Ekologik ekspertizaning oshkoraligi. Ekologik
ekspertiza buyurtmachilari uni o‘tkazish to‘g‘risida
ommaviy axborot vositalarida e’lon berishlari
mumkin.
Bunday
holda
ekologik
ekspertiza
tugallangan kundan boshlab bir oy ichida uning
natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilinadi.
Davlat ekologik ekspertizasi o‘tkazilishi to‘g‘risidagi
e’lon va uning natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar
ommaviy axborot vositalarida berilishi shart bo‘lgan
ob’ektlarning ro‘yxati qonun hujjatlari bilan belgilab
qo‘yiladi.
Ekologik
ekspertiza
ekspertining
mustaqilligi. Ekologik ekspertiza buyurtmachisi yoki
boshqa manfaatdor shaxslarning ekologik ekspertiza
ekspertining
faoliyatiga
aralashuviga
yo‘l
qo‘yilmaydi.
Ekologik
ekspertiza
buyurtmachisining
huquqlari.
Ekologik
ekspertiza
buyurtmachisi
quyidagi huquqlarga ega:
- ekologik ekspertiza o‘tkazish masalalari
bo‘yicha maslahatlar va zarur uslubiy yordam olish;
- ekologik ekspertiza ekspertlariga ekologik
ekspertiza ob’ektlari xususida takliflar, mulohazalar,
tushuntirishlar va ekologik audit natijalarini taqdim
etish;
- qo‘shimcha ekologik ekspertiza o‘tkazish
to‘g‘risida iltimos qilish;
- ekologik ekspertiza o‘tkazilishining borishi
haqida axborot olish.
Ekologik
ekspertiza
buyurtmachisi
qonun
hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega
bo‘lishi mumkin.
Ekologik
ekspertiza
buyurtmachisining
majburiyatlari. Ekologik ekspertiza buyurtmachisi:
- ekologik ekspertiza uchun materiallarni qonun
hujjatlari talablariga muvofiq taqdim etishi;
- davlat ekologik ekspertizasi o‘tkazilganligi
uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haq
to‘lashi;
-
davlat
ekologik
ekspertizasi xulosasida
ko‘rsatilgan talablarni bajarishi shart.
Ekologik ekspertiza buyurtmachisi zimmasida
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham
bo‘lishi mumkin.
Ekologik
ekspertizani
moliyalash.
Davlat
ekologik ekspertizasini va ekologik auditni moliyalash
buyurtmachining mablag‘lari hisobidan qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Jamoat ekologik ekspertizasini moliyalash nodavlat
notijorat tashkilotlarining yoki fuqarolarning o‘z
mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Davlat ekologik ekspertizasi ob’ektlari. Davlat
ekologik ekspertizasi ob’ektlari quyidagilardan iborat:
- davlat dasturlarining, konsepsiyalarining, ishlab
chiqarish kuchlarini, iqtisodiy va ijtimoiy soha
tarmoqlarini
joylashtirish
hamda
rivojlantirish
sxemalarining loyihalari;
-
barcha
turdagi
qurilishlar
uchun
er
uchastkalarini ajratish materiallari;
- loyiha oldi va loyiha hujjatlari;
- tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq,
xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni tartibga soluvchi
normativ-texnik va yo‘riqnoma-uslubiy hujjatlarning
loyihalari;
- texnika, texnologiya, materiallar, moddalar,
mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir
hujjatlar;
- atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar
sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab turgan
korxonalar va boshqa ob’ektlar;
- keyinchalik ularga muhofaza etiladigan tabiiy
hududlar, favqulodda ekologik vaziyat va ekologik
ofat zonalari maqomini berish maqsadida o‘tkazilgan
hududlarni kompleks tekshirish materiallari;
- shaharsozlik hujjatlarining barcha turlari;
- maxsus huquqiy rejimli ob’ektlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |