Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini ta’minlash bo`yicha qabul qilingan asosiy qonunlar, standartlar, nizomlar, qoidalar va me’yoriy hujjatlar tizimi
2.2. Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini ta’minlash bo`yicha qabul qilingan asosiy qonunlar, standartlar, nizomlar, qoidalar va me’yoriy hujjatlar tizimi. Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini ta’minlashda mehnat to`g`risidagi qonunlar asosiy o`rin egallaydi. Mehnat qonunlari hujjatlari – jamiyatning mehnat sohasidagi va u bilan bog`liq o`zaro munosabatlarni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarning yigindisi.
Faoliyat xavfsizligini ta’minlash to`g`risidagi qonun hujjatlari - texnika xavfsizligi bilan uzviy bog`liq bo`lgan mehnat jarayonlarining me’yorlarini o`rnatish, ishchi xodimlarni ish jarayonidagi munosabatlarini tartibga solish va ularni huquqlarini himoya qilishdan iboratdir.
Faoliyat xavfsizligini ta’minlash to`g`risidagi qonun hujjatlari ishchi va xizmatchilarni mehnat huquqlarini va burchlarini, mehnat intizomini, ishga qabul qilish kafolatlarini va mehnat sharoitlarni sog`lom va xavfsizligini ta’minlash, texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi va hayot faoliyati xavfsizligining boshqa qonunlari bo`yicha yo`riqlarni o`tkazish bo`yicha majburiyatlarini o`rnatadi.
Faoliyat xavfsizligini ta’minlash to`g`risidagi qonunlarni asosiy maqsadlari:
Fuqarolarni mehnat huquqlarini va erkinligini Davlat tomonidan kafolatlanishi;
Qulay mehnat sharoitlarini yaratish;
Ish beruvchilarini va xodimlarni huquq va istaklarini himoyalash;
Ishlovchilarni ularni sog`lig`i va ish joyidagi jismoniy xavfsizligiga ta’sir etuvchi xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoyalash (mehnat xavfsizligi va gigiyenasini ta’minlash);
• Ishlab chiqarishda sodir bo`lgan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklar sodir bo`lganida tovon pulini to`lanishi kafolatlanadi;
• Ishlab chiqarishda jarohat olganlar uchun tibbiy va kasbiy reabilitatsiyasini o`tkazish.
Davlat tomonidan;
- ish beruvchilar uchun ish beruvchi xodimlarni o`z mehnat vazifalarini bajarish va ish beruvchining mulkiga ehtiyotkorona munosabatda bo`lish talablari,
- ishchi-xodimlar uchun xodimlarni hayot faoliyati xavfsizligi talablariga javob beradigan mehnat sharoitlarda ishlash huquqlarini himoyalash kafolatlanadi.
Faoliyat xavfsizligini ta’minlash to`g`risida qonunlarni asosiy yo`nalishlari:
Mehnat munosabatlari tomonlarining o`zaro manfaatlari, davlatning manfaatlarini bir-biriga muvofiqlikka erishish uchun kerakli huquqiy sharoitlarni yaratish, shuningdek;
mehnat munosabatlari va boshqa shu bilan bog`liq huquqiy munosabatlarni tartibga solish :
mehnatni tashkil etish va mehnatni boshqarish;
shu ish beruvchida ishga joylash;
shu ish beruvchida xodimlarni kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
ijtimoiy sheriklik, jamoaviy muzokaralar olib borish, jamoaviy shartnomalar va kelishuvlarni tuzish;
qonunda qo`zda tutilgan hollarda xodimlar va kasaba uyushmalar ishtirokida mehnat sharoitlarini o`rnatish va mehnat qonunchiligini qo`llash;
mehnat sohasida ish beruvchi va xodimlarni moddiy javobgarligi;
tekshirish va nazorat (shu jumladan kasaba uyushmaning tekshiruvi) mehnat qonunchiligiga amal qilish (shu jumladan mehnatni muhofaza qilish qonunchiligiga);