Nazorat savollari
1. Zilzila sabablari va turlarini aytib bering
2. Zilzila qanday belgilar berishi mumkin?
3. Zilzilada harakatalanish tartibini ayting.
4. Zilzila davrida ikkilamchi zararlovchi omillarni ayting.
5. Nima uchun zilzila eng xavfli tabiiy ofat hisoblanadi?
6. Siz o‘z uyingizni zilzila xavfini e’tiborga olib jihozlaganmisiz?
67
VIII MAVZU. ZILZILADA (SHIKASTLANGANLARGA)
BIRINCHI TIBBIY YORDAM
Zilzila oqibatida kishi turli ko‘rinishdagi jarohatlar olishi
mumkin. Zilzila turli tusdagi favqulodda vaziyatlarni keltirib
chiqarish xarkteriga ega bo‘lgani sababli, bu tabiiy ofat o‘zi
bilan insonlarni turli xildagi shikastlanishiga, ya’ni jarohatlanishiga,
yuqumli kasalliklarning paydo bo‘lishiga, kuyish,
zaharlanish, ruhiy tanazzulga tushib qolish va boshqa shu kabi
holatlarning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Xo‘sh shikastlanish nima? Shikastlanish – kishi organizmiga
tashqi omillarning (mexanik, fizik, kimyoviy, ruhiy)
to‘satdan ta’siri natijasida organizmning mahalliy va umumiy
reaksiyasini chaqiruvchi to‘qimalarning anatomik butunligini
hamda uning funksiyasi buzilishi bilan bo‘ladigan jarayonga
aytiladi.
Har qanday jarohat organizmda mahalliy va umumiy o‘zgarishlar
hosil qiladi. Mahalliy o‘zgarishlarga og‘riq, shaklning
va rangning o‘zgarishi, teri butunligining buzilishi, jarohat olgan
organ funksiyasining buzilishlari, umumiy belgilarga esa,
hushdan ketish, kollaps va shoklar kiradi.
Zilzila natijasida kuzatiladigan shikastlanishlarga quyidagilar
kiradi:
1) Suyak sinishi.
2) Qon ketishi.
3) Qattiq qo‘rqish tufayli ruhiy qo‘zg‘alish.
Suyak butunligining to‘la yoki qisman buzilishi va ko‘-
pincha ular atrofidagi yumshoq to‘qimalarning shikastlanishi
sinishlar, deyiladi.
Kelib chiqish sabablariga ko‘ra tez ta’sir etuvchi travmatik
agent ta’sirida kelib chiqadigan travmatik va suyak kasalliklari
(surunkali osteomielit, sil, tez o‘suvchi va zararli shishlar)
tufayli paydo bo‘ladigan patologik sinishlar mavjud. Teri
68
shikastlangan va jarohatlangan singan joy bilan qo‘shilishiga
qarab, yopiq va ochiq sinishlarga ajratiladi.
O‘z vaqtida va to‘g‘ri ko‘rsatilgan birinchi tibbiy yordam
sinishlarni muvaffaqiyatli davolashda muhim ahamiyatga ega.
Bu ochiq sinishlarda yiringlashni, sinishlarning ikkilamchi siljishini,
qon ketishini, yumshoq to‘qimalar, nerv stvollari zararlanishini
va shokning rivojlanishini oldini olish garovi hisoblanadi.
Sinishda yara bo‘lsa, darhol uni tozalab, aseptik bog‘lam
qo‘yish kerak. Yaradan bo‘rtib chiqib turgan suyakni olmaslik
kerak. Yaraga steril salfetka qo‘yib, yara bint bilan bog‘lanadi.
Bog‘lash vositasi bo‘lmasa, biron bir toza, yumshoq matoni
yaxshilab dazmollab, spirt yoki aroqqa botirib olib, so‘ng yaraga
qo‘yish mumkin.
Ochiq va yopiq sinishlarda immobilizatsiya qilish muhim
ahamiyatga ega bo‘lib, bu transport shinalarini qo‘yish orqali
bajariladi. Shinalarning tabel va improvizion xillari mavjud.
Tabel shinalari meditsina sanoati tomonidan ishlab chiqariladi
va ular meditsina muassasalariga tarqatiladi, improvizion shinalar
esa qo‘l ostidagi materiallar (yog‘och reykalar, karton, tayoqchalar
va daraxt shoxlari) dan tayyorlanadi. Bular ham bo‘lmaganda,
masalan, son yoki boldir singanida ular sog‘
tomoniga, qo‘l singanida esa bemor tanasiga bog‘lanadi.
Immobilizatsiya qilishning asosiy qoidasi singan joydan
baland va pastdagi, son suyagi sinig‘ida esa uch bo‘g‘im -
boldir, oshiq-tizza, son bo‘g‘imlar harakatsizligini ta’minlashdir.
Immobilizatsiya qancha erta qo‘yilsa, yumshoq to‘qimalarning
qo‘shimcha shikastlanishi va boshqa asoratlarning kelib
chiqishiga shuncha oz sharoit qoladi.
Yelka suyagi singanida shina uch bo‘g‘imda- yelka, bilak,
qo‘l panjalarida harakat bo‘lmasligini ta’minlashi kerak. Buning
uchun shina yaxshilab tekislanadi, egiladi va bemor panjasiga
mahkamlanadi. Shina yuqori sog‘ yelkada bo‘lishi kerak. Fiksatsiya
bintlash yo‘li bilan bajariladi. Qo‘l ro‘molcha vositasida
osib qo‘yiladi. Boldir suyaklari singanida immobilizatsiya
Kramer yoki pnevmatik shina yordamida qilinadi. Son suyagi
singanda Diteriks shinasidan foydalaniladi. U taxtadan tayyor69
langan, uzunligi 115-120 sm, og‘irligi 1,5 kg bo‘ladi. Uning 2 ta
qo‘ltiq tayoqqa o‘xshash qismi bo‘lib, tashqarisidagi uzun,
ichkarisidagi esa kaltaroqdir.
Umurtqa pog‘onasi shikastlanganda har xil sinishlar yuz
beradi, hattoki orqa miya ham zararlanishi mumkin. Shu
sababli ham bunday bemorlarni transportirovka qilishda ehtiyotkorlik
choralarini ko‘rish lozim. Umurtqaning qaysi bo‘limi
sinishiga qaramasdan, bemorlarni shitga yotqizilgan holda
transpotirovka qilish kerak. Bo‘yin umurtqalari singanda transportirovkadan
oldin «Shans vorotnigi» bilan immobilizatsiya
qilish tavsiya etiladi.
Chanoq suyaklari singanida bemorlarni taxtadan yasalgan
doska yoki qattiq zambilga, son va tizza bo‘g‘imlari bukilgan va
«qurbaqa» holatida (tizzalari yoyilgan va tizza tagiga adyol yoki
ko‘rpachadan yasalgan yostiq qo‘yilgan holda) immobilizatsiya
qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |