82
ozodlikdan chegaralanishlari zarur. O‗zi, oilasi, davlati, butun odamzod, har bir
fikr va kirdikori uchun javobgarlikni shakllantirish – HFX asoslarining bosh
masalalaridan biridir.
Ikkinchisi
-
demografik xavfsizlik va oilaviy tarbiY. HFX asoslari fani
doirasida hayotga, o‗zining sog‗lig‗iga jiddiy munosabatda bo‗lish, ruhiy,
intellektual va jismoniy rivojlanishni amalga oshirish tarbiyalanadi.
Bu tarbiyaviy masalalardan biri - bolalar ongiga ota-ona bo‗lish
quvonchini naqadar buyukligiga,
katta oila, aka - ukalari bo‗lishining
muhimligiga ishonch tug‗dirishdir. O‗quvchilar, maktabni tugata turib, katta
oilasi bo‗lishga intilishi juda ham muhimdir.
Uchinchisi - xavfsiz bolalik. HFX asoslari fanini o‗qitish tizimi bolalar
xavfsizligini ta‘minlashning ijtimoiy mexanizmidan birining funksiyasini, yani
bolalar ustidan jamoat homiyligini amalga oshirish hisoblanadi.
O‗quv-tarbiyaviy jarayon doirasida giyohvandlik,
ichkilikbozlik, chekish,
odatiy bo‗lmagan qoidalar profilaktikasi amalga oshadi, maktabga nomaqbul
tashkilotlarni kirishiga to‗sqinlik qiladi.
To‗rtinchi - axborot xavfsizligi. Bu yo‗nalish HFX asoslari yo‗nalishining
mazmunida barcha insoniyat uchun axborot hayot faoliyati xavfsizligida yangi
sohaligini ta‘kidlaydi. Hozirgi sivilizatsion rivojlanish vaqtida axborot faktori
hal qiluvchi rol bo‗lib, axborot
manbalari uchun kurashlar, asosiy axborot
oqimlari ustidan nazoratni kuchayishi va axborot sohasidagi katta o‗zgarishlar
barcha odamzod uchun ham, alohida inson uchun ham yangi xavflarni va
tazyiqlarni tug‗diradi.
Xalqimiz aholisi, shu jumladan talabalar to‗g‗ridan-to‗g‗ri axborot
tajovuzi bilan to‗qnashadi. Dushmanona, bizga
yot axborot bolalar ongiga
sindiriladi. Ular ongiga axborot erkinligi sifatida o‗z-o‗zini parchalash, yo‗ldan
ozdirish batsillalari kiritiladi, tushunchalarni o‗zgartiriladi, turli xildagi o‗ylab
topilgan o‗rgimchaksimon odamlar, g‗arbiy maxsus xizmat qahramonlari
yaratiladi.
Shu sababli HFX asoslari fanining masalasi- o‗quvchining ruhiy dunyosini
83
ommaviy axborot vositalarining zararli ta‘sirdan muxofazalash,
ularga ijtimoiy
immunitetni ishlab chiqishga, yo‗nalish olishga, axborot oqimlari ichida yo‗l
topa bilishiga yordam berish hisoblanadi.
Beshinchisi - harbiy xavfsizlik. Harbiy ishga o‗quvchilarni tayyorlash –
O‗zbekistonning milliy xavfsizligini tashkil etuvchisi bo‗lib, xalqimizning
omon qolishi, o'zi bo'lishidir. Urushni xoxlamaslik bir ish bo‗lsa, boshqasi -
urushdan qo‗rqish hisoblanadi. HFX asoslarini o‗rganish asosida qo‗rquvni
orttirish emas, ―aqlli qo‗rqmaslik‖ni tarbiyalashga mo‗ljallangan.
Oltinchi - siyosiy xavfsizlik. Siyosat milliy xavfsizlikni ta‘minlash
tizimida muhim o‗rinni egallaydi. U katta yaratuvchanlik potensiali bilan birga
vayron qilish xususiyatiga ega bo‗lishi, jamiyatni,
davlatni gullab-yashnashiga
yoki uni inqirozga uchrab, halok bo‗lishiga olib kelishi mumkin. HFX asoslari
kursi o‗sib kelayotgan avlodga davlatni xavfsiz boshqarish madaniyatida
ishtirok etishni, hayot faoliyati xavfsizligining siyosiy madaniyati
ko‗nikmalarini singdiradi.
Yettinchi - insonparvarlik xavfsizligi bo‗lib, maktabni insonparvarlik,
insoniylashtirishi, bilim bilan madaniyat nizolarini
oxirgi yillarda keskin
kuchayishini hal qilish, maktabning maqsadli yo‗nalishi bo‗lgan har bir
o‗quvchida ma‘naviy, xavfsiz turdagi shaxsni tarbiyalash bilan bog‗liq.
Insonparvarlik xavfsizligi mamlakatimiz an‘analarini, madaniyatini, san‘at
yutuqlarini, tarixiy tajribalar vorisligini ta‘minlaydi. Insonparvarlikning eng
yuksak
maqsadlari, qadriyatlari, yurtimiz va butundunyo madaniyatining
yuksak an‘analariga tayanish millatni aynashdan saqlaydi. Bundan tashqari,
hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirishda xavfsizlik nuqtai
nazaridan yaxshi insonlar tasvirida tarbiyalash ham muhim ahamiyat kashf etadi.
Bunday tasvir sifatida
atrofdagi odamlar - qarindoshi, o‗qituvchisi,
zamondoshlar, sevimli asar qahramonlari va b. misol bo‗ladi
Do'stlaringiz bilan baham: