XY.22. Yong'inga qarshi kurash xizmatini tashidl qilish
Sanoat korxonalarida yong'inga qarshi kurash ishlarini shu korxonalaming yong'inga xavflilik darajasiga qarab, korxona ma’muriyati belgilaydi. Agar sanoat korxonasi yong'inga xavfli bo'lsa, unda yong'inga qarshi kurash bo'limi tashkil qilinadi. Bun day bo'lim o'zining maxsus yong'inga qarshi kurash komandalarini tashkil qiladi.
Agar sanoat korxonasining yong'inga xavflilik darajasi past bo'lsa, unda yong'indan muhofaza qilish ishlarining asosiy yo'nalishi yong'in chiqib ketmasligini va chiqqan taqdirda ham kattalashib ketmasligini ta’minlashga qaratilgan ehtiyot chora-tadbirlari hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda davlat yong'inga qarshi qurash nazoratini Ichki ishlar vazirligining yongindan muhofaza qilish boshqarmasi amalga oshiradi.
341
Uning asosiy vazifasi-sanoat korxonalarida yongMn va port lashga olib keladigan sabablarni yo'qotishga qaratilgan tashkiliy va texnik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishdan iborat. Bu ishlarni yongMnga qarshi kurash inspektorlari bajaradi. Ular xohlangan vaqtda sanoat korxonalarini, omborlarni, bino va qurilmalarni ko‘zdan kechirishi, xohlangan sanoat korxonasi yoki ayrim shaxslardan yongMn xavfsizligiga taalluqli hujjatlar va ma’lumotlarni talab qilishi, binolarda yongMn boMgan taqdirda uni tezda bartaraf qilish imkoniyatlaririi beradigan yongMnga qarshi ku rash birlamchi vositalarining. tayyorligini va shuningdek, majburiy qarorlar, qoida va normalar qanday bajarilayotganligini tekshirishi mumkin.
Davlat yongMnga qarshi kurash nazorati organlari yongMn xavf-sizligi qoida, norma va talablarini bajarmagan va shuningdek, yongMnga qarshi kurashning birlamchi vositalari hamda kerakli as-bob-anjomlarni noto‘g‘ri saqlagani va boshqa maqsadlarda foy-dalangani uchun sanoat korxonasi rahbar xodimlariga, sex bosh-liqlari va boshqa javobgar shaxslarga jarima solish huquqiga ega.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Охрана труда в машиностроении Под ред. Е.Я.Юдина,
.В.Белова. М.: «Маш.строение»,1983.
М.К.Полтев. Охрана труда в машиностроении.
.Высшая школа, 1980.
Сайдаминов С.С. Основы охраны окружающей среди.
Т.: « 0 ‘qituvchi», 1989 г.
Yormatmov G.Yo. , Mahmudov R. «Mehnatni muhofaza qilish» M a’ruzalar to‘plami 1-2 qism Т., 1995-y.
Yormatov G ‘.Yo. «Hayot faoliyati xavfsizligi» ma’ruzalar matni. Т., 2000 у.
. Yormatov G ‘.Yo., Nasretdinova Sh. Sh. «Sanoat sani-tariyasi». 0 ‘quv qoMlanma Т., 1999-y.
Yormatov G ‘.Yo., Hamroyeva A. L. «Atrof-muhitni ifloslantiruvchi omillar va ularga qarshi kurash chora-tadbirlari». 0 ‘quv qoMlanma. Т., 2002-y.
. Yormatov G ‘.Yo., Isamuxamedov Yo.U. «Mehnatni muho faza qilish». Darslik. Т.: « 0 ‘zbekiston», 2002-y.
Do'stlaringiz bilan baham: |