Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi «Hayot faoliyati xavfsizligi» fanidan laboratoriya ishini bajarishga doir uslubiy ko'rsatmalar Navoiy-2021


jadval Ishlab chiqarish binolardagi ish o’rinlarida havoning harorati, nisbiy namligi va harakat tezligining yo’l qo’yiladigan me’yorlari



Download 0,75 Mb.
bet14/44
Sana07.01.2022
Hajmi0,75 Mb.
#328442
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   44
Bog'liq
Yangi tajriba HFX 12 soat

1 jadval
Ishlab chiqarish binolardagi ish o’rinlarida havoning harorati, nisbiy namligi va harakat tezligining yo’l qo’yiladigan me’yorlari


Yil fasli

Ish toifalari

Havoning harorati, °C

Nisbiy namligi, %

Harakat tezligi, m/s

Sovuq mavsum

yengil –I

20-23

60-30

0.2

o’rtacha og`irlikdagi-IIa

18-20

60-40

0.2

IIb

17-16

60-40

0.3

og`ir –III

16-19

60-40

0.3

iliq yoki o’tish davri


yengil –I

20-25

60-40

0.2

o’rtacha og`irlikdagi-IIa

21-23

60-40

0.3

IIb

20-22

60-40

0.4

og`ir –III

18-21

60-40

0.5

Issiq

mavsum



yengil –I

20-30

60-30

0.3

o’rtacha og`irlikdagi-IIa

20-30

60-30

0.4-0.5

IIb

20-30

60-30

0.5-0.7

og`ir –III

20-30

60-30

0.5-1.0


2 jadval

Yil fasllarida ishlab chiqarish binolarining harorati, nisbiy namligi va

havo harorati tezligining yo’l qo’yiladigan me’yorlari


Ish toifalari

Havo harorati,°S

Nisbiy namligi,%

Harakat tezligi, m/s

Tashqaridagi havo harorati,°S

Yengil - 1

19-25

75

0.2

15-30

O’rtacha og`irlikdagi-IIa

17-25

75

0.2

15-30

O’rtacha og`irlikdagi-IIb

13-25

75

0.4

15-30

Og`ir - III

13-25

75

0.5

15-30


Mikroiqlimni o’lchash uchun qo’llaniladigan asbob va uskunalar

Ishlab chiqarish binolaridagi ish o’rinlarining meteorologik sharoitlari tegishlicha o’lchash asboblari yordamida o’lchanadi va nazorat qilinadi.

1. Havo harorati va namligini o’lchash uchun Assmanning aspiratsion psixrometridan (MV-4M) yoki (M-34) dan foydalaniladi.

Aspiratsion psixrometr ikkita bir xil simobli termometrlardan tashkil topgan bo’lib, mahsus moslamaga joylashtirilgan. Simobli termometrlardan bittasi maxsus mato -batist bilan qoplangan bo’lib, u tomizgich (pipetka) yordamida distillangan suv bilan ho’llab turiladi. Ikkinchi simobli termometr esa havo haroratini ko’rsatadi. Ho’llangan termometr ko’rsatkichlari havo namligiga bog`liq. Namlik harorati qanchalik past bo’lsa, uning ko’rsatadigan harorati shunchalik kam bo’ladi, chunki havoda namlik kamaygan sari ho’llangan matodan suvning bug`lanishi ko’payadi va simobli termometrning yuzasi ko’proq soviydi. Ishlab chiqarish binolaridagi ish o’rinlarida atmosfera havosining namligini o’lchashdan oldin mahsus rezinadan tayyorlangan balon distillangan suv bilan to’ldiriladi va undan tomizgich (pipetka) ga suv olinib, matoli termometrning batist materiali ho’llanadi. Bu ishni bajarish paytida psixrometr tik holatda maxsus moslama bilan biriktiriladi va o’lchash nuqtasiga o’rnatiladi. So’ngra psixrometrning yuqori qismiga joylashgan shamollatgichni maxsus vintini oxirigacha burab, shamollatgich ishga tushiriladi (M-34 psixrometrlarda shamollatgich maxsus elektroyuritgich yordamida ishga tushiriladi).

Shamollatgich ishga tushirilgandan keyin oradan 4 minut o’tgandan so’ng termometr ko’rsatkichlari ma’lum bir haroratni ko’rsatadi va bu ko’rsatgichlar yozib olinib, maxsus formula yordamida aniqlanadi:

bu yerda: φ - atmosfera havosi nisbiy namlik miqdori;

Rm - ho’llangan termometrdagi suv bug`larining to’yingani;

R – quruq termometrdagi suv bug`larining to’yingani;

A - psixrometrik ko’rsatkich A=6•620 •10-4 °S

N - atmosfera bosimi, Pa;

Δt -atmosfera havosi harorati bilan ho’llangan termometr harorati orasidagi farq.

Nisbiy namlikni, namlik nomogrammasi yordamida aniqlash mumkin. Buning uchun nisbiy namlik miqdori maxsus psixrometrik grafik yordamida quruk va ho’l termometrlar ko’rsatkichlari ayirmasi, ya’ni vertikal chiziq bo’yicha quruq termometrning ko’rsatkichi, yoyiq chiziq bo’ylab esa ho’llangan termometrning ko’rsatkichlari qo’yilib, ularning kesishgan chizig`ida aniqlanadi.

Masalan: quruq termometrning ko’rsatgan harorati 21,5°C, ho’llangan termometrning ko’rsatgan harorati 14,5 °S. Psixrometrik grafik yordamida vertikal va yoyiq chiziqlarning kesishgan nuqtalarini topamiz.Bu chiziqlar kesishgan nuqta 42 dan yuqori, 44 dan pastda, demak nisbiy namlik 43 % ni tashkil etar ekan.

Ishlab chiqarish korxonalarida ish o’rinlaridagi havo almashish teshiklari, dereza oldidagi havo harakati tezliklarini o’lchash uchun ASO-3 markali parrakli yoki kosachali animometrdan foydalaniladi. Parrakli animometr ASO-3 havo harakat tezligini 1 dan 10 m/sek gacha bo’lgan qiymatini o’lchash imkonini beradi. Parrakli animometrning ishlashi quyidagicha: mahsus moslamaga mahkam o’rnatilgan parraklar ish o’rnidagi havo harakati hisobidan aylanadi. Bino ichidagi havo harakati tezligi qancha katta bo’lsa, parraklar shunchalik tez aylanadi. Parrakni o’qi tishsimon g`ildiraklar shaxobchasi orqali katta siferlat mil (strelkachaga) ga ulangan. Markaziy strelka birlik va o’nliklarni, mayda siferblash mili bo’linmasining yuzdan va mingdan bir ulashlarini ko’rsatadi. Yon tomonda joylashgan richag yordamida o’qni tishsimon g`ildiraklar shaxobchasidan uzish va ulash mumkin. O’lchash oldidan siferblat ko’rsatgichlari o’qdan uzib qo’yiladi va siferblat ko’rsatgichlari yozib olinadi. Animometrni ishga tushirish uchun parrak o’qqa o’rnatiladi va o’q unga mahkamlangach parrak yordamida aylana boshlaydi. Sekundomer yordamida vaqt belgilab olinadi va animometr ishga tushiriladi. Oradan bir daqiqa vaqt o’tgandan keyin, o’q uzilib qo’yilib ko’satgichlari yozib olinadi. Ikkinchi yozib olingan ko’rsatgichlardan birinchisini ayirib, o’tgan raqamlar soni topiladi. So’ngra asbobga qo’shib berilgan maxsus jadval yordamida havo harakatining bir sekunddagi tezligi metrlarda topiladi.

Termoanimometr EA-2M ishlab chiqarish korxonalaridagi ish o’rinlarida kichiq tezliklarini va havo haroratini o’lchash uchun qo’llaniladi. Termoamimometr yarim o’tkazgichlardan tashkil topgan bo’lib, batareyalar yordamida ishlaydi. Uning o’lchash tamoyili (prinsipi) asbob ko’rsatkichi qarshiligini o’zgarishiga asoslangan bo’lib, bu o’zgarish bino ichidagi havo harorati va tezligi o’zgarganda sodir bo’ladi.

Issiqlik nurlanishining intensivligi aktinometr yordamida o’lchanadi. Aktinometrga o’rnatilgan qurilmalardan birtasi konstantadan yasalib, qiyin eriydigan, qattiq cho’ziluvchan metall qoraytirilgan platina bilan qoplangan va kengayish koeffitsiyenti kichiq bo’lgan invar taglikka mahkamlangan bir yuz ellik plastinkadan iborat. Issiqlik nurlanishi ta’sirida plastinka egiladi va u bilan bog`langan mil (strelka) ma’lum burchakka og`adi. Shkala esa kj/ms hisobida darajalangan.

Gigrometr M-19 atmosfera havosi nisbiy namligini to’g`ridan-to’g`ri aniqlash uchun xizmat qiladi. Uning ishlash tamoyili (prinsipi) yog`sizlantirilgan odam sochining havo namligi oshganda uzayishi va havo namligi kamayganda sochning qisqarishiga asoslangan. Soch maxsus omil bilan shkalaga ulangan, shkala esa foizlarga bo’lingan.


Laboratoriya ishining bajarilish tartibi

Topshiriq 1. Ish o’rnidagi mikroiqlim parametrlarini o’lchang va uning eng qulay sanitariya me’yorlariga mos kelishi yoki kelmasligi to’g`risida xulosa qiling.

Ish zonasida atmosfera havosi haroratini termometr, atmosfera bosimini barometr-aneroid va havo namligini gigrometr M-19 yordamida o’lchang.

a) Ish o’rnidagi atmosfera havosi nisbiy namligini psixrometr PBU-1M yordamida aniqlang. Buning uchun maxsus idishda distillangan suv sathini tekshiring, agar suv sathi pasaygan bo’lsa, suv bilan to’ldiring. Shu bilan birgalikda ho’l termometr idishi devorlariga va suvga tegmasligi lozim. Ho’l va quruq termometrlarning ko’rsatgichlari o’zaro o’zgarmas ko’rsatgichga ega bo’lgandan (stabiliziruyutsya) so’ng ular ko’rsatgichlarini bayonnomaga yozib oling va aniqlangan qiymatlar yordamida psixrometrik jadvalga asoslanib nisbiy namligni aniqlang.

b) Havoning nisbiy namligini M-34 aspiratsion psixrometr yordamida aniqlang. Ho’l termometrni batist bilan o’ralgan qismini tomizgich (pipetka) yordamida distillangan suv bilan ho’llang, psixrometr shamollatgichini ishga tushirib 4 minut davomida ishlatib uning ko’rsatgichlari o’zgarmas holga kelgandan (stablizatsiya) so’ng, olingan raqamlarni bayonnomaga to’ldiring. Psixrometrik jadval yordamida havoning nisbiy namligini aniqlang.

v) Ish o’rnidagi havo haroratini yerdan 1,5 metr balandliqsa EA-2M termoanimometr yordamida o’lchang. Buning uchun termoanimometr EA-2M ni gorizontal holatda o’rnating va kuchlanishi 220V bo’lgan tarmoqqa ulang va signal lampochkasi yonishini kuzating. Maxsus qutichadan datchikni olib, teleskopik ushlagichni qo’zg`atmay turib o’lchovchi asbobga o’rnating. Asbobning ishga tushirgichi P^ ni T holatga keltiring, ishga tushirgich "PG'- "Kont" holatiga qo’ying. Dastak "Napr" yordamida asbob milini (strelkasini) shkalani maksimal bo’linmasiga o’rnating. Ishga tushirgich "P]" ni "Izm" holatiga o’tkazing. Muhofaza qiluvchi metall qobig`ini qo’zg`atib o’lchagich (datchik) ni talab qilingan balandlikda o’rnating va asbob ko’rsatgichlarini yozib oling va uni graduslarga aylantirib grafik yordamida aniqlang.g) yerdan 1500 mm balandlikda bo’lgan ish o’rnidagi havo harakati tezligini EA-2M termoanimometr yordamida aniqlang.

Buning uchun shamollatgich ishga tushiriladi, asbob datchigi metall futlyarga solinadi. Ishga tushirgich (pereklyuchatel) "P^" ni "A" holatiga qo’ying. Ishga tushirgich "Pr -"Kontr" holatiga keltiring. Dastak (Ruchkoy) yordamida "Podogrev" ni asbob milini shkalaning eng maksimal bo’lagiga keltiring. Ishga tushirgich "Pr ni -"Izm" holatiga o’rnating, muhofaza qiluvchi metall qutidan o’lchagichni (datchiq) olib uni havo oqimi yo’nalishi ostiga o’rnating. O’lchov asbobi ko’rsatgichlarini yozib oling va uni gradirlovlangan grafik yordamida m/s larda havo harakati tezligini aniqlang.

d) Xuddi shu ish o’rnida havoning harakat tezligini parrakli animometr ASO- 3 yordamida o’lchang. Buning uchun asbobning uch o’lchagich: ming, yuz va o’n birlik qiymatlari yig`indilarini yozing. So’ngra maxsus moslama - arretir yordamida parrakdan o’lchagichni o’chiring. Bunda asbobni shunday joylashtiringki parrak o’qi havo harakatiga paralel bo’lsin. Asbobning parragi harakatga kelgandan keyin (oradan 10-15 sekund vaqt o’tgandan) bir vaqtning o’zida sekundomer va animometr o’lchagichini ishga tushiring, oradan 1-1,5 minut o’tgandan so’ng sekundomer va o’lchagichni to’xtating. Asbobni oxirgi ko’rsatgichini yozib oling. Boshlang`ich va oxirgi o’lchash natijalari farqini o’lchash vaqtiga bo’lib shkaladagi son birligini 1 sekundga to’g`ri keladigan qiymatini aniqlang. (o’lchagichni ishlash tezligi).

Havo harakat tezligini (gradirlovlangan) grafik yordamida aniqlang. Buning uchun bir sekundga to’g`ri keladigan shkala son birligini vertikal o’q bo’ylab, joylashtirib, gorizontal o’qdan unga mos keluvchi havo harakati tezligi qiymatini m/s larda aniqlang.

Ish o’rnida aniqlangan mikroiqlim parametrlarini davlat standarti DAVAN 12.10.05 SSBT (MXST) me’yorlariga mos kelishi va kelmasligini solishtiring.



Rasm 1. Nisbiy namlikni o’lchov asbobi




  1. Aspiratsion psixrometr

  2. PBU-1M psixrometr

  3. Gigrometr M-19





Rasm-2 Parrakli anemometr ASO-3 Rasm 3. Ekvivalent-samarali haroratni nomogrammasi

  1. birlik ulush shkalasi;

  2. arretir

  3. minglik ulush shkalasi

  4. yuzlik ulush shkalasi





Nazorat savollari:

1.Ish o’rnidagi mikroiqlimni o’lchash uchun qo’llaniladigan asbob uskunalarning tuzilishi va ishlash jarayonini tushuntiring: (chizmasini chizing).

2. Parrakli va kosachali animometrlar yordamida ish o’rnida havo harakati tezligini aniqlash usulini tushuntiring.

3.Termoanimometrning tuzilishi va ishlatilish sohasini tushuntiring.

4.Avgust va Assman psixrometrlarining tuzilishi, ishlatilish sohasi to’g`risida ma’lumot bering.

5. Gigrometr va katatermometrlarni ishlatilish sohalarini ko’rsating.



2 – Laboratoriya ishi

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish