II-BOB BO‘YICHA XULOSALAR
1. “Xavf”,“xavfsizlik”, “tazyiq”konseptlarning tarixiy, falsafiy va
ijtimoiy transformatsiyasini tashxizi ko„rsatadiki, insoniyat tarixi davomida
tashqariga qaratilgan qo„rquvlarning “fojiaviy anglash” vektorining tashqi
faktorlari(tabiiy ofatlar, epidemiyalar, bosqinchilarning hujumlari va b.)
odamlarga nisbatan ichkariga qarab, ya‟ni insonnning xavflari va
insoniyatlarning o„zi oldidagi xavflarini o„zgarishi ro„y beradi. Bu hayot
faoliyati xavfsizligi madaniyatini insonning o„zida, ichki dunyosida
yashiringan dastlabki vayron qilishni yengishidan rivojlanishi dalolat
beradi.
2. Insoniyatning rivojlanuvchan ongi turli tarixiy davrlarda aniq
ifodalangan foydanigina ko„zda tutishga yo„naltirilgan (ibtidoiy dunyo,o„rta
asrlar va Yangi davr ) to tabiatga nisbatan iste‟mol qiluvchidan qaytish,
qarama-qarshiliklarsiz dunyo ko„rinishini yaratishga va unda inson o„z o„rnini
bilishi (qadimgi dunyo, hozirgi payt) tebranma harakatini boshdan kechiradi.
3.O„zbek sotsiologlar o„z asarlarida hayot faoliyati xavfsizligi
madaniyatini rivojlanish zaruratini oldindan fikrlay bilganlar. Uning
shakllanishini asosiy yo„nalishlari sifatida quyidagilar keltiriladi:birdamlikni
o„rnatish, sotsial progress va xavfsizlik yo„lida insonlarning birligi, tug„ma
xudbinlikni va agressiyaga moillikni yengish, oqilona ilm olishni va bilimdon
insonlarning sonini oshishini payvand qilish, boshqalarda insoniy fazilatlarni
barcha odamlarning aqliy, ahloqiy va ijtimoiy manfaatlari yo„lida faol
rivojlanishni amalga oshirish.
4. Yirik diniy dunyoqarashlarning asosida inson, jamiyat va tabiatning
barcha soxalarida xavfsizlikni ta‟minlashning axloqiy fundamenti kabi o„zaro
zo„raki bo„lmagan munosabatlarining postulati yotadi.
5. Hozirgi paytda “madaniyat” tushunchasining ko„plab ta‟riflari
ularning izlanishiga, fan tarmog„ining xususiyatiga, ilmiy maktablarning
44
o„ziga xosligiga qarab, maqsad va vazifalari mavjuddir:
-
dunyoqarashlik asosi, qadriyatlar tizimi;
-
an‟analar, jamiyat a‟zolarining turg„un ahloq-odobi qoidalari, ijtimoiy
meros;
-
insonlarning ruhiy, intellektual va moddiy faoliyatini natijasi, ,
artefaktlar (vosita, usullar va b).
6. Rivojlanish nuqtai nazaridan madaniyatni ham xolat va ham jarayon
deb qarash mumkin. Madaniyatni jarayon deb diagnostika qilishni
soddalashtirish, alohida odamlarning, mehnat kollektivlarining, butun jamiyat
ni hayot faoliyati xavfsizligi sohasidagi rivojlanish darajasini baholash
kriteriyalarini asoslash, mamlakat aholisini hayot faoliyati xavfsizligi
madaniyati darajasini keyingi rivojlanishi yo„nalishlarini aniqlash uchun
madaniyatni xolat deb, uning shakllanish, rivojlanish jarayonini esa -
parametrlar yig„indisi bilan tavsiflovchi keyingi xolatiga erishishni tasavvur
qilish maqsadga muvofiq.
7. Ilk bor “madaniyat”va “xavfsizlik” tushunchalarini birlashtirish atom
energetikasi bo„yicha Halqaro agentlik tomonidan 1986 yil Chernobl atom
elektrostansiyasidagi avariyaning sabab va oqibatlarini tashxiz qilish
jarayonida amalga oshdi. Shu vaqtdan boshlab boshqarishning fundamental
prinsiplaridan biri xavfsizlik madaniyatini shakllanishi va mavjudligi bo„lib,
atom energetikasida meyoriy tartibga solindi.
8 ASning xavfsizlik madaniyati deganda, ASni xavfsizligini ta‟minlash
birinchi navbatdagi vazifasi va ichki extiyoji hisoblangan, xavfsizlikka moil
barcha ishlarni bajarganda o„zini javobgarligini anglashi va nazorat qila
olishiga barcha insonlarning malakaviy va asabiy tayyorgarligi tushuniladi.
Hozirgi vaqtda shunday tushuncha paydo bo„ldiki, ushbu kategoriya
nafaqat potensial xavfli obektda tayyorlangan ishlovchilarga, balki har bir
olamga, butun jamiyat ga taalluqlidir.
9.Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini o„rnatishning zaruriy asosini
dastlabki shartlari, farazlari va chegaralari quyidagilardir:
45
- ushbu tushunchani nafaqat individual, balki kollektiv, jamoat darajada
ko„rish zarurdir;
- bu tushunchaning komponentasi sifatida faqatgina “xavfsizlik”
iborasini emas, balki “hayot faoliyati xavfsizligi”, ya‟ni yashash va faoliyat
ko„rsatish xavfsizligini ko„rish kerak ;
-
bu tushuncha absolyut (ideal, namunaviy) emas, balki nisbiy tavsifga
ega bo„lishi kerak;
- turli qarashlarni umumlashtirgan xolda “madaniyat” tushunchasini
dunyoqarashlarning (qadriyatlar tizimini), an‟analar (jamiyat a‟zolarining
turg„un odob qoidalari, ijtimoiy meroslari), hamda insonlar faoliyatini amaliy
natijalari (chora-tadbirlar, vosita va usullar, obektlari) asos qilib olish zarurdir.
Shu sababli quyidagi tushunchani berish mumkin:
- h
ayot faoliyati xavfsizligi madaniyati – bu shaxsiy va ijtimoiy qadriyatlar
tizimidagi
hayot
faoliyati
xavfsizligini
ta‟minlovchi
masalalarning
ahamiyatliligini, har kungi hayotda va xavfli hamda favqulodda vaziyatlarda
xavfsiz ahloq stereotiplarini tarqalganligini, muxofazalanganlikni tavsiflovchi
inson va jamiyat ning rivojlanish darajasidir.
10. Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish zarur bo„lgan
asosiy obektlari va uni tashuvchilari shaxs, mehnat kollektivlari va jamiyat
bo„ladi. Shu sababli hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirishning
asosiy darajalari sifatida individual, korporativ va ommaviy jamiyat bo„ladi.
11. Hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirishning asosiy
maqsadi shaxs, mehnat kollektivlari va butun jamiyat ni shunday xolatga
erishishi bo„ladiki, bunda hayot faoliyati xavfsizligini ta‟minlash asosiy ichki
zarurati bo„lib, uni amalga oshirishga zarur shartlar mavjuddir.
12. Ko„rsatilgan hayot faoliyati xavfsizligi madaniyatini shakllantirish
maqsadlariga quyidagi masalalarni yechish yo„li bilan erishiladi:
-
hayot faoliyati xavfsizligini ta‟minlash uchun ichki maqsadli qurilmani
shakllantirishga ko„maklashuvchi hayot faoliyati xavfsizligi madaniyati
obektlarini sifat va xossalarini rivojlantirish;
46
- havfsiz mavjud bo„lish to„g„risidagi bilimlarni payvandlash, atrof-muhit,
sotsium bilan birgalikda rivojlanish;
-
hayot faoliyati xavfsizligi soxasida turg„un individual va ijtimoiy
hamkorlikni,
ya‟ni
an‟analarni,
stereotiplarni,
ahloqiy
meyorlarni
shakllantirish;
-
ushbu masalalarni hal qilish uchun odamlar, ularning kollektivlari va
hamjamiyat lari zarur sharoitlarni yaratishi;
13.
Hozirgi
vaqtda
hayot
faoliyati
xavfsizligi
madaniyatini
shakllantirishning boshlang„ich meyoriy- huquqiy va o„quv- dasturiy asosi
yaratildi.
14. Individual, korporativ va davlat miqyosida hayot faoliyati xavfsizligi
madaniyatini shakllantirishni eng muhim tavsiflariga ko„ra obektlariga adresli
ta‟sir ko„rsatishni amalga oshirish uchun ushbu obektlarni klassifikatsiya qilish
zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |