Hayot faoliyati xavfsizligi (O`quv qo`llanma) toshkent 2019


Xavfsizlikni tizimli tahlil qilishning maqsadi



Download 6,65 Mb.
bet13/147
Sana06.03.2022
Hajmi6,65 Mb.
#485007
TuriУчебное пособие
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   147
Bog'liq
HFX-amaliy (2)

Xavfsizlikni tizimli tahlil qilishning maqsadi ko`ngilsiz hodisa (avariya, yong`in, jarohatlanish, kasallanish va hokazo)larning yuzaga kelishiga ta'sir qiluvchi sabablarni aniqlash va ularning paydo bo`lish ehtimolligini kamaytiradigan oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqishdir.
Har qanday xavf bir yoki bir nechta sabablar tufayli yuzaga keladi va ma’lum miqdorda zarar yetkazadi. Sababsiz real (bor bo`lgan) xavflar yuzaga kelmaydi. Demak, xavflarning oldini olish yoki ulardan himoyalanish, ularning paydo bo`lish sabablarini aniqlashga, o`rganishga asoslangan.
Yuzaga kelgan xavflar va ularning sabablari o`rtasida o`zaro sabab-oqibat bog`lanishi mavjud, xavf ma'lum bir sabab oqibatidir, u esa, o`z navbatida, boshqa bir sabab oqibatidir va hokazo.
Shunday qilib, sabablar va xavflar kerakli, iyerarxik zanjirli strukturalami yoki tizimlarni hosil qiladi. Bunday bog`lanishlarning grafik ko`rinishi, shoxlanib ketgan daraxtni eslatadi.
Obyektlar xavfsizligining tahliliga bag`ishlangan xorijiy adabiyotlarda shunday tushuncha(termin)lar ishlatiladi: «sabablar daraxti», «buzilishlar daraxti», «xavflar daraxti» va «hodisalar daraxti». Ko`rilayotgan daraxtlarda qoida bo`yicha sabab va xavf shoxchalari mavjud bo`ladi. Bu esa, sabab-oqibat bog`lanishlarining dialektik xususiyatga ega ekanligini to`liq namoyon qiladi. Bu shoxchalarni bir-biridan ajratish maqsadga muvofiq emas, ba'zida aslo iloji yo`q. Shu sababli obyektlarning xavfsizligini tahlil qilish jarayonida hosil bo`lgan graflk ko`rinishlar «sabablar va xavflar daraxtlari» deb aniq aytiladi.
«Daraxt»larni qurish har xil ko`ngilsiz hodisalarning sabablarini aniqlashda juda katta samara beradigan usul hisoblanadi. «Daraxt»
shoxlanishining ko`p bosqichli jarayoni, uning chegaralarini aniqlash maqsadida cheklashlar kiritishni talab qiladi va bu cheklashlar ilmiy
izlanishlarning maqsadiga butunlay bog`liq bo`ladi. Umuman, shoxlanishning chegarasi yangi shoxlar hosil qilinishining mantiqiy maqsadga muvofiqligi asosida aniqlanadi.
Mantiqiy amallar (logik operatsiyalar) mos keluvchi maxsus belgilar bilan belgilanadi (1- rasm). Eng ko`p qo`llaniladigan amal (operatsiya)larga «VA» («И»), «YOKI» («ИЛИ») kiradi. "VA" operatsiyasi shuni ko`rsatadiki, chiqish ma’lumotlarini qabul qilish uchun, kirish ma'lumotlaridagi barcha shartlar bajarilishi muhim. "YOKI" operatsiyasi esa ma’lumotlarni olish uchun, kirish ma'lumotlaridagi bironta shartga rioya qilingan bo`lishi kerakligini ko`rsatadi.
Boshqacha aytganda «VA» amali shuni ko`satadiki. «A» hodisa yuzaga kelishi oldidan, albatta «B» va «V» hodisalarning ikkalasi ham ro`y
berishi lozim, «YOKI» amalida «G» hodisa, agar va «E» hodisalardan birontasi ro`y bersa (yoki ikkalasi ham) o`rinli bo`ladi. «Taqiq» amali
shartli hodisa ro`y bersagina yuzaga kelishini ko`rsatadi, boshqa mantiqiy belgilardan hodisaning turiga va ro`y berishiga ko`ra foydalanish mumkin.



А G

ВА Yoki B

D E
P
V

Download 6,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish