Ammiak buluti harakati haqida ogohlantirish olgandan
so‘ng, quyidagilar bajarishi lozim:
Xonani tark etishda isitish asboblarini o‘chiring, oynalarni
yoping, hujjatlar va kerakli narsalarni o‘zingiz bilan oling.
Zararlangan joydan shamol yo‘nalishiga perpendikulyar
ravishda chiqish kerak.
Agar zararlangan joydan chiqishning iloji bo‘lmasa,
yaqinroqda berkitish mumkin bo‘lsa – u yerda panoh top.
Shaxsiy himoya vositalarini kiying. Yodda tut! Fuqaro gazga
qarshi niqoblari hamda respiratorlarning poklovchi-yutuvchi
qutilari ammiak bug‘laridan himoya qilmaydi.
Bunday vaziyatlarda: - gazga qarshi niqoblarga qo‘shimcha
DPG-3 patroni ulanadi. – suv bilan 5%li limon kislotasi
aralashmasi bilan namlangan bog‘ichni takib olish shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |