Hayoti. Reja: Movarounnahrda Shayboniylar va



Download 0,69 Mb.
bet26/48
Sana02.04.2023
Hajmi0,69 Mb.
#924169
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   48
Bog'liq
Узбекистон тарихи мажмуа 2-кисм

Er egaligi. Dehqonchilik va chorvachilik. Butun O‘rta Osiyo hududida bo‘lgani kabi Xiva xonligida ham er egaligining quyidagi shakllari hukmronlik qilgan: davlatga qarashli erlar yoki podsholik erlari; xususiy shaxslarga qarashli erlar; diniy muassasalarga qarashli erlar, yoki vaqf erlari.
Podsholik erlari bevosita davlatga, xonga tegishli bo‘lib, avloddan avlodga meros bo‘lib o‘tgan. Davlat erlariga doimiy sug‘oriladigan ekinbop erlardan tashqari tashlandiq erlar, qumlik, adirlar va yaylovlar, ko‘l va to‘qayzorlar ham kirgan. Davlat erlari bosib olingan hududlar, xonga qarshi mulkdorlarning musodara qilingan erlari, yangi erlarning o‘zlashtirilishi hisobiga ham kengayib borgan. Davlat erlari xon tomonidan mulkdorlarga va ijarachi dehqonlarga, bevatan (ersizlar)larga foydalanish uchun bo‘lib berilgan.
Bunday erlardan davlatga olingan hosilning 40-50 foizigacha mahsulot yoki pul ko‘rinishida soliq undirilgan. Davlat erlari xonlik xazinasining asosiy manbai hisoblangan. Xon o‘ziga xolis xizmat qilgan amaldorlarga, yaqin qarindoshlariga, sodiq xizmat qilgan navkarlarga va dindorlarga davlat erlaridan in’om qilib bergan. Bunday erlar soliqlardan ozod etilgan.
Xususiy (mulk) erlar xonning shaxsan o‘ziga, uning yaqin qarindoshlariga, yirik boylarga, saroy amaldorlariga, harbiylarga va boshqa zodagonlarga tegishli erlar bo‘lgan. Xonlikning suvga yaqin bo‘lgan o‘troq markaziy tumanlaridagi unumdor va serhosil erlarning asosiy qismi mulkdorlar qo‘lida edi. XIX asrning birinchi yarmiga oid ma’lumotlarga ko‘ra, mulk egalariga tegishli erlar xonlikdagi barcha sug‘oriladigan erlarning yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etgan. Manbalarning ma’lumot berishicha, ayrim mulkdorlar ixtiyorida ikki-uch ming tanobdan o‘nlab ming tanobgacha er bo‘lgan. Misol uchun, Pitnak, Xazorasi va SHo‘roxon shaharlari hamda ularga tutash bo‘lgan qishloqlar amir ul-umaroga tegishli bo‘lgan.
Muhammadaminxon o‘g‘li Abdulla to‘raga 20 ming tanobdan ortiq erni in’om qilgan va hokazo. Vaqf erlariga diniy muassasalarga, masjid, madrasa, qabriston, xonaqolarga qarashli er-mulklar kirgan. Bu mulklar diniy muassasalarga xon, amaldorlar va ayrim shaxslar tomonidan vaqf qilib berilgan. Bunday erlardan kelgan daromad diniy muassasalar ehtiyoji uchun sarf etilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, XIX asr o‘rtalarida xonlikdagi vaqf mulkining umumiy hajmi 170-175 ming tanobni tashkil etgan.
Xiva xonligidagi kam erli va umuman ersiz, ot-ulovsiz dehqonlar ko‘pchilikni tashkil etgan bo‘lib, ular davlat, mulk hamda vaqf erlarida ijaraga ishlaganlar. Ijaradorlar ijaraga olgan er miqdoriga qarab davlatga soliq to‘laganlar. Ular kimning erida xizmat qilishlariga qarab bevatan, koranda va vaqfkor degan qatlamlarga bo‘lingan. Davlat erlarini ijaraga olgan ersiz va kamquvvat dehqonlar bevatanlar, mulk erlaridagi ijarakorlar koranda, vaqf erlari ijarakorlari esa vaqfkor deb atalgan.
Dehqonchilik va chorvachilik Xiva xonligi iqtisodiy hayotining asoslaridan hisoblangan. Dehqonchilikda Amudaryo quyi oqimidan olingan ko‘plab kanallar va ariqlar muhim o‘rin egallagan. Ta’kidlash lozimki,
Xiva xonligida suv manbalarining etarli bo‘lishiga qaramasdan, dehqonchilik taraqqiyoti qo‘shni Buxoro xonligidagidek yuksak darajada rivoj topmagan edi. Xonlikda donli ekinlardan bug‘doy etishtirish nisbatan keng rivojlangan bo‘lib, bug‘doy Pitnakdan SHohabbozgacha bo‘lgan hududlarda ayniqsa ko‘p eqilgan. Sug‘oriladigan erlarga bug‘doyning saranchi navi ko‘p etishtirilgan. Bug‘doy yig‘ib olingan dalalarga qovun, tarvuz, mosh, jo‘xori kabi ekinlar ekilgan. Xonlikda ko‘plab sholi ekinzorlari mavjud bo‘lgan.
Paxta etishtirish asosan Gurlan, YAngi Urganch, Xiva, Xonqa, SHohabbozda rivojlangan. Paxta chigitidan yog‘ olinib, tolasi mahalliy hunarmandlar ehtiyoji va tashqi bozorga chiqarilgan. Suv ko‘p talab qilmaydigan (Hazorasp, Qo‘ng‘irot, Toshhovuz, Ilonli, G‘azovat, Mang‘it va Gurlan) kunjut, no‘xat, mosh, arpa va boshqa ekinlar ekilgan. Sabzovot – poliz ekinlari ko‘plab etishtirilgan. Xorazm qovunlari qo‘shni hududlarda ham mashhur bo‘lgan. Bog‘dorchilik ham ancha taraqqiy etgan. Ammo, ipakchilik kam miqdorda rivojlangan.
Xonlikning o‘troq dehqonchilik tumanlarida chorvachilik yaxshi rivoj topmagan. Vohalarida yirik hayvonlar dehqonchilikda (er haydash, hosilni yanchish, suv chiqarish va boshq.) foydalanish, go‘sht va sut mahsuloti uchungina boqilgan. Xonlik aholising go‘shtga bo‘lgan talabini ko‘chmanchi turkman va qozoq qabilalari qondirganlar. Ko‘chmanchilar qo‘y, yilqi, tuya etishtirib aholining go‘sht, sut, teri, jun bilan to‘la ta’minlab turgan.

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish