L=20*lg (P/P
0
)
bu yerda :
R - manbadan chiqadigan Haqiqiy tovush bosimi, Pa
Ro -tovush bosimining pastki seziladigan qiymati, Pa.
Тovush bosimi satHini o‘lchov birligi sifatida bel (B) qabul qilingan. Amaliyotda eng kichiq
birlik detsibel (dB) qabul qilingan.
Tovush bosimi
O‘rtacha geometric chastota
Rasm 1. Shovqin spektor chastotasining grafigi
1 -Shovqinning haqiqiy spektor chizig`i
2 -Тovush bosimining ruxsat etilgan satxining chizig`i
3- Ruxsat etilgan satxdai yuqori bo‘lgan haqiqiy shovqin zonasi
Alohida chastotadagi shovqinning, tashkil etuvchi tonlarini ma‘lum bir kattalikdagi qiymatlar
bilan taqsimlashini shovqinni spektral taHlili deyiladi va to‘g`ri keluvchi filtrlar majmuasi
yordamida shovqin o‘lchagich (shumomer)da amalga oshiriladi, unda faqatgina belgilangan
intervaldagi chastotali tovushlarni xarakterlovchi qismi ajratiladi. Shovqin manbaini aniqlash va
undan Himoyalanish chora tadbirlarini ishlab chiqish uchun shovqin spektrini bilish kerak.
Shovqinni ruxsat etilgan chegaroviy satHi (DAVAN-12.003-83 "SSBТ.Shum.Obvdiye
trebovaniya bezopasnosti") "MХSТ. Shovqin. Хavfsizlikni umumiy talablari"da ko‘rsatilgan, bo‘lib,
chastotani o‘rtacha geometrik standartlar qatori uchun aktiv kenglikdagi chastotasi: 63; 125; 500-
8000 Gsga teng.
(DAVAN 12.1.029-80) da shovqindan Himoyalanish uslublarini klassifikatsiyasi keltirilgan.
Ushbu ishda shovqinni tarqalish yo‘lida, tovush yutuvchi materiallar va tovushdan Himoyalovchi
to‘siqlarni qo‘llash Hisobida kamaytirish tadqiqot etiladi.
Odatdagi qurilish materiallaridan (beton,g`isht,shishablok va boshqalar.) bajarilgan xonaning
shiftidan, devoridan tovush to‘lqinining asosiy qismi bir necha marta qaytadi. Natijada esa xonadagi
shovqinni umumiy satxi 5-15 dB ga ortadi. Maxsus tovush yutuvchi material va qurilmalardan
tayyorlangan devor hamda shiftlar esa shovqinni 6-8 dB ga kamaytiradi. Bunda g`ovak, yumshoq,
o‘yiqcha strukturali (yacheyka), kichiq solishtirma og`irlikli (mineral, vata (paxta), o‘ta yupqa
shisha momiqli mato, kichiq o‘lchamli (fraksiya) keramzit va boshqalar.) materiallar eng katta
samara beradi. Amaliyotda tovushni yutuvchi materiallarning qalinligi 20- 200 mm gacha bo‘ladi.
Ushbu ishni o‘tkazish uchun tajriba qurilmasidan foydalaniladi. Qurilmada operator kabinasi
va tovush kamerasi, bo‘lib ishlab chiqarish xonasini qiyoslaydi. Shovqin manbai sifatida ushbu
ishda SS-1 sirena qo‘ng`iroq bildirgichdan (signaldan) foydalaniladi. Undan chiqadigan shovqinni
sathi ruxsat etilgan me‘yor chegarasidan yuqori bo‘ladi.
Shovqin kamerasining tovush kanali kabina bilan tutashgan bo‘lib, uni turli xildagi tovush
yutuvchi devorlar (to‘siqlar) bilan berkitish mumkin. Shovqin kamerasi qopqoq bilan taminlangan, u
orqali tovush yutuvchi to‘siqlarni almashtirish va shovqin yutuvchi yuzali qalqonni o‘rnatish
mumkin. Operator kabinasi odam tomonidan shovqinni turli satHini sub‘ektiv baHolashni va
Himoyalash chora-tadbirlari samarodorligini baHolash uchun xizmat qiladi. Unga bir kishi o‘tirishi
yoki turishi mumkin. Тovush yutuvchi qalqon sifatida porolon qoplamali qalinligi 4 mm va qalinligi
20 mm kigizli faneradan foydalaniladi. Тovush Himoyalovchi to‘siq sifatida fanera, shisha, shovqun
yutuvchi yuzali kartondan foydalaniladi.
Shovqin va titrashni o‘lchagich asbobi
IShV-1
tovush bosimiini satHini, titrash tezligini va
titrash tezlanishini chastotasini aktiv intervalda Hamda tovush satHini A, V, S va LIN chastotalari
Harakteristikasi bo‘yicha o‘lchash uchun mo‘ljallangan. Asbobni faoliyat ko‘rsatishi tovush
bosimini o‘zgartirishga asoslangan bo‘lib, shovqin satxini o‘lchashda mikrafonga qabul qilinadigan
elektro signalni kattaligiga proporsional ravishda kuchaytirilgandan so‘ng o‘lchov asbobiga uzatiladi
va dB da baHolanadi. Asbob tarmoqga yoki «Mars» turdagi 8 ta elementlardan tarkib topgan
batareyalar blokiga o‘lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |