Hayoti Abu Mu'yin Nasafiy



Download 44,2 Kb.
bet4/6
Sana08.06.2022
Hajmi44,2 Kb.
#645615
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
15-32-MAVZU. “ABU MU\'YIN NASAFIY ISLOM ISLOHIYOTCHISI”

Sh O G I R D L A R I: 
Najmiddin Umar an-Nasafiy.
Alouddin as-Samarqandiy;
Abu Bakr al-Kosoniy;
Abul Muzaffar at-Talaqoniy;
Ahmad al-Pazdaviy;
Abul Hasan al-Balxiy;
Abul Fath al-Hilmiy;
Abdurashid al-Valvolijiy;
Mahmud as-Sog‘arjiy;
Ali ibn al-Husayn as-Sakalkandiy
Nasafiyning shogirdlari qatorida birinchi oʻrinda uning 1113 yilda tavallud topgan va „al-Majd“ laqabi bilan tanilgan oʻgʻli Abul Lays Ahmad ibn Umarni zikr etish mumkin. Olimning bu oʻgʻli haqida Abu Saʼd as-Sam’oniy iliq fikrlarni bildirib, uning faqih, fozil, voiz va yetuk inson boʻlganini taʼkidlaydi. As-Sam’oniy 1154 yilda Samarqandga borganida Abul Lays bilan uchrashib, ilmiy muloqotda boʻlgan. Uning aytishicha, bir-birlari bilan tez-tez uchrashib turishar, Majd undan baʼzi kitoblarni olib turar edi.
Majd Nasafiy 1156 yilda haj safariga otlandi. U 1157 yilda Bagʻdoddan qaytayotib, Bistom shahridan oʻtganida ismoiliylardan boʻlgan qaroqchilar — „ahl al-qilo“ („qal’alar ahli“) guruhi karvon yoʻlini toʻsadi. Ular karvondagi Hijozdan kelayotgan yetmishdan ortiq kishi, jumladan, juda koʻplab ulamolarni qirib tashladilar. Ular orasida Majd Nasafiy ham bor edi. U Bistom nohiyasidagi bir qishloqda dafn etildi.
Nasafiy shogirdlari orasida aksariyat hollarda nasaflik muhaddislarni uchratamiz. Ular qatorida Abu Muhammad Abdulloh ibn Ali Nasafiy (XII asr), Abul Qosim Muhammad ibn Muhammad Nasafiy (XII asr), Abu Bakr Muhammad ibn al-Hasan Nasafiylarni (XII asr) zikr etish mumkin. Ammo Nasafiyning shogirdlari orasida Abu Muhammad al-Hasan ibn Ahmad as-Samarqandiy, Abu Nasr Ahmad ibn Abdurrahmon ar-Rigʻdamuniy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ibrohim an-Nurbashtiy kabi Nasafdan tashqaridagi muhaddislar ham uchraydi. Nurbashtiy Nasafiydan Bagʻdoddagi „Xumor-tegin“ madrasasida hadis eshitgan.
Abu Saʼd as-Sam’oniy oʻz ustozlari haqida maʼlumot bergan „Muntaxab mu’jam shuyux as-Sam’oniy“ („as-Sam’oniy ustozlari qomusining saylanmasi“) nomli asarida Nasafiyning hadis ilmidagi salohiyatiga shunday baho beradi: "Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad Hofiz Nasafiy Samarqandiy Nasaf ahlidan boʻlib, Samarqandda yashagan. U mazhab va adab ilmining bilimdoni boʻlgan imom, faqih va fozil kishilardan edi. Fiqh va hadis boʻyicha asarlar yozgan. Muhammad ibn al-Hasan ash-Shayboniyning (v. 804-05) „al-Jomi as-sagʻir“ („Kichik toʻplam“) asarini nazmga solib, sheʼriy usulda bergan… Ustoz jamlash va tasnif qilish boʻyicha peshqadam olimlardan biridir. U Abu Muhammad Ismoil ibn Muhammad an-Nuhiy Nasafiy, Abul Yusr Muhammad ibn Muhammad ibn al-Husayn al-Pazdaviy, Abu Ali al-Hasan ibn Abdulmalik Nasafiy va ulardan boshqa koʻplab kishilardan hadis eshitgan. Men u kishini tiriklik chogʻida Samarqandda uchratmagan boʻlsam-da, Abu Hafs Nasafiydan yozma ravishda barcha eshitganlari (masmuot) va toʻplamlari uchun ijoza olganman. Bir jamoa kishilar undan menga hadis rivoyat qilganlar… U hadisni va uni oʻrganishni yaxshi koʻrar edi. Uning juda chiroyli fiqhiy va hikmatli sheʼrlari bor edi".
Abu Saʼd Sam’oniyning bergan taʼrifidan shunday xulosa qilish mumkinki, Nasafiy oʻz davrida Samarqandning eng mashhur muhaddislaridan edi. Hadis boʻyicha juda koʻp ustozlari boʻlib, bu ilmga oid koʻplab asarlar yozgan. Olim faqat oʻzi yozgan asar va toʻplamlar bilan kifoyalanmay, oʻsha davrdagi mashhur ulamolarning asarlarini shogirdlariga imlo qilib yozdirgan. Talabalar oson tushunishlari uchun ularni sharhlab, esda saqlab qolishlari uchun sheʼriy usulda bayon etgan.
Asarlari
Nasafiy bir necha yillik ilmiy safarlar va ulamolar suhbatidan hosil boʻlgan bilim va tajribalariga asoslangan holda bir qator fan sohalarida asarlar yozdi. Manbalarda alloma oʻzidan yuzdan ortiq ilmiy asar qoldirgani haqidagi maʼlumot mavjud. Ularni tafsir, hadis, kalom, fiqh va sheʼriyat kabi shartli besh guruhga boʻlish mumkin.
Tafsir ilmi boʻyicha olim „at-Taysir fi (ilm) at-tafsir“ („Tafsir ilmiga oid osonlashtirilgan kitob“) asarini yozgan. U toʻrt jilddan iborat boʻlib, unda Qur’on oyatlarining sharhi oʻziga xos tartibda berilgan.
Hadis ilmida olim muayyan mavqeni egallagan. Unga „al-Hofiz“ nomining nisbat berilishi fikrimiz dalilidir. Hofiz darajasiga erishgan muhaddislar kamida 20 ming, baʼzi kitoblarga koʻra 50 ming yoki 100 ming va undan ortiq hadislarni matn va isnodlari bilan toʻliq yod bilganlar.
Allomaning hadis ilmida peshqadam boʻlganini uning bu sohada yozgan asarlari ham tasdiqlaydi. Masalan, Nasafiy Imom Buxoriyning „al-Jomi as-sahih“ asarini sharhlab, oʻzining „an-Najoh fi sharh axbor kitob as-sihoh“ („Sahih kitobidagi xabarlarni sharhlash boʻyicha erishilgan yutuqlar“) nomli kitobini yozdi.
Hozirgi kunda Nasafiyning Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomli Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan „Matla an-nujum va-majma al-ulum“ („Yulduzlarning chiqish joyi va ilmlarning tutashgan yeri“) nomli katta hajmdagi qomusiy nodir qoʻlyozma asarining bir qismi ham hadis ilmi hamda vaʼz-nasihatlarga bagʻishlangan.
Bundan tashqari, olim hadis ilmining turli janrlariga bagʻishlangan „Tatvil al-asfor li-tahsil al-axbor“ („Xabarlar talabidagi uzoq safarlar“) asarining ham muallifidir.
Kalom ilmida Nasafiy Imom Moturidiy anʼanalarini davom ettirdi. Masalan, Abu Ali al-Hasan ibn Abdulmalik al-Moturidiy, sahoba Abu Ayyub Xolid al-Ansoriy avlodi boʻlmish Abul Hasan Ali ibn al-Hasan al-Moturidiy kabi olimlar Nasafiyning ustozlari edilar. Nasafiy oʻzining bilvosita ustozi Imom Moturidiy taʼlimotini ixcham va qisqa shaklga keltirib, moturidiylik taʼlimotini keng yoyishga xizmat qildi. U yaratgan „Aqoid an-Nasafiy“ asari islom olamida keng tarqalgan boʻlib, unga koʻplab sharh va hoshiyalar yozilgan.
Olim kalomga oid birgina shu asarni yozgan boʻlsa-da, uning ilohiyotchi sifatida shuhrat qozonishiga sabab uning juda qisqa holda islom aqidasini nazariy asoslab berganidir.
Fiqh ilmi boʻyicha Nasafiy oʻzidan soʻng hanafiy fiqhiga oid boy ilmiy meros qoldirdi. Manbalarda uning bu sohada yaratgan sakkizta asarining nomi keltiriladi. Ulardan „Kitob ad-doir fi-l-fiqh“ („Fiqhga doir kitob“), „Mashori ash-shori“ („Qonunchining qonunlari“), „al-Hasoil fi-l-furu“ („Furu boʻyicha erishilgan yutuqlar“) yoki „al-Hasoil fi-l-masoil“ („Masalalar boʻyicha erishilgan yutuqlar“)ning nomlarigina bizga maʼlum xolos. Uning „al-Manzuma an-nasafiya fi-l-xilofiyot“ („Nasafiyning xilof ilmiga oid nazmiy kitobi“), „Tilbat at-talaba“ („Tolib istagan kitob“), „Sharh al-usul li-l-Karxiy“ ("al-Karxiyning „usul“iga sharh"), „Fatovo shayx al-islom as-Sugʻdiy“ („Shayxu-l-islom as-Sugʻdiy fatvolari“) asarlari bizgacha yetib kelgan.
Sheʼriyat sohasida ham olim samarali ijod etib, yozgan asarlarining koʻp qismini nazmga solgan. Jumladan, „Kitob al-qand“da keltirgan hadislaridan aksarini oʻz tili bilan sheʼriy uslubda ham sharhlab oʻtadi. Yuqorida nomi zikr etilgan fiqhga oid „Al-Manzuma an-nasafiya fi-l-xilofiyot“ asari esa toʻligʻicha nazmiy usulda yozilgan.
Nasafiy oʻzi asar yozish bilan birga boshqa olimlarning kitoblaridan ham dars bergan. Masalan, 1137 yilda Samarqanddagi „Ku-yi Muqotil“, „Ku-yi namdon-giron“ nomli masjidla¬rda va oʻz masjidida (masjid Abi Hafs Nasafiy) hamda „Tabgʻoch-xon“ madrasasida hadis ilmi toliblariga quyidagi asarlarni imlo qildi:

  1. „Kitob at-tavorix va-l-ansob“ („Tarix va nasablar kitobi“);

  2. „Tasmiyat ashob al-mukarrama alo tartib al-huruf al-mu’jama“ („Muhtaram yaqinlar ismlarining alifbo tartibidagi qomusi“);

  3. „Tarix al-xulafo al-qoimin baʼda-l-xulafo ar-roshidin“ („Xulafoi roshidindan keyin hukm surgan xalifalar tarixi“);

  4. „Nasab mashohir aimmat ad-din va tavorixuhum“ („Din imomlaridan mashhurlarining nasab va tarixlari“);

  5. „as-Sab’iyot as-sam’iyot“ („Tinglangan yettiliklar“; bu kitob oʻz ichiga 360 ta hadis matnini jam qilgan);

  6. „Kitob al-xutab al-jiyod li-l-juma va-l-aʼyod“ („Jum’a va iyd uchun sara xutbalar“).

Nasafiyning baʼzi asarlari shuhrat qozonganini, ularga koʻplab sharhlar bitilganidan ham bilish mumkin. Olim asarlaridan bizgacha yetib kelganlarining soni oʻndan oshadi. Bu asarlar kelajakda Nasafiyning serqirra ijodining turli yoʻnalishlarini mufassal oʻrganishga yetarli asos boʻlib xizmat qila oladi.
Qoʻl yozmalari
Abu Hafs Umar ibn Muhammad an-Nasafiy. al-Qand fi maʼrifat ulamo Samarqand. — Istanbul. — Sulaymoniya kutubxonasi. — „Turhan Valide Sultan“ fondi. — Qoʻlyozma № 70. — 198 v.

  1. Abul Fadl Muhammad ibn Abd al-Jalil as-Samarqandiy. Muntaxab Kitob al-qand. — Parij. — Frantsiya milliy kutubxonasi. — Arab qoʻlyozmalari fondi. — Qoʻlyozma № 6284. — 75 v.

  2. Abu Hafs Umar ibn Muhammad an-Nasafiy. Matla an-nujum va-majma al-ulum. — Toshkent. — Oʻzbekiston Respublikasi FA Sharqshunoslik instituti. — Qoʻlyozmalar asosiy fondi. — Qoʻlyozma № 1462. — 353 v.

Nashr etilgan manbalar
Abu Hafs Umar ibn Muhammad an-Nasafiy. al-Qand fi zikr ulamo Samarqand / Nazar Muhammad al-Foryobiy tahriri ostida. — Saudiya Arabistoni: Maktabat al-Kavsar, 1991. — 622 b.

  1. Abu Hafs Umar ibn Muhammad an-Nasafiy. al-Qand fi zikr ulamo Samarqand / Yusuf al-Hodiy tahriri ostida. — Tehron: Oyina-yi miros, 11999. — 877 b.

  2. Abu Saʼd Abd al-Karim ibn Muhammad as-Sam’oniy. al-Ansob: 5 jildli / Abdulloh Umar al-Borudiy tahriri ostida. — Bayrut: Dor al-fikr, 1998.

  3. Abu Hafs Umar an-Nasafiy. Tahsil usul al-fiqh [arabcha matn va tarjima] / Tarjimon va nashrga tayyorlovchilar H.Aminov, S.Muhammadaminov; mas’ul muharrir O.Qoriyev. OʻzR OOʻMTV ToshDShI huzuridagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qoʻyozmalari markazi. - Toshkent: „Noshir“ nashriyoti, 2015. — 208 b.


Download 44,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish