Yong‘inning shikastlovchi omillari
Yong‘in paytida kishini shikastlovchi qator omillar paydo
bo‘ladi. Bulardan ayrimlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Ular:
- alanga va yuqori harorat;
- kislarodning past konsentrasiyasi;
- yonish jarayonining zaharli mahsulotlari;
- yong‘in paytida ajralib chiqayotgan tutunning ko‘rish
maydonini chegaralashi;
- bino, inshoot va konstruksiyalarning qulab tushishi hamda
vayron bo‘lishi;
- portlashlar.
Yong‘in asosan havo yetarli bo‘lmagan diffuzion yonish
bilan birga kechadi. Shu sababli ham tutun tarkibida doimo
kislorod bo‘ladi. Bundan tashqari tutunda uglerod oksidi,
vodorod angidridi, azot oksidi, spirtlar, aldegidlar, kislotalar va
boshqalar bo‘ladi.
15
Tutun gazlari odamlar hayoti uchun xavf tug‘diradi. 4,5 %
konsentratsiyali, CO2 bilan 30 daqiqa davomida nafas olish
hayot uchun xavfli hisoblanadi, 10 %li konsentratsiyasi tezlik
bilan o‘limga olib keladi. Uglerod oksidi (CO2)ning 0,5%li
konsentratsiyasida bir necha daqiqa nafas olinganda o‘lim
hodisasi sodir bo‘ladi. Yong‘in vaqtida CO2ning konsentratsiyasi
yerto‘la va yopiq xonalarda o‘limga olib keluvchi miqdordan
anchagina ko‘proq bo‘ladi.
Hayotda ko‘plab uchrab turgan holatlardan biri o‘z-o‘zidan
yonib ketish hisoblanadi. Bunda ayrim predmetlar yuz bergan
kimyoviy reaksiyalar natijasida ichki va tashqi omillar sabab
yona boshlaydi. Masalan, oddiy issiq suv yoki bug‘ quvuri
issiqlik manbayi rolini o‘ynashi va gazlama, qog‘oz, yog‘och
buyumlar o‘z-o‘zidan yonib ketishi uchun yetarli bo‘lishi
mumkin. Quvurlardagi suv harorati issiqligi 150°C gacha yetishi
mumkinligini unutmaslik zarur.
Ko‘pincha ko‘mir, torf, xas-xashak yoki paxta, o‘ramdagi
to‘l, sellofan va sellyuloid, qog‘oz yonib ketishi mumkin. Torf
va qo‘ng‘ir ko‘mirning o‘z-o‘zidan yonib ketish harorati 50-
60°C, paxtaniki 120°C, qog‘ozniki - 100°C, linoleumniki - 80°C
ga teng.
Kimyoviy o‘z-o‘zidan yonib ketish modda va materiallarning
havo va boshqa oksidlovchilar bilan oddiy sharoitlarda
kimyoviy reaksiyaga kirishib, ularning yona boshlashi uchun
yetarli issiqlik ajratishiga ham bog‘liq. Masalan, fosforning
havoda, oson yonib ketuvchi suyuqliklar bilan margansovka
birikkanda, yog‘och qipiqlari kislotalar bilan birikishida o‘zo‘
zidan yonib ketish hodisalari kuzatiladi.
Turar joylarda va ishlab chiqarish korxonalarida yong‘in kelib
chiqishining sabablari turlicha. Ishlab chiqarish korxonalarida
yong‘in ko‘pincha texnologik asbob-uskunalar, elektr asbobuskunalarning
nosozligidan, xodimlarning olov bilan ehtiyotsiz
muomalasi va yong‘in xavfsizligi qoidalarining buzishlaridan kelib
chiqadi.
Texnologik uskunalarni loyihalash va ulardan foydalanishda
muhandis-texnik tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, yong‘
in xavfsizligi qoidalariga amal qilish yong‘inning oldini oladi.
16
Yong‘in va portlash hodisasi bir-biridan ajralmas. Ayrim
hollarda portlash yong‘inga sabab bo‘ladi, ba’zan yong‘in vaqtida
portlash sodir bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |