Transport vositalarida xafsizlik qoidalariga rioya qilish
Transport vositalari salonida odamlar oladigan jarohatlar
transport vositasi katta tezlikda keskin burilganda, tezlik birdan
101
oshirilganda va keskin tormoz bosilgan transport vositalarining
o‘zaro to‘qnashuvi yoki to‘siqqa urilishi natijasida sodir bo‘ladi.
Jumladan, katta tezlikda kelayotgan transport vositasi keskin
tormoz berib to‘xtashi natijasida unda o‘tirgan odamga ta’sir
etadigan kuch bir necha barobar oshadi, masalan, odamning
og‘irligi 80 kg bo‘lsa, unga ta’sir etadigan kuch 1500 kg ga
yetadi. Uning qon tomirlarida kasallik bo‘lsa, tomirlar yorilib,
yuragi infarktga uchrashi yoki bosh miya qon tomirlari yorilib,
insult holatiga tushishi mumkin, bu esa, o‘z navbatida yo‘l
transport hodisasiga sabab bo‘ladi. Olimlarning aytishlaricha,
haydovchining yonidagi o‘rindiq «o‘lim kreslosi» deb ataladi,
chunki avtohalokat paytida bu o‘rindiqda o‘tirgan odamning
o‘lish ehtimoli haydovchiga nisbatan 7 barobar, orqa o‘rindiqda
o‘tirgan odamga nisbatan 5 barobar ko‘p bo‘ladi. Bu o‘rinda
transport vositasining tezligi katta ahamiyatga ega bo‘ladi. 50
km/soat tezlikda kelayotgan transport vositasi to‘siqqa urilganda
transport vositasi ichidan otilib chiqqan odamning jarohati
beshinchi qavatdan yiqilgan odam kabi, 80 km/soat tezlikda
esa, 15-qavatdan yiqilgan odamning olgan jarohati bilan teng
bo‘ladi. Respublikamizda haydovchi va fuqarolarning hayotini
himoya qilish maqsadida davlatimiz tomonidan qator qonun va
qarorlar qabul qilinganligiga qaramay, haydovchilar qonunni
buzib, o‘zlari va atrofdagilarning hayotini xavf ostiga solishadi.
Jumladan, haydovchi va yo‘lovchilar hayotini saqlash uchun
qo‘llaniladigan xavfsizlik kamari ishlab chiqarilib, joriy qilinganiga
100 yildan oshganiga qaramay, ko‘pchilik haydovchilar
uni pisand qilmaydi, uni taqishga beparvo bo‘ladi. Yaqinda
davlat tomonidan xavfsizlik kamarini taqmaganligi uchun
qo‘llaniladigan jarima qiymati oshirilganidan keyin ko‘pchilik
haydovchilar YPX, xodimini ko‘rib qolsalar vaqtinchalik
taqishadi. Xavfsizlik kamari esa, transport vositasi ichida
o‘tirgan furaqolar hayotini saqlashda eng maqbul vosita.
Olimlarning aniqlashicha, faqat 10 km/ soat tezlikda yuruvchi
transport vositasi to‘siqqa urilganda haydovchi o‘zining qo‘l va
oyoqlari yordamida shikastlanishdan saqlanishlari mumkin,
xolos. Agar transport vositasi 60 km/soat tezlikda to‘siqqa
urilsa, vazni 80 kg bo‘lgan odamning vazni 3 tonnaga teng
102
bo‘ladi. 80 km/soat tezlikda esa, 9 tonnaga teng og‘irlik bilan
transport vositasining old oynasiga, rul sambaragiga, oldingi
shitga uriladi. Bunday holda odamning tirik qolishi amri mahol.
Uning hayotini faqat xavfsizlik kamarigina saqlab qolishi
mumkin. Yapon olimlarining ma’lumotlariga qaraganda,
xavfsizlik kamari har 100 ta halokatli yo‘l-transport hodisasining
75 tasida, Amerika olimlarining tadqiqotlariga ko‘ra esa,
ag‘darilib ketgan transport vositalarida har 100 ta yo‘lovchining
91 tasini hayotini saqlab qolgan. Xavfsizlik kamari muqarrar
o‘lim bilan yakunlanadigan avtohalokatlarda haydovchi va
yo‘lovchilarning yarmidan ko‘pini va boshqa avtohalokatlarda
90 foizgacha o‘limdan saqlab qoladi. Ayrim haydovchilar xavfsizlik
kamari avtohalokat chog‘ida transport vositasi portlaganda
haydovchining transport vositasidan chiqib ketishiga xalal berib,
uning halok bo‘lishiga sabab bo‘ladi deb hisoblaydilar. Ammo
olimlarning aniqlashicha, faqat, 0,03 foiz, ya’ni har 300
avtohalokatga uchragan transport vositasidan bittasi katta
tezlikda to‘siqqa urilganda yoki transport vositalari yuzma-yuz
to‘qnashganda yoki katta balandlikdan qulab tushganda portlar
ekan.
Kabina ichidagi odam avtohalokat paytida ruldan, transport
vositasining old oynasidan, orqani ko‘rish oynasidan, priborlar
turadigan shitdan va kabinaning boshqa qismlaridan jarohat
oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |