Davlat ekologik ekspertizasi sohasidagi maxsus
vakolatli davlat organi. Davlat ekologik ekspertizasi
sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi O‘zbekiston
Respublikasi
Tabiatni
muhofaza qilish davlat
qo‘mitasi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza
qilish davlat qo‘mitasi:
- davlat ekologik ekspertizasini tashkil etadi va
o‘tkazadi;
- davlat hamda jamoat ekologik ekspertizasi,
shuningdek ekologik audit bo‘yicha normativ-texnik
va yo‘riqnoma uslubiy hujjatlarni ishlab chiqadi va
tasdiqlaydi;
- davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazishga
ekspertlar va mutaxassislarni jalb etadi;
-
davlat
ekologik
ekspertizasining
ijobiy
xulosasini ololmagan ob’ektlarga nisbatan moliyalash,
kreditlash va boshqa moliya operatsiyalarini to‘xtatib
turish (tugatish) to‘g‘risidagi taqdimnomalarni bank
va boshqa kredit tashkilotlariga yuboradi;
- davlat ekologik ekspertizasi xulosalarining ijro
etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
- ekologik ekspertiza o‘tkazish masalalari
yuzasidan boshqa davlatlarning tabiatni muhofaza
qilish tashkilotlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan
hamkorlikni amalga oshiradi;
- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni
amalga oshiradi.
Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazishda
qo‘yiladigan talablar. Davlat ekologik ekspertizasini
o‘tkazishda:
-
taqdim
etilgan
materiallarning
tabiatni
muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun xujjatlariga
muvofiqligi tekshiriladi;
- rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan
xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning ekologik va
ijtimoiy oqibatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning
to‘g‘riligi va to‘liqligi tahlil qilinadi;
-
biologik,
kimyoviy
moddalar
va
texnologiyalarning atrof tabiiy muhitga ta’sirini
baholashning asosliligi tekshiriladi;
- rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan
xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni amalga oshirish
oqibatlarining
ekologik
xavfliligi
darajasini
baholashning to‘g‘riligi tekshiriladi;
- ekologik xavfsizlik talablarini ta’minlashga
doir chora-tadbirlarning etarliligi va asosliligi
aniqlanadi;
- ekologik normativlar loyihalarining asosliligi
tekshiriladi.
Davlat ekologik ekspertizasi xulosasini ijro
etishning
majburiyligi.
Davlat
ekologik
ekspertizasining xulosasi davlat ekologik ekspertizasi
ob’ektini moliyalash va ro‘yobga chiqarishda yuridik
va jismoniy shaxslar tomonidan ijro etilishi
majburiydir. Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy
xulosasi bo‘lmay turib, loyihalarning bank va boshqa
kredit
tashkilotlari
tomonidan
moliyalanishi,
shuningdek ularning ro‘yobga chiqarilishi taqiqlanadi.
Davlat ekologik ekspertizasining davlat ekologik
ekspertizasi ob’ektini ro‘yobga chiqarish mumkin
emasligi to‘g‘risidagi xulosasi bo‘lgan taqdirda,
buyurtmachi xulosadagi mavjud takliflarga muvofiq
loyiha maromiga etkazilishini ta’minlashi hamda
materiallarni davlat ekologik ekspertizasi uchun qayta
taqdim etishi yoxud rejalashtirilayotgan yoki amalga
oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatdan voz
kechishi shart.
Jamoat ekologik ekspertizasi. Jamoat ekologik
ekspertizasi ekologik asoslanishi taqozo etiladigan har
qanday
faoliyat
sohasida
nodavlat
notijorat
tashkilotlarining va fuqarolarning tashabbusi bilan
amalga
oshirilishi
mumkin.
Jamoat
ekologik
ekspertizasini amalga oshirishga to‘sqinlik qilish
taqiqlanadi. Jamoat ekologik ekspertizasi davlat
ekologik ekspertizasi o‘tkazilishidan qati nazar
amalga
oshirilishi
mumkin.
Jamoat
ekologik
ekspertizasining xulosasi tavsiya xususiyatiga ega
bo‘ladi.
Ekologik audit. Ekologik audit — ekologik
auditorlar (firmalar) tomonidan qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda va shartlarda o‘tkaziladigan, atrof
tabiiy muhit holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan,
ishlab turgan korxonalar va boshqa ob’ektlarni
mustaqil ekologik ekspertiza qilishdir. Ekologik audit
xo‘jalik va boshqa xil faoliyat ob’ekti mulkdorining
qaroriga binoan o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |