Kimyoviy avariya – bu ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlarning
buzilishi, quvur o‘tkazgichlar, sig‘imlar, qo‘riqlanadigan
omborxonalar, transport vositalarining shikastlanishi
109
natijasida odamlarning sog‘lig‘i va hayoti, biosfera faoliyati
uchun zararli bo‘lgan kimyoviy xavfli moddalarning chiqib
ketishidir.
Avariya tug‘diruvchi kimyoviy xavfli moddalar - asosan
xlor, ammiak, fosgen, sinil kislotasi, qo‘rg‘oshinli angidrid va
boshqalarning yirik zaxiralari kimyo, sellyuloza-qog‘oz vaqayta
ishlash kombinatlari, mineral o‘g‘itlar, qora va rangli metallurgiya
zavodlari, shuningdek, muzlatuvchi kombinatlar, pivo
zavodlari, qandolatchilik fabrikalari, sabzavot bazalari va suv
stansiyalarida mavjud.
Kimyoviy avariyaning insonlar va hayvonlar uchun xavfi,
organizm me’yoriy hayot faoliyatining buzilishi va kelgusida
genetik oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligi bilan belgilanadi.
Ma’lum sharoitlarda esa organizmga kimyoviy moddalarning
nafas yo‘llari, teri, shilliq pardalari yaralar orqali va
oziq-ovqat bilan birga tushishi hatto o‘limgacha olib kelishi
mumkin.
Kimyoviy moddalarni saqlash va ishlab chiqarish sharoitida
ularning havo yoki suv bilan, shuningdek, kimyoviy moddalar
o‘zaro bir-biri bilan ta’sirlashib yong‘in yoki boshqa og‘ir
oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ochiq havoda turgan
o‘z-o‘zidan alangalanuvchi va o‘z-o‘zidan yonuvchi moddalarga
o‘simlik yog‘lari, hayvon yog‘lari, tosh va pista ko‘mirni,
temirning oltingugurt birikmasini, kukunli moddalarni, alif va
erituvchilarni, shuningdek, o‘z-o‘zidan yonib ketish xususiyatiga
ega moddalarni kimyoviy xavfli moddalar qatoriga kiritish
mumkin.
Kimyoviy moddalarni o‘zaro bir-biri bilan aloqada bo‘lishi
natijasida reaksiyaga kirishishi va alangalanishi ishlab chiqarishda
ko‘p uchraydigan hodisadir. Bunday hodisalar asosan oksidlovchilarning
organik moddalarga ta’siri orqali sodir bo‘ladi.
Oksidlovchilar sifatida xlor, ftor, brom va shunga o‘xshash
moddalarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin. Oksidlovchilar
organik moddalar bilan to‘qnashib yoki aralashib ketganda
ularning alangalanishini keltirib chiqaradi. O‘z tabiatiga
ko‘ra mustahkam bo‘lmagan ayrim kimyoviy moddalar vaqt
110
o‘tishi bilan harorat, ishqalanish, urilish va boshqa ta’sirlarning
natijasida yemirilishi mumkin.
Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar bilan bog‘liq
obyektlarning mavjudligi ham texnogen tusdagi favqulodda
vaziyatlarni keltirib chiqarishi xavfni saqlab turadi. Jumladan,
O‘zbekiston Respublikasida ammiak, xlor, sulfat va azot
kislotasi kabi xavfli kimyoviy moddalarning (kuchli ta’sir
qiladigan zaharli moddalarning - KTEZM) katta zaxiralariga
ega bo‘lgan 279 xo‘jalik obyekti faoliyat yuritadi. Korxonalardagi
ushbu moddalar umumiy zaxirasi qariyb 400 ming
tonnaga yetadi. Kimyo sanoatida falokatlar hali ham yuqori
darajada saqlanib qolmoqda. Falokatlar va ifloslanishlar
KTEZM ni tashishda ko‘proq ro‘y bermoqda.
Qishloq xo‘jaligida kemiruvchi va zararkunandalarga qarshi
kurashish, o‘simliklarning kasallanishining oldini olish, begona
o‘tlarga qarshi kurashda turli zaharli ximikatlar, kimyoviy
moddalardan foydalaniladi. Bularga pestitsidlar, gerbitsidlar,
defoliantlar va boshqalarni kiritish mumkin. Bu kimyoviy
moddalar yordam berish bilan birgalikda inson organizmiga
juda katta xavf tug‘diradi. Masalan, turuvchan pestitsidlar inson
organizmining yog‘ qatlamlarida va boshqa ichki a’zolarida
to‘planib ichak, siydik pufagi, jigar, bosh miya va tanosil
a’zolarida o‘simtalar paydo qilish xususiyatiga ega. Bunda
surunkali bosh og‘rig‘i, charchash va holsizlanish kabi belgilar
kuzatiladi. Ammo eng asosiysi hayot sifati va muddatining
qisqarishidir. Ba’zi zaharli ximikatlar inson genetik apparatiga
radiatsiyadanda kuchliroq ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa yosh bolalar
va qariyalar zaharli ximikatlardan kuchli ta’sirlanadi.
Sobiq ittifoq davrida respublikamiz hududida zaharli
kimyoviy moddalarni saqlashga xo‘jasizlarcha munosabatda
bo‘linganligini katta achinish bilan ta’kidlash joiz. Masalan
Do'stlaringiz bilan baham: |