BASKETBOL SPORT TURI Bajardi:MXVKM-90 guruh talabasi Tog’ayev Azizbek Tekshirdi:Karimov Faxriddin Basketbol (inglizcha basketball soʻzidan olingan boʻlib, basket — savat, ball — toʻp) har birida beshtadan oʻyinchi ishtirok etadigan jamoaviy sport turidir. Oʻyindan bosh maqsad — toʻpni qoʻl bilan oʻynagan holda 3,05 m balandlikdagi shitga mustahkamlangan savatga tushirib, imkon qadar koʻproq ochko olish.
Har bir jamoada beshtadan oʻyinchi ishtirok etadi. Jahondagi eng kuchli basketbol ligasi ham Milliy Basketbol Assotsiatsiyasi (MBA) dir. Liganing nomdor professional basketbolchilari 1992-yilgi Olimpiadadan boshlab AQSH t/j sharafini yirik musobaqalarda xam ximoya qilib kelmoqda. Olimpiada oʻyinlari basketbol turnirida eng koʻp AQSH t/j golib chiqqan — 12 marta, Faqatgina SSSR 2 marta (1972, 1988), Yugoslaviya (1980) va Argentina (2004) Olimpiada chempioni nomini tortib olgan. Odatda, basketbol oʻyinchilari quyidagi pozitsiyalarda oʻynashadi: Hujumkor himoyachi (ing. Shooting guard, SG); uning vazifasi — uzoq masofadan toʻpni savatga tushirish. Jamoa himoyalanayotganda esa, uch ochkolik zarbalardan savatni himoya qilish. Ularni jamoaning „snayperi“ deb ham atash mumkin. Ular chaqqon va tezkor boʻlishadi. Shuningdek, yaxshi sakray olishadi. Oʻrtacha boʻyi taxminan 193-201 sm ni tashkil qiladi. O'yinda tushgan har bir to'p – 2 ochkodan hisoblanadi. Basketbol to'pining og'irligi 600 dan 650 grammgacha bo'lishi zarur. Basketbol maydonining o'lchami 28x14 bo'ladi. Agar zalda o’ynalsa, zalning balandligi 7m bo’lishi kerak. Ochiq maydonda o’ynasa ham bo’ladi. Jarima to’pi 4 metrli masofa belgilanadi. Shchitning balandligi 3,05 m bo’ladi Shchitningg o’lchovi 90x120 sm, to’r o’rnatilgan halqaning kataligi 0,45m, to’rning kenglik joyi 0,30 m bo’lib, shchitning o’zi yerdan 2 m 50 sm balandlikda o'rnatiladi Basketbol o’yini qoidalari Basketbol (ing . basket — savat, ball — toʻp) — sport turi, 3,05 m balanddagi savatli halqaga toʻpni qoʻlda tashlab oʻynaladigan jamoa oʻyini. Basketbol mashgʻuloti va musobaqalari uchun toʻrtburchak maydoncha (oʻlchami 26x14 m) yoki zal (balandligi 7 m) talab qilinadi. Har bir jamoada 12 nafardan oʻyinchi boʻlib, maydonga bir yoʻla har jamoadan 5 tadan oʻyinchi tushiriladi (bu oʻyinchilar almashtirilishi mumkin). Qaysi jamoa raqibining savatiga koʻp toʻp tushirsa, oʻsha yutgan hisoblanadi. Uyinda savatga tushirilgan toʻp uchun 2 ochko, jarima belgilanganda tushirilgan toʻp uchun 1 ochko, jarimadan tashqaridagisi uchun 3 ochko beriladi To’pni yerga urib yurish.To’pni bir qo’llab ketma-ket yerga urish to’pni yerga urib yurish deyiladi. Bu usul bir joyda turganda, yurganda va asosan, yugurganda bajariladi. Bu usul to’pni basketbolchining harakat qilishga qo’llaniladigan asosiy usul hisolanadi. To’pni yerdan har xil: yuqoriroq va pastroq, sapchitib turib yurish mumkin. U qo’lni bukib, to’pni bir oz yuqoriga ko’taradi so’ng uni yana maydonga ma’lum burchak bo’yicha keskin itaradi. ETIBORINGIZ UCHN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |