1
kg g‘alla yetishtirish uchun
500
litr, bir
buxanka non tayyorlash uchun
500
litr,
1
kg guruch yetishtirish
uchun
3000-4000
litr,
1
kg qoramol go‘shtini yetishtirish uchun
25000
litrgacha suv sarflanmoqda. Qishloq xo
‘jaligida suv
resurslaridan tejamli foydalanib, yuqori hosil olish hamda suvni
tejashning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish dolzarb
vazifalardan biri hisoblanadi.
Sanoatda suv resurslaridan foydalanish ham tejamli va samarali,
129
deb bo‘lmaydi. Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar
qo‘llanganda ham 1 tonna po‘lat ishlab chiqarish uchun
50 tonna, 1 tonna kapron ishlab chiqarish uchun 2500 tonna
suv kerak bo‘lmoqda.
Kundalik turmushda aholi tomonidan ichimlik suviga
bo‘lgan munosabat ham maqtagulik emas. Birgina Toshkent
shahri misolida oladigan bo‘lsak, dunyo bo‘yicha o‘tkazilgan
tadqiqotlarda bir kishi uchun kunlik ehtiyoj
130
litrni tashkil
etgani holda, shahrimizda kishi boshiga
300-700
litrni tashkil
etmoqda. Shundan
3-4
litri ichish uchun va qolgani maishiy
ehtiyojlar uchun sarflanmoqda.
Har kun ertalab yuz-
qo‘lni sovunlab yuvib, tishni tozalab,
artinib bo‘lguncha jo‘mrakdan to‘xtamay suv oqib turaveradi.
Shu vaqtda oqizilgan suvning miqdorini bir hisob-kitob qilib
ko‘raylik. Yuvinishga eng kamida 10 daqiqa, tishni tozalash
uchun 4 daqiqa, artinish uchun 2 daqiqa ketsin. Jami 16 daqiqa
suv to‘xtamay oqib turadi. O‘rtacha hisobda har daqiqada 3
litrdan suv oqib tursa, 16 daqiqada 48 litr suv oqib ketar ekan.
Shu 48 litr suvdan 5 litri yuvinishga, 0,5 litri tishlarni
tozalashga, jami 5,5 litr suv kerakli va foydali ishlatilgan.
Qolgan 42,5 litr suv foydasiz va samarasiz ishlatildi. Agarda
141
dush qabul qilsak, foydasiz va samarasiz ishlatilgan suv miqdori
yanada ortishi hech kimga sir bo‘lmay qoladi. Shuni alohida
ta’kidlash joizki, biz uchun suvdan samarali, tejamkorona va
oqilona foydalanish hamda uni behuda, o‘ylamasdan
sarflamaslik madaniyatini o‘rganish vaqti yetib keldi.
Sobiq ittifoq davrida «Suvni tejab sarflash, uvol qilmaslik,
tozaligini saqlash kerak» degan gaplarga umuman ahamiyat
bermay qo‘yilgani, ayniqsa shaharlarda oqar suvlarning qadri
qolmagani, suv isrofgarchiligiga loqayd va befarqlikning oqibatini
bugungi kunda ko‘rib turibmiz. Oqar suvlarga tashlanayotgan
chiqindi va axlatlar ichida
nimalar yo‘q, deysiz.
O‘zbekiston sharoitida suv resurslarining keskin taqchilligi
va ifloslanganligi ekologik xavfsizlikka ulkan tahdiddir. Shu
sababdan fuqarolarning bu huquqini konstitutsiyaviy maqomda
belgilash zaruriyati vujudga keldi. Agar inson atrof-muhitga shu
zaylda munosabatini davom ettirsa, uning halokati ikki-uch
avlod yashab o‘tgandan so‘ng yuz berishi ehtimoldan holi emas.
130
Sayyoramiz suvlarining ifloslanishi natijasida har yili 500
milliondan ortiq kishi turli og‘ir xastaliklarga chalinadi.
Ikkinchidan, suvni tejash texnologiyasiga rioya qilish zarur,
chunki biz suvni dunyoda ishlatiladigan me’yoridan 7-10
barobar ko‘p sarflayapmiz. Dehqonchilikda tomchilatib sug‘orish
texnologiyasini keng joriy qilish shart. Chunki
O‘zbekistonda turli ehtiyojlar uchun ishlatiladigan suvning
faqatgina 8 % mamlakat hududida, qolgan 92 % qo‘shni
mamlakatlar
hududida shakllanadi. Ya’ni O‘zbekiston hududida bir
yilda 10 km kub suv hosil bo‘ladi hamda 89 km kub suv
ishlatiladi.
Mamlakatimizda suv ta’minotini yaxshilash uchun Jahon
banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot
banki hamda boshqa bir qancha mamlakatlar bilan hamkorlikdagi
ishlar izchil amalga oshirilmoqda.
Hozirda 7 mlrd kishini tashkil etuvchi sayyoramiz aholisi
borgan sari qo‘shimcha oziq-ovqat, kiyim-kechak va yoqilg‘iga
muhtoj bo‘lmoqda. Bu esa o‘z navbatida tabiiy resurslarni,
asosan yer, suv va o‘rmon resurslarining jadal ishlatilishiga olib
keladi. Buning salbiy oqibati sifatida ko‘pincha yerlar dega
142
radatsiyasi, qurg‘oqchil hududlarda cho‘llanish kuzatilmoqda.
Yer degaradatsiyaga uchraganida va sho‘rlanganda tuproq
unumdorligi yomonlashadi, o‘simliklar nobud bo‘ladi, sizot
suvlar ifloslanadi. Bugungi kunda BMT ma’lumotlariga ko‘ra
sayyoramizda quruqlikning
.
qismi
cho‘llanish xavfi ostida
turibdi. Hozirda dunyo bo‘yicha har yili 6-7 million gektar
unumdor yer maydonlari qishloq xo‘jaligi tasarrufidan chiqib
ketmoqda. Yer yuzida har-
yili cho‘llanish jarayonidan keltirilgan
zarar miqdori 42 mlrd. AQSh dollarini tashkil etmoqda.
Faqatgina 20-
asrda antropogen ta’sir natijasida 9 million gektar
maydonda cho‘l paydo bo‘lib, bu umumiy quruqlik
maydonining 43 %ni tashkil etadi. Shu bois ham 1996-yil 26-
dekabrdagi BMT konferensiyasida cho‘llanishga qarshi
konvensiya
qabul qilinib, hozirgi kunda dunyodagi 172 ta mamlakat
ushbu konvensiyani ratifikatsiya qilgan. Shu joyda yer
sho‘rlanishi o‘zi nima, degan savol tug‘iladi.
Yer sho‘rlanishi – bu tuproqning o‘simliklarning oziq moddalar,
131
namlik, havo va kimyoviy elementlarga bo‘lgan
e
htiyojini
qoplay olmasligidir. yer sho‘rlanishi tuproq qatlami va yerosti
suvlarida tuz miqdori ortishi hamda yerosti suvlari sathining
ko‘tarilishi bilan bog‘liq vaziyat sanaladi. Yer sho‘rlanishida
shamolning harakati, yerosti va yuzasidagi suv oqimi harakati,
iqlim o‘zgarishi, suv bug‘lanishi, sug‘orish-melioratsiya ishlarining
noto‘g‘ri bajarilishi kabi faktorlar muhim rol o‘ynaydi.
Yer sho‘rlanishi asosan cho‘l zonasida kuzatilib, o‘rmon va
dasht zonalarida sho‘rlanish nisbatan kam uchraydi. Qabul
qilingan me’yorlarga ko‘ra yerosti suvlari sathi yer yuzasidan
Do'stlaringiz bilan baham: |