Hayot faoliyati xavfsizligi (O`quv qo`llanma) toshkent 2019


Singanda, bo`g`imlar chiqqanda, paylar cho`zilganda birinchi yordam ko`rsatish



Download 6,65 Mb.
bet122/147
Sana06.03.2022
Hajmi6,65 Mb.
#485007
TuriУчебное пособие
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   147
Bog'liq
HFX-amaliy (2)

Singanda, bo`g`imlar chiqqanda, paylar cho`zilganda birinchi yordam ko`rsatish
Sinish, chiqish yoki pay cho`zilishi singan joyning notabiiy holda egilishi, bo`g`imning shishishi va og`riq paydo bo`lishi orqali bilinadi. Bunday hollarda birinchi navbatda shikastlangan kishiga tinchlik berish va shikastlangan joyga sovuq bosish kerak.
Singan yoki chiqqan qo`l-oyoqlarga taxtakach faner yoki karton qo`yib bog`lash tavsiya etiladi. Taxtakach qo`yishda uning bir uchi tos suyagidan yuqori bo`lishi, ikkinchi uchi esa oyoq tovonida bo`lishi kerak. Qovurg`a suyagi singanda yo`talganda, nafas olganda va harakatlanganda og`riq paydo bo`ladi. Bunday vaqtda ko`krak nafas chiqarish vaqtida bint bilan qattiq qilib bog`lab qo`yiladi.
Lat yegan joyga sovuqlik qo`yib keyin artish, yod surtish yoki issiq kompress qo`yish taqiqlanadi. Chunki bular og`riqni kuchaytiradi. Pay cho`zilganda ham lat yeyishidagidek yordamlar ko`rsatiladi.(7.23-rasm).
Boshning lat yeyishi natijasida miya chayqalishi, bosh suyagining sinishi kabi holatlar kuzatilishi mumkin. Miya chayqalgan hollarda ko`pincha bosh og`rig`i, nafas siqilishi va ko`ngil aynish holatlari ham uchraydi. Bosh suyakning singanini quloqlar va og`izdan qon ketishi orqali bilish mumkin. Bu holatlarda jabrlanuvchi hushsiz holatda bo`ladi. Vrach kelishiga qadar lat yegan joyga sovuq, ya’ni muz qo`yib sovuq holatda ushlash kerak.

7.23 - rasm. Suyak sinishi turlari, immobilizatsiyani ta’minlash vositalari va usullari
Kuyganda birinchi yordam ko`rsatish
Kuyish termik, kimyoviy va elektrik bo`lishi mumkin. Ular og`irlik darajasiga ko`ra 4 darajaga bo`linadi: 1-darajali kuyishda teri qizarib, shishadi; 2-darajali kuyishda suv pufaklari hosil bo`ladi; 3-darajali kuyishda teri jonsiz, ya’ni sezish qobiliyatini yo`qotgan holda bo`ladi; 4-darajali kuyishda – teri qorayadi, muskullar va suyak shikastlanadi, qurib qoladi.
Termik va elektrik kuyishda kuygan joyga qo`l tegizish, maz, yog`, ichimlik sodasi surtish, yopishib qolgan kiyim parchasini yulib olish, hosil bo`lgan pufaklarni yorish mumkin emas. Birinchi darajali kuyishda kuygan joyni sterillangan bog`ich bilan bog`lash kerak. Tana og`ir kuyganda kuygan kishini toza choyshab bilan o`rash, choy ichirish va vrach kelguncha tinchlik berish kerak.
Agar kuygan kishining puls urishi sekinlashsa 15-20 tomchi valeryanka ichirish kerak. Kuygan yuzni sterillangan marli bilan yopib qo`yish kerak.
Ko`z kuyganda 1 stakan suvga 1 choy qoshiq bor kislotasi solib, sovuq holda ko`zga bosish kerak.
Kimyoviy kuyish oqibati ko`pincha kuydiruvchi kimyoviy moddani ta’sir etish vaqtiga bog`liq bo`ladi. Shu sababli bunday kuyganga birinchi yordam ko`rsatishda dastlab ushbu modda konsentratsiyasini va ta’sirini susaytirish lozim. Buning uchun kislota yoki ishqor ta’sir etgan joy 15-20 minut toza suvda yuvilishi kerak. Agar kuyish kislota ta’sirida bo`lsa bir stakan suvga bir choy qoshiq ichimlik sodasi, ishqor ta’sirida bo`lsa bir stakan suvga bir choy qoshiq bor kislotasi solingan eritma bilan bog`ich namlanib bog`lanishi kerak.

Download 6,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish