara savdo bazasi hamda O‘zbekiston tovar xom ashyo birjasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi, 19 ta supermarket do‘konlari faoliyat ko‘rsatdi. 1999 yilning birinchi yanvarigacha bo‘lgan ma’lumotlarga qaraganda xususiylashtirishdan tushgan mablag‘larning umumiy hajmi 650 million so‘mni tashkil etdi. Uning 20 foizi respublika ijtimoiy taraqqiyotiga ajratildi. 50 foizi esa tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida imtiyozli kreditlar ajratishga sarflandi. SHu bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat mulkini xususiylashtirish qo‘mitasi xususiylashtirilgan korxonalar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 13,8 million so‘m kredit ajratdi. 2000 yilga kelib 2932 korxona xususiylashtirildi.
Bozor fondining faoliyati sezilarli ravishda faollashdi. 2000 yilga kelib respublika fond birjalari filiallarida 958 million so‘mlik aksiyalar sotildi. Respublikada 7807 kichik va o‘rta ishbilarmon korxonalari, 8977 yakka tartibdagi tadbirkorlar ro‘yxatga olindi. 1996 yil yakuniga ko‘ra ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 10 mlrd 355,7 mln so‘mni tashkil etdi. Jami sanoat ishlab chiqarish hajmida nodavlat korxonalarining ulushi 90 foizga o‘sdi. Respublikada 1996 yilda amaldagi narxlarda 10 mlrd 754,4 mln so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi.
Paxtadan ip ishlab chiqarish, ip gazlamalari, tayyor trikotaj buyumlar, iste’mol mahsulotlaridan un, makaron, mineral suvlar ishlab chiqarish kupaydi. Yigma temir-beton konstruksiyalari va detallari, toshdan bezakli materiallar tayyorlash, qandolatchilik mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, uzum vinosi, salqin ichimliklar, osh tuzi ishlab chiqarish o‘sdi.
Sanoatda bir qator ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. Jumladan, 1995 yilda Xo‘jayli shahrida shisha idishlar zavodi qurilib foydalanishga topshirildi. 1996 yilda Qo‘ng‘irotda “O‘rga” gaz sanoati korxonasida gaz kondensati va tabiiy gaz qazib chiqarilishi boshlab yuborildi. Aholini gaz bilan ta’minlash darajasi 83 foizga etdi. “Qoraqalpoqqurilish” aksionerlik jamiyatida Italiya firmalarining yuqori sifatli jihozlari bilan jihozlangan, yiliga 60 ming kv.m. marmar bloklari va plitalari ishlab chiqaradigan yangi mramor sexi ochildi. “Nukusun” zavodida esa spirt ishlab chiqaradigan yangi sex qurildi.
Engil sanoat ishlab chiqarishning bazasi kengaya bordi. 1993 yili Nukusda “Kateks” to‘qimachilik majmuasi, 1995 yili Ellikqal’a tumanida “Elteks” to‘qimachilik majmuasi foydalanishga topshirildi.
Nukus va Qo‘ng‘irot un kombinatlari, To‘rtko‘lda 3 mln. shartli banka konserva mahsulotlari ishlab chiqaradigan zavod, Ellikqal’a tumanida esa shunday quvvatga ega konserva sexi foydalanishga topshirildi.
1995 yilda Qo‘ng‘irot tumanida Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan yiliga 190 ming tonna kalsiyli soda ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlandi. Zavod tarkibida kimyoviy Qo‘ng‘irot-Beynov avtomobil trassasi, Navoi-Uchquduq-Nukus temir yo‘li qurildi.
Bu yo‘l bilan ekologik toza va energiya sarflanmaydigan kaustik soda ishlab chiqarish ham ko‘zda tutilgan. Qo‘ng‘irot-Beynov avtomobil trassasi, Navoi-Uchquduq-Nukus temir yo‘li qurildi.
1997 yil 1 yanvar holatiga respublikada 263 qishloq xo‘jalik korxonasi faoliyat ko‘rsatdi. Nodavlat sektorning jami ishlab chiqarilgan mahsulotdagi ulushi 98,3 foizni tashkil etdi. Paxta etishtirishda nodavlat korxonalarning hissasi 97,8 foizni, donchilikda 98,1 foizni, kartoshkachilikda 99,7 foizni, sabzavotchilikda 98,8 foizni, polizchilikda 95,1 foizni, bog‘dorchilikda 98,5 foizni, pillachilikda 100 foizni, go‘sht etishtirishda 98,9 foizni, sut va tuhum ishlab chiqarishda 99,4 foizni, qorako‘l teri va jun etishtirishda 100 foizni tashkil etdi.
Dehqonchilikda ekin maydonlarining tarkibi o‘zgardi. G‘alla maydonlari ekin maydonlarining 35,8 foizini tashkil etdi. Bug‘doy va kartoshka etishtirish 3 marta, uzum etishtirish 4 martaga ko‘paydi.
Qoraqalpog‘istonda dehqon fermer xo‘jaliklari tashkil etish bo‘yicha etarli tajriba to‘plandi. 1998 yilga kelib 1686 fermer shirkatlar uyushmalari tashkil etildi. Ellikqal’a tumanida mavjud 14 ta jamoa xo‘jaliklari dehqon-fermer xo‘jaliklari uyushmasiga aylantirildi. Dehqonlarga meros qilib qoldirish huquqi bilan erlar uzoq muddatga ijaraga berildi. Lekin Qoraqalpog‘istonda ana shu tajribani ommalashtirishga mutlaqo e’tibor berilmadi.
1992 yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tashkil etildi. 1992-2000 yillarda Jahon banki, Evropa rivojlanish banki va boshqa firmalar bilan 100 ortiq shartnomalar tuzildi. Respublikada 303 ortiq kushma korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining tashqi savdodagi asosiy sheriklari Rossiya, AKSH, Janubiy Koreya, SHveysariya, Niderlandiya hisoblanadi. Eksport qilingan tovarlar hajmi 1996 yilda 122,9 mln dollarga teng bo‘ldi. G‘arb mamlakatlariga eksport qilingan xom ashyo 113,6 mln dollarni tashkil etdi. Paxta tolasi jami eksport mahsulotlarining 95 foizini tashkil etdi.
Tashqi savdo oborotida importning salmog‘i 1996 yilda 46,2 foizni tashkil qildi. Import mahsulotlari tarkibiga asosan xalq iste’mol mollari, qora va rangli metallar, oziq-ovqat mahsulotlari kiradi. YAqin xorijiy mamlakatlardan asosan shakar, bug‘doy, mashina va jihozlar, agregatlar va ularning ehtiyot qismlari, quvurlar, avtomashinalar, ishlab chiqarishni komplektlovchi materiallar keltirildi. Lekin respublikaning imkoniyatlaridan to‘la foydalanilmayapti. Masalan, 1999 yili respublika hududida 70 ga yaqin foydali qazilma konlari aniqlandi.
Mustakillik yillarida respublikada ijtimoiy sohalar rivojlanishiga e’tibor kuchaydi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1992 yili 2 sentyabrda “Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish, ijtimoiy va ekologik muammolarni echishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 405-sonli qaror qabul qildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholi punktlarini elektrlashtirish to‘la hal qilindi. Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi 59,5 foizga etdi. 1992-1996 yillarda Tuyamo‘yin suv omboridan respublika aholi punktlariga 2 ming 885 km vodoprovod tarmog‘i olib kelindi. 4057,5 km gaz tarmoqlari etkazildi va tabiiy bilan ta’minlash 85,4 foizni, shu jumladan shaharda 99,4 foizni, qishloqda 72,4 foizni tashkil etdi. Ko‘plab sog‘liqni saqlash ob’ektlari, kasalxonalar, poliklinikalar, tug‘ruqxonalar va turar-joy binolari qurildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalqi O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning BMT minbaridan turib dunyo mamlakatlarini Orol dengizini saqlab qolishga qarata chaqirig‘ini katta qoniqish bilan kutib oldi. Uning tashabbusi bilan 1994 yili 14 yanvarda Nukusda Markaziy Osiyoning beshta davlat Prezidentlari hamda Rossiya Federatsiyasining vakillari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda Orolga va Orolbo‘yi aholisiga amaliy yordam berish masalasi muhokama etildi.
1995 yili xalqaro konferensiyada Nukus Deklaratsiyasi qabul qilinib, unda butun dunyo jamoatchiligi e’tibori Orol muammosiga qaratildi. Deklaratsiyada ovul va o‘rmon xo‘jaliklarini ilmiy tizimga o‘tkazish, suv resurslarini foydalanishning iqtisodiy usullari va texnologiyasini ishlab chiqish, hududning tabiiy resurslarini boshqarish tartibini ushbu hududda yashovchi odamlarning turmush darajasini yaxshilash masalalari kun tartibiga qo‘yildi.
1995 yili 24 oktyabrda BMTning 50 yilligiga bag‘ishlangan Bosh Assambleya majlisida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov “bugungi kuni xalqaro finans tizimlari bilan rivojlangan davlatlar qo‘llab-quvvatlashisiz, BMTning tashkiliy rolisiz bu muammoni echish mumkin emas” deb aytdilar.
Markaziy Osiyo davlatlari o‘z kuchlari va chet el donorlari yordami bilan 2 mlrd. 686 mln. dollar investitsiya to‘pladi. SHundan 856,25 ming dollar 1997 yili yuqoridagi ishlarga berildi. Orolni qutqarish fondi Nukus filiali tashkil etildi.
Ma’naviy qadriyatlarni qayta tiklashda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bayramlarini tashkil etish muhim rol o‘ynadi: 21 mart – Navro‘z, 1 yanvar – Yangi yil, 8 mart – Xotin-qizlar kuni, 9 aprel – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni, 9 may – Xotira kuni, 1 sentyabr – Mustaqil kuni, 1 oktyabr – Ustozlar kuni, 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni, Ro‘za hayiti, Qurbon hayiti.
Mustaqillik yillarida Nukus shahrining 60 va 70 yilligi, To‘rtko‘l shahrining 120 yilligi, Ajiniyoz Kosiboy o‘g‘li va Berdaq Kargabay o‘g‘lining 170 yilligi, Nukus pedagogik institutining 60 va 70 yilligi, Qoraqalpoq universitetining 25 yilligi, Allayor Do‘stnazarovning 100 yilligi, Ernazar Alaqozning 200 yilligi, I.YUsupov va T.Kaipbergenovlarning 70 yilligi keng nishonlandi. Nukus pedagogik institutiga Ajiniyoz shoir nomi, Qoraqalpoq universitetiga Berdaq nomi berildi. Berdaq va Ajiniyoz, Ulug‘bek haykallari o‘rnatildi, Berdaq muzeyi, Amet va Aimxon SHamuratovlar muzeyi tashkil etildi.
1994 yili Qoraqalpog‘istonda Ma’naviy madaniyat va ma’rifat markazi tashkil etildi. Markaz raisi – Ibroxim YUsupov, hozir Ulmambet Xo‘janazarov. SHuningdek, “Oltin meros”, “Amir Temur”, “Nuroniy”, “Navro‘z” fondlari tashkil etildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining fidoyi farzandlari Allaniyoz Uteniyozov, Agitoy Adilov, Onesya Saitova, Tulepbergen Kaipbergenov, Ibroxim YUsupovlar “O‘zbekiston Qahramoni” unvonini oldilar.
1993 yili respublika Ministrlar Kengashi qoraqalpoq tilida yangi lotin yozuviga o‘tish haqida qaror qabul qiladi. 1993 yili Nukusda turk-qoraqalpoq litseyi tashkil etildi. 1996 yili respublikada 743 ta umumta’lim maktabi faoliyat ko‘rsatdi. Hozir Qoraqalpog‘istonda 6 gimnaziya, 13 litsey, 19 kollej, 18 maktab-litsey, 6 bank-klass va biznes-maktablar faoliyat ko‘rsatmoqda. Respublikadagi 22 o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlarida 11,8 ming o‘quvchi ta’lim olmoqda.
1990 yili Qoraqalpoq universiteti uchta fakulteti va ikkita bo‘limi asosida Nukus davlat pedagogik instituti qayta tashkil etildi. 1991 yili universitetning tibbiyot fakulteti asosida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali tashkil etildi. Unda talabalar soni 2001 yili 1000 ga etdi. 1995 yili yanada universitetning qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyot fakultetlari asosida Toshkent agrar universiteti Nukus filiali, Toshkent arxitektura-qurilish instituti Nukus filiallari tashkil etildi. 2005 yili Toshkent informatsion texnologiyalar universiteti Nukus filiali tashkil etildi. Beshta oliy o‘quv yurtlarida 9 ming nafar talaba o‘qimoqda.
1991 yili O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston filiali bo‘lim statusiga ega bo‘ldi. Bo‘lim tarkibida Tarix, arxeologiya va etnografiya instituti, Bioekologiya, Orol bo‘yi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar instituti tashkil etilib, mustaqillikdan avvalo uchta institut bo‘lsa, endi 6 ta institut tashkil etildi. Bulimni akademik S.Kamalovdan keyin akademiklar CH.Abdirov, T.Eshanovlar boshqardilar. Hozirgi vaqtda bo‘lim raisi bo‘lib professor Nagmet Aimbetov ishlaydi.
SHuningdek, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limi tashkil etilib, tarkibiga SHamurat Musaev nomidagi CHimboy dehqonchilik instituti, “SHoli” uyushmasi, Oltinko‘l stansiyasi, molchilik, bog‘chilik, uzumchilik muassalari kirdi. Qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyot sohalari bo‘yicha J.Mambetullaev va B.Mambetnazarov kabi akademiklarimiz mavjud.
Bugungi kuni Qoraqalpog‘istonda 65 fan doktori, 600 dan ortiq fan nomzodi faoliyat ko‘rsatmoqda, shu jumladan 60 foiz fan doktori va 40 foiz fan nomzodlari mustaqillik davrida ilmiy unvonga ega bo‘ldi. Ilgari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligiga saylangan S.Kamalov (1979), CH.Abdirovlar (1989) qatoriga 1994-2000 yillari J.Bazarbaev, A.Bakiev, T.Eщanov, A.Dauletov, X.Xamidov ham qabul qilindilar. 1997 yili esa ikki nafar rassom J.Izentaev va J.Kuttimuratov O‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasining akademikligiga saylandi.
Tilshunos olimlar M.Kalenderov, R.Esemuratova, A.Turabaev, K.Dauletbaevlar, faylasuf Polat Seitov O‘zbekiston Respublikasi Beruniy nomidagi davlat mukofotini oldilar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Berdaq nomidagi davlat mukofotini A.Bakiev, R.Reimov, L.Konstantinova, J.Bazarbaev, K.Dauletova, M.Ametov, J.Saparniyazov, T.Eщanov, M.Ajibekov, S.Kamalov, K.Allambergenovlar oldilar. Ginekolog Oral Ataniyazova xalqaro “Goldman” nomidagi ekologik mukofot egasi bo‘ldi.
Tarix, arxeologiya va etnografiya instituti olimlari Avstraliyaning Sidney universiteti olimlari va fransuz arxeologlari bilan birgalikda ekspeditsiyalar tashkil etmoqda. Tarixchilarimiz Qoraqalpog‘iston hududida turizmni targ‘ibot qilish maqsadida “Oltin marshrut”ni ishlab chiqib, unga Mizdaxkon, Elliqal’a yodgorliklarini kirgizdilar. 1997 yili sentyabrda Nukusda “Qirq-qiz” dostoni va turkiy folklorni tadqiq etish muammolariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi
Mustaqil O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston dolzarb masalalari respublika shoir va yozuvchilari ijodida katta o‘rin egallaydi. O‘zbekiston qahramonlari, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Ibrohim YUsupov, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi To‘lepbergan Kaipbergenovlar qatoriga Tolibay Kabulov, Xalmurat Saparov, Gulaysha Esemuratova, Kengesbay Raxmonov, Uzakbay Abduraxmanov, Murotbay Nizonov, Kengesbay Reimov, Saginbay Ibroximov, Kengesbay Karimov, Xalila Dauletnazarov, Jiyanbay Izbaskanov, Baktiyar Genjemuratov, SHarapatdin Ayapov, Gulistan Matyakupova, Nabiyra Toreshova, Munayxan Jumanazarova, Gulnara Nurlepesova, Abdimurat Atajanov, Xurliman Utemuratova, SHarigul Payzullaeva, Saylaubay Jumagulov, Bazarbay Kazakbaev va boshqalar kelib qo‘shildi.
1993 yili yanvarda Toshkentda Qoraqalpog‘iston madaniyati kunlari, noyabrda esa Qoraqalpog‘istonda Toshkent madaniyati kunlari o‘tkazildi. 1993 yili Toshkent konservatoriyasida milliy “Ajiniyoz” operasi ijro etildi. 1996 yili qoraqalpoq xoreografiyasi tarixida birinchi marta “Oyjamol” nomli balet sahnalashtirildi.
Kompozitorlardan N.Muxammaddinov, K.Zaretdinov, G.Amaniyazov, SH.Paxratdinov, T.Esirkepov va boshqalar mustaqillik yillari yaxshi faoliyat ko‘rsatmoqda. Muyassar Razzakova, Kegesbay Serjanov, Mirzagul Sapaeva, Gulxatiysha Aimbetova, Roza Kutekeeva, Makset Xujaniyozov, Makset Utemuratov, Gulnara Utepova, Eleonora Kutlipulatova, Anifa Artikova, Gulnara Allambergenova va boshqa qo‘shiqchilarimiz butun O‘zbekiston va Markaziy Osiyoga taniqli bo‘ldi.
Jumabay jirov Bazarov, Baxtiyar jirov Esemuratov, baqshilar Turganbay Kurbanov, Ziyada Sharipova, Zulfiya Arzimbetova, Jarilkagan Eщanov, Tenel Kalliev va boshqalar Germaniya, Fransiya va boshka davlatlarda qoraqalpoq dostonlari va she’rlarini ijro etib, butun dunyoga belgili bo‘ldi. Qoraqalpoq universiteti “Xurliman” ansambli 2000 yili Toshkentda “O‘zbekiston – Vatanim manim” konkusida 1-o‘rinni egalladi.
Mustaqillik yillari Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq milliy san’at muzeyi va Qoraqalpoq o‘lkashunoslik muzeyi, Berdaq muzeyi milliy o‘zligimizni targ‘ibot qilishda katta faoliyat ko‘rsatmoqda.
2002-yili may oyidan boshlab milliy televideniyada “Assalom Qoraqalpog‘iston” tongi ko‘rsatuvi tashkil etildi. Shuningdek, “Maurit”, “Tarix va taqdir”, “Bayterek”, “Shanarak”, Yoshlar kanali” ko‘rsatuvlari tashkil etildi. Prezidentimiz Erkin Kutibaev, Alisher Auezbaev, Baxtiyar Nurullaev, Muratbay Baltaniyazov, F.Orazimbetov va boshqalarning sport sohasidagi mardliklarini tan oldi.
Adabiyotlar:
1. Мирзиёев Ш. М. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз. Т. 1. – Тошкент: Ўзбекистон.. 2017.
2. Мирзиёев Ш. М. Буюк келажагимизни мард ва олийжаноб халқимиз билан бирга қурамиз. - Тошкент: Ўзбекистон. 2017.
3. Мирзиёев Ш. М. Қонун устуворлиги ва инсон маънфаатларини таъминлаш – юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг 24 йилигига бағишланган тантанали маросимидаги маърузаси. - Тошкент: Ўзбекистон. 2017.
4. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. - Тошкент: Ўзбекистон. 2017.
5. Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. Т. 1. - Тошкент: Ўзбекистон, 1996.
6. Каримов И.А. Тинчлик ва хавфсизлигимиз ўз куч-қудратимизга, ҳамжиҳатлигимиз ва қатъий иродамизга боғлиқ. Т. 12. - Тошкент: Ўзбекистон, 2004.
7. Каримов И.А. Инсон унинг ҳуқуқ ва эркинликлари - олий қадрият. Т. 14. - Тошкент: Ўзбекистон, 2006.
8. Каримов И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч. -Тошкент: Маънавият, 2008.
9. Каримов И.А. Демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқоролик жамиятини шакллантириш-мамлакатимиз тараққиётининг асосий мезонидир. Т.19. – Toshkent: O’zbekiston, 2011.
10. Каримов И.А. Она юртимиз бахту иқболи ва буюк келажаги йўлида хизмат қилиш – энг олий саодатдир. - Тошкент: Ўзбекистон. 2015.
11. Мустакил Ўзбекистан тарихининг дастлабки сахифалари. - Тошкент, 2000.
12. Эркаев А. Ўзбекистон йўли. - Тошкент: Маънавият, 2011.
13. Мустақиллик: Изоҳли илмий-оммабоп луғат // М.Абдуллаев ва бошқалар: тўлдирилган учинчи нашр. - Тошкент: Шарқ, 2006.
14. Мустақил Ўзбекистон тарихи. Масъул муҳаррир А.Сабиров. - Тошкент: Академия, 2013.
15. Новейшая история Узбекистана. Руководителъ проекта и редактор: М.А.Рахимов. - Тошкент: Адабиёт учқунлари, 2018.
16. Азизхўжаев А.А. Мустақиллик: курашлар, изтироблар, қувончлар. - Тошкент: 2001.
17. Исломов З.М. Ўзбекистон модернизациялаш ва демократик тараққиёт сари. - Тошкент: Ўзбекистон, 2005.
18. Левитин Л. Ўзбекистон туб бурилиш палласида. - Тошкент: Ўзбекистон, 2005.
19. Ўзбекистон мустақиллик йилларида. - Тошкент: Ўзбекистон, 1996.
20. Ўзбекистон тарихи. Р.Ҳ.Муртазаеванинг умумий таҳрири остида. – Тошкент, 2005.
21. Ғуломов С., Убайдуллаева Р., Аҳмедов Э. Ўзбекистон. -Тошкент: Меҳнат, 2001.
Internet saytlari:
1. www.ziyonet.uz.
2. www.edu.uz.
3. www.google.uz.
4. www.gov.uz.
Do'stlaringiz bilan baham: |