128
V- bob. Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini rivojlantirish
darajasini baholashga uslubiy yondashish
Hayot faoliyati xavfsizligi
nuqtai nazaridan alohida odamlar, ularni
jamoalari, sotsiumning zamonaviy xolati parametrlarini o‗rnatish uchun,
ularning xotirjam, shu jumladan xavfsiz kelakjakda rivojlanish vektorini
aniqlash uchun hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini individual, korporativ va
jamiyat davlat darajasida baholash zarur. Bu yana shuning uchun zarurki,
jamiyat cheklangan imkoniyatga ega. Shuning uchun jamiyat o‗z imkoniyatlari
oldiga qo‗ygan maqsadlarini asosan ratsional taqsimlashga majburdir. Bunday
ratsional taqsimlash uchun, shu jumladan HFXM shakllantirish bo‗yicha aloxida
tadbirlarni amalga oshirish uchun hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini
individual, korporativ va jamiyat davlat darajasida baholasni taqozo qiladi.
Biroq bunday baholash bir qator prinsipial qiyinchiliklar bilan bog‗liq,
bular:
-HFXM tushunchasini sig‗imi: o‗ta keng diapazondagi, ya‘ni ―inson
imkoniyatlarini va ijodiy kuchini rivojlanishi darajasi‖dan to inson
sivilizatsiyasini yanada muhim asosini tashkil etuvchilarigachadir. ―Hayot
faoliyati xavfsizligi madaniyati‖ tushunchasiga ta‘rif 2 bobda keltirilganiga
qaramay, uni mutaxasislar tomonidan asta-sekin, bosqichma-bosqich qabul
qilinishi, turli fikrlar bilan qayta ishlab chiqish orqali amaliyotga bunday
baholashni uslubiy apparatini tatbiq etish, davriy mukammallashtirishni
anglatadi;
- hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini rivojlanish darajasini obektiv
baholash imkonini beradigan umumlashgan vakolatli ko‗rsatkichi yo‗qligi:
bunday ko‗rsatkichni vakolatligi hayot faoliyati xavfsizligini ta‘minlash
bo‗yicha boshqa jarayon parametrlaridan qat‘iy nazar, faqat bevosita madaniyat
darajasini baholash imkoniyatini anglatadi.
O‗rtacha yashash davri, aholini yo‗qotishlari soni va yil davomidagi moddiy
yo‗qotishlar miqdori, shaxsiy tavakkalning ahamiyati va shunga o‗xshash
umumiy baholashlar xavfsizlikni ta‘minlash faoliyatini tavsiflaydi. Bu aynan
129
madaniyat hissasini ko‗rsatilgan faoliyat natijalariga qarab baholashni
qiyinlashadi;
- bu tushunchaning ko‗pqirraligi, hartomonlama baholash zarurligi. Masalan,
agar individual darajani olsak – bu insonning yuksak maqsad va qadriyatlar
tizimi, uning xarakterli chizgilari, faoliyat faktorlarini sabablari, tayyorgarlik
darajasi va kompetentligi v x.k.lardir. Bu ko‗pkriteriyalik optimallashtirish
masalalarini ifodalash va yechishni ko‗zda tutadi.
- baholanish kerak bo‗ladigan ko‗pchilik ko‗rsatkichlar tabiiy sifatga ega va
aytarli ―kuchsiz‖ nominal va tartibli shkala yordamida o‗zgarishi mumkin. Bu
shkalalar uchun ko‗plab yuqoriinformatsion statistikani oluvchi - o‗rtacha
arifmetik, o‗rtacha kvadrat og‗uvchi va b. matematik operatsiyalarni qo‗llab
bo‗lmaydi. Shu sababli axborotni bir qismi (demak, o‗lchovlarni obektivligi)
yo‗qoladi. Bundan tashqari, bu o‗lchovlar asosan ekspert so‗rovlar, ya‘ni u yoki
bu darajada subektivligi bilan farqlanadigan usulini qo‗llab amalga oshiriladi.
Alohida, HFXM ikkinchi darajali tomonlarini aks ettiruvchi ko‗rsatkichlar
(masalan, o‗rganuvchilar tomonidan shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish
meyorlarini ishlab berish vaqtini baholash) bundan mustasno;
- hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini rivojlanish darajasi o‗z tabiatiga
ko‗ra, absolyut emas, balki ―xoxishi‖ bilan ―erishishi‖ ayirmasi yoki nisbiy
shaklda bo‗lishi kerak. Buning uchun etalonlar, yuksak maqsadlarning
ko‗rsatkichlaridan foydalanish kerak. Ular xavfsiz turdagi shaxs, xavfsiz turdagi
korporatsiya, xavfsiz turdagi jamiyat davlat hisoblanadi;
- madaniyat obektlarini shakllantirishga ta‘sir etuvchi usullarning sezilarli
soni – ta‘lim (bilim olish va tarbiya), ijtimoiy reklama, ommaviy
kommunikatsiya vositalari va texnologiyalari, bilimni targ‗ibot qilish, madaniyat
muassasalarining ta‘siri va b. Ko‗pincha bu usullarni hayot faoliyati xavfsizligi
madaniyatining rivojlanish darajasiga hissasini baholash o‗ta og‗ir yoki xatto
imkoni bo‗lmaydi. Shu sababli keltirilgan ta‘sir etish usullariga sezuvchan
ko‗rsatkichlarni asoslab berish ma‘lum muammolarni yuzaga keltiradi;
- hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini rivojlanish ko‗rsatkichlarini
130
individual, korporativ va jamiyat davlat darajasidagi farqlarini ko‗rib chiqish
va to‗g‗rilash past darajadagi ko‗rsatkichlarni oddiy birlashtirib, yuqori
darajadagilarni baholash. Shunday qilib, individual darajadagi ko‗rsatkichlar
uning shaxsiy xususiyatlarini hayot faoliyati xavfsizligi va atrofdagi insonlarni
hayot faoliyati xavfsizligini tavsiflashi kerak.
Korporativ
darajada
tashkilot,
korxona,
ishlab
chiqarishdagi
xizmatchilarning individual madaniyatini o‗rtacha ko‗rsatkichlaridan tashqari,
personal orasida ―hayot faoliyati xavfsizligi‖ni tashkilotning yuqori
qadriyatlaridan biri sifatida tavsiflanishi va tan olinishi bilan birga faoliyat
mexanizmini moddiy va ma‘naviy rag‗batlantirish samarasi orqali
korporatsiyani xavfsiz faoliyat ko‗rsatishini tavsiflovchi xavfli vaziyatlarning,
avariya va boshqa faktorlarning tavakkalini kamaytirishga yo‗naltirilgan
bo‗lishi kerak.
Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini rivojlanish darajasi jamiyat davlat
miqyosida individual va korporativ darajadagi ko‗rsatkichlarning o‗rtacha
miqdorlaridan tashqari, ijtimoiy qadriyatlar va birlamchilik huquqining tizimini
mavjudligini qayd qilish bilan birga, jamiyat va inson xavfsizligini
ta‘minlovchi, tabiiy va texnogen muhitning va boshqa jamiyatning birdamligini,
mamlakat aholisining xavfsizligini ta‘minlovchi ko‗pqirrali faoliyatini, milliy
havfsizlik sohasini tavsiflovchi parametrlari siyosati orqali baholanishi kerak.
Barcha aytilganlar hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini rivojlanish
darajasini baholashni qiyinlashtiradi. Bundan tashqari, ushbu fan sohasining
yangiligi, HFXM shakllantirishni ko‗rib chiqish xolatlariga baho berishni
kuchsizligi, xavfsizlikni ta‘minlash texnologiyalarini (xususan informatsion)
rivojlanishi va mukammalashishini o‗sishi hozirgi paytda bekami - ko‗st ilmiy
uslubiy ishlanmalar ishlab chiqishni juda qiyinlashtiradi. Shu sababli, ushbu
bobda uning asosini tashkil etuvchi umumiy uslubiy xolatlar ko‗rib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |