foydalaniladi. /
V.7. Infra va ultra tovushlardan saqlanish
Inson sanoat korxonalarida ishlash jarayonida faqatgina shovqin ta’sirida bo'lib qolmasdan, mashina-mexanizmlar ajratadigan infra va ultra tovushlaming ham ta’sirida bo'ladi.
Mashinasozlik sanoatida infra tovushlaming asosiy manbayi ichdan yonar dvigatellar, ventilatorlar, porshenli kompressorlar hisoblanadi.
Infra tovushlar darajasi 100—120 dB dan oshib ketgan taqdirda ishchida bosh og'rishi, sezilarli darajada quloq pardasining harakati vujudga keladi. Infra tovush darajasi orta borgan sari ichki organlarda tebranish hissi vujudga keladi, ishlash qobiliyati keskin susayadi, qo'rquv paydo bo'ladi.
QMQ 2. 01. 08. — 96 ga asosan 2, 4, 8 va 16 Gs o'rta geometrik oktava oraliqlarida infra tovush darajasi 105 dB dan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |