muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (MSOP)dir.
Suvlik, ya’ni dengiz muhitini xalqaro-huquqiy muhofaza qilish,
odatda umumbashariy va mintaqaviy darajalarda olib boriladi.
Universal bitimlar ichida eng muhimlari quyidagilardir:
birinchidan, Dengizni neft bilan ifloslantirishning oldini
olish bo‘yicha London konvensiyasi (1954-yil, o‘zgartirishlar
bilan 1958-yilda kuchga kirdi);
ikkinchidan, Dengizni chiqitlar va boshqa materiallar bilan
ifloslantirishning oldini olish bo‘yicha konvensiya (1972-yilda
6
tuzilgan va shu yili kuchga kirgan). Ushbu Konvensiya dengizda
har qanday ekologik zararli bo‘lgan moddalarni ko‘mishni tartibga
soladi. Bunday hodisalar oqibatlarini tugatish maqsadida
1969-yilda Ochiq dengizda neft bilan ifloslantirishga sabab bo‘-
ladigan avariyalarga (falokatlarga) aralashish to‘g‘risidagi Brussel
konvensiyasi qabul qilindi (1975-yildan kuchga kirgan).
O‘zbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini
olish borasida dunyodagi nufuzli tashkilotlar bilan birga xorijiy
davlatlarning hukumat idoralari bilan ham yaqindan hamkorlik
ishlari olib borilmoqda. Jumladan, 1992-yilning noyabr oyidan
boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat va fan-texnika qo‘-
mitasi (hozirgi Fan va texnologiyalar markazi) taklifiga binoan
Toshkentga Germaniya tabiiy ofatlar oldini olish IDNDR
qo‘mitasi, 1998-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda
vaziyatlar vazirligi tomonidan Nemis xalqi taraqqiyoti
jamg‘armasi va Favqulodda vaziyatlarda rejalashtirish va fuqaro
muhofazasi akademiyasi bilan aloqalar o‘rnatildi.
Mustaqillik yillari, ayniqsa O‘zbekistonda Favqulodda vaziyatlar
vazirligi hamda favqulodda vaziyatlarda ularning oldini
olish va harakat qilish davlat tizimi shakllantirilgandan so‘ng
boshqa davlatlar bilan har tomonlama hamkorlik ishlarini olib
borish ishlari jadal rivojlandi. O‘zbekiston Jahon Sog‘liqni
saqlash tashkiloti tomonidan barqaror epidemiologik vaziyati
saqlanib qolgan mamlakat, deb e’tirof etildi.
O‘zbekiston Respublikasi 2008-yilda qarorgohi Parijda joylashgan
«Xalqaro epizootiya byurosining sertifikati» bilan taqdirlandi.
Ushbu hujjatga muvofiq, O‘zbekistonga sayyoramizning
ko‘plab mamlakatlarida keng tarqalgan va katta iqtisodiy
zarar yetkazayotgan qoramol o‘lati kabi infeksiyadan xoli mamlakat
maqomi berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 1996-
yilning 4-martida qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi
Favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etish to‘g‘risida»gi
farmoni favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etishga huquqiy
asos bo‘ldi. Bu vazirlik Mudofaa vazirligi tarkibida bo‘lgan
«Fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi» negizida
tashkil etildi.
7
2011-yilning 24-avgustidagi 242-sonli «O‘zbekiston Respublikasi
Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat
qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» qarori
qabul qilindi. Bu qarorga ko‘ra O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’-
limi muassasalarida «Hayot faoliyati xavfsizligi» fanini o‘qitish
asosiy vazifa qilib belgilandi.
Unda «Umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasbhunar
kollejlari hamda oliy o‘quv yurtlarida, ishlab chiqarish va
turar joylarda aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga
o‘rgatish umumiy va majburiydir» deyilgan.
Ma’lumki, respublika iqtisodiyotida gidrotexnik inshootlarning
o‘rni beqiyos. Biroq, gidrotexnik inshootlardan unumli
foydalanish, buzilishlarini oldini olish, tozalash, ta’mirlash va
shu kabi ishlarni amalga oshirish, aholi va obyektlar xavfsizligini
ta’minlash davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan asosiy masalalardan
biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining «Gidrotexnik inshootlar xavfsizligi
to‘g‘risida» gi qonuni bu boradagi huquqiy asoslardan
bo‘lib, uning 4-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining, 5-moddasida mahalliy davlat hokimiyati
organlarining gidrotexnik inshootlar xavfsizligini ta’minlash
borasidagi vakolatlari belgilab berildi. Bu kabi inshootlarning
xavfsizligini ta’minlash ustidan nazorat olib borish O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi katta va alohida
muhim suv xo‘jaligi obyektlari texnik holatini hamda bexatar
ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga berildi. Ushbu
maxsus vakolatli organning gidrotexnik inshootlari xavfsizligi
bo‘yicha ko‘rsatmalari tarkibida gidrotexnik inshootlar bo‘lgan
korxona, muassasa va tashkilotlar uchun majburiy ekanligi
qonunda o‘z aksini topgan.
1999-yilda aholi va xalq xo‘jaligi obyektlarini texnogen va
tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish borasida
qator qonunlar qabul qilingan bo‘lsa, 2000-yilning 26-mayida
«Harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar
oqibatida yuzaga keladigan xavflardan O‘zbekiston Respublikasi
aholisini, hududlarini, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza
qilish maqsadida o‘tkaziladigan tadbirlarning davlat
8
tizimi» vakolatlari, fuqarolarning huquq va majburiyatlarini
belgilab bergan O‘zbekiston Respublikasining «Fuqaro muhofazasi
to‘g‘risida» gi qonuni qabul qilindi. Qonunning 2-
moddasida «Fuqaro muhofazasi vazifalari» ko‘rsatib berildi.
Qonunga ko‘ra:
- aholini harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu
harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalanish
harakatlari va usullariga tayyorlash;
- boshqaruv, xabar berish va aloqa tizimlarini tashkil qilish,
rivojlantirish va doimiy shay holatda saqlab turish;
- xalq xo‘jaligi obyektlarining barqaror ishlashini ta’minlash
yuzasidan tadbirlar kompleksini o‘tkazish;
- aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz joyga
evakuatsiya qilish;
- fuqaro muhofazasi harbiy tuzilmalari shayligini ta’minlash;
- aholini umumiy va yakka himoyalanish vositalari bilan
ta’minlash tadbirlariini o‘tkazish;
- aholini harbiy harakatlar olib borish paytidagi yoki shu
harakatlar oqibatidagi hayot faoliyatini ta’minlash;
- radiatsion, kimyoviy va biologik vaziyat ustidan kuzatish
va laboratoriya nazorati olib borish;
- qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni
o‘tkazish;
- harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar
oqibatida zarar ko‘rgan hududlarda jamoat tartibini yo‘lga
qo‘yish, saqlab qolish va hududlarni muhofaza qilish yuzasidan
boshqa tadbirlarni amalga oshirish»dan iborat, deb belgilandi.
Qonunning ikkinchi qismi 6-12-moddalarida «Fuqaro muhofazasiga
rahbarlik qilish, davlat organlari va tashkilotlarining
fuqaro muhofzasi sohasidagi vakolatlari» ko‘rsatib o‘tilgan.
Qonunning 6-moddasida mamlakat bo‘yicha fuqaro muhofazasiga
umumiy rahbarlik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasiga, Respublikada fuqaro muhofazasini boshqarish
O‘zbekiston Respublikasi FVV ga yuklatilgan.
O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrida qabul
qilingan «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi qonunida bu boradagi
9
qator yo‘nalishlar aniq ko‘rsatib berilgan bo‘lib, ulardan biri –
tabiiy, texnogen va ekologik xarakterdagi favqulodda vaziyatlarni
e’tiborga olgan holda xalq xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligini
ta’minlashdan iborat edi.
Respublikada standartlashtirish ishlarini tashkil etish,
muvofiqlashtirish va bajarish uchun qator tashkilotlar tuzilgan
va ular faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan xalq xo‘jaligida-Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston davlat standartlashtirish,
metrologiya va sertifikatlashtirish markazi («O‘zdavstandart»);
Loyihalashtirish va konstruksiyalashni o‘z ichiga olgan qurilish,
sanoat qurilish yo‘nalishi bo‘yicha – Arxitektura va qurilish
bo‘yicha Davlat qo‘mitasi (Davarxitektqurilish);
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni
ifloslanish hamda boshqa zararli harakatlardan qo‘riqlash borasida
Tabiatni qo‘riqlash davlat qo‘mitasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘tgan davr mobaynida, ya’ni 1996–2000-yillarda turli
tusdagi favqulodda vaziyatlarni oldini olish borasida huquqiy
asoslarni yaratish jaryoni umumiy-tashkiliy xarakterga ega
bo‘lgan bo‘lsa, 2000-yildan so‘ng qabul qilingan bu yo‘nalishdagi
qonunlar alohida sohalardagi munosabatlarni tartibga soladi.
Masalan, 2006-yil 26-sentabrdagi «Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining
sanoat xavfsizligi to‘g‘risida»gi qonunini ko‘rish
mumkin.
Qonunda sanoat xavfsizligi talablari, ya’ni xavfli ishlab
chiqarish obyektini loyihalash, qurish va foydalanishga qabul
qilib olishga oid;
- bunday obyektdan foydalanishga oid;
- ishlab chiqarish obyekti xodimlariga qo‘yiladigan;
- xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyaning kengayib
ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va uning oqibatlarini tugatish bo‘yicha
harakatlarga tayyorgarlik ko‘rishga oid talablar va bu talablar
ustidan davlat nazoratini o‘rnatish belgilab berilgan.
Qonunda xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat
xavfsizligini ta’minlash, avariya holatlarini o‘rganish komissiyasi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
tuzilishi belgilangan.
10
Umuman olganda mustaqillik yillarida mamlakat xavfsizligini
ta’minlash, ya’ni uning tarkibiy qismi bo‘lgan turli
tusdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ular xavfi va
oqibatlarini kamaytirish, insonlar nobud bo‘lishiga yo‘l
qo‘ymaslik maqsadida mamlakatda o‘ziga xos huquqiy-me’yoriy
asos shakllantirildi. Bu qonunlar va qonunosti hujjatlari
gumanistik xarakterga ega bo‘lib, ularda milliy mentalitet,
dunyo qarash, xalqaro huquq tamoyillari chuqur singdirilgan.
Chunki, bu soha jahon hamjamiyati tomonidan yangi qonunlar
yaratishni, uni hayotga tatbiq etish borasida o‘ziga yangi tizim
yaratishni talab etdi. Bu borada O‘zbekiston o‘ziga xos yangi
tizim yarata oldi va uning ishlash mexanizmini hayotga joriy
etdi. Aynan shu tizim mamlakatda ko‘plab favqulodda vaziyatlarning
oldini olmoqda, shuningdek, tabiiy tusdagi favqulodda
vaziyatlarda chet el mamlakatlariga o‘zaro yordam ham
ko‘rsatib kelmoqda.
«Hayot faoliyati xavfsizligi» o‘quv fanining akademik litsey
va kasb-hunar kollejlarida o‘qitilishi dunyoda yuz berayotgan
turli tusdagi favqulodda vaziyatlarni o‘quvchi bilishi, ular xavfini
oldindan aniqlash, yuz berganda muhofazalanish usullarini
o‘rganishi, to‘g‘ri harakat qilishni tashkil etishi hamda atrofdagi
yordamga muhtoj kishilarga yordam berishi, ularni xavfli
hududlardan olib chiqib ketishi, birinchi tibbiy yordam berishi,
shuningdek, bunday xavflardan moddiy boyliklarni muhofaza
eta olishiga qaratilgan.
Bugun yuz berayotgan turli tusdagi favqulodda vaziyatlarda
inson omilining ham o‘rni katta ekanligini anglagan holda,
tabiatga beparvolik bilan bo‘layotgan munosabat, o‘z kasbining
bilimdoni emasligi, mas’uliyat hissini shakllanmaganligi,
loqaydlik kabi illatlarning o‘rni katta ekanligini tushunib
olishlari kerak bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, ushbu fanni o‘rgatishda asosiy e’tibor
shaxsiy va jamoat xavfsizligi asoslarini o‘rgatish, xavfli vaziyatlarni
ko‘ra bilish, uni baholash hamda favqulodda vaziyatlarda
uyda, ko‘chada, jamoat transportida bajarilishi kerak
bo‘lgan xatti-harakatlarni o‘rgatishga, fanni o‘qitish mobaynida
har bir o‘quvchi ongida o‘z-o‘zini va jamoat a’zolarini muhofa11
zalash stereotiplarini tarkib toptirish asosiy maqsad qilib qo‘-
yildi. Shunga binoan:
- ta’lim oluvchilarda favqulodda vaziyatlarda o‘z hayotini,
sog‘lig‘ini himoya qilishni o‘rgatishga oid bilimlar berish;
- favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ularning talofotlarini
bartaraf etishni o‘rgatish;
- favqulodda vaziyatlar natijasida shikastlanganda o‘z-o‘ziga
va o‘zaro yordam berish yo‘llarini o‘rgatish;
- xavfli vaziyatlarni oldindan ko‘ra bilish, baholash va
ulardan muhofazalanish yo‘llarini topishni o‘rgatish masalalari
fan mohiyatini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |